1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUDOFAA MAJMUI VA HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARI MUASSASALARI VA TASHKILOTLARINING BUDJET XARAJATLARI VA BOSHQA MAXFIY XARAKTERGA EGA BOʻLGAN BUDJET XARAJATLARNING GʻAZNA IJROSI TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi va “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-532-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda) 26-bandiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-594-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda) asosan buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari va tashkilotlarining budjet xarajatlari va boshqa maxfiy xarakterga ega boʻlgan budjet xarajatlarning gʻazna ijrosi tartibi haqidagi nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 24-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirining 2008-yil 24-noyabrdagi 110-son buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari va tashkilotlarining budjet xarajatlari va boshqa maxfiy xarakterga ega boʻlgan budjet xarajatlarning gʻazna ijrosi tartibi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi va “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-532-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda) 26-bandiga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-594-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitalari korxonalari, tashkilotlari, muassasalari va harbiy qismlari (keyingi oʻrinlarda — budjetdan mablagʻ oluvchilar) budjet xarajatlarining, shu jumladan maxfiy xarajatlarning gʻazna ijrosi, shuningdek respublika va hududiy gʻazna hisobvaraqlarni ishlatgan holda maxfiy xarakterga ega boʻlgan budjet xarajatlarining ijrosi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar (keyingi oʻrinlarda — mol yetkazib beruvchilar) bilan shartnomalarini roʻyxatga olish va ularning xarajatlarini toʻlab berish, shu jumladan maxfiy xarakterga ega boʻlgan budjet xarajatlari toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha vazifa va funksiyalarni bajarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — gʻaznachilik boʻlinmalari) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat budjeti xarajatlarining gʻazna ijrosi bilan qamrab olinadigan gʻaznachilik boʻlinmalari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning roʻyxati, zarur hollarda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablagʻ oluvchilar bilan ishlash uchun, shuningdek, maxfiy xarakterga ega boʻlgan xarajatlar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan hollarda, har bir gʻaznachilik boʻlinmasida maxfiy maʼlumotlar bilan ishlashga oʻrnatilgan tartibda ruxsat olgan alohida xodimlar aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuqorida koʻrsatilgan budjetdan mablagʻ oluvchilar bilan ishlashda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazi va gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan maʼlumotlar xavfsizligi rejimini taʼminlash boʻyicha zarur choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Gʻazna hisobvaraqlarini ishlatgan holda Davlat budjetining gʻazna ijrosiga oʻtilishi munosabati bilan Davlat budjeti qaramogʻidagi budjetdan mablagʻ oluvchilarning xizmat koʻrsatuvchi banklardagi budjet mablagʻlari boʻyicha talab qilib olingungacha depozit hisobvaraqlari, shu jumladan kapital qurilish buyurtmachilarining markazlashtirilgan manbalar hisobidan kapital qoʻyilmalar xarajatlari boʻyicha bank hisobvaraqlarini, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan (23404, 23405 va 23422 hisobvaraq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan (23432, 23424 va 23433 hisobvaraq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan (23430, 23431 va 23424 hisobvaraq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining shahar budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan (23426, 23424 va 23427 hisobvaraq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman yoki shahar budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan (23426 va 23427 hisobvaraq) ishlatilishi toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, budjet mablagʻlari boʻyicha talab qilib olingungacha asosiy depozit hisobvaraqlari yopilgan, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan, budjet tashkilotlari uchun yuqoridagi hisobvaraqlarda operatsiyalar toʻxtatilganidan soʻng budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha talab qilib olingungacha depozit hisobvaraq (21504, 21506, 20203 va 20204) asosiy hisobvaraq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Budjet mablagʻlari boʻyicha talab qilib olgungacha depozit hisob raqamlarni yopishda Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan, budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjet mablagʻlari boʻyicha talab qilib olgungacha depozit hisob raqamlaridagi mablagʻlar qoldiqlari budjetdan mablagʻ oluvchilarning toʻlov topshiriqnomalari asosida xizmat koʻrsatuvchi banklar tomonidan 23404, 23405, 23422, 23424, 23426, 23427, 23430, 23431, 23432 va 23433 hisobvaraqlardan tegishli respublika yoki hududiy gʻazna hisobvaraqlariga (keyingi oʻrinlarda — gʻazna hisobvaraqlari) oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning xodimlariga ish haqi toʻlash uchun gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan ularga xizmat koʻrsatuvchi banklarda 23212 “Moliya vazirligi Gʻaznachiligining mablagʻi” va 23214 “Hududiy Gʻaznachilik boʻlinmalarining mablagʻi” hisobvaraqlari ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1999-y., 9-son, 51-modda) muvofiq budjetdan mablagʻ oluvchilarning Davlat budjeti xarajatlari iqtisodiy tasnifining (keyingi oʻrinlarda — xarajatlarning iqtisodiy tasnifi) 4 guruh xarajatlari boʻyicha Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlash belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, respublika gʻazna hisobvaragʻida, shuningdek, hududiy gʻazna hisobvaraqlarda birinchi va ikkinchi guruh boʻyicha toʻlanmagan xarajatlar summasidan ortiqcha miqdorda mablagʻ qoldiqlari mavjud boʻlgan hollarda, oy davomida uchinchi va toʻrtinchi guruh xarajatlari boʻyicha oshgan summa miqdorida xarajatlarni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tegishli moliya organlarida oʻrnatilgan tartibda roʻyxatga olingan budjet mablagʻlari boʻyicha yakka tartibdagi va umumiy xarajatlar smetasi hamda ularga oʻzgartirishlar budjetdan mablagʻ oluvchilar yoki moliya organlari tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirish faqat ularga budjetdan mablagʻ oluvchilar yoki moliya organlari budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalarini taqdim qilgandan soʻng amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yil boshida, budjetdan mablagʻ oluvchilarning roʻyxatga olingan xarajatlar smetalari mavjud boʻlmaganda, “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasiga muvofiq, moliya organlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda roʻyxatga olingan vaqtinchalik choraklik xarajatlar smetalari (keyingi oʻrinlarda – vaqtinchalik xarajatlar smetalari) asosida boshlangan moliya yilida budjetdan mablagʻ oluvchilarning yuridik va moliyaviy majburiyatlari roʻyxatga olinishi va xarajatlari amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kapital qurilish obyektlari boʻyicha kapital qurilish buyurtmachilari kapital qurilish obyektlari boʻyicha tegishli moliya organlari bilan kelishilgan, qurilishlarning manzilli roʻyxati (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli roʻyxati) va qurilishlarning titul roʻyxati asosida tuzilgan, xarajatlarning oylik boʻlinmasini (keyingi oʻrinlarda — kapital qurilish boʻyicha xarajatlar smetasi) gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital qurilish boʻyicha xarajatlar smetasiga aniqliklar qurilishlarning aniqlangan manzilli va titul roʻyxatlari asosida, konkurs savdolarining oʻtkazilishi va yuqoridagi qurilishlar roʻyxatlarini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanishiga qarab kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Gʻaznachilik boʻlinmalari budjetdan mablagʻ oluvchilarning mol yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzishi va ular tomonidan xarajatlar iqtisodiy tasnifining tegishli moddalari boʻyicha kreditorlik qarzlarni hisobga olgan holda, xarajatlarni budjetdan ajratiladigan mablagʻlar boʻyicha xarajatlar smetasida koʻrsatilgan limitlar doirasida amalga oshirilishi ustidan nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Asosiy xarajatlar smetalari roʻyxatga olingandan soʻng, budjetdan mablagʻ oluvchilar va ularning mol yetkazib beruvchilar bilan vaqtinchalik xarajatlar smetalari asosida oldin tuzgan shartnomalarini roʻyxatga olingan asosiy xarajatlar smetalariga muvofiqlashtirish maqsadida, zarur boʻlgan hollarda, oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yakka tartibdagi xarajatlar smetalarini roʻyxatga olishda vaqtinchalik xarajatlar smetasida tasdiqlangan budjet mablagʻlarining asosiy xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining tegishli moddalari boʻyicha ajratilgan budjet mablagʻlaridan oshishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tegishli budjetlarning daromadlar va xarajatlar yoyilmasiga, budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlar smetalariga, kapital qurilishning smeta xarajatlariga (qurilishlarning manzilli va titul roʻyxatlariga (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli roʻyxatiga) oʻzgartirishlar kiritish, moliya organlari tomonidan budjetdan mablagʻ oluvchilar, buyurtmachilar hamda kiritilayotgan oʻzgartirishlarni tegishli gʻaznachilik boʻlinmalari bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qabul qilingan yuridik va moliyaviy majburiyatlarning budjetdan ajratilgan mablagʻlar summasidan, shuningdek, kassa xarajatlarining aniqlangan ajratilgan budjet mablagʻlari summasidan ortiqcha amalga oshirilishiga olib keladigan miqdorda budjet mablagʻlarini kamaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ajratiladigan budjet mablagʻlarining kamaytirilishi tomonlar yuridik majburiyatini oʻzaro kamaytirgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratilgan budjet mablagʻlari koʻpaytirilgandan soʻng, budjetdan mablagʻ oluvchilar va ularning mol yetkazib beruvchilari oʻrtasida tuzilgan xoʻjalik shartnomalariga tomonlarning yuridik majburiyatlari aynan bir xilda koʻpaytirilishini koʻzda tutadigan oʻzgartirishlar kiritish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Budjet tashkilotlari tashabbusi bilan xarajatlar smetalariga kiritilayotgan kamaytirishlarning gʻaznachilik boʻlinmalari bilan kelishuvi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) budjetdan mablagʻ oluvchi tegishli xat bilan xizmat koʻrsatuvchi gʻaznachilik boʻlinmasiga budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetasiga oʻzgartirish soʻrovnomasini (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma) taqdim qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) gʻaznachilik boʻlinmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan va roʻyxatga olingan shartnomalar (kassa xarajatlari) summalarini taklif qilinayotgan aniqliklarni hisobga olgan holda aniqlangan (taklif qilinayotgan) budjetdan ajratilgan mablagʻlar summalaridan oshmaganligi boʻyicha soʻrovnomani tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamaytirish rejalashtirilayotgan rejali budjet mablagʻlari boʻyicha budjetdan mablagʻ oluvchining tegishli xarajatlar moddalari boʻyicha majburiyatlarni roʻyxatga olish va xarajatlar toʻlovlarini amalga oshirishni vakolatli organ tomonidan budjetdan mablagʻ oluvchining xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi tegishli qarori qabul qilingunga qadar (kamaytirish koʻzlanayotgan summalar qismida), toʻxtatib qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki ish kunidan oshmagan muddatda soʻrovnomaga “KELISHILDI” shtamp, imzo va roʻyxatga olingan sana qoʻyilgan holda budjetdan mablagʻ oluvchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) gʻaznachilik boʻlinmasiga kelishuv uchun taqdim qilingan oʻzgartirish soʻrovnomasi asosli sabablarga koʻra qondirilishi mumkin boʻlmagan hollarda, gʻaznachilik boʻlinmasi uch kun muddatda qaytarish sabablarini koʻrsatgan holda yozma ravishda qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Budjetdan mablagʻ oluvchi kelishilgan soʻrovnomani olgandan soʻng ikki ish kuni mobaynida uni ajratilgan budjet mablagʻlarini bosh taqsimlovchisi orqali tegishli moliya organiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya organi oʻzgartirish kiritishni rad qilgan holatda, budjetdan mablagʻ oluvchi majburiyatlar olish va xarajatlarni amalga oshirishni toʻxtatib qoʻyilishini bekor qilish uchun tegishli moliya organining xatini ilova qilgan holda xizmat koʻrsatuvchi gʻaznachilik boʻlinmasiga xat yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agar markazlashtirilgan buxgalteriya yoki budjet tashkiloti buxgalteriyasi tomonidan yuridik maqomga ega va ega boʻlmagan bir nechta budjetdan mablagʻ oluvchiga xizmat koʻrsatilsa va ularning xarajatlari oldin bitta budjet bank hisobvaragʻidan amalga oshirilgan boʻlsa, u holda ular tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga yakka tartibdagi smetalarni ilova qilgan holda bitta umumiy xarajatlar smetasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan bunday tashkilotlarning yuridik va moliyaviy majburiyatlarini qabul qilish, shuningdek, xarajatlar toʻlovlarini amalga oshirish ustidan nazorat taqdim qilingan umumiy xarajatlar smetasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning tasdiqlangan budjetdan ajratilgan mablagʻlariga kamaytirishlar kiritilishi zarur boʻlganda, mazkur Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan holatlardan tashqari, moliya organlari budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalariga oʻrnatilgan tartibda oʻzgartirishlar kiritishga asos boʻladigan hujjatlar loyihasi, hisob-kitoblar bilan birgalikda tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga taqdim qilinadi (taqdimnoma, maʼlumotnoma-bildirishnoma va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yuqoridagi hujjatlar loyihalari, hisob-kitoblar bilan birgalikda moliya organlari tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga ular tuzilgan kundan soʻng ikki ish kunidan kechikmagan muddatda kelishish uchun taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Gʻaznachilik boʻlinmalari mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan, taklif qilinayotgan oʻzgartirishlarni kiritish mumkinligi yuzasidan tegishli budjetlarda turuvchi budjetdan mablagʻ oluvchilar boʻyicha tegishli boʻlim, bob, paragraflar va xarajatlar moddalari boʻyicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari, shuningdek, band qilinmagan yuridik yoki moliyaviy majburiyatlarni tasdiqlangan budjetdan ajratilgan mablagʻlar bilan solishtirish orqali koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, hududlarda joylashgan, respublika budjetidan mablagʻ oluvchilar oʻzgartirish boʻyicha yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarni joylardagi joyidagi tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tekshiruvlar ijobiy natijalar berganda va koʻrsatilgan xarajatlar turlari boʻyicha ajratilgan budjet mablagʻlariga taklif qilinayotgan oʻzgartirishlar kiritishning imkoni mavjud boʻlganda, gʻaznachilik boʻlinmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻaznachilikning dasturiy majmuida kamaytirilishi koʻzlanayotgan tegishli budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar (oluvchilar)ning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi tegishli boʻlim, bob, paragraf va xarajatlar moddalari boʻyicha keyingi yuridik va moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatga olish va kassa xarajatlarini amalga oshirishni toʻxtatib qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar taqdim qilingan kunning keyingi kunidan kechikmagan muddatda, ijobiy xulosani taqdim qilingan hujjatlar bilan birgalikda tegishli moliya organiga yoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, shuningdek, budjetdan mablagʻ oluvchilarning keyingi kassa xarajatlarini amalga oshirishni toʻxtatib qoʻyishni bekor qilish, moliya organlari tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga, gʻaznachilik boʻlinmalari bilan oʻrnatilgan tartibda kelishilgan asosda barcha tasdiqlangan va roʻyxatga olingan, budjetdan mablagʻ oluvchilarning tasdiqlangan budjetdan ajratilgan mablagʻlariga, tegishli yakka tartibdagi smetalariga kiritilgan oʻzgartirishlar roʻyxati nusxalari taqdim qilingandan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yuridik va moliyaviy majburiyatlar bilan band boʻlmagan ajratilgan mablagʻlar mavjud boʻlmaganda hamda moliya organlariga taqdim qilingan hujjatlarda taklif qilinayotgan oʻzgartirishlar kiritishning imkoni boʻlmagan hollarda, gʻaznachilik boʻlinmalari ularni moliya organlari tomonidan hujjatlar va hisob-kitoblar taqdim qilingan kundan boshlab ikki ish kunidan kechikmagan muddatda, taklif qilinayotgan oʻzgartirishlarni kiritish imkoni yoʻqligi sabablarini koʻrsatgan holda yozma xulosa tuzadi va moliya organiga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Hujjatlar loyihasi va hisob-kitoblar boʻyicha moliya organi gʻaznachilik boʻlinmasidan salbiy xulosa olgandan soʻng, moliya organi oʻrnatilgan tartibda hujjatlarni qayta ishlash va budjetdan mablagʻ oluvchilarning tasdiqlangan budjetdan ajratilgan mablagʻlariga oʻzgartirishlar kiritishga toʻsqinlik qiluvchi sabablarni bartaraf qilish boʻyicha choralar koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Imzo namunalari va muhr izi kartochkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan Gʻaznachilik dasturiy majmuida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar ochishda budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan ikki nusxada imzo namunalari va muhr izi kartochkalari (keyingi oʻrinlarda — kartochka) taqdim qiladilar (kartochka shakli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, kartochkalarning bir nusxasi yuridik majburiyatlarni roʻyxatga oluvchi mutaxassisda, ikkinchi nusxasi esa budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlari toʻlovlarini amalga oshiruvchi mutaxassisda saqlanadi. Kartochkalar majburiy ravishda yuqori turuvchi tashkilot (yoki notarius) tomonidan tasdiqlanadi, tasdiqlash talab qilinmaydigan davlat muassasalarining imzo namunalari va muhr izi kartochkalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kartochkalarda budjetdan mablagʻ oluvchilar uchun gʻaznachilik boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlar raqamlari majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kartochkaga tashkilotning rahbari, bosh hisobchisi va yurist maslahatchisi yoki rahbar tomonidan vakolat berilgan shaxsning imzo namunalari qoʻyiladi va ular tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi. Agar budjetdan mablagʻ oluvchida tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan yurist maslahatchi shtati koʻzda tutilmagan boʻlsa, uning imzo namunasi kartochkada boʻlishi talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kartochkadagi imzo namunalariga (birinchi va ikkinchi) imzo huquqiga ega boʻlgan, tegishli xodimlar (keyingi oʻrinlarda — mansabdor shaxslar deb yuritiladi) oʻz qoʻllari bilan qoʻyishi shart (faksimil orqali qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi imzo huquqi bosh hisobchiga yoki ikkinchi imzo huquqiga ega boshqa shaxslarga berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vaqtinchalik birinchi yoki ikkinchi imzo huquqi berilganda, shuningdek, rahbar tomonidan vakolat berilgan javobgar shaxslardan biri vaqtinchalik almashtirilganida yangi kartochka toʻldirilmaydi, faqat vaqtincha vakolatga ega boʻlgan shaxsning imzo namunasi boʻlgan qoʻshimcha kartochkaning amal qilish muddati koʻrsatilgan holda taqdim qilinadi. Ushbu vaqtinchalik kartochkaga rahbarning imzosi qoʻyiladi, muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda notarius yoki yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tashkilot muhri oʻzgarganda, kartochkada aks ettirilgan imzolarning birortasi almashganda yoki qoʻshimcha kiritilganda, oʻrnatilgan tartibda budjetdan mablagʻ oluvchi notarius yoki yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan yangi kartochka taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzo namunalari va muhr izi kartochkalari gʻaznachilik boʻlinmasida oʻrnatilgan tartibda hisob yuritish va saqlash uchun qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, budjetdan mablagʻ oluvchi — tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan gʻaznachilik boʻlinmalari bilan ishlash uchun xodimlar roʻyxati tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek, Davlat budjeti hisobidan kapital qurilish buyurtmachilarining shartnomalari gʻaznachilik boʻlinmalarida majburiy roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, budjetdan mablagʻ oluvchilarning tovar (ish, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan budjet mablagʻlari hisobidan tuzadigan shartnomalarida qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan holatlardan tashqari, belgilangan tartibda 15 foiz miqdorida oldindan toʻlov amalga oshirilishi koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Gʻaznachilik boʻlinmalari budjetdan mablagʻ oluvchilarning ikkinchi tomon oldidagi yuridik majburiyatini belgilangan tartibda, ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida roʻyxatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan yuridik majburiyatlarning qabul qilinishi, ularning xarajatlar smetalarida iqtisodiy tasnifning tegishli moddalari boʻyicha koʻzda tutilgan, ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmi doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan faqat moliyalashtirish manbai va hajmi mavjudligi toʻgʻrisida tasdiq mavjud boʻlgan sotib olish hajmiga shartnoma tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan ajratiladigan budjet mablagʻlari summasi asosida aniqlangan yuridik majburiyatlar hajmi budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanishi lozim boʻlgan, moliya yili boshiga tegishli moddalar boʻyicha mavjud kreditorlik qarzi summasiga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Budjetdan mablagʻ oluvchilar moliya yili boshiga mavjud kreditorlik qarzining iqtisodiy tasnifning maʼlum moddalariga, funksional tasnifning boʻlimi va paragrafiga aloqadorligini koʻrsatgan holda, joriy moliya yilida xoʻjalik operatsiyalar boshlanguniga qadar gʻaznachilik boʻlinmalariga yozma ravishda maʼlumot taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Budjetdan mablagʻ oluvchilarga toʻlov manbai sifatida ajratiladigan budjet mablagʻlarini belgilagan xolda, moliya yilidan oshadigan muddatga xarid uchun, shuningdek, lizing va (yoki) boshqa turdagi kreditga xarid qilish uchun shartnoma tuzish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlari bir vaqtning oʻzida bir nechta paragraf (shaxsiy hisobvaraq) boʻyicha amalga oshirilganda, shartnomalarda har bir gʻazna shaxsiy hisobvaragʻi (paragrafi) boʻyicha summalar alohida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tovar (ish, xizmat)lar toʻlovi bir nechta manbalar mablagʻi hisobidan amalga oshirilishi koʻzda tutilgan hollarda, shartnomalarda majburiy ravishda ushbu manbalar boʻyicha rekvizitlar va ular hisobidan toʻlanishi lozim boʻlgan summalar alohida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kapital taʼmirlashni amalga oshirishda shartnomalarga budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan oʻrnatilgan tartibda bino va inshootlarni kapital taʼmirlash manzilli roʻyxati, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
defekt dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
smeta-loyiha hujjatlari (SLH tayyorlovchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan tegishli litsenziyaga ega boʻlishlari lozim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konkurs tanlovi oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma, agar shartnoma summasi 25 ming AQSH dollari miqdoridan oshsa, tender savdolari oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarni kapital taʼmirlashga loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarni kapital taʼmirlashga tender hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar shartnoma summasi 25 ming AQSH dollari miqdoridan oshsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining oʻrnatilgan tartibda tuzgan konkurs savdolari natijalari toʻgʻrisidagi hisoboti (arxitektura va qurilish boʻyicha Davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan) taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan maxsus asbob-uskuna, harbiy texnika, qurol-yarogʻ, xoʻjalik va boshqa harbiy buyumlarning kapital taʼmirlashini amalga oshirishga shartnomalar bilan birga budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan quyidagilar taqdim qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
defekt dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konkurs tanlovi oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma, agar shartnoma summasi 100 ming AQSH dollari miqdoridan oshsa, tender savdolari oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital taʼmirlashga tender hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar shartnoma summasi 100 ming AQSH dollari miqdoridan oshsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Budjetdan mablagʻ oluvchilar shartnomalarga qoʻshimcha ravishda, mol yetkazib beruvchilardan ularning tegishli organlarda roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini soʻrab oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan tovar-moddiy boyliklar sotib olinayotganda, mol yetkazib beruvchilarning ulgurji savdo qilishga litsenziyasi va roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasining (xususiy tadbirkorlar uchun) notarial tasdiqlangan nusxalari mol yetkazib beruvchilardan talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi hujjatlar gʻaznachilik boʻlinmalariga roʻyxatga olish uchun taqdim qilingan shartnomalar bilan birgalikda taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning ichki xoʻjalik yurituvchi boʻlinmalari tomonidan tovarlar yetkazib berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish (Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining kir yuvish boʻlinmalari, mehmonxonalari, taʼmirlash-qurilish guruhlari (brigadalari) va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va goʻsht-sut mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan yordamchi xoʻjaliklari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq budjet mablagʻlari hisobidan ichki xoʻjalik shartnomalari va toʻlovlarni amalga oshirish uchun asos boʻladigan, ichki xoʻjalik shartnomalari boʻyicha tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar asosida toʻlovlarni oʻtkazish gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining va IIV Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasining, qoidaga koʻra, budjetdan tashqari hisobvaraqlariga keyinchalik ularni qonun hujjatlariga muvofiq koʻzda tutilgan maqsadlarga ishlatish bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarorlari boʻyicha toʻlovlar, davlat bojlari, yigʻimlar toʻlaganda, yuridik majburiyatlar qabul qilinishi boshqa tasdiqlovchi hujjatlar (hisobvaraqlar, kvitansiyalar, Hukumat qarorlari va boshqalar) asosida shartnomalar tuzmasdan amalga oshirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot choragi (yili) yakuni boʻyicha budjet mablagʻlarining iqtisod qilingan qismida Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Budjetdan mablagʻ oluvchilar soʻmdagi qiymatiga qayta hisoblangan, chet el valyutasidagi import qilinayotgan tovar-moddiy boyliklar uchun shartnomalar tuzishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kurs farqini qoplash uchun yetarli budjetdan ajratilgan mablagʻlar zaxirasini koʻzda tutishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kurs farqini qoplash uchun yetarli budjetdan ajratilgan mablagʻlarining zaxirasi har bir shartnoma boʻyicha yakka tartibda budjetdan mablagʻ oluvchilar va gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan, zarur boʻlganda — tegishli moliya organi ishtirokida shartnomaning tuzilgan sanasi, koʻzda tutilayotgan muddatlari va valyuta kursining kutilayotgan oʻzgarishlari bilan bogʻliq holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Summasi chet el valyutasida koʻrsatilgan shartnomalar va hisobvaraq-fakturalar asosida import qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha yuridik va moliyaviy majburiyatlar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan oxirgi toʻlov sanasida ushbu vaqtgacha hosil boʻlgan kassa xarajatlari yigʻindisining oʻrtacha kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning mol yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, tomonlarning yuridik xizmatlari (jalb qilingan advokatlar) tomonidan majburiy tartibda qonun hujjatlariga muvofiqligi tekshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar shartnomaning summasi Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 200 baravari miqdoridan oshmasa, shartnomalarga yuristlar vizasi qoʻyiladi. Shartnomaning summasi, Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 200 baravari miqdoridan oshgan hollarda, shartnomalarga tomonlarning yuridik xizmati yoki jalb qilingan advokatlarning xulosalari ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Shartnomalar, shuningdek, ularga qoʻshimcha kelishuvlar aniq va ravshan, siyoh yoki sharikli ruchka yoki (yozuv, hisoblash) mashinada yozilgan holda toʻldirilishi lozim. Hech qanday tuzatishlar, oʻchirib yozishlar yoki toʻgʻrilashlarga oldindan kelishib olingan boʻlsa ham yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Budjetdan mablagʻ oluvchilar va mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar quyidagi talablarga rioya qilingan holda gʻaznachilik boʻlinmalariga taqdim qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100 ming AQSH dollariga teng boʻlgan miqdorigacha (teng boʻlganda ham), shartnomalarni mol yetkazib beruvchini tanlash boʻyicha konkurs tanlovi oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlari ilova qilingan holda taqdim qilish. Bunda, konkurs tanlovini oʻtkazish mol yetkazib beruvchini tanlash boʻyicha kamida ikkita konkurs taklifi boʻlganda, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollardan tashqari, konkurs takliflarini koʻrib chiqish asosida Konkurs tanlovi bayonnomasini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning umumiy summasi 100 ming AQSH dollarining soʻmdagi qiymatidan yuqori boʻlganda, qonunchilikka muvofiq oʻtkazilgan tender savdolari toʻgʻrisidagi hujjatlarni shartnomaga ilova qilingan holda taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi talablar kommunal xizmat koʻrsatishga tuziladigan shartnomalarga, monopolist korxonalar bilan kapital qurilishga pudrat va binolarni (inshootlarni) kapital taʼmirlash shartnomalari boʻyicha, shuningdek, shartnomalar tuzishning qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan ayrim hollariga tegishli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Budjetdan mablagʻ oluvchilar va mol yetkazib beruvchilar bilan budjet mablagʻlari hisobi qismidan tuzilgan shartnomalar, faqat ularning gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatga olinganidan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Budjetdan mablagʻ oluvchilar bilan mol yetkazib beruvchilar oʻrtasida tuziladigan shartnomalar tegishli gʻaznachilik boʻlinmalarida ularga berilgan tegishli raqam va roʻyxatga olingan sana koʻrsatilgan holda majburiy roʻyxatga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablagʻ oluvchilar, gʻaznachilik boʻlinmalariga shartnomalarni roʻyxatga olish uchun ular tuzilgan kundan soʻng 10 ish kunidan kechikmagan muddatda taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Budjetdan mablagʻ oluvchilar gʻaznachilik boʻlinmalariga shartnomani roʻyxatga olish uchun shartnomaning ikki asl nusxasi va bitta koʻchirma nusxasini taqdim qiladi. Shartnomalarga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda toʻlov jadvali ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Gʻaznachilik boʻlinmasi budjetdan mablagʻ oluvchi tomonidan shartnoma taqdim qilingan kundan boshlab uch ish kuni davomida shartnomada koʻrsatilgan summani budjetdan mablagʻ oluvchining xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan tegishli rejali ajratilgan budjet mablagʻlarining mavjudligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasi budjetdan mablagʻ oluvchining xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan tegishli rejali ajratilgan budjet mablagʻlari summasidan oshsa, ushbu shartnoma budjetdan mablagʻ oluvchiga uni gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan roʻyxatga olinmasdan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Shartnomalarni roʻyxatga olish, shartnomaning asl va koʻchirma nusxalarining barcha varaqlariga “Roʻyxatdan oʻtkazildi” shtampini qoʻyish va roʻyxatga olish raqami va sanasi koʻrsatilishi, gʻaznachilik boʻlinmasining mansabdor shaxsi oʻzining shaxsiy imzosi va gʻaznachilik boʻlinmasining muhr izi bilan tasdiqlashi orqali amalga oshiriladi. Roʻyxatga olingandan soʻng roʻyxatga olingan shartnomaning koʻchirma nusxasi gʻaznachilik boʻlinmasida hisob yuritish va saqlash uchun qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Shartnomalar hisobi Gʻaznachilik dasturiy majmuida elektron tarzda budjetdan mablagʻ oluvchi va mol yetkazib beruvchining nomi va rekvizitlari, shuningdek, shartnoma summasi, uning raqami va tuzilgan sanasi, gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan uni roʻyxatga olish raqami va sanasi koʻrsatilgan holda budjetdan mablagʻ oluvchilarning tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalarini roʻyxatga olish Kitobida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. IV guruh xarajatlarning maxfiy xarajatlari boʻyicha yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish uchun budjetdan mablagʻ oluvchi tomonidan gʻaznachilik boʻlinmasiga shartnomaning asl nusxasi, shuningdek, yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish uchun Soʻrovnoma mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma) shakl boʻyicha uch nusxada taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Soʻrovnoma budjetdan mablagʻ oluvchi tomonidan tuziladi va shartnoma tuzilgan kundan soʻng uch ish kunidan kechikmagan muddatda xizmat koʻrsatuvchi gʻaznachilik boʻlinmasiga taqdim qilinadi. Soʻrovnomaga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Toʻlov jadvali ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻaznachilik boʻlinmasining masʼul xodimi budjetdan mablagʻ oluvchining vakolatli vakili ishtirokida soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni shartnomaning asl nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan solishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning asl nusxasi bilan solishtirish tugagandan soʻng budjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotning vakolatli vakiliga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻaznachilik boʻlinmasi xodimlari tomonidan taqdim qilingan shartnomaning asl nusxasidan nusxa olish qatʼiyan man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Taqdim qilingan soʻrovnomada xato va (yoki) kamchiliklar mavjud boʻlmagan holda soʻrovnomada koʻrsatilgan shartnomani roʻyxatga olish boʻyicha keyingi tadbirlarni amalga oshirish uchun soʻrovnoma qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aks holda, soʻrovnoma budjetdan mablagʻ oluvchiga mavjud xato va (yoki) kamchiliklarni bartaraf qilish uchun qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Gʻaznachilik boʻlinmasi budjetdan mablagʻ oluvchi tomonidan soʻrovnomani qabul qilgan kundan boshlab uch ish kuni davomida shartnomada koʻrsatilgan summani budjetdan mablagʻ oluvchining xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan tegishli rejali ajratilgan budjet mablagʻlarining mavjudligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻrovnoma va tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasi budjetdan mablagʻ oluvchining xarajatlar smetasida koʻzda tutilgan tegishli rejali ajratilgan budjet mablagʻlari summasidan oshsa, ushbu shartnoma gʻaznachilik boʻlinmasida roʻyxatga olinmaydi, tegishli soʻrovnoma esa budjetdan mablagʻ oluvchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. IV guruh xarajatlarning maxfiy xarajatlari boʻyicha shartnomalarni roʻyxatga olish, soʻrovnomalar asosida soʻrovnomalarning old tomoniga “Roʻyxatdan oʻtkazildi” shtampi qoʻyilgan va roʻyxatga olingan raqam va sanasi koʻrsatilgan kundan boshlab uch ish kuni davomida gʻaznachilik boʻlinmasining mansabdor shaxsi oʻzining shaxsiy imzosi va gʻaznachilik boʻlinmasining muhr izi bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olingandan soʻng soʻrovnomaning ikki nusxasi budjetdan mablagʻ oluvchiga qaytariladi, bir nusxasi esa gʻaznachilik boʻlinmasida hisob yuritish va saqlash uchun qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining Zaxira jamgʻarmalari hisobidan maxfiy xarakterga ega boʻlgan xarajatlar toʻlovlari budjetdan mablagʻ oluvchilarning soʻrovnomasi boʻyicha mazkur Nizomda budjetdan mablagʻ oluvchilarning IV guruh xarajatlarning maxfiy xarajatlari amalga oshirish uchun koʻzda tutilgan tartib bilan bir xilda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Oʻziga xos maxfiylik rejimi taʼminlanishi talab qilinadigan maxfiy xarajatlarga taalluqli qismi, budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlar smetasida Davlat budjeti iqtisodiy tasnifining “01-9-90” xarajatlar moddasida aks ettiriladi va ushbu mablagʻlar faqat gʻaznachilik boʻlinmalariga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha taqdim qilingan yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish uchun soʻrovnoma va toʻlov topshiriqnomalari asosida bir vaqtning oʻzida toʻlov topshiriqnomalarida koʻrsatilgan summani yuridik va moliyaviy majburiyatlar qabul qilinadigan summasiga olib borilgan holda xarajatlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan ikkinchi taraf oldida moliyaviy majburiyatlar ularga yetkazib beriladigan tovar (ish, xizmat)lar uchun oʻtkazilishi lozimligini tasdiqlovchi hujjatlar, hisoblangan ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar boʻyicha qarzdorlik asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Moliyaviy majburiyatlar, oldin tuzilgan shartnomalar — qabul qilingan yuridik majburiyatlar doirasida qabul qilinadi, ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar boʻyicha moliyaviy majburiyatlar, shuningdek, davlat boji, yigʻimlar, badallar, majburiy toʻlovlar va shunga oʻxshash moliyaviy majburiyatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. IV guruhning maxfiy xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlar qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. IV guruh xarajatlarining maxfiy xarajatlari boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatga olish uchun, budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga hisobvaraq-fakturalar oʻrniga (ularni oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatlar) mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatga olish uchun soʻrovnomalar taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatga olish uchun soʻrovnoma tegishli hisobvaraq-faktura olingan kundan soʻng uch ish kunidan kechikmagan muddatda tuziladi va xizmat koʻrsatuvchi gʻaznachilik boʻlinmasiga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatga olish uchun soʻrovnoma bilan birgalikda budjetdan mablagʻ oluvchi tomonidan hisobvaraq-fakturaning asl nusxasi gʻaznachilik boʻlinmasining masʼul xodimiga koʻrib chiqish uchun taqdim qilinadi. Gʻaznachilik boʻlinmasining masʼul xodimi budjetdan mablagʻ oluvchining vakolatli vakili ishtirokida soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni hisobvaraq-fakturaning asl nusxasida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan solishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Solishtirish tugagandan soʻng hisobvaraq-fakturaning asl nusxasi tashkilot — budjetdan mablagʻ oluvchining vakolatli vakiliga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻaznachilik boʻlinmasi xodimlari tomonidan taqdim qilingan hisobvaraq-fakturaning asl nusxasidan nusxa olish qatʼiyan man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Mazkur Nizomning 63-bandida koʻrsatilgan xarajatlar faqat gʻaznachilik boʻlinmalariga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha taqdim qilingan yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish uchun soʻrovnoma va toʻlov topshiriqnomalari asosida ularning summalarini toʻlov topshiriqnomasida koʻrsatilgan bank hisobvaraqlariga gʻaznachilik boʻlinmalari shartnomalar va hisobvaraq-fakturalarni taqdim qilmasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, oʻziga xos xarajatlar boʻyicha toʻlov topshiriqnomalarining “Toʻlov maqsadi” ustunida “Maxsus maqsadli” yozuvi yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 3. Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda naqd pulda amalga oshiriladigan boshqa xarajatlar toʻlovlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar toʻlovlari budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan taqdim qilingan naqd pul mablagʻlari olish uchun soʻrovnomalar asosida cheklardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Naqd pul olish uchun chek daftarcha blankalarini gʻaznachilik boʻlinmasi xizmat koʻrsatuvchi bank filialidan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Cheklarga oʻchirib yozish, tuzatish, toʻgʻrilashlarga, faksimile ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Cheklar oʻn kun davomida haqiqiy hisoblanadi, ularni yozib berilgan kundan tashqari. Chek raqami kartochkada roʻyxatga olingan chek daftarchasi raqami va seriyalariga muvofiq boʻlishi lozim. Pul cheklari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki meʼyoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Gʻazna hisobvaraqlaridan naqd pul mablagʻlarini olish uchun cheklarga gʻaznachilik boʻlinmasining mansabdor shaxslari tomonidan imzo qoʻyiladi va gʻaznachilik boʻlinmasining muhri bilan tasdiqlanadi. Banklar tomonidan cheklar boʻyicha naqd pul mablagʻlari berish qatʼiy tartibda gʻaznachilik boʻlinmasining birinchi va ikkinchi imzo qoʻyish huquqiga ega boʻlgan hamda kartochkada koʻrsatilgan, mansabdor shaxsning imzosi mavjud boʻlgan va gʻaznachilik boʻlinmasi muhri bilan tasdiqlanganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, gʻaznachilik boʻlinmasi budjetdan mablagʻ oluvchining ishonchli shaxsiga (kassirga) chek blankalarini toʻldirish uchun berishi mumkin. Berilgan cheklar hisobi mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Berilgan va ishlatilgan cheklar hisobi jurnalida yuritiladi. Budjetdan mablagʻ oluvchining ishonchli shaxsi Chek daftarchasini olganlik toʻgʻrisidagi Jurnalning tegishli satriga imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Moliya yili davomida ishlatilgan chek daftarchasining milklari chek daftaridagi oxirgi chek blankasi toʻldirilgandan soʻng, keyingi ish kunida budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan gʻaznachilik boʻlinmalariga qaytarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, buzilgan (bekor qilingan) cheklar mavjud boʻlgan hollarda budjetdan mablagʻ oluvchilar majburiy tartibda ularni ishlatilgan chek milklariga ilova qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻaznachilik boʻlinmasining masʼul xodimi ishlatilgan chek milklarini olgandan soʻng ulardagi maʼlumotlarni Gʻaznachilikning dasturiy majmuidagi olingan naqd pul mablagʻlari summalari va unda ishlatilgan cheklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan solishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlatilgan cheklar boʻyicha maʼlumotlarda farqlar mavjud boʻlgan holatda gʻaznachilik boʻlinmasi tomonidan farqlarning sabablarini aniqlashtirish hamda barcha ishlatilgan chek milklarini va buzilgan cheklarni gʻaznachilik boʻlinmasiga qaytarish uchun chek daftarchalari roʻyxati tuziladi, unga yetishmayotgan cheklarning raqamlari va summalarini koʻrsatgan holda ilova tuziladi va budjetdan mablagʻ oluvchiga taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Budjetdan mablagʻ oluvchi ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, shuningdek, xizmat safari xarajatlarini va boshqa oʻrnatilgan tartibda ruxsat etilgan naqd puldagi xarajatlarni toʻlash uchun naqd pul mablagʻlarini olishga gʻaznachilik boʻlinmasiga budjetdan mablagʻ oluvchining rahbari va bosh hisobchisi imzosi bilan soʻrovnoma, shuningdek, tegishli ravishda toʻldirilgan chekni, keyinchalik gʻaznachilik boʻlimining vakolatli xodimi tomonidan ularni tekshirish va imzo qoʻyish uchun taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, budjetdan mablagʻ oluvchi ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, shuningdek, xizmat safari xarajatlarini toʻlash uchun soʻrovnomaga muvofiq oʻrnatilgan tartibda naqd pul mablagʻlari summalari koʻrsatilgan holda, chekning orqa tomoniga imzo va old tomoniga muhr qoʻymagan holda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Gʻaznachilik boʻlinmasi soʻrovnomani va toʻldirilgan chekni olishi bilan, chek va soʻrovnomadagi summalarning muvofiqligini oʻrnatilgan tartibda tekshiradi, imzo va muhr qoʻyadi va tekshirilgandan soʻng chekning nazorat markasini budjetdan mablagʻ oluvchining vakolatli shaxsi (kassir)ga beradi. Kundalik ravishda, ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, shuningdek, xizmat safari xarajatlarini toʻlash uchun naqd pul mablagʻlari olish uchun soʻrovnomalarning kelib tushishiga qarab, yozib berilgan cheklarga elektron koʻrinishda qogʻoz manbaga chiqarilib (kassa xarajat jurnali), uch nusxada reyestr tuziladi va gʻaznachilik boʻlinmasining masʼul shaxsi tomonidan cheklar bilan birgalikda bank filialiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablagʻ oluvchi naqd pul mablagʻlari olish uchun ishonchnomani ikki nusxada gʻaznachilik boʻlinmasiga taqdim qiladi, ulardan bittasini gʻaznachilik boʻlinmasi oʻzining muhr izi bilan bankka taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Budjetdan mablagʻ oluvchining ishonchli shaxsi bank kassasida chekning nazorat markasi boʻyicha naqd pul mablagʻlarini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablagʻ oluvchining ishonchli shaxsi tegishli budjetdan mablagʻ oluvchining bir qancha shaxsiy hisobvaraqlari boʻyicha naqd pul mablagʻlarini olish huquqiga ega, agar bular ishonchnomada koʻzda tutilgan boʻlsa. Naqd pul mablagʻlarini berish bank filiali tomonidan 23212 “Moliya vazirligi Gʻaznachiligining mablagʻi” va 23214 “Hududiy Gʻaznachilik boʻlinmalarining mablagʻi” hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Naqd pul mablagʻlari berilgandan soʻng reyestrning ikkinchi nusxasi (kassa xarajati jurnali) bank tomonidan naqd pul mablagʻlari berilganligi toʻgʻrisidagi bank belgisi qoʻyilgan holda koʻchirma bilan birgalikda gʻaznachilik boʻlinmasiga qaytariladi. Gʻaznachilik boʻlinmasi koʻchirma, reyestr va chek milki asosida tegishli shaxsiy hisobvaraqda belgi qoʻyadi va budjetdan mablagʻ oluvchiga shaxsiy hisobvaraqdan koʻchirma beradi, shuningdek, budjetdan mablagʻ oluvchiga chek milki nusxasini budjetdan mablagʻ oluvchi tomonidan budjet mablagʻlari boʻyicha xarajatlar smetalari ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotini tuzish uchun taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Budjetdan mablagʻ oluvchining ishonchli shaxsi tomonidan chekning nazorat markasi yoʻqotilganda, tegishli gʻaznachilik boʻlinmasiga chekning nazorat markasi yoʻqolgan kunning oʻzidayoq budjetdan mablagʻ oluvchining rahbari va bosh hisobchisi imzosi qoʻyilgan xat-bildirishnomani yoʻllaydi. Xat-bildirishnoma asosida gʻaznachilik boʻlinmasi bankka toʻlanmagan chekni qaytarish toʻgʻrisida iltimos xatini yoʻllaydi. Cheklar reyestrida bank tomonidan chaqirilgan cheklar toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Gʻaznachilik boʻlinmasi budjetdan mablagʻ oluvchilarning toʻlov topshiriqnomalari asosida gʻazna hisobvaraqlaridan IV guruh xarajatlari boʻyicha xarajatlar toʻlovini budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlar smetalarining tegishli moddalarida koʻzda tutilgan, ajratilgan budjet mablagʻlari limitlari doirasida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarajatlari toʻlovi toʻlov topshiriqnomalari bilan quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablagʻ oluvchilarning tegishli moddalari boʻyicha budjet mablagʻlari qoldiqlari summalari doirasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar toʻlov topshiriqnomasida koʻrsatilgan summa gʻaznachilik boʻlinmasida roʻyxatga olingan shartnomaga muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari summasidan oshmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobvaraq-faktura yoki tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar mavjud boʻlganda va budjetdan mablagʻ oluvchining mol yetkazib beruvchi oldidagi qarzdorligini, shuningdek, budjetdan mablagʻ oluvchining mol yetkazib beruvchiga avans toʻlovlari oʻtkazishini majburlovchi hujjatlar mavjud boʻlganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov topshiriqnomasida koʻrsatilgan mol yetkazib beruvchining, shuningdek, budjetdan mablagʻ oluvchilarning nomi va rekvizitlari shartnoma va hisobvaraq-fakturalarda yoki tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarda mol yetkazib beruvchining, shuningdek, budjetdan mablagʻ oluvchilarning nomi va rekvizitlari muvofiq boʻlganida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Yetkazib berilgan tovar (ish, xizmat)lar uchun xarajatlar toʻlovlari, shuningdek avans toʻlovlarini amalga oshirish uchun budjetdan mablagʻ oluvchilar gʻaznachilik boʻlinmasiga oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan toʻlov topshiriqnomalarini taqdim qiladi, bunda “Toʻlovchi” satrida gʻaznachilik boʻlinmasi nomi, “Toʻlovchining hisobvaragʻi” satrida — Gʻazna hisobvaragʻi, “Toʻlov maqsadi” — budjetdan mablagʻ oluvchining shaxsiy hisobvaragʻi raqami va nomi, tegishli budjet tasnifining kodlari, toʻlov amalga oshirish uchun asos boʻladigan hujjat, shuningdek, toʻlovning maqsadi koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) besh nusxada, agar gʻaznachilik boʻlinmasi va mol yetkazib beruvchiga bitta bank filialida xizmat koʻrsatilsa. Budjetdan mablagʻ oluvchining mansabdor shaxslari tomonidan imzo qoʻyilgan va muhr izi bilan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomasining birinchi nusxasi, budjetdan mablagʻ oluvchining gʻaznachilik boʻlinmasiga budjetdan mablagʻ oluvchining shaxsiy hisobvaragʻidan kassa xarajatlarini amalga oshirish soʻrovnomasi boʻlib xizmat qiladi. Toʻlov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi gʻaznachilik boʻlinmasining masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik boʻlinmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va bank filiali uchun gʻazna hisobvaragʻidan xarajatlar toʻlovi uchun asos boʻladi. Bank filialining toʻlanganlik toʻgʻrisidagi belgisi bilan toʻlov topshiriqnomasining uchinchi nusxasi tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchiga yetkaziladi. Bank filialining toʻlanganlik toʻgʻrisidagi belgisi bilan toʻlov topshiriqnomasining toʻrtinchi nusxasi gʻazna hisobvaragʻidan koʻchirmaga ilova qilinadi va gʻaznachilik boʻlinmasiga budjetdan mablagʻ oluvchining shaxsiy hisobvaragʻida kassa xarajatlarini aks ettirish uchun asos boʻladi. Gʻaznachilik boʻlinmasining “TOʻLANGAN” belgisi bilan va toʻlangan sana qoʻyilgan toʻlov topshiriqnomasining beshinchi nusxasi budjetdan mablagʻ oluvchining shaxsiy hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birgalikda budjetdan mablagʻ oluvchining vakolatli xodimiga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻrt nusxada, agar gʻaznachilik boʻlinmasi va mol yetkazib beruvchiga har xil bank filiallarida xizmat koʻrsatilsa. Budjetdan mablagʻ oluvchining mansabdor shaxslar tomonidan imzo qoʻyilgan va muhr izi bilan tasdiqlangan toʻlov topshiriqnomasining birinchi nusxasi, gʻaznachilik boʻlinmasiga budjetdan mablagʻ oluvchining shaxsiy hisobvaragʻidan kassa xarajatlarini amalga oshirish soʻrovnomasi boʻlib xizmat qiladi. Toʻlov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasi gʻaznachilik boʻlinmasining masʼul shaxslari tomonidan imzolanadi, gʻaznachilik boʻlinmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi va bank filiali uchun gʻazna hisobvaragʻidan xarajatlar toʻlovi uchun asos boʻladi. Bank filialining toʻlanganlik toʻgʻrisidagi belgisi bilan toʻlov topshiriqnomasining uchinchi nusxasi gʻazna hisobvaragʻidan koʻchirmaga ilova qilinadi va gʻaznachilik boʻlinmasiga budjetdan mablagʻ oluvchining shaxsiy hisobvaragʻida kassa xarajatlarini aks ettirish uchun asos boʻladi. Gʻaznachilik boʻlinmasining “TOʻLANGAN” belgisi bilan va toʻlangan sanasi qoʻyilgan toʻlov topshiriqnomasining toʻrtinchi nusxasi budjetdan mablagʻ oluvchining shaxsiy hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birgalikda budjetdan mablagʻ oluvchining vakolatli xodimiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yetkazib berilgan tovar (ish, xizmat)lar uchun xarajatlar toʻlovlar, shuningdek, avans toʻlovlari maxfiy xarajatlar boʻyicha amalga oshirilgan hollarda toʻlov topshiriqnomasining “Toʻlov maqsadi” satrida — faqat shaxsiy hisobvaraq raqami, qabul qilingan yuridik yoki moliyaviy majburiyatning roʻyxatga olingan raqami koʻrsatiladi va “Maxsus maqsadli” yozuvi yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Budjetdan mablagʻ oluvchi tomonidan taqdim qilingan hujjatlar mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlganda gʻaznachilik boʻlinmasining vakolatli xodimi “TEKSHIRILDI” belgisini, toʻlov topshiriqnomasi birinchi nusxasining orqa tomoniga toʻlov topshiriqnomasi qabul qilingan sana va oʻzining imzosini qoʻyadi. Toʻlov topshiriqnomasining ikkinchi nusxasini gʻaznachilik boʻlinmasi boshligʻi va masʼul shaxsining imzolari va gʻaznachilik boʻlinmasining muhr izi bilan rasmiylashtirish tekshiruvlar tugaganidan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻaznachilik boʻlinmasiga gʻaznachilik boʻlinmasidagi mavjud imzo va muhr izi namunalaridagi belgilar bilan budjetdan mablagʻ oluvchi tomonidan taqdim qilingan, ijro uchun bankka taqdim qilinadigan hujjatlardagi belgilarni solishtirish majburiyati yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha gʻazna hisobvaragʻidan toʻlovlar amalga oshirish uchun gʻaznachilik boʻlinmasi bankka toʻlov topshiriqnomalarining ikkinchi va uchinchi (gʻaznachilik boʻlinmasi va mol yetkazib beruvchiga bitta bank filialida xizmat koʻrsatilgan holda, toʻrtinchi) nusxalarini taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan toʻlov oʻtkazilgandan soʻng toʻlov topshiriqnomasining ikkinchi (gʻaznachilik boʻlinmasi va mol yetkazib beruvchiga bitta bank filialida xizmat koʻrsatilgan holda, uchinchi) nusxasi bankda qoladi, uchinchi (gʻaznachilik boʻlinmasi va mol yetkazib beruvchiga bitta bank filialida xizmat koʻrsatilgan holda, toʻrtinchi) nusxasi bankning shtampi va masʼul xodimining imzosi bilan va gʻazna hisobvaragʻidan koʻchirma bilan birgalikda gʻaznachilik boʻlinmasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Gʻaznachilik boʻlinmasining tegishli xodimi budjetdan mablagʻ oluvchilarning tegishli shaxsiy hisobvaraqlariga belgi qoʻygandan soʻng, budjetdan mablagʻ oluvchining shaxsiy hisobvaragʻidan koʻchirma va toʻlov topshiriqnomasining toʻrtinchi (gʻaznachilik boʻlinmasi va mol yetkazib beruvchiga bitta bank filialida xizmat koʻrsatilgan holda, beshinchi) nusxasi gʻaznachilik boʻlinmasi masʼul xodimining belgisi bilan budjetdan mablagʻ oluvchiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Hisobvaraq-fakturalar yoki tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berilganligini va budjetdan mablagʻ oluvchining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchi oldidagi qarzdorligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar gʻaznachilik boʻlinmasiga ularni mol yetkazib beruvchilardan olingandan soʻng uch ish kunidan kechikmagan holda taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Budjetdan mablagʻ oluvchilarning rahbarlari va bosh hisobchilari mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarning toʻgʻri rasmiylashtirishi, ularning asoslanganligi va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligi, narx qarorining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligi, birlamchi hujjatlar va tovar (ish, xizmat)lar yetkazib berilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning haqqoniyligi, jumladan Budjet tashkilotlarining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan, iqtisod qilingan mablagʻlarning va mol yetkazib beruvchilar oldidagi qarzdorlikning toʻgʻri aniqlanganligiga javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chek daftarlari va chek nazorat markalarining yoʻqotilishi yoki oʻgʻirlanishi, shuningdek, chek daftarlarini va chek nazorat markalarini olishga vakolatli shaxslar tomonidan suiisteʼmol qilish natijasida yuzaga kelgan zarar uchun budjetdan mablagʻ oluvchilarning masʼul shaxslari javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Gʻaznachilik boʻlinmalari qonunchilikka muvofiq zarur maxfiylik rejimiga rioya qilish, mazkur Nizom talablariga muvofiq roʻyxatga olingan shartnomalarning budjetdan mablagʻ oluvchilar xarajatlari smetasida koʻzda tutilgan rejali budjetdan ajratiladigan mablagʻlarga muvofiqligi va budjetdan mablagʻ oluvchilar xarajatlari toʻlovi ustidan nazoratning toʻgʻri amalga oshirilishi uchun javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 24-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari va tashkilotlarining budjet xarajatlari va boshqa maxfiy xarakterga ega boʻlgan budjet xarajatlarning gʻazna ijrosi tartibi haqidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOʻLOV JADVALI
__________ va ___________ bilan ________ umumiy summasi 20____ y. “____” __________-son _______ shartnomaga
Yuqoridagi koʻrsatilgan summadan ________________ soʻm yoki shartnomaning umumiy summasidan __________% 20____ _________ oyida toʻlanishi lozim.
* Yuqoridagi koʻrsatilgan summadan ______% joriy oyning _____________ sanasigacha har oylik ravishda oldindan toʻlanishi lozim.
Rahbar
____________
M.Oʻ.
(imzo)
Bosh hisobchi
____________
(imzo)
Gʻaznachilik boʻlinmasi xodimi qabul qildi
Budjetdan mablagʻ oluvchi xodimi qabul qildi
20___ y. “____” ___________ (imzo) _______________
20___ y. “____” ___________ (imzo) _____________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* ushbu satr budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda elektr energiyasi yetkazib berish, kommunal xizmatlar koʻrsatish, aloqa xizmati va boshqa shunga oʻxshagan har oy koʻrsatiladigan xizmatlar koʻrsatish uchun shartnomalar boʻyicha har oylik muddatda va miqdorlarda oldindan toʻlov amalga oshirilgan holatlarda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari va tashkilotlarining budjet xarajatlari va boshqa maxfiy xarakterga ega boʻlgan budjet xarajatlarning gʻazna ijrosi tartibi haqidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan mablagʻ oluvchilarning tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalarini roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KITOBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
( soʻmda)
№
Shartnoma — (yuridik majburiyat) ning roʻyxatga olingan raqami va sanasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari va tashkilotlarining budjet xarajatlari va boshqa maxfiy xarakterga ega boʻlgan budjet xarajatlarning gʻazna ijrosi tartibi haqidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik majburiyatlarni roʻyxatga olish uchun SOʻROVNOMA
______ - son
20___ y. “___” ___________
20___ y. ________________ga
Boʻlim ________
Bob _________
Paragraf ______
Shartnoma raqami
Tuzilgan sana
Mol yetkazib beruvchining nomi (toʻlovni oluvchi)
Mol yetkazib beruvchining bank rekvizitlari (toʻlovni oluvchi)
Summasi (soʻmda)
Taqdim qilingan sana 20___ y. “___” ________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari va tashkilotlarining budjet xarajatlari va boshqa maxfiy xarakterga ega boʻlgan budjet xarajatlarning gʻazna ijrosi tartibi haqidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
______________ va ________________ bilan ___________ umumiy summaga
200___ y. “____” __________ _____ -son shartnomaga
200___ y. “____” __________ _____ -son qoʻshimcha kelishuvga
200___ y. “____” __________ _____-son moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatga olishga SOʻROVNOMA
Boʻlim ________
Bob _________
Paragraf ______
(soʻmda)
200___ y. oyning nomi
Xarajatlar turi (moddalar)
Jami
...
...
...
Yanvar
Fevral
Mart
Aprel
May
Iyun
Iyul
Avgust
Sentabr
Oktabr
Noyabr
Dekabr
Jami yil boʻyicha
Taqdim qilingan sana 200__ y. “___” ________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari va tashkilotlarining budjet xarajatlari va boshqa maxfiy xarakterga ega boʻlgan budjet xarajatlarning gʻazna ijrosi tartibi haqidagi nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan va ishlatilgan cheklar hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш