Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2023 08.04.2009 yildagi 102-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2023
Hujjat 01.01.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini ijaraga berishni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzurida davlat unitar korxonalari shaklida davlat mulkini ijaraga berish markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar deb ataladi) tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, quyidagilar tashkil etilayotgan markazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan davlat mulkini va uni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlarni hisobga olish va monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beriladigan davlat mulki boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara obyektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek ijara toʻlovi oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilgan davlat mulkini har choraklik asosda xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlarni va ijaraga berilayotgan davlat mulki roʻyxatini respublika va viloyat davriy nashrlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida har chorakda eʼlon qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi tartib oʻrnatilsin, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki yuridik va jismoniy shaxslarga markazlar orqali ijaraga beriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan hamda Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan ijaraning eng kam stavkalarini hisoblab chiqish asosida tegishli koeffitsiyentlar belgilangan holda har yili 31-dekabrgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlarning tranzit hisob raqamlariga tushadigan ijara toʻlovi mablagʻlarining 50 foizi tegishli budjet daromadiga yoʻnaltiriladi, qolgan qismi esa davlat mulkini balansida saqlovchi va markaz oʻrtasida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlar taʼminoti uchun ajratmalar miqdori amaldagi xarajatlardan va ijara toʻlovi mablagʻlari tushumi prognozidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda ajratmalar miqdori ijara toʻlovi summasining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-1. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida faoliyat yuritayotgan, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari shartlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat mulkida boʻlgan binolar va inshootlarda joylashtiriladigan budjet tashkilotlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish guruhlari uchun ijara haqining nol stavkasi belgilanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(3-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qarori bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi 2009-yil 1-iyungacha davlat mulkini ijaraga berish yuzasidan ilgari tuzilgan, shu jumladan davlat mulkini balansida saqlovchi bilan tuzilgan shartnomalarni xatlovdan oʻtkazish, ularni hisobga qoʻyish va belgilangan tartibda shartnomalarni qayta rasmiylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, davlat mulkini balansida saqlovchilarning mansabdor shaxslari ularning tasarrufida boʻlgan foydalanilmayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar markazlarga oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli berilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat mulkining asosiy turlari boʻyicha namunaviy ijara shartnomalarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda markazlarning namunaviy ustavlarini, ularning namunaviy tuzilmasini va xodimlarining cheklangan sonini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda markazlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini, joylashtirilishini va ular malakali mutaxassislar bilan butlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda xalqaro tajribani oʻrganish asosida bir oy muddatda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 8-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-son

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi davlat mulkini ijaraga berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet eldagi davlat mulkini ijaraga berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan shartlar va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning amal qilishi turar joylar, yer uchastkalari, yer osti boyliklari uchastkalari, teatr-tomosha korxonalarining mol-mulkini ijaraga berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markazlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchi — ijaraga berilayotgan davlat mulki uning balansida hisobga olingan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi — ushbu Nizomda belgilangan shartlarda va tartibda davlat mulki boʻyicha ijara shartnomasini tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijaraga berilishi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan korxonalar, binolar, inshootlar yoki ularning qismlari, asbob-uskunalar, transport vositalari shaklidagi davlat mulki va boshqa mol-mulk ijaraga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat mulki ularga nisbatan ijaraga beruvchida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari tuzilgan davlat mulki ijarasi shartnomalari boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning muomalaga layoqatsizligi yoki muomala layoqati cheklanganligi (jismoniy shaxslarga nisbatan) toʻgʻrisida ishonchli maʼlumot mavjud boʻlgan shaxslarga ijaraga berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar ijaraga berish natijasida balansda saqlovchining ishlab chiqarish va/yoki moliyaviy koʻrsatkichlari yomonlashsa va/yoki budjetdan moliyalashtirishning nazarda tutilgan limitlaridan ortiq boʻlsa, davlat mulki ijaraga berilishi mumkin emas. Koʻrsatib oʻtilgan holatlar yuqori turuvchi tashkilot yoki muassis (mavjud boʻlganda) bilan kelishgan holda balansda saqlovchi tomonidan hujjatlar bilan asoslanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ijaraga berilgan davlat mulki (uning bir qismi), shuningdek davlat mulkini (uning bir qismini) ijaraga olish boʻyicha ijaraga oluvchining huquqi oʻzgaga berilishi, garovga qoʻyilishi yoki boshqacha tarzda ijaraga oluvchi tomonidan uchinchi shaxslarga oʻtkazilishi mumkin emas. Ijaraga oluvchi ijaraga olingan davlat mulkini uchinchi shaxslarga, shu jumladan subijara shartlarida berishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga oluvchi mol-mulkni soz holatda saqlashi, oʻz hisobidan joriy taʼmirlashi va mulkni saqlash boʻyicha xarajatlarni qoplashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat mulki ijarasining eng koʻp muddati besh yilni tashkil etadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat mulkini ijaraga berish jarayoni har qanday jismoniy va yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda tashabbus koʻrsatuvchi) tashabbusi asosida boshlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadlarda tashabbus koʻrsatuvchi davlat mulki joylashgan joydagi ijaraga beruvchiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkining tavsifini va u joylashgan joyni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda saqlovchini (bunday maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda) koʻrsatgan holda tegishli taklifni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklif koʻrib chiqilishi va taklif olingan paytdan boshlab bir hafta muddatda tashabbus koʻrsatuvchiga asoslangan javob yuborilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ijara toʻlovini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovini (ijara toʻlovining tayanch stavkasi) hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ts=Es*Kz*(Kq+Kh+Ko), bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ts — bir yilga bir kv. metr uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Es — bir yilga bir kv. metr uchun eng kam stavka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kz — hududiy zonalar koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kq — qurilish turi boʻyicha koeffitsiyent (alohida turgan bino, qoʻshimcha qurilgan bino, binoning yuqori qismi, cherdak, boloxona, yarim yertoʻla, yertoʻla);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kh — tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko — tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (asosiy avtotransport yoʻllari boʻylab joylashish, ikkinchi darajali avtotransport yoʻllariga chiqishda joylashish va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovi stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi taqdim etgan hamda Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan ijaraning eng kam stavkalari hisob-kitobi asosida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan eng kam stavkalardan kam boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkning boshqa turlari uchun ijara toʻlovi stavkasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq boʻlmasa yoki ushbu muddatga teng boʻlsa, yoki amalda foydalanilgan muddatni aniqlash mumkin boʻlmasa — mol-mulk tiklanish qiymatining 30 foizidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ijaraga topshirilayotgan mol-mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq boʻlsa — mol-mulk tiklanish qiymatining 20 foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarali foydalanish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasida koʻrsatilgan tasniflashdan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlat mulkini ijaraga berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ijaraga beruvchi davlat mulkini ijaraga berish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan davlat mulkini xatlovdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan davlat mulkiga yuklatilgan majburiyatlarni aniqlaydi va ular haqida maʼlumot tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan davlat mulki roʻyxatini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasi loyihasini, davlat mulkini ijaraga berish shartlarini, ijara obyekti, shu jumladan undan foydalanish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va boshqa zarur axborotni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan davlat mulki roʻyxatini eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki ijarasiga buyurtmanomalarni qabul qiladi va ularning roʻyxatdan oʻtkazilishini, maxfiyligini va saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial ijaraga oluvchilarning (keyingi oʻrinlarda talabgorlar deb ataladi) talabi boʻyicha ularga ijaraga berilayotgan mol-mulk, uning tavsiflari bilan tanishish imkoniyatini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan mol-mulkni tegishli xizmatlar bilan taʼminlash boʻyicha bitim loyihasini ishlab chiqadi hamda uni balansda saqlovchi hamda kommunal xizmatlar va foydalanish xizmatlari koʻrsatuvchilar bilan kelishadi (zaruriyat boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ijaraga beruvchi har chorakda foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi toʻgʻrisida (ijaraga berilayotgan davlat mulki roʻyxati) respublika va viloyat davriy nashrlarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida eʼlon beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlonda quyidagi maʼlumotlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchining nomi va pochta manzili, uning aloqa telefoni va faksi, elektron pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan davlat mulkining nomi, miqdori, tavsifi va tarkibi, u joylashgan joy, balansda saqlovchining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara muddati;

davlat mulkini ijaraga berish shartlari, shu jumladan undan foydalanish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchining xohishiga koʻra boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushayotgan buyurtmanomalar ijaraga beruvchi tomonidan maxsus daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi, har bir buyurtmanomaga u berilgan sana, vaqt koʻrsatilgan holda tartib raqami beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tushgan buyurtmanomalar ijaraga beruvchi tomonidan bir hafta muddatda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Talabgorlarning buyurtmanomalarini koʻrib chiqish balansda saqlovchi va tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari vakillari ishtirokida ijaraga beruvchi huzurida tashkil etiladigan Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi, koʻrib chiqish natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishi reglamenti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ikki va undan ortiq talabgorlardan takliflar tushgan taqdirda ijara shartnomasi ijaraning belgilangan shartlariga rioya qilingan holda ijaraga berilayotgan davlat mulki uchun ijara toʻlovining eng koʻp miqdorini taklif etgan talabgor bilan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarning takliflari teng boʻlgan taqdirda ijara shartnomasi boshqalardan oldin buyurtmanoma bergan talabgor bilan tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz majburiyatlarini zarur tarzda bajargan ijaraga oluvchi boshqa shartlar teng boʻlgan taqdirda yangi muddatga ijara shartnomasini tuzishda boshqa talabgorlar oldida ustunlik huquqiga ega boʻladi, transport vositalari ijarasi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqat bir nafar talabgordan buyurtmanoma tushgan taqdirda ijara shartnomasi uning takliflari tegishli eʼlonda koʻrsatilgan shartlarga muvofiq boʻlgan taqdirda u bilan tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Davlat mulkining ijara shartnomasini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Buyurtmanomalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi imzolangan bayonnoma asosida tegishli davlat mulkining ijara shartnomasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ijara shartnomasi ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va balansda saqlovchi oʻrtasida tuziladi. Ijara shartnomasini buyurtmanomalarni koʻrib chiqish bayonnomasida koʻrsatilgan muddat mobaynida, lekin koʻpi bilan besh kun muddatda barcha tomonlar imzolashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ijara shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan davlat mulkining tarkibi va qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara toʻlovining stavkasi va umumiy miqdori, uni toʻlash shartlari va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara toʻlovi miqdorlarini qayta koʻrib chiqish muddatlari va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkining holati va ijaraga beruvchi uni ijaraga oluvchiga berishi kerak boʻlgan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi tomonidan davlat mulkidan foydalanish, shu jumladan kommunal toʻlovlarni va boshqa foydalanish toʻlovlarini toʻlash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma toʻxtatilgandan keyin davlat mulkini qaytarish holati va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga olingan davlat mulkini tiklash va taʼmirlash boʻyicha majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotlar hajmi va ularni ijaraga beruvchiga taqdim etish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasini, shu jumladan ijara toʻlovlarini toʻlash muddatlarining buzilishi munosabati bilan bekor qilish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Transport vositasini ijaraga berishda ijaraga oluvchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishni, shuningdek transport vositasini sugʻurta qilishni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ijara shartnomasini bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat mulkining ijara shartnomasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk bir yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga berilganda, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan transport vositalari ijaraga berilganda, notarial tasdiqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar ijaraga berilganda — notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Davlat mulki ijarasi shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ijara toʻlovi boʻyicha hisob-kitoblar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara toʻlovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal va foydalanish toʻlovlari (mavjud boʻlganda).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ijara toʻlovi ijaraga oluvchi tomonidan ijara toʻlovining oxirgi belgilangan miqdoridan va ijaraning qolgan muddatidan kelib chiqqan holda hisoblangan davrlar (har chorakda, har oyda va shu kabi) boʻyicha teng miqdordagi toʻlovlar bilan toʻlanadi. Toʻlov ijara shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda har bir navbatdagi davr (chorak, oy va shu kabilar) uchun yuz foiz oldindan toʻlash shaklida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga oluvchi ijaraga berilgan davlat mulkini tiklash yoki mukammal taʼmirlashni amalga oshirgan taqdirda uning qilgan xarajatlari, ijaraga oluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining tegishli xizmatlari ekspertizasi natijalari taqdim etilgan taqdirda, ijara toʻlovi summasini kamaytirish hisobiga qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara toʻlovi boʻyicha ijaraga beruvchilarning tranzit hisob raqamlariga tushadigan barcha mablagʻlar bir ish kuni mobaynida taqsimlanadi, shu jumladan ijaraga beruvchilarning tranzit hisob raqamlariga ijara toʻlovidan tushadigan mablagʻlarning 50 foizi tegishli budjet daromadiga yoʻnaltiriladi, qolgan qismi esa balansda saqlovchi va ijaraga beruvchi oʻrtasida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga beruvchilar taʼminoti uchun ajratmalar miqdori, amaldagi xarajatlardan va ijara toʻlovi mablagʻlari tushumi prognozidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda ajratmalar miqdori ijara toʻlovi summasining 10 foizidan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga beruvchi mablagʻlarni tegishli budjet, ijaraga beruvchi va balansda saqlovchi oʻrtasida har qaysi ijara shartnomasi boʻyicha alohida, ijaraga beruvchi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi bankda ochiladigan tranzit hisob raqamidan taqsimlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara toʻlovining oʻz vaqtida va toʻliq tushishini nazorat qilish ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kommunal va foydalanish xizmatlari boʻyicha toʻlovlarni toʻlash miqdori, tartibi va muddatlari ijara shartnomasi bilan bir vaqtda tuziladigan balansda saqlovchi va ijaraga oluvchi oʻrtasidagi bitim bilan (bitim shartlari ijara shartnomasiga kiritilishi mumkin), kommunal va foydalanish xizmatlarini koʻrsatuvchilar tomonidan belgilangan tariflarni hisobga olgan holda tartibga solinadi. Elektr energiyasi, suv va gazni hisobga olish uchun zarur hisoblash priborlarini oʻrnatish shartnoma shartlariga muvofiq balansda saqlovchi yoki ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijaraga beruvchi kommunal va foydalanish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan tuzilgan bitimlarga muvofiq ijaraga oluvchi tomonidan unga koʻrsatilgan xizmatlar haqining oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Davlat mulkini berish va qaytarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tuzilgan ijara shartnomasi shartlariga muvofiq balansda saqlovchi ijaraga beruvchi ishtirokida davlat mulkini shartnoma shartlariga va davlat mulkining moʻljallangan maqsadiga muvofiq holatda ijaraga oluvchiga berishi, ijaraga oluvchi esa ijara muddati tugagach balansda saqlovchiga qaytarishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat mulki unga tegishli boʻlgan barcha buyumlar va unga taalluqli boʻlgan texnik hujjatlar bilan birga ijaraga oluvchiga beriladi va uning tomonidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat mulkini berish va qaytarish uch tomonlama topshirish-qabul qilish dalolatnomasini tuzgan holda, tomonlarning vakolatli vakillari ishtirokida amalga oshiriladi, dalolatnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnoma tuzilgan joy va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasining rekvizitlari (tuzilgan sanasi, tartib raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkining texnik holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berish dalolatnomasi tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi va tomonlarning muhrlari (mavjud boʻlsa) bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ijaraga olingan davlat mulkida kamchiliklar aniqlangan taqdirda (qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari) mulkni qabul qilib oluvchi tomonlar boshqa tomon davlat mulkini shartnomada belgilangan muddatlarda ijara shartnomasi shartlariga muvofiq holatga keltirgungacha yoki yetkazilgan zararni qoplagungacha uni qabul qilib olishni va davlat mulkini topshirish - qabul qilish dalolatnomasini imzolashni rad etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Ijaraga berilayotgan davlat mulkini hisobga olish, uning hisoboti va uni nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ijaraga berilayotgan davlat mulkini hisobga olish va axborot maʼlumotlari bazasini yuritish ijaraga beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ijaraga berilayotgan davlat mulki reyestri ijaraga beruvchi tomonidan shakllantiriladi va mulk toʻgʻrisidagi mavjud axborotga muvofiq har chorakda yangilab boriladi (ijaraga berilgan, ijara muddati tugagan va shu kabilar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrni shakllantirish uchun axborot balansda saqlovchi tomonidan har chorakda taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ijaraga berilayotgan davlat mulkini hisobga olish maqsadida ijaraga beruvchi ijara shartnomasi tuzilgandan keyin bir ish kuni mobaynida reyestrga tegishli yozuvni kiritadi, ijara shartnomasi asl nusxasining har bittasiga hisobga olingani toʻgʻrisida belgi qoʻyadi, hisobga olish yozuvi kiritilgan sanani va tartib raqamini koʻrsatadi, uni muhr bilan tasdiqlaydi. Uch nusxada rasmiylashtirilgan ijara shartnomasining asl nusxalari bir nusxadan balans saqlovchiga, ijaraga oluvchiga beriladi va bir nusxasi ijaraga beruvchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ijaraga beruvchi ijara shartnomasi amal qiladigan muddat mobaynida ijaraga oluvchi tomonidan zimmasiga olingan majburiyatlarning ijara shartnomasiga muvofiq zarur darajada bajarilishini muntazam nazorat qilib boradi. Ushbu maqsadlarda ijaraga beruvchi quyidagilarga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchidan ijara shartnomasida nazarda tutilgan hajmlarda axborot soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, mulkning fizik holatini ijaraga oluvchining xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga olingan mulkdan foydalanish shartlarini, ijaraga oluvchi tomonidan uchinchi shaxslar huquqlariga rioya qilinishini oʻrganish (servitut, garov va shu kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchining ijaraga olingan davlat mulkini yaxshilashni amalga oshirish toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida va shartnomada nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan davlat mulki toʻgʻrisida har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10 kunigacha tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar hokimliklarining moliya boshqarmalariga va Toshkent shahar hokimligi moliya bosh boshqarmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga maʼlumot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ijaraga berilgan davlat mulki boʻyicha yigʻma axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Davlat mulkini ijaraga berishning ushbu Nizomda koʻrsatilmagan shartlari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Davlat mulkini ijaraga berish shartnomasini rasmiylashtirish va tuzishda qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan ijaraga beruvchi shaxsan javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ijara shartnomasiga muvofiq qabul qilingan majburiyatlarni tomonlar bajarmagan taqdirda ular qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Davlat mulkini ijaraga berish munosabati bilan paydo boʻladigan nizolar qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 186-modda; 2010-y., 52-son, 513-modda; 2011-y., 48-son, 494-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2014-y., 11-son, 123-modda, 21-son, 246-modda, 30-son, 372-modda; 2015-y., 1-son, 10-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; 25-son, 537-modda, 25-son, 543-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son, 26.03.2018-y., 09/18/209/0936-son, 22.10.2018-y., 09/18/840/2079-son, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son, 19.10.2019-y., 09/19/881/3936-son; 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son, 25.08.2020-y., 09/20/508/1212-son, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2021-y., 09/21/450/0691-son, 10.09.2021-y., 09/21/563/0859-son, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son, 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son; 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)