OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-fevralda 1908-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-martdagi 45, 2019-21-sonli “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1908-6, 08.04.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq qaror qilamiz:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ilova qilinayotgan Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 8-fevraldagi 13 va 2008-10-son bilan tasdiqlangan “Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Adliya vazirligida 2008-yil 21-fevralda 1772-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 48-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-fevral,
20-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-fevral,
2009-9-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 9-fevraldagi 20, 2009-9-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida
(nizomning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom oq sementga, shuningdek muqobil yoqilgʻi — koʻmirda ishlab chiqarilgan sement va klinkerga tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 4-martdagi 20, 2014-7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908-3, 06.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 119-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
sementni (klinkerni) realizatsiya qilishdan olingan sof tushum — qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holda sementni (klinkerni) realizatsiya qilishdagi tushum;
hisob-kitob bahosi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisidagi qarori bilan har yili tasdiqlanadigan sementning (klinkerning) baholar darajasi;
Oldingi tahrirga qarang.
qoʻshimcha foyda — sementni (klinkerni) qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) chegirib tashlangan holdagi sementni (klinkerni) realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan barcha realizatsiya qilingan sement (klinker) hajmining hisob-kitob bahosi oʻrtasidagi ijobiy farq;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 20-iyuldagi 53, 2016-31-sonli (roʻyxat raqami 1908-4, 28.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 373-modda)
qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin soliq toʻlovchi ixtiyorida qoladigan mablagʻ — soliq solinadigan baza bilan qoʻshimcha foyda soligʻi oʻrtasidagi farq;
Oldingi tahrirga qarang.
Sof qoʻshimcha foyda — qoʻshimcha foyda qismiga toʻgʻri keladigan, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni chegirilib tashlangan hisobot davridagi qoʻshimcha foyda summasidir.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 4-martdagi 20, 2014-7-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908-3, 06.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 119-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqarishda sof qoʻshimcha foyda summasi soliq solinadigan bazaga qoʻshilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
II. Soliq toʻlovchilar
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish obyekti paydo boʻladigan, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiradigan yuridik shaxslar qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar boʻladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qarori (roʻyxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
III. Soliq solish obyekti
5. Soliq toʻlovchining hisobot davridagi qoʻshimcha foyda soligʻi, qoʻshimcha foyda soligʻini solish obyekti hisoblanadi.
IV. Soliq solinadigan baza
Oldingi tahrirga qarang.
6. Hisobot davrida realizatsiya qilingan sementning (klinkerning) barcha hajmi boʻyicha aniqlanadigan sof qoʻshimcha foyda soliq solinadigan bazadir.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 20-iyuldagi 53, 2016-31-sonli (roʻyxat raqami 1908-4, 28.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 373-modda)
V. Soliq stavkasi
7. Qoʻshimcha foyda soligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka boʻyicha toʻlanadi.
VI. Soliq davri. Hisobot davri
Oldingi tahrirga qarang.
8. Soliq davri — bir oy.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 14-iyuldagi 58, 2010-30-son qarori (roʻyxat raqami 1908-2, 20.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 249-modda)
9. Hisobot davri oy hisoblanadi.
VII. Soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlash tartibi
10. Qoʻshimcha foyda soligʻi summasi soliq solinadigan bazaning miqdoridan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
11. Qoʻshimcha foyda soligʻi respublika budjetiga milliy valyuta — soʻmda oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Qoʻshimcha foyda soligʻining hisob-kitobi davlat soliq xizmati organlariga har bir mahsulotning turi boʻyicha hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha, ushbu Nizomning 1 va 2-ilovalari shaklida taqdim etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 14-iyuldagi 58, 2010-30-son qarori (roʻyxat raqami 1908-2, 20.07.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 28-29-son, 249-modda)
13. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soligʻini hisobot davrida mahsulotni realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlaridan kelib chiqqan holda hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay toʻlaydilar.
VIII. Qoʻshimcha foyda soligʻi hisobini yuritish tartibi
14. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga muvofiq (2002-yil 23-oktabr, roʻyxat raqami 1181 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 20-son; 2003-yil, 21-22-son) qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblash bilan bogʻliq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblashda:
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qoʻshimcha ochiladigan 9811 “Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻining debeti;
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaraqning krediti”;
b) soliq summasini budjetga oʻtkazishda:
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaraqning debeti;
pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqning krediti.
15. Qoʻshimcha foyda soligʻini buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha hisob-kitob asos boʻladi.
16. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl)da 9811 “Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻida hisobga olingan, qoʻshimcha foyda soligʻi summasi qoʻshimcha ochiladigan “Qoʻshimcha foyda soligʻi” 251-satrida koʻrsatiladi.
IX. Soliq toʻlovchilarning javobgarligi va davlat soliq xizmati organlari nazorati
17. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
18. Qoʻshimcha foyda soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1908-1, 25.03.2010-y.) muvofiq 1-ilova deb hisoblansin — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 90-modda)
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| Yuridik shaxs shtampi | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | ||||||||||
| _____________________________ tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga | |||||||||||||||||||||||||||||
| Soliq toʻlovchi _____________________________________________________ | |||||||||||||||||||||||||||||
|
(korxona, tashkilotning nomi) | |||||||||||||||||||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| STIR | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| Telefon ___________________________ | |||||||||||||||||||||||||||||
| Toʻlovchi manzili ___________________________________________________ | |||||||||||||||||||||||||||||
| Hisob-kitob raqami _____________________________________________-son | |||||||||||||||||||||||||||||
|
(bank muassasasi nomi, kodi) | |||||||||||||||||||||||||||||
Oldingi tahrirga qarang.
|
Sementga qoʻshimcha foyda soligʻi | |||
|
HISOB-KITOBI | |||
| Koʻrsatkichlar | Satr kodi | Oʻlchov birligi | Summasi |
| Jami realizatsiya qilingan sement hajmi | 010 | tonna | |
| Sementni qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) va qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi | 020 | ming soʻm | |
| 1 tonna sementning hisob-kitob bahosi | 030 | soʻm | |
| Realizatsiya qilingan sementning barcha hajmi hisob-kitob bahosi (010-satr x 030-satr) |
040 | ming soʻm | |
| Barcha hajmga qoʻshimcha foydaning jami summasi (020-satr- 040-satr) |
050 | ming soʻm | |
| Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar, jami ____% stavkada: (050-satr x ___%) | 060 | ming soʻm | |
| Soliq solinadigan baza (050-satr-060-satr) |
070 | ming soʻm | |
| Qoʻshimcha foyda soligʻining belgilangan stavkasi | 080 | % | |
| Budjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi (070-satr x 080-satr) |
090 | ming soʻm | |
| Qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan summa (070-satr- 090-satr)* | 100 | ming soʻm | |
Rahbar |
|
| |
| |
(imzosi) |
(F.I.Sh.) | |
| Bosh buxgalter |
________________ |
_______________ | |
| |
(imzosi) |
(F.I.Sh.) | |
| 200__ yil “___”___________________ | M.Oʻ. | | |
* Izoh: korxona ixtiyorida qolgan summa Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobining 240-satrini kamaytiradi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 20-iyuldagi 53, 2016-31-sonli (roʻyxat raqami 1908-4, 28.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 373-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sement va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
| Yuridik shaxs shtampi | | | | | | | | | | ||
| ______________________________ tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga | |||||||||||
| Soliq toʻlovchi ______________________________________________________ | |||||||||||
| | |
(korxona, tashkilotning nomi) | |||||||||
| | | | | | | | | | | ||
| STIR | | | | | | | | | | | |
| | |||||||||||
| Telefon ___________________________ | |||||||||||
| Toʻlovchi manzili ____________________________________________________ | |||||||||||
| Hisob-kitob raqami ______________________________________________-son | |||||||||||
| | | |
(bank muassasasi nomi, kodi) | ||||||||
|
| |||||||||||
|
HISOB-KITOBI | |||||||||||
|
Koʻrsatkichlar |
Satr kodi |
Oʻlchov birligi |
Summasi | ||||||||
| Jami realizatsiya qilingan klinker hajmi |
010 |
tonna |
| ||||||||
| Klinkerni qoplarga qadoqlash xarajatlari (qoplar qiymati qoʻshilgan holda) va qoʻshilgan qiymat soligʻi chegirib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi |
020 |
ming soʻm |
|||||||||
| 1 tonna klinkerning hisob-kitob bahosi |
030 |
soʻm |
| ||||||||
| Realizatsiya qilingan klinkerning barcha hajmi hisob-kitob bahosi (010-satr x 030-satr) |
040 |
ming soʻm |
| ||||||||
| Barcha hajmga qoʻshimcha foydaning jami summasi (020-satr– 040-satr) |
050 |
ming soʻm |
| ||||||||
| Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar, jami ____% stavkada: (050-satr x ___%) |
060 |
ming soʻm |
| ||||||||
| Soliq solinadigan baza (050-satr – 060-satr) |
070 |
ming soʻm |
| ||||||||
| Qoʻshimcha foyda soligʻining belgilangan stavkasi |
080 |
% |
| ||||||||
| Budjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi (070-satr x 080-satr) |
090 |
ming soʻm |
| ||||||||
| Qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan summa (070-satr – 090-satr)* |
100 |
ming soʻm |
| ||||||||
Rahbar ___________ |
____________________________ | ||||||||||
| |
(imzosi) |
| |
(F.I.Sh.) |
| | |||||
| Bosh buxgalter ______________ | ____________________________ | ||||||||||
| | |
(imzosi) |
(F.I.Sh.) |
| | ||||||
| 20___ yil “___” _____________ | | M.Oʻ. | | | | | | ||||
* Izoh: korxona ixtiyorida qolgan summa Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobining 240-satrini kamaytiradi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 20-iyuldagi 53, 2016-31-sonli (roʻyxat raqami 1908-4, 28.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 30-son, 373-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 97-modda; 2010-y., 12-son, 90-modda, 28-29-son, 249-modda; 2014-y., 10-son, 119-modda; 2016-y., 30-son, 373-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1908-5/0869-son)