18.03.2009 yildagi 74-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.03.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

VAZIRLAR MAHKAMASINING “TOVAR-XOM AShYo BIRJALARI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2004 YIL 31 MAYDAGI 251-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moddiy-xomashyo resurslari bilan taʼminlash va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni birja orqali sotish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xomashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-son

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-martdagi 74-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xomashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“koʻrgazma-yarmarka savdolari — birjalarning ixtisoslashtirilgan savdo maydonchalarida ular tomonidan tasdiqlanadigan qoidalariga muvofiq tovarlar oldindan majburiy koʻzdan kechirilishi hisobga olingan holda yoki mijozlar — jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladigan koʻrgazma-yarmarka savdolarining elektron tizimiga Internet orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kirish rejimida amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“koʻrgazma-yarmarka savdolari elektron tizimiga Internet orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kirish rejimida va savdo maydonchalarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan qurilish materiallari bozorlari hududlarida ulgurji savdo qilish huquqi faqat tovar-xomashyo birjalari aʼzolariga, ularda savdoni amalga oshirish huquqiga tegishli ruxsat beruvchi hujjatlar mavjud boʻlganda beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jismoniy shaxslar, shuningdek birja aʼzolari boʻlmagan yuridik shaxslar koʻrgazma-yarmarka savdolarida brokerlar orqali yoki birja tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq mustaqil ravishda ishtirok etishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 4-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi — yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ishlab chiqaruvchilarga va birinchi navbatda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga mahsulotlarni sotish, shuningdek bitimlar boʻyicha elektron hisob-kitoblarni elektron toʻlov tizimi orqali amalga oshirish imkonini beradigan Internet orqali savdo tizimiga toʻgʻridan-toʻgʻri kirish rejimida koʻrgazma-yarmarka savdolarida ishtirok etish imkoniyatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja aʼzolariga ixtisoslashtirilgan savdo maydonchalari orqali birja savdolari tizimiga kirish, savdolar natijalariga koʻra tuzilgan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazish va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ular boʻyicha elektron hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja aʼzolariga koʻrgazma-yarmarka savdolari tizimiga Internet orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kirish rejimida belgilangan tartibda birja savdolariga kirish imkonini nazarda tutish tavsiya etilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 5-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“koʻrgazma-yarmarka savdolarida birja orqali sotish taqiqlanmagan va sotishga maxsus tartib joriy qilinmagan tovarlarning barcha turlari (ishlar, xizmatlar) sotilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 8-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilansinki, “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining birja bitimlaridan undiriladigan vositachilik yigʻimlari cheklangan miqdorlariga deklaratsiya toʻldirishda, birja tovarlarining moddiy balanslarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish yuzasidan monitoringni amalga oshiradigan Iqtisodiyot vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladigan “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining yuqori likvidli tovarlar turlarini sotish boʻyicha xizmatlari uchun 0,075% miqdoridagi vositachilik yigʻimlari hisobga olinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining xodimlarning cheklangan umumiy soni 100 nafar boʻlgan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi birjaning tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qarorga 1-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyatining
TAShKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 132-modda)