Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
AVVAL XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALAR-YaGONA SOLIQ TOʻLOVI TOʻLOVChILARINI UMUMBELGILANGAN SOLIQLARNI TOʻLAShGA OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-aprelda 1939-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 27-yanvardagi 24-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2319, 27.01.2012-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-mart,
30-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-mart,
2009-7-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 10-martdagi 30, 2009-7-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINChALIK NIZOM
Ushbu Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avval xususiylashtirilgan korxonalar — davlat korxonalari negizida tuzilgan, xususiylashtirilgan kundan boshlab bir yildan ortiq muddat oʻtgan korxonalar, investorlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari bajarilayotgan korxonalardan tashqari;
obyektiv sabablar — taraflarning xohish-irodasi va harakatlariga bogʻliq boʻlmagan, ushbu taraflar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarila olmaydigan holatlar:
tabiat hodisalari (zilzila, koʻchkilar, boʻron, qurgʻoqchilik va boshqalar), boshqa tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati, davlat manfaatlarini koʻzlab importni hamda eksportni taqiqlash va boshqalar) keltirib chiqargan muayyan sharoitlardagi favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni va realizatsiya qilishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori;
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi qaror;
yuridik shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qaror;
sudning qaroriga asosan yuridik shaxsning faoliyatini tugatish, toʻxtatib turish.
2. Ushbu Vaqtinchalik nizom amalga oshirayotgan faoliyat turidan qatʼi nazar, yagona soliq toʻlovchisi boʻlgan barcha avval xususiylashtirilgan korxonalar uchun tatbiq etiladi.
II. Avval xususiylashtirilgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibi
3. Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmi soʻnggi ikki chorakda obyektiv sabablarsiz, mol-mulk va yer soligʻining hisoblangan oʻn karra miqdoridan kam boʻlgan summani tashkil etgan avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovchilari soliq organining xabarnomasiga asosan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovchilari boʻyicha davlat soliq inspeksiyalarining balanslarni va soliq hisobotini qabul qilish boʻlimi xodimlari taqdim etiladigan soliq toʻlovchilarning moliyaviy va soliq hisobotlari asosida realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmini mol-mulk va yer soligʻining normativ belgilangan miqdori bilan solishtiradilar.
5. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilish hajmi yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq hisoboti — Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobi (02-varaq) (010-satr “Jami” ustuni) asosida aniqlanadi.
6. Mol-mulk va yer soligʻi summasining normativ belgilangan miqdori hisob-kitob maʼlumotlaridan kelib chiqib quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
N = (N1 + N2) x 10, bu yerda:
N — mol-mulk va yer soligʻi summasining normativ belgilangan miqdori;
N1 — chorak hisobida mol-mulk soligʻi;
N2 — chorak hisobida yer soligʻi;
7. Mol-mulk soligʻi oʻtgan soliq davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl) asosida aniqlanadi va chorak hisobda hisoblab chiqariladi (4-ustun 012-satri + 4-ustun 022-satr) /4 x mol-mulk soligʻi stavkasi);
Yer soligʻi vakolatli organning yer uchastkalarini ajratib berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlari asosida aniqlanadi va chorak hisobida hisoblab chiqariladi (er uchastkasi maydoni x belgilangan stavkasi)/4);
Mol-mulk va yer soligʻi summasining normativ belgilangan miqdori joriy soliq davri uchun shartli doimiy kattalik boʻlib hisoblanadi.
8. Ushbu Vaqtinchalik nizom tatbiq etiladigan har bir avval xususiylashtirilgan korxona boʻyicha davlat soliq inspeksiyalarining balanslarni va soliq hisobotini qabul qilish boʻlimi xodimlari hisoblab chiqarilgan mol-mulk va yer soligʻining normativ belgilangan miqdoridan kelib chiqqan holda ushbu Vaqtinchalik nizomning 1-ilovasiga muvofiq Maʼlumotnomani toʻldiradilar.
9. Davlat soliq xizmati organlari maʼlumotnomadagi maʼlumotlar asosida, obyektiv sabablar boʻlmagan taqdirda, agar ikki ketma-ket keluvchi chorak davomida tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilish hajmi mol-mulk va yer soligʻi summasining normativ belgilangan miqdoridan kam boʻlsa, avval xususiylashtirilgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazadilar.
10. Davlat soliq xizmati organi avval xususiylashtirilgan korxonani uni umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazilishi toʻgʻrisida ushbu Vaqtinchalik nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda, choraklik va yillik hisobotni taqdim etish uchun belgilangan muddatidan keyin 5 kun ichida yozma ravishda xabardor qiladi.
11. Avval xususiylashtirilgan korxona davlat soliq xizmati organining xabarnomasi olingan hisobot davri boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtadi. Bunda qoʻshilgan qiymat soligʻi tugaganidan soʻng korxona umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtishi lozim boʻlgan hisobot choragidan keyingi oyning 1-kunidan boshlab hisoblab chiqariladi.
12. Umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazilgan avval xususiylashtirilgan korxona yagona soliq toʻlovini toʻlashga faqatgina ketma-ket keluvchi toʻrt chorak davomida tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilishning haqiqatdagi hajmi mol-mulk va yer soligʻi summasining normativ belgilangan miqdoridan yuqori boʻlgan taqdirda oʻtishi mumkin.
III. Yakunlovchi qoidalar
13. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilishning hajmi mol-mulk va yer soligʻi summasining normativ belgilangan miqdoridan kam boʻlgan taqdirda avval xususiylashtirilgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan ushbu Vaqtinchalik nizomda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
14. Davlat soliq qoʻmitasi har chorakda yagona soliq toʻlovi hisobotini topshirishdan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazilgan korxonalar soni toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadi.
15. Ushbu Vaqtinchalik nizom 2011-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
| | | | | |
|
_____________ soliq davri uchun umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazishni belgilovchi koʻrsatkichlar boʻyicha | ||||
|
MAʼLUMOTNOMA | ||||
| Koʻrsatkichlar | I chorak | II chorak | III chorak | IV chorak |
| 1. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilish hajmi | | | | |
| 2. Mol-mulk va yer soligʻining normativ belgilangan miqdori | | | | |
| ________________________tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining balanslarni va soliq hisobotini qabul qilish boʻlimining masʼul xodimi |
| | ||
|
|
| |||
|
(F.I.Sh.) |
(imzo) | |||
Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
|
Soliq toʻlovchini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish toʻgʻrisidagi | |||||||||||||||||||||||||||||
|
XABARNOMA | |||||||||||||||||||||||||||||
|
____________________________________________ davlat soliq inspeksiyasi | |||||||||||||||||||||||||||||
|
(tuman, shahar nomi) |
| | | | | | | | | | | ||||||||||||||||||
Sizni |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||||
| STIR | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| ___________________________________________________________________, | |||||||||||||||||||||||||||||
|
(soliq toʻlovchining toʻliq nomi) | |||||||||||||||||||||||||||||
| manzil ____________________________________________________________, | |||||||||||||||||||||||||||||
|
(pochta indeksi, shahar (tuman, qishloq), | |||||||||||||||||||||||||||||
| ___________________________________________________________________, | |||||||||||||||||||||||||||||
|
koʻchaning nomi va uy (xonadon)ning raqami | |||||||||||||||||||||||||||||
| shu haqda xabardor qiladiki, ________________________________ dan boshlab | |||||||||||||||||||||||||||||
|
(oʻtish sanasi) | |||||||||||||||||||||||||||||
| umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazilasiz. | | | | | | | | | | | |||||||||||||||||||
| Oʻtish uchun asos ______________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ | |||||||||||||||||||||||||||||
Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi |
____________ |
_____________________ | |||||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | |
(imzo) |
(F.I.Sh.) | ||||||||||||||
| M.Oʻ. | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||
| | | | | | | | | | | | | | | | | № | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | Joʻnatish sanasi: | | | | | | | | | | | | ||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
(kk/oo/yy) | |||||||||
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 204-modda; 2010-y., 52-son, 528-modda)