25.09.2008 yildagi 550-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGAShINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGINING MAKTAB TAʼLIMINI RIVOJLANTIRIShNING 2004 — 2009 YILLARGA MOʻLJALLANGAN DAVLAT UMUMMILLIY DASTURINI AMALGA OShIRISh SOHASIDAGI IShI TOʻGʻRISIDA”GI 2007-YIL 25 IYuLDA QABUL QILINGAN 363-I-SONLI QARORINING IJROSI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi shuni qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Maktab taʼlimini rivojlantirishning 2004 — 2009-yillarga moʻljallangan davlat umummilliy dasturini amalga oshirish sohasidagi ishi toʻgʻrisida”gi 2007-yil 25-iyulda qabul qilingan 363-I-sonli Qarorini ijro etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturiga muvofiq oʻqituvchi shaxsiga, uni ijtimoiy himoyalashga, unga qulay turmush va mehnat sharoitlari yaratishga, shuningdek kasb mahoratini oshirishga eʼtibor anchagina kuchaytirilgan. Hozirgi vaqtda mamlakatning umumtaʼlim maktablarida 445 mingdan ortiq, shu jumladan qishloq maktablarida qariyb 340 ming oʻqituvchi pedagogik faoliyat bilan shugʻullanmoqda. 2007-yilda pedagogik oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan 6750 nafar yosh mutaxassis yoʻllanmalar boʻyicha ishga joylashtirilgan. Kasb mahorati va samarali tarbiyaviy ishlari uchun 2007-2008 oʻquv yilida 183 mingdan ortiq oʻqituvchi (42,8 foiz) va 4,2 ming kutubxonachi (44,6 foiz) ustama haq olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Abdulla Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi rahbar kadrlari malakasini oshirish markaziy instituti hamda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy institutlarida (14 ta) hisobot davrida 100 mingdan ortiq pedagog xodim oʻz malakasini oshirdi, shu jumladan kompyuter savodxonligini oʻzlashtirdi. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida ilmiy daraja anchagina yuqori koʻtarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktablarni takomillashtirilgan davlat taʼlim standartlari hamda modernizatsiyalangan oʻquv dasturlari talablariga javob beradigan zamonaviy oʻquv adabiyotlari va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bilan yanada toʻliqroq taʼminlash vazifasi rejali asosda hal etilmoqda: joriy yilning 15-sentabriga boʻlgan holatga koʻra bu boradagi taʼminot 97,1 foizni tashkil etdi, binobarin 2006-yildagiga nisbatan 5 foiz koʻp boʻldi. Maktab kutubxonalari ijtimoiy-siyosiy, uslubiy va badiiy adabiyotlar fondini koʻpaytirganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturini amalga oshirish maqsadida Uzluksiz taʼlim tizimini modernizatsiyalash hamda taʼlim va tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan 2008-2009-yillarga moʻljallangan tadbirlar dasturi hamda mazkur Dasturni bajarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tegishli rejasi tasdiqlangan. Ushbu Dasturni ijro etish yuzasidan davlat taʼlim standartlarini takomillashtirish, oʻquv dasturlari, oʻquv-koʻrgazmali va didaktik materiallarni modernizatsiyalash ishlari olib borilmoqda, oʻquv vazifa-topshiriqlari yangi ishlab chiqilgan sanitariya-gigiyena normalari asosida maqbullashtirildi. Taʼlimning uslubiy asosini mustahkamlash, taʼlim va tarbiyaning shakl hamda usullarini takomillashtirish maqsadida Respublika pedagogik oʻquvlari, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni taʼlim jarayoniga joriy etish yuzasidan turkum seminarlar va davra suhbatlari, shuningdek oʻquvchilarda mamlakatimiz maktablarida oʻqitilayotgan turli fanlarga qiziqishni kuchaytirish uchun oʻquv fanlari oyliklari oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat taʼlim standartlarini va oʻquv dasturlarini takomillashtirish uchun tayanch maktablarda oʻquv fanlarining 50 ta yoʻnalishi boʻyicha darslar oʻtiladigan sinflar va tillarni hisobga olgan holda tajriba ishlari oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi 2007-2008 oʻquv yilining oxirlarida oʻtkazgan monitoring oʻquvchilarning bilim saviyasi oʻtgan oʻquv yili yakunlariga nisbatan 3,3 foiz oshganligini koʻrsatdi. Respublika va xalqaro olimpiadalar natijalari ham oʻquvchilarda bilim darajasi yuksalganligini tasdiqladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining bir guruh mutaxassislari mamlakatimizning oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlarida bilimlarni baholashning tegishli tizimiga monand yagona reyting tizimini ishlab chiqmoqda. Taʼlim sifatini baholashning milliy modeli yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2008-yil 7-avgustda “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 173-sonli qaror qabul qilindi va tegishli nizomlar tasdiqlandi. Bu hujjatlar mazkur maktablarning taʼlim jarayonini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari yoʻnalishlari bilan muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturining tasdiqlangan koʻrsatkichlariga muvofiq yangi maktablar qurish, ishlab turgan maktablarni rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda 1875 ta taʼlim obyektida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi, shu jumladan 70 ta yangi maktab qurib bitkazildi, 583 ta maktab tubdan rekonstruksiya qilindi, 792 ta maktab kapital taʼmirlandi, 430 ta maktabda joriy taʼmirlash ishlari bajarildi. Joriy yilning 15-sentabriga boʻlgan holatga koʻra taʼlim obyektlarida 346,5 milliard soʻmlik qurilish-montaj ishlari bajarildi, bu esa yillik rejaning 98 foizini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab taʼlimini rivojlantirish dasturiga qoʻshimcha ravishda 2007-2008 oʻquv yilida mahalliy davlat hokimiyati organlari va homiylar tomonidan 22 ta maktabda qurilish-taʼmirlash ishlari bajarildi, shu jumladan 6 ta yangi maktab binosi qurilgan, 5 ta maktab rekonstruksiya qilingan, 11 ta maktabda kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150 ta maktab sport zali, shu jumladan qishloq joylarda 145 ta maktab sport zali foydalanishga topshirilgan. Umumtaʼlim maktablarining sport zallari bilan taʼminlanganlik darajasi 65 foizni, sport inventarlari bilan taʼminlanganlik darajasi 56 foizni tashkil etdi, bu oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan tegishincha 2,7 va 10 foiz ortiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim maktablarini taʼmirlashning 2004 — 2009-yillarga moʻljallangan manzilli dasturiga kiritilmagan 1281 ta maktabning moddiy-texnika bazasi holati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda oʻrganib chiqilgan va mazkur maktablarga taalluqli qurilish-taʼmirlash ishlari hajmlari belgilab olingan. Hozirgi vaqtda ana shu maktablarni har taraflama mustahkamlash va rivojlantirishga oid takliflarni belgilangan tartibda kiritish uchun moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishib olinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yilda 1911 ta umumtaʼlim maktabini Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jami 138 milliard soʻmlik zamonaviy mebel, oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va sport inventarlari bilan jihozlash nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 15-sentabriga boʻlgan holatga koʻra umumtaʼlim maktablariga 115,7 milliard soʻmlik (87,8 foiz) maktab uskunalari yetkazib berilgan. Umumtaʼlim maktablarining zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanish darajasi 2007-yilga nisbatan fizika kabinetlarida 20,6 foiz, kimyo kabinetlarida 25,3, biologiya kabinetlarida 24,8 foiz oʻsgan. Umumtaʼlim maktablarining zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taʼminlanganlik darajasi oʻtgan yilgi koʻrsatkichga nisbatan 12,9 foiz koʻpayib, 51,6 foizni tashkil etdi. 800 ta maktab “Ziyonet” tarmogʻiga ulangan, 2280 ta maktab shu tarmoqqa ulanishga tayyorlab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yilda 1225 ta maktab zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taʼminlangan. Xalqaro donorlar tomonidan ajratilgan 1,2 million AQSh dollari miqdoridagi grant mablagʻlari hisobiga 140 ta kompyuter sinfxonasi uchun oʻquv kompyuterlari komplekti sotib olingan va oʻrnatilgan. Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda 38,5 million AQSh dollariga teng qiymatdagi “Taʼlim sektorini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Jahon bankining 15 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan 2008-yilda 1501 ta maktab va 598 ta maktabgacha tarbiya taʼlim muassasasini 2072 ta kompyuter bilan taʼminlash ishlari olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim maktablarining oʻquv uskunalariga butlovchi tovarlar yetkazib berayotgan xorijiy hamkorlarga moliyaviy xizmatlar koʻrsatish samaradorligini oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan zarur choralar koʻrilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim maktablari elektr bilan uzluksiz taʼminlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda elektr energiyasiga ulanishda umumtaʼlim maktablarini 3-toifadan 2-toifaga bosqichma-bosqich oʻtkazishga kirishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Maktab taʼlimini rivojlantirishning 2004 — 2009-yillarga moʻljallangan davlat umummilliy dasturini amalga oshirish sohasidagi ishi toʻgʻrisida”gi 2007-yil 25-iyulda qabul qilingan 363-I-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib borilayotgan ishlarda ayrim kamchilik va nuqsonlar ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat boʻyicha maktablarning pedagog kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasi 98,9 foizni tashkil etgani holda bu koʻrsatkich Fargʻona viloyatida pasayib 98,1 foiz boʻlgan, Sirdaryo viloyatida esa oʻtgan yilgi darajada, yaʼni 97,6 foiz darajasida qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlarining Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrida 2006-yilda va 2007-yilning 9 oyi mobaynida belgilangan maqsadda va samarali foydalanilishi tekshirilganda bir qancha qoidabuzarliklar, xususan Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali foydalanilmaganligi, binokorlik materiallarining bahosi asossiz ravishda oshirib koʻrsatilganligi, Maktab taʼlimini rivojlantirishning 2004 — 2009-yillarga moʻljallangan davlat umummilliy dasturiga kiritilgan maktablarda uskunalar oʻrnatilmaganligi aniqlandi. Elektr tizimi va kanalizatsiya tarmoqlari bilan taʼminlanmaganligi natijasida kimyo va fizika kabinetlarining aksariyatida oʻquv-laboratoriya uskunalaridan foydalanilmagan. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi axborotiga qaraganda bunday huquqbuzarliklar uchun aybdor mansabdor shaxslar javobgarlikka tortilgan, kamchiliklarning aksariyati bartaraf etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilayotgan sport obyektlaridagi qurilish hamda taʼmirlash ishlari sifati ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan monitoring bunday obyektlar qurilishi surʼati belgilab qoʻyilgan ish jadvalidan orqada qolayotganligini koʻrsatdi. Umumtaʼlim maktablarini taʼmirlashning 2008-yilgi manzilli dasturiga kiritilgan taʼlim obyektlarida oʻtkazilgan yetti mingdan ortiq tekshiruv asnosida qurilish ishlari sifatsiz bajarilganligi hollari ham aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagogik yoʻnalishdagi oliy oʻquv yurtlari talabalarining faol pedagogik amaliyoti muddatlarini birinchi kursdan eʼtiboran uzaytirish toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan hanuzga qadar hal etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinflarning oʻquvchilar bilan toʻldirilish koʻrsatkichini oʻquvchilarning maqbul miqdorini inobatga olgan holda kamaytirish toʻgʻrisidagi, shuningdek maktab kutubxonalari lotin alifbosidagi ijtimoiy-siyosiy va badiiy adabiyotlar xarid etishi uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan hal etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan takliflar boʻlmaganligi sababli Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi “Oʻzkitobsavdo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda ijtimoiy-siyosiy, uslubiy va badiiy adabiyotlar sotuvchi kitob doʻkonlari tarmogʻini kengaytirish masalasini hal etganicha yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli tuzilmalar rahbarlarining joylarda Maktab taʼlimini rivojlantirishning 2004 — 2009-yillarga moʻljallangan davlat umummilliy dasturini bajarish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va huquqbuzarliklarni bartaraf etish, bunday kamchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash toʻgʻrisidagi hisobotlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida va doimiy komissiyalari majlislarida ahyon-ahyonda tinglangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida mahalliy davlat hokimiyati organlari taʼlim obyektlaridagi qurilish ishlari bajarilishi sifati ustidan nazoratni susaytirib yuborgan. Xalq deputatlari Samarqand va Toshkent viloyat Kengashlari Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasining mintaqaviy boʻlinmalari bilan hamkorlikda bolalar sporti obyektlari oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishini taʼmin eta olmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Andijon va Xorazm viloyat Kengashlari pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy institutlarining yotoqxonalari uchun binolar qurish masalasini hanuzga qadar hal etmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligidan, shuningdek xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Maktab taʼlimini rivojlantirishning 2004 — 2009-yillarga moʻljallangan davlat umummilliy dasturini amalga oshirish sohasidagi ishi toʻgʻrisida”gi 2007-yil 25-iyulda qabul qilingan 363-I-sonli Qarorining ijrosi toʻgʻrisida axborot olingan emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Maktab taʼlimini rivojlantirishning 2004 — 2009-yillarga moʻljallangan davlat umummilliy dasturini amalga oshirish sohasidagi ishi toʻgʻrisida”gi 2007-yil 25-iyulda qabul qilingan 363-I-sonli Qarorining bajarilishi toʻgʻrisida ishchi guruh rahbari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi E. Vohidov hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri oʻ. Shoumarovning axborotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Maktab taʼlimini rivojlantirishning 2004 — 2009-yillarga moʻljallangan davlat umummilliy dasturini amalga oshirish sohasidagi ishi toʻgʻrisida”gi 2007-yil 25-iyulda qabul qilingan 363-I-sonli Qarorining ijrosi toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qayd etib oʻtilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Maktab taʼlimini rivojlantirishning 2004 — 2009-yillarga moʻljallangan davlat umummilliy dasturini amalga oshirish sohasidagi ishi toʻgʻrisida”gi 2007-yil 25-iyulda qabul qilingan 363-I-sonli Qarorining baʼzi qoidalari bajarilmagan, shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Senat Kengashi Qarorini bajarishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni tahlil etib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maktab taʼlimi jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanishda ayrim qoidabuzarlik hollari hozirgi kunda ham uchrab turganligi qayd etib oʻtilsin va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bunday huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrsin, bu yoʻnalishda nazoratni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Maktab taʼlimini rivojlantirishning 2004 — 2009-yillarga moʻljallangan davlat umummilliy dasturida nazarda tutilgan bolalar sport obyektlari oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishini taʼminlash yuzasidan xalq deputatlari Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm viloyat Kengashlari bilan hamkorlikda ish olib borish zarurligiga eʼtibor qaratsin, taʼlim obyektlaridagi qurilish ishlari bajarilishi sifati ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga, tegishli idoralar va tashkilotlarga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qarorning bajarilishi jarayoni haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga 2009-yil 1-aprelga qadar axborot taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 25-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
550-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 9-son, 527-modda)