04.12.2008 yildagi 570-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2009 YILGI DAVLAT BUDJETI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 13-noyabrda taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi Davlat budjetini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilga moʻljallanayotgan makroiqtisodiy koʻrsatkichlari, soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda Davlat budjeti parametrlari maʼqullansin, shuningdek Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori darajasi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni, iqtisodiyotning izchil va mutanosib oʻsish surʼatlarini taʼminlashga, aholining daromadlar darajasi va turmush farovonligini oshirishga hamda inflatsiya surʼatlarini maqsadli prognoz koʻrsatkichlar doirasida saqlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning tashqi bozorda raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida investitsiya jarayonlarini ragʻbatlantirish orqali iqtisodiyotda uning yetakchi tarmoqlari ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnika va texnologiya jihatidan yangilash dasturlari bajarilaverishini qamrab oluvchi tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya muhitini yaxshilashga hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga, yangi ish oʻrinlari yaratishni ragʻbatlantirishga koʻmaklashuvchi iqtisodiyotga tushayotgan soliq yukini kamaytirish va soliq boshqaruvi tizimini yanada soddalashtirish, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining barqarorligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturini amalga oshirishni, shuningdek unumdorligi past yerlarda va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida paxta yetishtirayotgan fermer xoʻjaliklarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlarning dotatsiyaga bogʻliqlik darajasini kamaytirish, budjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablagʻlari maqsadli va manzilli ishlatilishi ustidan qattiq nazorat qilib borilishini taʼminlash maqsadida Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini takomillashtirish, moliyalashtirishning budjetdan ajratilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi normativ usullarini joriy etishni kengaytirish hisobiga xarajatlarni maqbullashtirish ishlarini davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti taqchilligini 2009-yil 1-yanvar holatiga koʻra respublika budjeti aylanma kassa mablagʻlarining zarur hajmidan ortiqcha erkin qoldiqlari va boshqa noinflatsion manbalar hisobidan moliyalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlasin, mintaqalarning soliq bazasini kengaytirish va iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur choralar koʻrsin, budjet mablagʻlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan qattiq va taʼsirchan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 4-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
570-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 12-son, 660-modda)