20.12.2008 yildagi 276-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA TUVALOQLARNI KOʻPAYTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dasturlarni samarali amalga oshirish, ekologik vaziyatni yaxshilash, yoʻqolib ketish xavfi boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi parrandalarning noyob turlarini sunʼiy koʻpaytirish sharoitlarini yaratish, Oʻzbekistonda genofondni saqlash va ularning turlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Amirliklarning tuvaloqlarni saqlash markazi va Amirliklarning parrandalarni koʻpaytirish markazi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro va Navoiy viloyatlari hududida pitomniklar qurish boshlanganligi, tuvaloq joʻjalari oʻstirish uchun xorijiy asbob-uskunalarning toʻliq kompleksiga ega boʻlgan 14 ta maxsus konteynerlarni (inkubatorlar, chorva ozuqasi tayyorlash uchun maxsus binolar, veterinariya davolash shoxobchalari, temir panjarali maydonchalarni) montaj qilish tugallanganligi, tashqi elektr, suv, gaz va issiqlik taʼminoti tarmoqlari qurilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuvaloqlarning 250 dona tuxumi toʻplanganligi, 228 ta tuvaloq joʻjalari ochirilganligi, Birlashgan Arab Amirliklaridan 67 ta tuvaloq joʻjalari keltirilganligi, hozirgi vaqtda ikkita pitomnikda 2010-yilda tuxumlay boshlaydigan jami 295 ta tuvaloq joʻjalari oʻstirilayotganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Amirliklarning tuvaloqlarni saqlash markazi va Amirliklarning parrandalarni koʻpaytirish markazi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimda nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish davom ettirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari uchun nazarda tutilgan huquqlar va imtiyozlarni Amirliklarning tuvaloqlarni saqlash markazi va Amirliklarning parrandalarni koʻpaytirish markaziga nisbatan tatbiq etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amirliklarning tuvaloqlarni saqlash markazi va Amirliklarning parrandalarni koʻpaytirish markazi buyurtmanomalariga binoan, parrandalarning noyob turlarini oʻstirish va ularni tabiatga chiqarishni koʻpaytirish ishlarini bajarish uchun uzoq muddatli asosda jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini va roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amirliklarning tuvaloqlarni saqlash markazi va Amirliklarning parrandalarni koʻpaytirish markaziga qarashli avtomobil vositalarini “M” seriyasidagi davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartib raqami belgilari bilan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Amirliklarning tuvaloqlarni saqlash markazi va Amirliklarning parrandalarni koʻpaytirish markazi buyurtmanomalari asosida:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusida maxsus, yuqori texnologiyali asbob-uskunalar vositasida (inkubatorlarda) oʻstirish uchun tuvaloqlar tuxumlarini yigʻishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga tuvaloqlarni (Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashaydigan turlari kabi) va ularning tuxumlarini chetdan keltirishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Amirliklarning tuvaloqlarni saqlash markazi va Amirliklarning parrandalarni koʻpaytirish markazi tomonidan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha chetdan keltiriladigan tuvaloqlar, ularning tuxumlari, yuqori kaloriyali chorva ozuqalari, yuqori texnologiyali asbob-uskunalar hamda mazkur parrandalarni koʻpaytirish loyihasini samarali amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa texnikalar bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari ) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 20-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276-son