Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
“NAVOIY” ERKIN IQTISODIY ZONA DIREKSIYASI” DAVLAT UNITAR KORXONASINING USTAVINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
(hujjat nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 27-yanvardagi 21-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Navoiy” erkin iqtisodiy zona direksiyasi” Davlat unitar korxonasining Ustavi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 19-fevral,
48-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 19-fevraldagi 48-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
“Navoiy” erkin iqtisodiy zona direksiyasi” Davlat unitar korxonasining
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
USTAVI
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Navoiy” erkin iqtisodiy zona direksiyasi” Davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) tezkor boshqaruv uchun oʻziga berilgan davlat mulki boʻlgan mulk bazasida Davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga birkitilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, oʻz faoliyati maqsadlariga, Muassis topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi.
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, ramzga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Korxonaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — “Navoiy” erkin iqtisodiy zona direktsiyasi” Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “Navoiy” EIZ direktsiyasi” DUK;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Navoi”;
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Navoi”;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — “Directorate of the free economic zone “Navoi” State Unitary Company”;
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Navoi” SUC”;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): 210100, Navoiy shahri, A. Temur koʻchasi, 4-uy.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
7. Direksiya oʻz nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
8. Direksiya Muassisning roziligiga koʻra tijorat tashkilotlarining, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aʼzo) boʻlishi mumkin.
9. Direksiya davlat boshqa korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
II. Direksiya faoliyatining predmeti va maqsadi
Oldingi tahrirga qarang.
10. “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIZ” deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan “Navoiy” EIZni rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yoʻli bilan tezkor boshqarish, “Navoiy” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash, shuningdek “Navoiy” EIZ hududidagi xoʻjalik faoliyati qatnashchilariga (keyingi oʻrinlarda “Navoiy” EIZ qatnashchilari” deb ataladi) xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar va xizmatlardan foyda olish Direksiya faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
11. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
11.1. Belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan “Navoiy” EIZ hududida investitsiyalash toʻgʻrisida bitimlar tuzish;
(11-bandning 11.1 kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11.2. “Navoiy” EIZ qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
(11-bandning 11.2 kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11.3. “Navoiy” EIZ hududida “Navoiy” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
(11-bandning 11.3 kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11.4. Belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik ularning natijalarini erkin iqtisodiy zonalarning Maʼmuriy kengashiga (keyingi oʻrinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) taqdim etadi;
(11-bandning 11.4 kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11.5. “Navoiy” EIZ qatnashchilariga va boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarga “Navoiy” EIZ hududida yer uchastkalarini ijaraga berish;
(11-bandning 11.5 kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11.6. “Navoiy” EIZ hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan obyektlardagi koʻchmas mulkni oʻziga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
(11.6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11.7. “Navoiy” EIZ faoliyatini tezkor boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
(11.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyatning qonun hujjatlarida litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
12. Direksiya qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini ham amalga oshirishi mumkin.
III. Direksiya faoliyatini boshqarish
13. Direksiya Muassisga va Maʼmuriy kengashga hisob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi, predmeti va turlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qoʻyish va ularni tasarruf etish;
Direksiya tomonidan oʻziga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitishuvlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiya yetkazgan zararlarni undirish toʻgʻrisida Direksiyaning ijro etuvchi organiga daʼvo arizasi taqdim etish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Maʼmuriy kengash Direksiya faoliyatiga rahbarlikni va uni nazorat qilishni, shuningdek “Navoiy” EIZning mustaqil budjeti hamda “Navoiy” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
17. Maʼmuriy kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash va uning aʼzolari tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
18. Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Maʼmuriy kengash tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Direktor yakka ijro etuvchi organ hisoblanadi.
20. Direktor Maʼmuriy kengash bilan kelishgan holda Direksiya xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
21. Direktor:
Oldingi tahrirga qarang.
Direksiya xodimlari mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash maqsadida “Navoiy” EIZ boʻyicha qonun hujjatlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqaruvning eng yangi uslublarini joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, mamlakatimizdagi va xorijiy barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni oʻzgartiradi va toʻxtatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar va koʻrsatmalar chiqaradi;
Direksiyaning ichki tartibini va xoʻjalik faoliyatini reglamentlaydigan hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
belgilangan maqsadlarni, Direksiyaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
22. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Direktor “Navoiy” EIZning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarining tasarruf etuvchisi hisoblanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Direktor “Navoiy” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
IV. Direksiya ustav fondining miqdori
Oldingi tahrirga qarang.
25. Direksiyaning ustav fondi “Navoiy” EIZ faoliyatini tezkor boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mulklar va boshqa aktivlardan iborat boʻladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi 155-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 207-modda)
26. Direksiya ustav fondining miqdori 4,89 mlrd. soʻmni tashkil qiladi.
V. Direksiya ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
27. Direksiya ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
VI. Direksiya mulkini tasarruf etish
28. Muassis tomonidan Direksiyaga tezkor boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mulkini tashkil qiladi.
29. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
30. Maʼmuriy kengash Muassis nomidan Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek oʻzgaga berilishini nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi hollarda:
asosiy vositalarni sotishda, ularni ijaraga yoki garovga topshirishda;
mulkni boshqa xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritishda;
boshqa xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olishda va sotishda;
xoʻjalik jamiyatlaridagi Direksiyaga tegishli aksiyalar (ulushlar)ni sotishda;
mulkdan Direksiya faoliyatining maqsadlariga nomuvofiq tarzda foydalanilganda tasarruf etishi mumkin.
VII. Daromadlarni shakllantirish tartibi
32. Direksiya daromadi:
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Maʼmuriy kengash foydalanilishida va boshqaruvida boʻlgan yer uchastkalari, binolar va ishnootlarni ijaraga topshirganlik uchun tushumlarning bir qismi;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
VIII. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
33. Direksiyada qoladigan sof foyda barcha soliqlar hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin Direksiya tasarrufida qoladi va Maʼmuriy kengash qaroriga koʻra foydalaniladi.
34. Muassis oʻz qarori bilan muruvvat maqsadlariga hamda begona yuridik va jismoniy shaxslarga homiylik yordami koʻrsatishga yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
35. Direksiyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
IX. Zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi
36. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
X. Hisobotlar taqdim etish tartibi
37. Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
38. Direksiyaning xoʻjalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Muassis va boshqa vakolatli organlar tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Direktor har chorakda faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Maʼmuriy kengashga hisob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
XI. Direksiyaning javobgarligi
40. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
41. Direksiya Muassis majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
XII. Direksiyaning filiallari va vakolatxonalari
42. Direksiya Muassis bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham, uning tashqarisida ham qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda filiallar tashkil etishi va vakolatxonalar ochishi mumkin.
43. Direksiyaning filiallari va vakolatxonalari Direksiya tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
44. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan vakolatxonalar va filiallar Direksiya tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida hamda hududida oʻzlari joylashgan mamlakatlarning qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat koʻrsatadi.
45. Direksiya filiali yoki vakolatxonasining rahbari Maʼmuriy kengash bilan kelishgan holda Direktor tomonidan tayinlanadi va ular bergan ishonchnoma asosida faoliyat koʻrsatadi, ishonchnoma ushbu rahbar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi toʻxtatilgan taqdirda Direktor tomonidan bekor qilinishi kerak.
46. Direksiya tomonidan tashkil etiladigan filiallar va vakolatxonalarning majburiyatlari boʻyicha Direksiya javob beradi.
XIII. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
47. Direksiya Muassisning qaroriga koʻra, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
48. Direksiyani tugatish uning faoliyatining huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda toʻxtatilishiga sabab boʻladi, Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga oʻtadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 87-modda; 2017-y., 13-son, 207-modda, 15-son, 252-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2018-y., 09/18/29/0587-son)