Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OBODONLASHTIRISH XODIMLARINI MODDIY RAGʻBATLANTIRISHNI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qarorining 7-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining xodimlarning ish haqini oʻrtacha 1,25 baravar oshirishni nazarda tutuvchi Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq tarif setkasini 2010-yil 1-yanvardan boshlab joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning 1-ilovaga muvofiq tarmoq tarif setkasi 2010-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
3. Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet parametrlarini shakllantirishda Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq tarif setkasidan kelib chiqqan holda 2010-yildan boshlab obodonlashtirish xodimlari ish haqiga xarajatlarni nazarda tutsin.
5. Oʻzkommunxizmat” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar bir hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-aprel,
91-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq tarif setkasi
Oldingi tahrirga qarang.
|
Lavozim nomi |
Birinchi guruh |
Ikkinchi guruh Shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari |
|
Boshqaruv xodimlari va muhandis-texnik xodimlar |
| |
| Boshqarma boshligʻi | 7,338 | 6,879 |
| Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari | 6,879 | x |
| Bosh muhandis | 6,879 | 6,434 |
| Ixtisoslashtirilgan boshqarma, boʻlim (kadrlar boʻlimidan tashqari), xizmat, uchastka boshligʻi | 5,996 | 5,568 |
| Bosh buxgalter | 6,434 | 5,568 |
| Bosh iqtisodchi, bosh agronom, bosh mexanik | 5,996 | x |
| Kadrlar boʻlimi boshligʻi | 5,140 | 4,729 |
| Yetakchi mutaxassislar: muhandis (barcha mutaxassisliklar boʻyicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik | 5,140 | x |
| Mutaxassislar: muhandislar va texniklar (barcha mutaxassisliklar boʻyicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik, dispetcher, bezakchi rassom, yuridik maslahatchi | 4,729 | 4,729 |
|
Asosiy ishlab chiqarish xodimlari |
| |
| Uchastka ustasi | 5,140 | 4,729-5,140 |
| Brigadirlar | 4,729 | 4,729 |
| 6- razryadli ishchilar: elektr-gaz payvandlovchi, elektr asbob-uskunalarini taʼmirlaydigan va ularga xizmat koʻrsatadigan elektr montyorlari, sozlovchi- mexanik, taʼmirlovchi chilangar, tokar | 4,729 | x |
| 5-razryadli ishchilar: elektrchi, elektr asbob-uskunalarini taʼmirlaydigan va ularga xizmat koʻrsatadigan elektr montyori, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha nomdagi chilangarlar (shu jumladan avtochilangarlar), nasos qurilmasi mashinisti, tokar, 1-klass yuk avtomobili va maxsus avtomobil haydovchisi, sozlovchi-mexanik, traktorchi, buldozerchi, asfaltlovchi-betonlovchi | 4,334 | 4,334 |
| 4-razryadli ishchilar: elektrchi, elektr asbob-uskunalarini taʼmirlaydigan va ularga xizmat koʻrsatadigan elektr montyori, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha nomdagi chilangarlar (shu jumladan avtochilangarlar), tokar, oʻzi yurar mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalar va transport-yigʻish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropchi, nasos qurilmasi mashinisti, sozlovchi mexanik, traktorchi, buldozerchi, asfaltlovchi-betonlovchi, duradgorlar, 1-klass yengil avtomobil haydovchisi, 2-klass yuk avtomobili va maxsus avtomobil haydovchisi, koʻkalamzorlashtiruvchi (yashil xoʻjalik ishchisi), irrigator | 3,956 | 3,956 |
| 3 razryadli ishchilar: elektrchi, elektr asbob-uskunalarini taʼmirlaydigan va ularga xizmat koʻrsatadigan elektr montyori, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha nomdagi chilangarlar (shu jumladan avtochilangarlar), tokar, oʻzi yurar mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalar va transport-yigʻish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropchi, nasos qurilmasi mashinisti, elektr motorlar motorchisi, sozlovchi mexanik, tokar, traktorchi, buldozerchi, asfaltlovchi-betonlovchi, duradgorlar, 2-klass yengil avtomobil haydovchisi, 3-klass yuk avtomobili va maxsus avtomobil haydovchisi, koʻkalamzorlashtiruvchi (yashil xoʻjalik ishchisi), bogʻbon, irrigator (ariq-drenaj tizimini yotqizish va taʼmirlash ishchisi), mirob (ariq-drenaj tizimiga suv berishni tartibga soluvchi ishchi), tashqi bezatish ishchisi, qabriston nazoratchisi, dafn marosimi xizmatlari ishchisi, hududlarni qoʻlda tozalaydigan tozalovchi, istirohat bogʻlari va bogʻlarda hojatxonalarni tozalovchi | 3,598 | 3,598 |
| 2-razryadli ishchilar: elektrchi, elektr asbob-uskunalarini taʼmirlaydigan va ularga xizmat koʻrsatadigan elektr montyori, akkumulyatorchi, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvondlovchi, barcha nomdagi chilangarlar (shu jumladan avtochilangarlar), tokar, oʻzi yurar mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalar va transport-yigʻish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropachi, nasos qurilmasi mashinisti, sozlovchi mexanik, elektr motorlar motorchisi, tokar, traktorchi, buldozerchi, asfaltlovchi-betonlovchi, duradgorlar, 3-klass yengil avtomobil haydovchisi, koʻkalamzorlashtiruvchi (yashil xoʻjalik ishchisi), bogʻbon, irrigator (ariq-drenaj tizimini yotqizish va taʼmirlash ishchisi), mirob (ariq-drenaj tizimiga suv berishni tartibga soluvchi ishchi), tashqi bezatish ishchisi, qabriston nazoratchisi, dafn marosimi xizmatlari ishchisi, hududlarni qoʻlda tozalaydigan tozalovchi, istirohat bogʻlari va bogʻlarda hojatxonalarni tozalovchi, daydi hayvonlarni tutish boʻyicha ishchilar | 3,270 | 3,270 |
| 1-razryadli ishchilar: avtochilangar, akkumulyatorchi, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, elektr motorlar motorchisi, koʻkalamzorlashtiruvchi (yashil xoʻjalik ishchisi), irrigator (ariq-drenaj tizimini yotqizish va taʼmirlash ishchisi), hududlarni qoʻlda tozalaydigan tozalovchi, qabriston qoravuli, daydi hayvonlarni tutish boʻyicha ishchilar | 2,971 | 2,971 |
| Yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar | | |
| Kassir, ombor mudiri | 3,165 | 2,878 |
| Rahbarning kotibasi | 3,467 | x |
| Yengil avtomobil haydovchisi | 2,377-2,878 | x |
| Qorovul | 2,377-2,616 | 2,377-2,616 |
| Binoni yigʻishtiruvchi | 2,377-2,616 | 2,377-2,616 |
| Har xil ishlarni bajaruvchi ishchi | 1-2,377 | 1-2,377 |
Izoh. Lavozimlar va kasblar (mutaxassisliklar) roʻyxati, shuningdek ishchilarning talab qilinadigan malaka razryadlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari bilan kelishgan holda boshqarma faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib shtat jadvalida belgilanadi.
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 46-son, 414-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
Nizom
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qaroriga muvofiq shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda boshqarmalar deb ataladi), Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 46-son, 414-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Boshqarmalar xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimi:
boshqarmalar xodimlarining lavozim maoshlarini;
lavozim maoshlariga qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalarni;
Keyingi tahrirga qarang.
boshqarmalar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmalaridan toʻlanadigan mukofotlarni oʻz ichiga oladi.
3. Boshqarmalar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boshqarma rahbari tomonidan tasdiqlangan va moliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan shtatlar jadvaliga muvofiq belgilangan tarif stavkalari (lavozim maoshlari) boʻyicha amalga oshiriladi.
II. Boshqarmalar xodimlarining tarif stavkalari (lavozim maoshlari)
4. Boshqarmalar xodimlarining tarif stavkalari (lavozim maoshlari) Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq tarif setkasi (keyingi oʻrinlarda tarmoq tarif setkasi deb ataladi) asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari mehnatga haq toʻlash guruhlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Birinchi guruhga Nukus shahar va viloyatlar markazlari, Toshkent shahar tumanlari boshqarmalari kiradi.
Ikkinchi guruhga Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shahar va tumanlari boshqarmalari kiradi.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar uchun tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 46-son, 414-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tarmoq tarif setkasining tarif koeffitsiyentlari xodimning lavozimi va malakasiga qarab tabaqalangan.
Shtat jadvalini shakllantirishda ishchi kasblari (mutaxassisliklar) boʻyicha malaka razryadlari va tarif koeffitsiyentlari ishlarni sifatli bajarish uchun talab qilinadigan malakadan (kasblar boʻyicha ishlarning oʻrtacha razryadidan) kelib chiqib belgilanadi.
Ishning talab qilinadigan malakasini belgilashda xizmat koʻrsatiladigan doiraning xususiyatlari va obodonlashtirish obyektining ahamiyati hisobga olinadi.
7. Xodimning tarif stavkasi (lavozim maoshi) xodimning tegishli lavozimi, kasbi va malakasi uchun belgilangan tarif koeffitsiyentini, shuningdek ushbu boshqarma tegishli boʻlgan guruhni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoriga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Xodimlarning tarif stavkalarini (lavozim maoshlarini) oʻzgartirish:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshirilganda;
xodim ushbu boshqarmada boshqa lavozimga oʻtganda yoki ishchiga yuqoriroq malaka razryadi berilganda amalga oshiriladi.
III. Qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar
9. Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqarmalarning xodimlariga tarif stavkasiga:
Keyingi tahrirga qarang.
ish vaqtidan tashqari ishlaganlik hamda dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun – soatbay tarif stavkasidan kelib chiqib ikki baravar miqdorida;
tungi vaqtlarda ishlaganlik uchun – soatbay tarif stavkasidan kelib chiqib 1,5 baravar miqdorida;
bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, xizmat koʻrsatish doirasini kengaytirganlik va oʻzining asosiy ishi bilan birgalikda vaqtincha boʻlmagan xodimning vazifalarini bajarganlik uchun – asosiy kasb (lavozim) boʻyicha xodim uchun belgilangan mehnat normasidan ortiqcha amalda bajarilgan ish uchun soatbay tarif stavkasi miqdorida qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanadi.
Soatbay tarif stavkasi miqdori xodimning tarif stavkasini ish vaqti normal davom etgan taqdirda ish soatlarining oʻrtacha oylik soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Xodimlarning dam olish kunlari ichki tartib qoidalari bilan belgilanadi.
Soat 22.00 dan soat 6.00 gacha ishlangan vaqt tungi vaqt hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlariga:
Keyingi tahrirga qarang.
oylik tarif stavkasining (lavozim maoshining) 20 foizi miqdorida ish haqiga tenglashtirilgan ustama belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
jamoaviy shartnoma asosida, ovqatlanish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida kompensatsiya toʻlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-sonli qaroriga muvofiq sakkizinchi—oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 46-son, 414-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlariga obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddatli xizmati) uchun quyidagi miqdorlarda har choraklik mukofot toʻlanadi:
| Uzoq muddatli xizmati uchun mukofot olish huquqini beradigan obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz ish staji | Uzoq muddatli xizmati uchun mukofot miqdorini hisoblash uchun oylik tarif stavkasiga nisbatan koeffitsiyent |
| 1 yildan 3 yilgacha | 0,5 |
| 3 yildan 5 yilgacha | 0,8 |
| 5 yildan 10 yilgacha | 1,0 |
| 10 yil va undan koʻp | 1,5 |
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 251-sonli qaroriga muvofiq oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 46-son, 414-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoʻshimcha toʻlovlarga xarajatlar boshqarma xarajatlarining yillik smetasida aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan noqulay tabiiy-iqlim sharoitli joylarda rayon koeffitsiyentlari boʻyicha tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalar toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlari bilan belgilangan tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning foizlarida hisoblab chiqiladigan boshqa qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar miqdori ushbu Nizom kuchga kirgan paytdan boshlab tarmoq tarif setkasi boʻyicha belgilangan tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning foizlarida hisoblab chiqiladi.
IV. Mukofotlash va moddiy yordam
12. Har bir boshqarmada tashkil etiladigan boshqarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mukofotlash va moddiy yordamning manbai hisoblanadi.
Boshqarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi ushbu boshqarma tomonidan har yili nazarda tutiladigan mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining 15 foizi miqdorida budjet mablagʻlari hisobiga hosil qilinadi.
13. Xodimlarni mukofotlash umuman boshqarma boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlar bajarilishi sharti bilan yil choragidagi ish yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Oʻzining funksional vazifalarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish hamda boshqarma faoliyati natijalariga shaxsiy ulush qoʻshish xodimlarga mukofot yozishning asosiy koʻrsatkichi hisoblanadi.
Xodimlarning har bir toifasi boʻyicha mukofotlashning aniq koʻrsatkichlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda boshqarma rahbari tomonidan belgilanadi.
Bir xodim hisobiga choraklik mukofot miqdori tarmoq tarif setkasi boʻyicha uning tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning 50 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Quyidagilar xodimlar mehnatini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
ishlab chiqarish topshiriqlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
biriktirilgan xizmat koʻrsatish doirasiga va boshqarmaning yuritishidagi obodonlashtirish obyektlariga xizmat koʻrsatishning belgilangan normalari va qoidalariga qatʼiy rioya qilishni taʼminlash;
xizmat koʻrsatish doirasini zarur tarzda saqlash masalalari boʻyicha aholining asoslangan tanbeh va shikoyati yoʻqligi.
15. Asoslash hamda moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha buxgalteriya va tezkor hisobga olish maʼlumotlari ilova qilingan holda boshqarmaning tegishli boʻlinmasi rahbarining bildirgisi xodimga mukofot yozish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun asos hisoblanadi.
16. Mukofotlash toʻgʻrisidagi qaror boshqarma rahbarining buyrugʻi bilan kamida 5 kishidan (toq son boʻlishi shart), shu jumladan komissiya raisi – boshqarma rahbari, rahbarning oʻrinbosari, bosh buxgalter, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi va boshqarma boʻlinmasi rahbarlaridan iborat tarkibda tashkil etilgan komissiya tomonidan qabul qilinadi.
17. Komissiyaning ish tartibi kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda boshqarma rahbari tomonidan belgilanadi.
Komissiyaning majlislari, qoidaga koʻra, har chorakda, ayrim hollarda esa – zaruriyatga koʻra oʻtkaziladi.
Mukofotlash toʻgʻrisidagi qaror ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Komissiya aʼzolarining kamida uchdan biri ovoz bergan taqdirda qaror qabul qilingan deb hisoblanadi.
18. Mukofot amalda ishlangan vaqt uchun beriladi.
Mehnat shartnomasi toʻxtatilishi (xodim tomonidan oʻz mehnat majburiyatlari buzilishi sababli mehnat shartnomasi toʻxtatilishi bundan mustasno) yoki ishga qabul qilish, harbiy xizmatga chaqirish yoki boshqa uzrli holatlar munosabati bilan mukofot yoziladigan toʻliq ishlanmagan davrda mukofot amalda ishlab berilgan vaqtga mutanosib ravishda tayinlanadi.
19. Ishlab chiqarish va texnologik yoʻriqnomalar, ichki mehnat tartibi qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan, jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygan xodimlar mukofotdan toʻliq yoki qisman mahrum qilinadi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan buzishlarga yoʻl qoʻygan xodimlarni mukofotdan mahrum qilish (mukofotni kamaytirish), ushbu buzishlarga yoʻl qoʻyilgan yoki buzishlar aniqlangan davr uchun amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga muvofiq intizomiy jazo berishda xodim ushbu jazo berilgan davr uchun mukofotdan toʻliq mahrum qilinadi.
Yoʻl qoʻyilgan buzishlar va kamchiliklar uchun xodimlarga mukofot kamaytirilishi yoki toʻlanmasligi mumkin. Pasaytiruvchi koʻrsatkichlar roʻyxati kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda boshqarma rahbari tomonidan belgilanadi.
20. Boshqarmada kamida oʻn yil ishlagan xodimlarga pensiyaga chiqish munosabati bilan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi toʻxtatilganda boshqarmada ishlangan har bir yil uchun bitta eng kam oylik ish haqi miqdorida, biroq xodimning 5 tarif stavkasi (lavozim maoshi)dan ortiq boʻlmagan miqdorda bir yoʻla nafaqa toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Xodimlarga mukofot toʻlash komissiyaning bayonnomasi asosida boshqarma rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
V. Mehnatga haq toʻlashning belgilangan tartibiga rioya qilish uchun javobgarlik
22. Boshqarma rahbari xodimlar mehnatini normalashtirish va hisobga olish tashkil etilishi, xodimlarga tarif stavkalari (lavozim maoshlari) belgilanishining toʻgʻriligi, ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar hisoblab chiqilganligi, mukofotlar yozilganligi uchun shaxsan javob beradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 160-modda; 2010-y., 46-son, 414-modda; 2011-y., 28-son, 290-modda; 2012-y., 2-son, 17-modda; 2013-y., 33-son, 440-modda; 2014-y., 45-son, 549-modda; 2017-y., 19-son, 343-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2019-y., 09/19/775/3755-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 06.03.2020-y., 09/20/125/0260-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2021-y., 09/21/658/0998-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.11.2025-y., 09/25/695/1019-son; 27.12.2025-y., 07/25/387/1225-son; 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)