Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2023 08.04.2009 yildagi 102-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2023
Hujjat 30.09.2019 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini ijaraga berishni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzurida davlat unitar korxonalari shaklida davlat mulkini ijaraga berish markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar deb ataladi) tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, quyidagilar tashkil etilayotgan markazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan davlat mulkini va uni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beriladigan davlat mulki boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara obyektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek ijara toʻlovi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilgan davlat mulkini har choraklik asosda xatlovdan oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlarni va ijaraga berilayotgan davlat mulki roʻyxatini davriy nashrlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida joylashtirish.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi tartib oʻrnatilsin, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki yuridik va jismoniy shaxslarga markazlar orqali ijaraga beriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan hamda Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan ijaraning eng kam stavkalarini hisoblab chiqish asosida tegishli koeffitsiyentlar belgilangan holda har yili 31-dekabrgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlarning tranzit hisob raqamlariga tushadigan ijara toʻlovi mablagʻlarining 25 foizi tegishli mahalliy budjet daromadiga, 25 foizi — Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasiga, 40 foizi — davlat mulkini balansida saqlovchiga va 10 foizi — tegishli markazga yoʻnaltiriladi;
(3-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.

2018-yil 1-oktabrdan boshlab, xalq taʼlimi muassasalarining koʻchmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablagʻning 1 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boʻlinmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa elektron savdo maydonchasi operatoriga toʻlangan toʻlov chegirilgandan keyin — xalq taʼlimi muassasalarini rivojlantirishning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara toʻlovi muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun undirilgan penya summasining va shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarima summasining 50 foizi markazlar ixtiyorida qoladi, qolgan qismi esa Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, tegishli markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olinayotgan sof foydasining bir qismi yoki hammasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasida jamlanadi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasida jamlanadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan budjetdan tashqari jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq belgilangan tartibda sarflanadi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-1. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida faoliyat yuritayotgan, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari shartlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat mulkida boʻlgan binolar va inshootlarda joylashtiriladigan budjet tashkilotlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish guruhlari uchun ijara haqining nol stavkasi belgilanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili koʻchmas davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini tasdiqlashda davlat mulki boʻlgan binolar va xonalarda joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining nol stavkasini belgilashni nazarda tutsinlar.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-1. Belgilab qoʻyilsinki, ijaraga berilgan davlat mulkiga zarar yetkazganlik belgilari aniqlangan taqdirda yetkazilgan zarar summasi baholash tashkiloti tomonidan uni baholash yoʻli bilan aniqlanadi va aybdor shaxslardan belgilangan tartibda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarar summasi tegishli markazning tranzit hisob raqamida jamlanadi hamda markazning baholashni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari va sud xarajatlari chegirilgan holda davlat mulkini balansida saqlovchiga yoʻnaltiriladi.
(4-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi 2009-yil 1-iyungacha davlat mulkini ijaraga berish yuzasidan ilgari tuzilgan, shu jumladan davlat mulkini balansida saqlovchi bilan tuzilgan shartnomalarni xatlovdan oʻtkazish, ularni hisobga qoʻyish va belgilangan tartibda shartnomalarni qayta rasmiylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, davlat mulkini balansida saqlovchilarning mansabdor shaxslari ularning tasarrufida boʻlgan foydalanilmayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar markazlarga oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli berilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini ijara shartnomasi tuzmasdan ijaraga berish, ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va soni ataylab notoʻgʻri qayd etilganligi, buning natijasi ijara toʻlovining yashirilishiga olib kelganligi holati aniqlangan taqdirda markaz buzilish aniqlangan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida, belgilangan tartibda davlat mulkidan foydalanganlik davri uchun ijara toʻlovini ikki baravar miqdorda hisoblab chiqadi va uni undirish uchun tegishli hujjatlarni balansida saqlovchiga taqdim etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisoblab yozilgan toʻlov summasi balansida saqlovchi tomonidan toʻlanmagan taqdirda davlat mulki joylashgan joydagi markaz hujjatlar balansida saqlovchiga taqdim etilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni oʻtgach hisoblab yozilgan toʻlov summasini belgilangan tartibda undirish uchun materiallarni sudga topshiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat mulkining asosiy turlari boʻyicha namunaviy ijara shartnomalarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlarning namunaviy ustavlarini, ularning namunaviy tuzilmasini va xodimlarining cheklangan sonini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda markazlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini, joylashtirilishini va ular malakali mutaxassislar bilan butlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda xalqaro tajribani oʻrganish asosida bir oy muddatda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 8-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi davlat mulkini ijaraga berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet eldagi davlat mulkini ijaraga berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan shartlar va tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning amal qilishi turar joylar, yer uchastkalari, yer osti boyliklari uchastkalari, teatr-tomosha korxonalarining mol-mulkini, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 53-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 11-son, 123-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki — davlat korxonalari va budjet tashkilotlari balansidagi mol-mulk, shuningdek yuridik shaxslarning ommaviy mulkni boshqaruvchi yoxud vakolatli davlat organi tomonidan tasarruf etish huquqisiz ularga berilgan mol-mulki (davlat mulki obyektlarini investitsiya majburiyatlari va boshqa majburiyatlar bilan sotish hollari bundan mustasno);
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markazlari;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchi — ijaraga berilayotgan davlat mulki uning balansida hisobga olingan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi — ushbu Nizomda belgilangan shartlarda va tartibda davlat mulki boʻyicha ijara shartnomasini tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnopark — kamida 10 000 kv.m tutash hududdan, davlat mulki (binolar va inshootlar)dan hamda mahalliy davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq tashkil etilgan (oʻz faoliyatini oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash tamoyili boʻyicha va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan biznes-reja asosida amalga oshiradigan) yuridik shaxsga ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun tasarruf etish huquqisiz berilgan zarur infratuzilmadan iborat boʻlgan mulkiy kompleks.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-maydagi 126-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 21-son, 246-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijaraga berilishi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan korxonalar, binolar, inshootlar yoki ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulk ijaraga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat mulki ularga nisbatan ijaraga beruvchida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari tuzilgan davlat mulki ijarasi shartnomalari boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning muomalaga layoqatsizligi yoki muomala layoqati cheklanganligi (jismoniy shaxslarga nisbatan) toʻgʻrisida ishonchli maʼlumot mavjud boʻlgan shaxslarga ijaraga berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar ijaraga berish natijasida balansda saqlovchining ishlab chiqarish va/yoki moliyaviy koʻrsatkichlari yomonlashsa va/yoki budjetdan moliyalashtirishning nazarda tutilgan limitlaridan ortiq boʻlsa, davlat mulki ijaraga berilishi mumkin emas. Koʻrsatib oʻtilgan holatlar yuqori turuvchi tashkilot yoki muassis (mavjud boʻlganda) bilan kelishgan holda balansda saqlovchi tomonidan hujjatlar bilan asoslanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ijaraga berilgan davlat mulki (uning bir qismi), shuningdek davlat mulkini (uning bir qismini) ijaraga olish boʻyicha ijaraga oluvchining huquqi oʻzgaga berilishi, garovga qoʻyilishi yoki boshqacha tarzda ijaraga oluvchi tomonidan uchinchi shaxslarga oʻtkazilishi mumkin emas. Ijaraga oluvchi ijaraga olingan davlat mulkini uchinchi shaxslarga, shu jumladan subijara shartlarida berishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga oluvchi mol-mulkni soz holatda saqlashi, oʻz hisobidan joriy taʼmirlashi va mulkni saqlash boʻyicha xarajatlarni qoplashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat mulki ijarasining eng koʻp muddati besh yilni, kichik tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun esa oʻn yilni tashkil etadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 382-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 537-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark hududidagi davlat mulkini ijaraga berishning eng koʻp muddati, davlat mulkini ijaraga berishning ilgari tuzilgan shartnomalari boʻyicha majburiyatlar oʻz vaqtida va toʻliq bajarilgan taqdirda ushbu muddatni uzaytirish imkoni bilan oʻn yilni tashkil qiladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-maydagi 126-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 21-son, 246-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Texnopark hududidagi davlat mulki tadbirkorlik subyektlariga ijara shartnomasi asosida, ular tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan ijaraga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya majburiyatlari va ularni tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarish shartlari ijara shartnomasida belgilanadi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-maydagi 126-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 21-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Kichik sanoat zonalari hududidagi davlat mulkini uzoq muddatli ijaraga berish, tanlov komissiyasi qarorlariga muvofiq, ijaraga beruvchi, Kichik sanoat zonasini boshqarish direksiyasi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tuziladigan uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 378-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 10-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat mulkini ijaraga berish jarayoni har qanday jismoniy va yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda tashabbus koʻrsatuvchi) tashabbusi asosida boshlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadlarda tashabbus koʻrsatuvchi davlat mulki joylashgan joydagi ijaraga beruvchiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkining tavsifini va u joylashgan joyni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchini (bunday maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda) koʻrsatgan holda tegishli taklifni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklif koʻrib chiqilishi va taklif olingan paytdan boshlab bir hafta muddatda tashabbus koʻrsatuvchiga asoslangan javob yuborilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ijara toʻlovini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovini (ijara toʻlovining tayanch stavkasi) hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ts=Es*Kz*(Kq+Kh+Ko), bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ts — bir yilga bir kv. metr uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Es — bir yilga bir kv. metr uchun eng kam stavka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kz — hududiy zonalar koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kq — qurilish turi boʻyicha koeffitsiyent (alohida turgan bino, qoʻshimcha qurilgan bino, binoning yuqori qismi, cherdak, boloxona, yarim yertoʻla, yertoʻla);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kh — tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko — tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (asosiy avtotransport yoʻllari boʻylab joylashish, ikkinchi darajali avtotransport yoʻllariga chiqishda joylashish va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovi stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi taqdim etgan hamda Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan ijaraning eng kam stavkalari hisob-kitobi asosida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan eng kam stavkalardan kam boʻlishi mumkin emas.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, hunarmandlar uchun davlat mulki obyektlari uchun ijara toʻlovi belgilangan eng kam toʻlovning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 186-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovining eng kam stavkalari hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan har yili 1-noyabrgacha tayyorlanadi hamda kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etiladi, ular oʻn ish kuni mobaynida ularni kelishadilar yoki qayta ishlash va keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining mulohazalari va takliflari olingan sanadan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda kelishishga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasiga qaytaradilar.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 15-dekabridan kechikmay binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovi eng kam stavkalarining kelishilgan hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tasdiqlash uchun yuboriladi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnopark hududidagi davlat mulki tadbirkorlik subyektlariga, tegishli koeffitsiyentlar belgilanmasdan, ijara toʻlovining eng kam stavkasi boʻyicha beriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-maydagi 126-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 21-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyundagi PQ-3782-son “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq quyidagi alohida toifadagi tadbirkorlik subyektlariga davlat mulki obyekti uchun ijara toʻlovi ushbu obyektga nisbatan eng kam ijara toʻlovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davrining yakuni boʻyicha ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumining umumiy hajmida kamida 30 foizini nogironligi boʻlgan shaxslar uchun protez-ortopediya buyumlari va inventarlar ishlab chiqarish, ularga ortopedik protezlash, protez-ortopediya buyumlari va inventarlarini taʼmirlash xizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushum tashkil etgan tadbirkorlik subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot davrining yakuni boʻyicha ishlab chiqaradigan mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumining umumiy hajmida kamida 20 foizini Brayl alifboli kitob va boshqa bosma materiallar, imkoniyati cheklangan bolalarga oʻquv va badiiy adabiyotlarni chop etish, ishora tilini qoʻllagan holda audio kitob hamda videomateriallar yaratishdan tushgan tushum tashkil etgan tadbirkorlik subyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarining kamida 30 foizini nogironligi boʻlgan shaxslar, oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari yoki nogironligi boʻlgan bolalari boʻlgan yolgʻiz shaxslar, jazoni ijro etuvchi muassasalardan ozod etilgan shaxslar, odam savdosi qurbonlari, oʻqishni tugatgan kunidan boshlab uch yil oʻtmagan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilari, “Mehribonlik” uylarining 30 yoshga yetmagan bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik subyekti;
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-oktabrdagi 840-sonli qaroriga asosan beshinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2018-y., 09/18/840/2079-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkning boshqa turlari uchun ijara toʻlovi stavkasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq boʻlmasa yoki ushbu muddatga teng boʻlsa, yoki amalda foydalanilgan muddatni aniqlash mumkin boʻlmasa — mol-mulk tiklanish qiymatining 30 foizidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ijaraga topshirilayotgan mol-mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq boʻlsa — mol-mulk tiklanish qiymatining 20 foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarali foydalanish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasida koʻrsatilgan tasniflashdan kelib chiqib belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansida saqlovchining rahbari va bosh buxgalteri ijaraga berilayotgan mol-mulkning tiklangan qiymati toʻgʻrisida taqdim etilgan axborotning ishonchliligi uchun javob beradilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-1. Ijara shartnomasini tuzishda isitish, sovutish, elektr energiyasi bilan taʼminlash, sovuq va issiq suv taʼminoti, yongʻin xavfsizligi va qoʻriqlash (hisoblagich, dizel generatori, sovutish mashinasi (chiller, fankoyl va boshqalar), tortish ventilyatorlari, nasoslar, transformator va taqsimlash kichik stansiyalari, yongʻin xavfsizligi va qoʻriqlash tizimlari, koʻtarish mexanizmlari (shu jumladan liftlar va boshqalar) zinapoya panjaralari, zinapoyalar, lift shaxtalari va boshqa shaxtalar, shuningdek balansida saqlovchi va ijaraga oluvchilarning xodimlari va/yoki oʻquvchilari oshxonalar va bufetlarda ovqatlanishi uchun foydalanadigan maydonchalar boʻyicha muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalar, mexanik, elektr, sanitariya-texnik asbob-uskunalar va boshqa asbob-uskunalar va qurilmalar boʻyicha ijara toʻlovi belgilanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkining koʻrsatib oʻtilgan turlari boʻyicha shartnomada kommunal va foydalanish toʻlovlari, shu jumladan amortizatsiya ajratmalari (mavjud boʻlganda) nazarda tutiladi.
(10-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-2. Turli sport, madaniy, oʻquv, tibbiyot tadbirlari va boshqa ijtimoiy tadbirlar (toʻgaraklar)ni tashkil etish, shuningdek darsdan tashqari (ishdan tashqari) vaqtda balansida saqlovchi va ijaraga oluvchilarning xodimlari ovqatlanishi va/yoki davolanishini tashkil etish maqsadida ijaraning ayrim obyektlari (oshxonalar va bufetlar, zallar (xonalar), sport inshootlari 270 ish kuni va 8 soatlik ish kuni hisobidan kelib chiqib ijara toʻlovining soatbay stavkasi toʻlangan holda ijaraga berilishi mumkin.
(10-2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlat mulkini ijaraga berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijaraga beruvchi davlat mulkini ijaraga berish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan davlat mulkini xatlovdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan davlat mulkiga yuklatilgan majburiyatlarni aniqlaydi va ular haqida maʼlumot tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan davlat mulki roʻyxatini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasi loyihasini, davlat mulkini ijaraga berish shartlarini, ijara obyekti, shu jumladan undan foydalanish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va boshqa zarur axborotni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan davlat mulki roʻyxatini eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki ijarasiga buyurtmanomalarni qabul qiladi va ularning roʻyxatdan oʻtkazilishini, maxfiyligini va saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial ijaraga oluvchilarning (keyingi oʻrinlarda talabgorlar deb ataladi) talabi boʻyicha ularga ijaraga berilayotgan mol-mulk, uning tavsiflari bilan tanishish imkoniyatini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan mol-mulkni tegishli xizmatlar bilan taʼminlash boʻyicha bitim loyihasini ishlab chiqadi hamda uni balansda saqlovchi hamda kommunal xizmatlar va foydalanish xizmatlari koʻrsatuvchilar bilan kelishadi (zaruriyat boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat mulki davriy nashrlarda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi toʻgʻrisida majburiy tarzda eʼlon qilish sharti bilan (chorakda kamida bir marta) ijaraga beriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlonda quyidagi maʼlumotlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchining nomi va pochta manzili, uning aloqa telefoni va faksi, elektron pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan davlat mulkining nomi, miqdori, tavsifi va tarkibi, u joylashgan joy, balansda saqlovchining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini ijaraga berish shartlari, shu jumladan undan foydalanish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchining xohishiga koʻra boshqa maʼlumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga oluvchi ijara shartnomasi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida yozma ravishda murojaat qilgan taqdirda, agar qonunda yoki ijara shartnomasida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻz vazifalarini zarur tarzda bajarib kelgan ijaraga oluvchi shartnoma muddati tugagandan keyin, shartlar teng boʻlgan holatlarda ijara shartnomasini yangi muddatga tuzishda boshqa shaxslarga nisbatan ustunlik huquqiga ega boʻladi. Ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan eng koʻp muddatlar tugagach davlat mulki ijaraga umumiy asoslarda beriladi.
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-martdagi 209-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2018-y., 09/18/209/0936-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Har bir ijara shartnomasi boʻyicha buyurtmanomalar ijaraga beruvchi tomonidan foydalanilmayotgan davlat mulkini ijaraga berish toʻgʻrisida eʼlon berilgandan keyin birinchi buyurtmanoma roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab, har bir buyurtmanomaga tartib raqami berilgan hamda buyurtmanoma berilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda, besh ish kuni mobaynida maxsus daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan muddat tamom boʻlgandan keyin tushgan talabnomalarni (buyurtmanomalarni) koʻrib chiqish ikki ish kunidan oshmaydigan muddat mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlar (talabgor) talabnomalarni (buyurtmanomalarni) koʻrib chiqishda qatnashishi mumkin. Buyurtmanomalarni koʻrib chiqishda qatnashmagan talabgor koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida yozma ravishda (faks, elektron pochta, pochta orqali) xabardor qilinadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Talabgorlarning buyurtmanomalarini koʻrib chiqish balansda saqlovchi va tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari vakillari ishtirokida ijaraga beruvchi huzurida tashkil etiladigan Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi, koʻrib chiqish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishi reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ikki va undan ortiq talabgorlardan takliflar tushgan taqdirda ijara shartnomasi ijaraning belgilangan shartlariga rioya qilingan holda ijaraga berilayotgan davlat mulki uchun ijara toʻlovining eng koʻp miqdorini taklif etgan talabgor bilan tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarning takliflari teng boʻlgan taqdirda ijara shartnomasi, agar talabgorlardan biri buyurtmanomalarni koʻrib chiqish jarayonida ijara toʻlovining dastlabki taklifidan ortiq boʻlgan miqdorda ijara toʻlovini taklif etmasa, boshqalardan oldin buyurtmanoma bergan talabgor bilan tuziladi. Ushbu holatda shartnoma ijara toʻlovining eng yuqori miqdorini taklif etgan talabgor bilan tuziladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz majburiyatlarini zarur tarzda bajargan ijaraga oluvchi boshqa shartlar teng boʻlgan taqdirda yangi muddatga ijara shartnomasini tuzishda boshqa talabgorlar oldida ustunlik huquqiga ega boʻladi, transport vositalari ijarasi bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqat bir nafar talabgordan buyurtmanoma tushgan taqdirda ijara shartnomasi uning takliflari tegishli eʼlonda koʻrsatilgan shartlarga muvofiq boʻlgan taqdirda u bilan tuziladi yoxud unga ijara shartnomasi tuzishning sabablari asoslangan rad javobi yuboriladi.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda navbatma-navbatlik tartibida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha guruhlar davlat mulki ijara shartnomasini tuzishning ustunlik huquqiga ega boʻladilar, ular Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari shartlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat mulki boʻlgan binolar va xonalarda joylashtiriladi, ular uchun ijara toʻlovining nul stavkasi belgilangan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansida saqlovchining yuritishida boʻlgan tashkilotlar, shuningdek balansida saqlovchining yuqori tashkiloti (muassasasi) hisoblangan vazirliklar (idoralar)ning tarkibiy boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari davlat mulki ijara shartnomasini tuzishning ustunlik huquqiga ega boʻladilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan beshinchi — oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-1. Amal qilish muddati navbatdagi yilga oʻtadigan koʻchmas davlat mulki ijara shartnomasi boʻyicha boʻlajak yil davri uchun ijara toʻlovi belgilangan tartibda boʻlajak yilga ijara toʻlovining eng kam stavkalariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom 15-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq tuzilgan, amal qilish muddati keyingi yilga oʻtadigan koʻchmas davlat mulki ijara shartnomasi boʻyicha kelgusi yil davri uchun ijara toʻlovi oldingi va kelgusi yil uchun eng kam stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblangan ijara toʻlovi tafovutiga mutanosib ravishda koʻpayadi yoki kamayadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga oluvchi kelishmagan taqdirda ijara shartnomasi bekor qilinadi va ijara obyekti belgilangan tartibda ijaraga beriladi.
(15-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Davlat mulki yuridik va jismoniy shaxslarga yagona elektron savdo maydonchasida onlayn-auksionlar yoʻli bilan ham ijaraga berilishi mumkin. Davlat mulkini ijaraga berish yuzasidan elektron savdolar oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi
(152-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-martdagi 209-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2018-y., 09/18/209/0936-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlat mulkining ijara shartnomasini tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Buyurtmanomalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma Komissiya tomonidan qaror qabul qilingan kunda Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va uning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmanomalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi imzolangan bayonnoma asosida tegishli davlat mulkining ijara shartnomasi tuziladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ijara shartnomasi ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va balansda saqlovchi oʻrtasida tuziladi. Ijara shartnomasini buyurtmanomalarni koʻrib chiqish bayonnomasida koʻrsatilgan muddat mobaynida, lekin koʻpi bilan besh kun muddatda barcha tomonlar imzolashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ijara shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan davlat mulkining tarkibi va qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara toʻlovining stavkasi va umumiy miqdori, uni toʻlash shartlari va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara toʻlovi miqdorlarini qayta koʻrib chiqish muddatlari va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkining holati va ijaraga beruvchi uni ijaraga oluvchiga berishi kerak boʻlgan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi tomonidan davlat mulkidan foydalanish, shu jumladan kommunal toʻlovlarni va boshqa foydalanish toʻlovlarini toʻlash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma toʻxtatilgandan keyin davlat mulkini qaytarish holati va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga olingan davlat mulkini tiklash va taʼmirlash boʻyicha majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlar hajmi va ularni ijaraga beruvchiga taqdim etish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasini, shu jumladan ijara toʻlovlarini toʻlash muddatlarining buzilishi munosabati bilan bekor qilish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Transport vositasini ijaraga berishda ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishni, shuningdek transport vositasini sugʻurta qilishni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ijara shartnomasini bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat mulkining ijara shartnomasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk bir yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga berilganda, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan transport vositalari ijaraga berilganda, notarial tasdiqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar ijaraga berilganda — notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Davlat mulki ijarasi shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ijara toʻlovi boʻyicha hisob-kitoblar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara toʻlovi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal va foydalanish toʻlovlari shu jumladan amortizatsiya ajratmalari (mavjud boʻlganda).
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ijara toʻlovi ijaraga oluvchi tomonidan ijara toʻlovining oxirgi belgilangan miqdoridan va ijaraning qolgan muddatidan kelib chiqqan holda hisoblangan davrlar (har chorakda, har oyda va shu kabi) boʻyicha teng miqdordagi toʻlovlar bilan toʻlanadi. Toʻlov ijara shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda har bir navbatdagi davr (chorak, oy va shu kabilar) uchun yuz foiz oldindan toʻlash shaklida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga oluvchi ijaraga berilgan davlat mulkini tiklash yoki mukammal taʼmirlashni amalga oshirgan taqdirda uning qilgan xarajatlari, ijaraga oluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli xizmatlari ekspertizasi natijalari taqdim etilgan taqdirda, balansda saqlovchiga ajratiladigan ijara toʻlovi summasini kamaytirish hisobiga qoplanadi davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari bundan mustasno.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga beruvchilarning tranzit hisob raqamlariga tushadigan davlat mulki ijarasidan mablagʻlar, shuningdek ijara toʻlovi kechiktirilganligi uchun undirilgan penya va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimalar summasi har haftada quyidagi tartibda taqsimlanishi lozim:
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara toʻlovi mablagʻlarining 25 foizi tegishli mahalliy budjet daromadiga, 25 foizi — Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasiga, 40 foizi — davlat mulkini balansida saqlovchiga, 10 foizi — ijaraga beruvchiga yoʻnaltiriladi davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari bundan mustasno;
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi muassasalarining koʻchmas mulkini ijaraga berishdan tushgan mablagʻning 1 foizi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boʻlinmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi esa elektron savdo maydonchasi operatoriga toʻlangan toʻlov chegirilgandan keyin — xalq taʼlimi muassasalarini rivojlantirishning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 822-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara toʻlovini toʻlash kechiktirilganligi uchun undirilgan penya summasi va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimaning 50 foizi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va qolgan 50 foizi ijaraga beruvchining tasarrufida qoladi.
(23-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti, uning hududiy boshqarmalari va davlat muzey-qoʻriqxonalari balansida boʻlgan madaniy meros obyektlarini ijara berilgan hollarda (tadbirkorlik faoliyati subyektlariga investitsiya majburiyatlari bilan ijaraga berish hollaridan tashqari), ijaraga beruvchilarning tranzit hisob raqamiga tushadigan ijara toʻlovini hamda ijara toʻlovi kechiktirilgani uchun undirilgan penya, shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarima summalari bir ish kuni mobaynida quyidagi tartibda taqsimlanadi.
(23-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarning 90 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Madaniy meros jamgʻarmasi shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(23-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi tegishli ijaraga beruvchi tasarrufida qoladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 200-sonli qaroriga asosan oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 372-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari ijara toʻlovi mablagʻlarining 50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Madaniy meros jamgʻarmasiga, 40 foizi — davlat mulkini balansida saqlovchiga, 10 foizi — ijaraga beruvchiga yoʻnaltiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga beruvchi mablagʻlarni Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi, ijaraga beruvchi va balansda saqlovchi oʻrtasida har qaysi ijara shartnomasi boʻyicha alohida, ijaraga beruvchi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi bankda ochiladigan tranzit hisob raqamidan taqsimlaydi.
(23-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 543-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara toʻlovining oʻz vaqtida va toʻliq tushishini nazorat qilish ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kommunal va foydalanish xizmatlari boʻyicha toʻlovlarni toʻlash miqdori, tartibi va muddatlari ijara shartnomasi bilan bir vaqtda tuziladigan balansda saqlovchi va ijaraga oluvchi oʻrtasidagi bitim bilan (bitim shartlari ijara shartnomasiga kiritilishi mumkin), kommunal va foydalanish xizmatlarini koʻrsatuvchilar tomonidan belgilangan tariflarni hisobga olgan holda tartibga solinadi. Elektr energiyasi, suv va gazni hisobga olish uchun zarur hisoblash priborlarini oʻrnatish shartnoma shartlariga muvofiq balansda saqlovchi yoki ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga beruvchi kommunal va foydalanish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan tuzilgan bitimlarga muvofiq ijaraga oluvchi tomonidan unga koʻrsatilgan xizmatlar haqining oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Davlat mulkini berish va qaytarish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tuzilgan ijara shartnomasi shartlariga muvofiq balansda saqlovchi ijaraga beruvchi ishtirokida davlat mulkini shartnoma shartlariga va davlat mulkining moʻljallangan maqsadiga muvofiq holatda ijaraga oluvchiga berishi, ijaraga oluvchi esa ijara muddati tugagach yoki ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda, haqiqiy emas deb hisoblanganda balansda saqlovchiga qaytarishi shart.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat mulki unga tegishli boʻlgan barcha buyumlar va unga taalluqli boʻlgan texnik hujjatlar bilan birga ijaraga oluvchiga beriladi va uning tomonidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat mulkini berish va qaytarish uch tomonlama topshirish-qabul qilish dalolatnomasini tuzgan holda, tomonlarning vakolatli vakillari ishtirokida amalga oshiriladi, dalolatnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnoma tuzilgan joy va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasining rekvizitlari (tuzilgan sanasi, tartib raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkining texnik holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berish dalolatnomasi tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va tomonlarning muhrlari (mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ijaraga olingan davlat mulkida kamchiliklar aniqlangan taqdirda (qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari) mulkni qabul qilib oluvchi tomonlar boshqa tomon davlat mulkini shartnomada belgilangan muddatlarda ijara shartnomasi shartlariga muvofiq holatga keltirgungacha yoki yetkazilgan zararni qoplagungacha uni qabul qilib olishni va davlat mulkini topshirish - qabul qilish dalolatnomasini imzolashni rad etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Ijaraga berilayotgan davlat mulkini hisobga olish, uning hisoboti va uni nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ijaraga berilayotgan davlat mulkini hisobga olish va axborot maʼlumotlari bazasini yuritish ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ijaraga berilayotgan davlat mulki reyestri ijaraga beruvchi tomonidan shakllantiriladi va mulk toʻgʻrisidagi mavjud axborotga muvofiq har chorakda yangilab boriladi (ijaraga berilgan, ijara muddati tugagan va shu kabilar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrni shakllantirish uchun axborot balansda saqlovchi tomonidan har chorakda taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ijaraga berilayotgan davlat mulkini hisobga olish maqsadida ijaraga beruvchi ijara shartnomasi tuzilgandan keyin bir ish kuni mobaynida reyestrga tegishli yozuvni kiritadi, ijara shartnomasi asl nusxasining har bittasiga hisobga olingani toʻgʻrisida belgi qoʻyadi, hisobga olish yozuvi kiritilgan sanani va tartib raqamini koʻrsatadi, uni muhr bilan tasdiqlaydi. Uch nusxada rasmiylashtirilgan ijara shartnomasining asl nusxalari bir nusxadan balans saqlovchiga, ijaraga oluvchiga beriladi va bir nusxasi ijaraga beruvchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ijaraga beruvchi ijara shartnomasi amal qiladigan muddat mobaynida ijaraga oluvchi tomonidan zimmasiga olingan majburiyatlarning ijara shartnomasiga muvofiq zarur darajada bajarilishini muntazam nazorat qilib boradi. Ushbu maqsadlarda ijaraga beruvchi quyidagilarga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchidan ijara shartnomasida nazarda tutilgan hajmlarda axborot soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, mulkning fizik holatini ijaraga oluvchining xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga olingan mulkdan foydalanish shartlarini, ijaraga oluvchi tomonidan uchinchi shaxslar huquqlariga rioya qilinishini oʻrganish (servitut, garov va shu kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchining ijaraga olingan davlat mulkini yaxshilashni amalga oshirish toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan davlat mulki toʻgʻrisida har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10 kunigacha tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar hokimliklarining moliya boshqarmalariga va Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasiga maʼlumot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi ijaraga berilgan davlat mulki boʻyicha yigʻma axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Davlat mulkini ijaraga berishning ushbu Nizomda koʻrsatilmagan shartlari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Davlat mulkini ijaraga berish shartnomasini rasmiylashtirish va tuzishda qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan ijaraga beruvchi shaxsan javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Balansida saqlovchi yil choragida kamida bir marta oʻzi uning yuritishida boʻlgan davlat mulkini xatlovdan oʻtkazishga va foydalanilmayotgan davlat mulki aniqlangan taqdirda 10 kun mobaynida ijaraga beruvchiga davlat mulki joylashgan joyni, miqdori, tarkibi va boshqa umumiy tavsiflarini koʻrsatgan holda uning haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishga majbur.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar yashirilganligi, oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi, shuningdek ularning buzilganligi uchun balansida saqlovchi va aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ijara shartnomasiga muvofiq qabul qilingan majburiyatlarni tomonlar bajarmagan taqdirda ular qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Davlat mulkini ijaraga berish munosabati bilan paydo boʻladigan nizolar qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Qamrab olishning toʻliqligi, oʻz vaqtida va zarur tarzda hisoblanishi, ijaraga berilgan davlat mulki boʻyicha ijara toʻlovi toʻlanishini nazorat qilish ijaraga beruvchilar tomonidan, shuningdek belgilangan tartibda tekshirishlar amalga oshirilgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 48-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 186-modda; 2010-y., 52-son, 513-modda; 2011-y., 48-son, 494-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2014-y., 11-son, 123-modda, 21-son, 246-modda, 30-son, 372-modda; 2015-y., 1-son, 10-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; 25-son, 537-modda, 25-son, 543-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son, 26.03.2018-y., 09/18/209/0936-son, 22.10.2018-y., 09/18/840/2079-son, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son, 19.10.2019-y., 09/19/881/3936-son; 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son, 25.08.2020-y., 09/20/508/1212-son, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/450/0691-son, 10.09.2021-y., 09/21/563/0859-son, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son, 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son; 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)