Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADVOKATLAR PALATASINING HUDUDIY BOSHQARMALARI HUZURIDAGI MALAKA KOMISSIYALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-martda 1921-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 3-iyuldagi 15-mh-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3637, 07.07.2025-y.) asosan 2025-yil 10-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1997-y., 2-son, 48-modda) muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) hamda Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Ushbu buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2009-yil 14-mart,
69-mh-son
Adliya vazirining 2009-yil 14-martdagi 69-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 2-son, 48-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan keyingi oʻrinlarda malaka komissiyalari deb yuritiladi) vakolatlarini va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Malaka komissiyalari:
advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxslardan (bundan keyingi oʻrinlarda talabgor deb yuritiladi) malaka imtihonini qabul qilish;
advokat qasamyodini qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
advokatlar tomonidan qonun hujjatlari talablari, Advokatlarning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi toʻgʻrisidagi intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqish uchun tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Malaka komissiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining (bundan keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining (bundan keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb yuritiladi) qoʻshma qarorlari bilan advokatlar hamda adliya organlari xodimlaridan teng miqdorda tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Malaka komissiyalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi qarorlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Malaka komissiyalari masalalarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha qarorlar qabul qilishda hududiy boshqarmalar va adliya organlari, ularning yuqori turuvchi tuzilmalari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, mansabdor shaxslar va fuqarolardan mustaqildir.
5. Malaka komissiyalarining moddiy-texnika va moliyaviy taʼminoti hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Malaka komissiyalarining vakolatlari
6. Malaka komissiyalari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:
talabgorlar, advokatlar va boshqa manfaatdor shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
zarur boʻlganda, manfaatdor shaxslar va tegishli tashkilotlardan qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab oladi;
talabgorlar tomonidan malaka imtihonlari topshirilishi natijalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
talabgorlar tomonidan advokat qasamyodi qabul qilinishi natijalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
7. Malaka komissiyalari oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda:
malaka komissiyasi koʻrib chiqishi uchun kiritilgan masalalarni har tomonlama va xolisona koʻrib chiqishga;
qonun hujjatlariga, advokatlik faoliyatining asosiy prinsiplariga qatʼiy rioya etishga;
Keyingi tahrirga qarang.
advokatlik faoliyatining kafolatlari va himoyasini, advokatning daxlsizligini, advokatning faoliyatiga aralashmaslikni taʼminlashga;
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining (bundan keyingi oʻrinlarda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) qarorlarini ijro etishga majburdir.
III. Malaka komissiyalarining faoliyatini tashkil etish
8. Malaka komissiyalarining tarkibi hududiy boshqarmalar va adliya organlari rahbarlarining qoʻshma qarorlari bilan advokatlar hamda adliya organlari xodimlaridan teng miqdorda 8 — 10 kishidan, shu jumladan malaka komissiyalarining hamraislari va aʼzolari uch yil muddatga tasdiqlanadi.
Malaka komissiyalarining hamraislari malaka komissiyalari tarkibiga kiritilgan advokatlar va adliya organlari xodimlari orasidan belgilanadilar hamda malaka komissiyalarining majlislarida navbat bilan raislik qiladilar, malaka komissiyasining majlisida raislik qilishi lozim boʻlgan hamraisning uzrli sabablarga koʻra hozir boʻlmaganlik hollari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Bir shaxs bir vaqtning oʻzida malaka komissiyasining va Oliy malaka komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Malaka komissiyalari aʼzoligiga advokatlardan nomzodlar advokatlarning tegishli davlat reyestriga kiritilgan va advokatlik faoliyati boʻyicha kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan advokatlar orasidan taqdim etiladi. Advokat surunkasiga ikki muddat malaka komissiyasining aʼzosi boʻlishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Malaka komissiyasining aʼzosi boʻlgan advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish koʻrib chiqilishi yoki malaka komissiyasi aʼzosi boʻlgan adliya organlari xodimidan malaka imtihoni va advokat qasamyodi qabul qilinayotganda ular malaka komissiyasi majlisida qatnashishga haqli emas.
Malaka komissiyasining majlisi, agar unda malaka komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, komissiya vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Kvorum boʻlmagan holda malaka komissiyasining majlisda hozir boʻlgan aʼzolari tomonidan majlisni keyinga qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qoʻshimcha ravishda xabar qilinadi.
Oliy malaka komissiyasining qaroriga binoan malaka komissiyalarining majlislarida Oliy malaka komissiyasining aʼzolari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Malaka komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin uch oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Hududiy boshqarmalar malaka komissiyasining hamraislari bilan kelishgan holda komissiya majlisi oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin majlisning kun tartibi, sanasi, vaqti va joyini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Malaka komissiyasining qarorlari uning majlisida qatnashayotgan malaka komissiyasi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan, ochiq ovoz berish orqali manfaatdor shaxslar ishtirokisiz qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Malaka komissiyasining qarorlari ular qaysi majlisda qabul qilingan boʻlsa, oʻsha majlisda raislik qiluvchi tomonidan eʼlon qilinadi.
13. Malaka komissiyasining ishini yuritish hududiy boshqarma rahbari tomonidan tayinlanadigan malaka komissiyasining masʼul kotibi (bundan keyingi oʻrinlarda masʼul kotib deb yuritiladi) zimmasiga yuklatiladi. Masʼul kotib malaka komissiyasining va Oliy malaka komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Masʼul kotib:
talabgorlardan hujjatlarni, shuningdek, advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritishga taalluqli hujjatlarni qabul qiladi;
talabgorlarga sabablarini koʻrsatgan holda hujjatlarni qaytarib beradi;
malaka komissiyasi majlisida koʻrib chiqish uchun materiallarni tayyorlashni amalga oshiradi va ularning saqlanishini taʼminlaydi;
malaka komissiyasi aʼzolarini, shuningdek, qaysi advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish olib borilayotgan boʻlsa, oʻsha advokatni va boshqa manfaatdor shaxslarni komissiya majlisining oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida xabardor qiladi;
malaka komissiyasi aʼzolari va manfaatdor shaxslarning majlisda hozir boʻlganligini tekshiradi, hozir boʻlmaganlik sabablarini aniqlaydi va bu haqda malaka komissiyasiga axborot beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
malaka komissiyasi majlislarining bayonnomalarini yuritadi;
malaka imtihonini topshirmagan talabgorlarning hisobini yuritadi;
raislik qiluvchining malaka komissiyasi majlisiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa topshiriqlarini bajaradi, shuningdek, mazkur Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
14. Malaka komissiyasining majlislarida bayonnoma yuritiladi, u majlisda qatnashgan komissiyaning barcha aʼzolari, shuningdek, masʼul kotib tomonidan imzolanadi. Malaka komissiyasining qaroridan rozi boʻlmagan malaka komissiyasining aʼzosi komissiya majlisining bayonnomasiga kiritiladigan oʻzining nuqtai nazarini yozma shaklda bayon etishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Malaka komissiyasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalarga qarab, bayonnomada:
komissiya majlisi oʻtkaziladigan sana va joy;
komissiya majlisida qatnashgan komissiya aʼzolarining roʻyxati;
komissiya majlisining kun tartibi;
talabgorlar toʻgʻrisidagi axborot;
talabgorning imtihon biletining raqami va unga kiritilgan savollar mazmuni;
Keyingi tahrirga qarang.
talabgorning imtihon biletida nazarda tutilgan savollarga javoblari;
komissiya aʼzolari tomonidan berilgan qoʻshimcha savollar va talabgorning javoblari;
talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish natijalari boʻyicha ovoz berish yakunlari;
Keyingi tahrirga qarang.
advokat qasamyodini qabul qilayotgan talabgorga berilgan litsenziya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
intizomiy ish yuritishga oid holatlar, malaka komissiyasi aʼzolarining, manfaatdor shaxslarning soʻzga chiqishlari hamda tegishli tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asosiy mazmuni;
intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ovoz berish yakunlari;
malaka komissiyasi aʼzolari tomonidan bildirilgan fikrlar;
komissiya majlisining kun tartibiga kiritilgan har bir masala boʻyicha qarorlar;
komissiya qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi;
qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Malaka komissiyasi majlisi bayonnomasining nusxalari bir haftalik muddatda Oliy malaka komissiyasiga va tegishli adliya organiga yuboriladi.
17. Malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirmalar qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay masʼul kotib imzosi bilan manfaatdor shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olingan holda topshiriladi. Malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirmalar hududiy boshqarmaning muhri bilan tasdiqlanadi.
Malaka komissiyasi majlisi bayonnomasidan koʻchirmalarda komissiya majlisi oʻtkazilgan sana va joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, komissiya majlisining kun tartibiga kiritilgan qismidagi, tegishli manfaatdor shaxslarga taalluqli boʻlgan masala boʻyicha qaror va ushbu qaror ustidan shikoyat qilish tartibi bayon etiladi.
IV. Malaka imtihonini topshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
18. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun doimiy yashash joyidagi hududiy boshqarmaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
malaka imtihonini topshirish toʻgʻrisidagi ariza;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
(18-bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 7-mh-sonli (roʻyxat raqami 1921-1, 06.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/1921-1/0519-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki uning ish joyida tasdiqlangan nusxasi;
(18-bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 7-mh-sonli (roʻyxat raqami 1921-1, 06.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/1921-1/0519-son)
talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan shaxsiy varaqa;
talabgor stajirovka oʻtagan advokatlik tuzilmasi tomonidan berilgan tavsifnoma;
3 x 4 sm hajmdagi (soʻnggi 12 oy ichida olingan) 2 dona rangli fotosurat;
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 25-sentabrdagi 466-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1921-2, 25.09.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 10/18/1921-2/1956-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
181. Malaka imtihonini topshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar talabgor tomonidan hududiy boshqarmaga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki ularning olingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan elektron shaklda taqdim etiladi.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 25-sentabrdagi 466-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1921-2, 25.09.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 10/18/1921-2/1956-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar roʻyxat boʻyicha bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda masʼul kotib tomonidan qabul qilinadi, roʻyxat nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda talabgorga yuboriladi (topshiriladi).
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 25-sentabrdagi 466-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1921-2, 25.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 10/18/1921-2/1956-son)
20. Masʼul kotib mazkur Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni qabul qilib olganidan eʼtiboran ikki kundan kechiktirmay talabgorning sudlanganligi yoki sudlanmaganligi toʻgʻrisida maʼlumot olish uchun ichki ishlar organlariga, shuningdek, talabgorning muomalaga layoqatliligi toʻgʻrisida maʼlumot olish uchun tegishli organlarga soʻrovnoma yuborilishini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Malaka imtihonini topshirish uchun materiallarni tayyorlab boʻlganidan keyin masʼul kotib ularni malaka komissiyasining tegishli hamraisiga masalani komissiya majlisining kun tartibiga kiritish uchun taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Masʼul kotib tomonidan talabgor taqdim etgan hujjatlar oʻrganib chiqilgandan keyin ular talabgorga quyidagi hollarda qaytarib berilishi mumkin:
talabgor malaka imtihonini topshira olmagan kundan eʼtiboran bir yil oʻtmasdan takroran malaka imtihonini topshirish uchun murojaat qilsa;
Keyingi tahrirga qarang.
hujjatlarning toʻliq roʻyxatini topshirmasa yoki ularni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etsa;
yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlmasa, shu jumladan, advokatlik tuzilmasida kamida olti oylik stajirovkadan oʻtmagan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
talabgor taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
agar litsenziyasining amal qilishi tugatilgan shaxsning Qonunga muvofiq talabgor boʻlishga haqli boʻlmagan uch yillik muddat oʻtmagan boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
talabgor belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek, uning sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan boʻlsa;
agar talabgor oʻz hujjatlarini qaytarib berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etsa.
23. Hujjatlar talabgorga sabablarini koʻrsatgan holda masʼul kotib tomonidan qaytarib beriladi. Hujjatlar qaytarib berishning barcha sabablari bartaraf etilgandan keyin takroran taqdim etilishi mumkin.
V. Talabgorlardan malaka imtihoni qabul qilish
24. Malaka imtihoni masʼul kotib tomonidan talabgorlardan zarur hujjatlar qabul qilib olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida oʻtkaziladi.
Talabgor malaka komissiyasi majlisining oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
25. Talabgor malaka komissiyasining majlisiga uzrli sabablarga koʻra hozir boʻlmasa, komissiya talabgor malaka imtihonini komissiyaning keyingi majlisida topshirishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qoʻshimcha ravishda maʼlum qilinadi.
Talabgor malaka komissiyasining majlisida hozir boʻlmagan boshqa barcha hollarda u tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hududiy boshqarmada koʻpi bilan bir oy saqlanadi. Ushbu muddat oʻtgandan keyin masʼul kotib koʻrsatilgan hujjatlarni talabgorlarga qaytarib beradi.
26. Malaka imtihoni barcha talabgorlar uchun bitta xonada, ogʻzaki va yozma shakllarda oʻtkaziladi.
Malaka imtihoni oʻtkazilayotgan xonada begona shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Malaka imtihoni jarayoni Internet tarmogʻida real vaqt rejimida videotranslyatsiya qilinadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 25-sentabrdagi 466-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1921-2, 25.09.2018-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 10/18/1921-2/1956-son)
27. Talabgorlarga imtihon varaqlari beriladi, ularning har biri hududiy boshqarma rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Talabgorning imtihon biletidagi savollarga javoblar tayyorlashi uchun koʻpi bilan bir soat vaqt beriladi.
29. Malaka imtihoni Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlagan roʻyxatdagi savollardan tuzilgan imtihon biletlari asosida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Imtihon biletlarida koʻpi bilan beshta, shu jumladan, huquqni amaliy qoʻllanilishi sohasiga, ulardan kamida yarmi huquqning turli tarmoqlari nazariyasiga oid savollarni oʻz ichiga olishi kerak.
Imtihon biletidagi savollarga talabgorning javoblari imtihon varaqlarida aks ettiriladi.
30. Imtihon biletidagi savollarga javoblar tayyorlashda talabgorga:
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
axborot manbai sifatida xizmat qilishi mumkin boʻlgan qonun hujjatlaridan, adabiyotlardan, har qanday turdagi texnika vositalari yoki boshqa hujjatlar va vositalardan foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
imtihon biletini topshirmasdan oldin, xonadan chiqish taqiqlanadi.
31. Talabgor oʻzining imtihon biletidagi savollarga ogʻzaki javob beradi. Malaka komissiyasining aʼzolari imtihon biletidagi savollarga aniqlik kiritish maqsadida talabgorga qoʻshimcha savollar berishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Talabgor imtihon varagʻini topshirganidan keyin malaka imtihoni oʻtkazilgan xonani tark etishi kerak.
33. Imtihon varagʻi malaka komissiyasi majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Malaka imtihonini topshirish natijalari boʻyicha malaka komissiyasi quyidagi qarorlarning birini qabul qiladi:
talabgorni malaka imtihonini topshirgan deb topish toʻgʻrisida;
talabgorni malaka imtihonini topshirmagan deb topish toʻgʻrisida.
35. Malaka imtihonini topshira olmagan talabgorning yozma shakldagi talabiga binoan u malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirma olgan kundan eʼtiboran bir oy ichida hududiy boshqarmaga u tomonidan malaka imtihonini topshirish uchun taqdim etilgan hujjatlar qaytarib berilishi mumkin, ariza bundan mustasno.
36. Talabgor tomonidan talab qilib olinmagan hujjatlar malaka komissiyasi qaror qabul qilgan kundan eʼtiboran uch yil davomida hududiy boshqarma arxivida saqlanadi. Ushbu muddat oʻtganidan keyin hujjatlar belgilangan tartibda yoʻq qilib yuborilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish
37. Intizomiy ish yuritishni qoʻzgʻatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining, Advokatlarning kasb etikasi qoidalari, advokatlik sirining va advokat qasamyodining advokat tomonidan buzilishi hududiy boshqarma yoki adliya organi tomonidan aniqlanganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
sudning advokatga nisbatan chiqargan xususiy ajrimi.
38. Mazkur Nizomning 37-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, tegishli hududiy boshqarmaning yoki adliya organining rahbari malaka komissiyasiga vajlarni bayon etgan holda advokatga nisbatan intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish orqali mazkur advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish qoʻzgʻatadi. Taqdimnomaga u bilan bogʻliq barcha hujjatlar va materiallar ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi taqdimnoma hududiy boshqarma tomonidan roʻyxatga olinadi va barcha hujjatlar bilan birga masʼul kotibga topshiriladi. Masʼul kotib ularni qabul qilib olgan kunning ertasidan kechiktirmay advokatni unga nisbatan intizomiy ish yuritish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Masʼul kotib komissiya aʼzolari va manfaatdor shaxslarni komissiya majlisining oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Masʼul kotib qaysi advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish qoʻzgʻatilgan boʻlsa, oʻsha advokatni ish materiallari bilan tanishtirishi va undan komissiya nomiga ushbu ish yuritish boʻyicha yozma tushuntirishlar berishni talab qilishi kerak. Advokatning tushuntirish berishni rad qilishi intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqishga va intizomiy jazo choralari qoʻllashga toʻsqinlik qilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Oʻziga nisbatan intizomiy ish yuritish qoʻzgʻatilgan advokat:
intizomiy ish yuritish qoʻzgʻatilishiga asos boʻlgan barcha materiallar bilan tanishib chiqishga;
intizomiy ish yuritish holatlari boʻyicha yozma shaklda tushuntirishlar berishga va qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etishga;
malaka komissiyasi yoki Oliy malaka komissiyasi qaror qabul qilguniga qadar (agar bu uning koʻrib chiqish predmeti boʻlsa), intizomiy ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan shikoyatni bergan shaxs bilan yarashuv choralarini koʻrishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Advokat malaka komissiyasi majlisining oʻtkaziladigan sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilinganligiga qaramasdan komissiyaning majlisiga kelmagan taqdirda, komissiyaning qarori bilan intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqish keyingi majlisga qoldirilishi yoki uning ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Agar intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqishda malaka komissiyasi intizomiy ish yuritish bilan bogʻliq ayrim masalalarni oʻrganish talab qilinadi degan xulosaga kelsa, bunday oʻrganishni oʻtkazish komissiyaning qarori bilan uning aʼzolaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Malaka komissiyasi tomonidan advokatga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilinishida, sodir etilgan huquqbuzarlikning ogʻirligi, uning sodir etilgan holatlari, advokatning oldingi faoliyati va xulq-atvori eʼtiborga olinadi.
46. Advokatga nisbatan intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha malaka komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
ogohlantirish toʻgʻrisida;
litsenziyaning amal qilishini olti oygacha muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
intizomiy jazo choralari qoʻllashni rad etish va intizomiy ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Malaka komissiyasining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qarori, u qabul qilingan kunda hududiy boshqarma tomonidan tegishli adliya organiga yozma shaklda maʼlum qilinadi, adliya organi oʻsha kunning oʻzida malaka komissiyasining qarori asosida advokat maqomini toʻxtatib turish va tugatish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Intizomiy jazo choralari qoʻllashni rad etish va intizomiy ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi qaror malaka komissiyasi tomonidan, agar intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqish vaqtida u advokatga nisbatan intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi taqdimnomada bayon etilgan vajlar tasdiqlanmadi, degan xulosaga kelsa, shuningdek, advokatning intizomiy ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan shikoyatni bergan shaxs bilan yarashuvga erishganligi munosabati bilan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Talabgordan advokatlik qasamyodini qabul qilish
49. Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasiga muvofiq, belgilangan tartibda litsenziya olgan talabgor uch oy ichida advokat qasamyodini qabul qilishi va yakka tartibda yoki litsenziyaga ega boʻlgan boshqa shaxslar bilan birgalikda advokatlik tuzilmasini tuzishi yoki faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmalarining biriga kirishi shart.
50. Talabgor advokat qasamyodini qabul qilish uchun litsenziya berilgan joydagi malaka komissiyasiga tegishli ariza bilan murojaat etadi, unga litsenziyaning nusxasi ilova qilinadi.
51. Talabgor malaka komissiyasi majlisining oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
52. Talabgor tegishli malaka komissiyasining majlisida quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“Oʻz kasbiy burchimni halol va vijdonan bajarishga, inson huquqlari va erkinliklarini hamisha himoya qilishga, advokatlik sirini saqlashga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.
53. Talabgor advokat qasamyodi matnini ovoz chiqarib oʻqiydi va talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, litsenziya berilgan sana va uning raqami, qasamyod qabul qilingan sana va joy bayon etilgan tegishli hujjatni imzolaydi.
Mazkur hujjat malaka komissiyasi majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
54. Talabgor advokat qasamyodini qabul qilganligi natijalari boʻyicha malaka komissiyasi talabgor tomonidan advokat qasamyodi qabul qilinganligini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
VIII. Yakunlovchi qoidalar
55. Manfaatdor shaxslar tomonidan malaka komissiyalarining qarorlari ustidan malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirma olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida Oliy malaka komissiyasiga shikoyat berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Shikoyat Oliy malaka komissiyasi nomiga yoziladi va Advokatlar palatasiga bevosita yoki tegishli hududiy boshqarmalar orqali yuboriladi.
Malaka komissiyasining qarori ustidan shikoyat hududiy boshqarma orqali berilgan holda, hududiy boshqarma uch kun ichida shikoyatni u bilan bogʻliq barcha hujjatlar va materiallarni ilova qilgan holda Oliy malaka komissiyasiga yuborishi shart.
56. Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
57. Mazkur Nizomni buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Advokatlar palatasining raisi T. SAYIDOV
Toshkent sh.,
2009-yil 14-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 134-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/1921-1/0519-son, 25.09.2018-y., 10/18/1921-2/1956-son, 09.01.2019-y., 10/19/1921-3/2447-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 18.09.2023-y., 10/23/1921-4/0709-son)