24.12.2008 yildagi 944-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASINING 2008 YILDAGI ISh YAKUNLARI VA 2009 YILGA MOʻLJALLANGAN FAOLIYATINING ASOSIY YOʻNALIShLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatida professional parlamentni qaror toptirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan tizimli va izchil islohotlarning qonunchilik bazasini taʼminlash, kuchli ijtimoiy yoʻnaltirilgan siyosatni amalga oshirish, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ishini faollashtirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Mazkur Qonun parlament quyi palatasi ishida siyosiy partiyalar fraksiyalarining, fraksiyalar aʼzolarining qonun loyihalarini ishlab chiqish tashabbusi va qarorlar qabul qilish borasidagi roli hamda ahamiyatini yanada oshirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va siyosiy partiyalar fraksiyalarining qonun ijodkorligi, qonunlar ijrosini nazorat-tahlil qilish, qabul qilinayotgan qonunlar toʻgʻrisida aholiga axborot berish va ularni tushuntirish, xalqaro parlamentlararo aloqalar kabi yoʻnalishlarda aniq maqsadga qaratilgan ishlari tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi faoliyatida iqtisodiy islohotlarni va 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish ustuvorliklarini huquqiy taʼminlashga, Oʻzbekistonda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning demokratik jarayonlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan qonunlar ishlab chiqilishi va qabul qilinishiga ustuvor ahamiyat berildi. Bunda “Yoshlar yili” dasturini roʻyobga chiqarish borasidagi ishlar Qonunchilik palatasi faoliyatida muhim ahamiyat kasb etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda xalqaro jamoatchilik tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligi keng nishonlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bagʻishlangan chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonini amalda roʻyobga chiqarish doirasida inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy bazasini mustahkamlash, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohoti jarayonida advokatura institutini yanada isloh qilish Qonunchilik palatasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakunlanayotgan yilda qonun ijodkorligi faoliyatining natijasi oʻlaroq, 10 ta yangi qonun, 34 ta muqaddam qabul qilingan qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda 20 ta xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish tartibida jami 64 ta qonun qabul qilindi va maʼqullash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborildi. Qabul qilingan qonunlar bevosita islohotlarni chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni, soliq-budjet siyosatini yanada erkinlashtirishga, moliya-bank sohasini, bozor infratuzilmasini rivojlantirish va raqobat muhitini shakllantirishga qaratilgandir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, xizmatlar koʻrsatish sohasini rivojlantirishning huquqiy bazasini yanada kengaytirish masalalariga ham katta ahamiyat berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi parlament nazorati masalalariga alohida eʼtibor qaratdi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida qabul qilingan qonunlar, xalqaro shartnomalar, milliy dasturlar ijrosi ustidan nazorat qilish tartibida 40 dan ortiq masala koʻrib chiqildi. Bu borada mamlakatimiz barcha mintaqalaridagi hamda bir qator vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralaridagi ishlar holati oʻrganildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan Davlat budjetining 2007-yil va 2008-yilning har bir choragi yakunlari boʻyicha ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar koʻrib chiqildi, shuningdek 2009-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti tasdiqlandi. Bunda qoʻmitalar, siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar mamlakat asosiy moliyaviy hujjatining ijtimoiy yoʻnaltirilganligiga alohida eʼtibor qaratdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining oʻzlari rahbarlik qilayotgan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ishlar ahvoli haqidagi axborotini eshitish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament nazoratining sifat jihatidan yangi yoʻnalishiga aylandi. Masalan, hisobot yilida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlarining Oʻzbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari toʻgʻrisidagi, uy-joy fondi va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qishki mavsumda issiqlik bilan taʼminlashning holati haqidagi axborotlari eshitildi. Qoʻmitalar tomonidan Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktorining, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisining, Mualliflik huquqlari agentligi, “Oʻzbekyengilsanoat” kompaniyasi va “Oʻzeltexsanoat” birlashmasi rahbarlarining mazkur muassasalarda ayrim qonun hujjatlarining bajarilishi boʻyicha axborotlari eshitildi. Bunday tadbirlarning yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va qoʻmitalarning tegishli qarorlari qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari va siyosiy partiyalar fraksiyalarining tadbirlari majlislarda koʻrib chiqish uchun rejalashtirilgan muayyan qonunlar loyihalarini muhokama qilish bilan kompleks tarzda, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalashning ustuvor yoʻnalishlari hisobga olingan holda oʻtkazildi. Qonunlar ijrosini oʻrganishga nisbatan kompleks yondashuv dolzarblik kasb etib, ikki palatali parlament shakllantirilganidan keyin qoʻmitalar faoliyatidagi eng samarali yondashuvga aylanib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — YI” Parlament hamkorligi qoʻmitasining boʻlib oʻtgan yettinchi majlisi 2008-yilda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sohasida alohida ahamiyatga ega boʻldi, uning ishida Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat aʼzolari, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonining borishini oʻrganish, muammolarni aniqlash va dolzarb masalalarni hal etish maqsadida deputatlarning saylov okruglarida saylovchilar bilan ishlash borasidagi faoliyati tizimli asosda yoʻlga qoʻyildi. Deputatlarning (fevral, may va noyabr oylarida) bir hafta oʻz saylov okruglariga borib ishlashi doimiy amaliyotga aylandi, bunday xizmat safarlari davomida saylovchilar bilan 2800dan ortiq uchrashuv va suhbatlar oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional parlament ishi toʻgʻrisida aholi oʻrtasida xolis fikrni shakllantirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish masalalari ham hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining doimiy diqqat markazida boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2005 — 2008-yillardagi faoliyatiga doir hisobotlarini muntazam eshitib borish amaliyotining joriy qilinganligi parlament ishining yangi shakli boʻlib qoldi. Hisobotlarni eshitish jarayonida qoʻmitalar faoliyatidagi kamchiliklar va deputatlarning ish samaradorligini oshirish masalalari muhokama etildi, muhokamalar yakunlari boʻyicha palataning qoʻmitalar faoliyatini yanada yaxshilashga qaratilgan tegishli qarorlari qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir vaqtda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005 — 2008-yillar davridagi qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati yakunlari tahlili mamlakatimiz Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 16 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi, shuningdek xalq deputatlari Navoiy va Toshkent viloyatlari Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalaridagi nutqlarida oldinga qoʻyilgan vazifalarni hisobga olgan holda 2009-yilda qoʻmitalar, fraksiyalar, barcha deputatlar va umuman Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining faoliyatini yanada takomillashtirish zarurligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 16 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi “Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini taʼminlash — bizning oliy maqsadimiz” mavzusidagi maʼruzasida bayon qilingan xulosalardan, belgilab berilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda palata qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muhokama qilsin. Joriy yildagi faoliyat natijalari asosida va 2009-yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb eʼlon qilinganligini hisobga olgan holda ikki hafta muddat ichida qoʻmitalar faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari ishlab chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining tegishli sohaga doir amaldagi qonun hujjatlari holatini muntazam tahlil qilib borishni va faoliyat ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha qonun ijodkorligi ishlari tashkil etishni ish amaliyotiga joriy etish orqali qonun loyihalari konsepsiyalarini ishlab chiqish boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan hamkorligi kuchaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari deputatlarning qonunchilik tashabbusi huquqini roʻyobga chiqarish va qonun ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etish borasidagi faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlasin. Deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritiladigan qonun loyihalari aniqlanib, qoʻmitalarning 2009-yilga moʻljallangan ish rejalariga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalari qoʻmitalar tomonidan ishlab chiqilgan qonun normalarini mutaxassislar va ijrochilarni jalb etgan holda batafsil tushuntirishga bagʻishlangan tadbirlarni tashkil etish va ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish borasidagi ishga koʻproq eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining nazorat-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni tatbiq etish amaliyotini tizimli oʻrganish, joylarda qonunlar buzilishining sabablarini aniqlashga kompleks yondashish, qonun hujjatlaridagi aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish hamda amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va qonunlar ijrosini taʼminlash yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat aʼzolarining, qoʻmitalarning majlislarida esa, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi va qoʻmitalar qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarini eshitish amaliyoti kengaytirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan qonunlarni normativ taʼminlashning muntazam monitoringi amaliyotga joriy etilsin, qonunlarni ijrochilarga yetkazish va qonunlarni ijro etish uchun normativ hujjatlar tayyorlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi oʻz ishiga tarmoqlar mutaxassislarini, yetakchi ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining vakillarini jalb etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrsin. Bunda komissiya ishida eng yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga parlamentning mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarning samarali qonunchilik bazasini shakllantirish boʻyicha faoliyatini tashkil etishda siyosiy partiyalar roli va taʼsirini yanada oshirish, 2009-yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga navbatdagi saylov oʻtkazilishini hisobga olgan holda aholining siyosiy va huquqiy madaniyati darajasini takomillashtirish borasidagi ishni yoʻnaltirib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni deputatlarning oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarishlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida tadbirlarni samarali oʻtkazishlarida ularga axborot, tashkiliy va texnik jihatdan koʻmaklashishni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Qarorning ijrosi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari X. Doʻstmuhamedov, A. Rustamov, I. Saifnazarov va A. Shodmonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 24-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
944-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 12-son, 703-modda)