Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2019 19.03.2009 yildagi 76-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.01.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar sportini rivojlantirish sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Vasiylik kengashi majlisining 2009-yil 19-yanvardagi 1-76-son bayonnomasi 4-bandini bajarish yuzasidan, bolalar sportini rivojlantirish sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish, bolalar sport inshootlaridan samarali foydalanishni taʼminlash, saqlash va sport bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Bolalar sportini rivojlantirish boshqarmasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Bolalar sportini rivojlantirish boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya boʻyicha maktabgacha, oʻrta umumiy va maktabdan tashqari taʼlim tizimini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirishda qatnashish, oʻsib kelayotgan avlodni jismoniy madaniyat va sport bilan shugʻullanishga ommaviy jalb qilish, taʼlim muassasalarida bolalar sportini rivojlantirishga, ularning sport bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan ishga tushirilgan bolalar sporti obyektlari ekspertizadan oʻtkazish asosida, xalqaro standartlardan kelib chiqib sport zallari, sport komplekslari va boshqa sport inshootlari uchun ishlab chiqilayotgan va joriy etilayotgan yangi talablar va meʼyorlarni hisobga olgan holda xalq taʼlimi muassasalari balansiga qabul qilib olinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar sporti obyektlarini normativlarga muvofiq asbob-uskunalar va inventar bilan jihozlashni moliyalashtirish boʻyicha hisob-kitoblar, takliflar va buyurtmanomalarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport inshootlari, inventar va asbob-uskunalardan meʼyorlar va binolardan foydalanish muddatlariga muvofiq, shuningdek foydalanilayotgan sport asbob-uskunalari va inventarning har bir turidan samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring olib borilishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar sportini rivojlantirish boshqarmasini zarur kasb koʻnikmalari va tajribaga ega boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan butlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar sportini rivojlantirish boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Bolalar sportini rivojlantirish boshqarmasining taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining umumiy xarajatlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori)” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qarori 2-bandining toʻrtinchi xat boshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda) va qarorga 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 141-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda; 2014-y., 19-son, 214-modda, 31-son, 386-modda; 2015-y., 7-son, 80-modda; 2016-y., 26-son, 316-modda)