17.04.2008 yildagi 69-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SIQISH KOMPRESSOR STANSIYASI QURISH BILAN POMUQ KONINI OBOD QILISHNI YAKUNLASH” INVESTITSIYA LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Siqish kompressor stansiyasi qurish bilan Pomuq konini obod qilishni yakunlash” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 18-dekabrdagi PQ-749-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan “Siqish kompressor stansiyasi qurish bilan Pomuq konini obod qilishni yakunlash” loyihasini umumiy ekvivalent summasi 40,62 mln. dollar miqdorida moliyalashtirish toʻliq hajmda ochilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining loyihani tugallash uchun 1,5 yildan iborat imtiyozli davrni qoʻshgan holda muddati 5 yil boʻlgan, qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,25 foizli marjasini qoʻshganda yillik 2,25 foizli stavka bilan “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik kompaniyasi orqali qayta moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 21 mln. dollar miqdoridagi qoʻshimcha kreditini jalb etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik kompaniyasi va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bir hafta muddatda tegishli kredit shartnomalarining belgilangan tartibda tuzilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R.Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-son