Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Qarori
Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida
Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlariga jiddiy xavf tugʻdiradi, bozor iqtisodiga xos boʻlgan xususiy mulkchilikning, boshqa turdagi mulkiy munosabatlarning shakllanishiga va rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi.
Sud amaliyotini oʻrganish talon-toroj qilishlar, mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilayotgan suiisteʼmolliklar, poraxoʻrlik, shuningdek, soliq toʻgʻrisidagi qonunlarni, banklar faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni buzish hollarining kamaymayotganini koʻrsatdi.
Plenum ushbu toifadagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini muhokama qilib, ularning koʻpchiligi sudlar tomonidan qonunlarga qatʼiy rioya etilgan holda toʻgʻri hal etilganligini qayd etadi. Shu bilan birga tergov va sud amaliyotida, soliq organlari faoliyatida qonun meʼyorlarini notoʻgʻri qoʻllash, ularning mazmunini notoʻgʻri talqin qilish, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligiga yetarlicha baho bermaslik hollari mavjud.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlarning, huquqni muhofaza qiluvchi va soliq organlarining eʼtibori iqtisodiyot sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarni buzish jamiyat uchun jiddiy xavf tugʻdirishini, bozor munosabatlarining, qonuniy tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga toʻsqinlik qilishini, fuqarolar oʻrtasida qonunlarning nufuziga putur yetkazishini eʼtiborga olgan holda, bu qonunlarga ogʻishmay amal qilish zarurligiga qaratilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakllardagi mulk tashkil etadi. Mulk huquqi mutlaq huquq hisoblanadiki, u bu huquqni buzadigan har qanday harakatlarni taqiqlashni taqozo qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyatda mulk huquqini eʼzozlash vaziyati vujudga keltirilishi lozimligini, unga nisbatan har qanday tajovuzlarning sodir etilishi muqarrar javobgarlikka va jazoga tortilishi kerakligini taʼkidlash lozim.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
3. Amaldagi jinoyat qonunlariga binoan, oʻzganing mulkini talon-toroj qilish mulkka tajovuz qilishning eng xavflisi hisoblanadi.
Mansab vazifalari yoxud shartnomaviy munosabatlarga koʻra, oʻzganing mulkini tasarruf qilish, boshqarish, yetkazib berish yoki saqlash boʻyicha qonuniy vakolatlarni amalga oshiruvchi shaxsning mazkur mulkni qonunga xilof ravishda tekinga oʻzining mulkiga yoki boshqa shaxsning mulkiga aylantirishi aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida boʻlgan oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish deb (JKning 167-moddasi) tavsiflanishi lozim.
Yuqorida koʻrsatilgan qonuniy vakolatlarga ega boʻlmagan, ammo topshirilgan ishni yoxud xizmat vazifalarini bajarishi tufayli mulk saqlanadigan joyga kirish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan oʻzganing mulkini talon-toroj qilinishi oʻgʻrilik deb tavsiflanishi kerak.
4. Mansabdor shaxsning oʻzganing mulkini qonunga xilof ravishda qaytarib bermaslik sharti bilan gʻaraz niyatda tekinga oʻzining mulkiga yoki boshqa shaxslarning mulkiga aylantirishida ifodalanuvchi mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilishi talon-toroj qilish deb qaralishi va Jinoyat kodeksi 167-moddasi 2-qismining “g” bandi bilan tavsiflanishi lozim boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bu oʻrinda shuni nazarda tutish lozimki, agar oʻzganing mulkini gʻayriqonuniy ravishda tekinga aybdorning mulkiga aylantirish maqsadi bilan olib qoʻyilganligi aniqlanmagan boʻlib, lekin boshqa gʻayriqonuniy harakatlar mavjud boʻlgan taqdirda bunday harakatlar (masalan, tovar-moddiy boyliklarining kamomadi yoki uni yashirish holatining oʻzigina; oʻzganing mulkidan oʻzinikiga aylantirib olish maqsadisiz vaqtincha foydalanish; oʻzganing mulkini qarzga berib yuborish va h.k.) talon-toroj qilish deb tavsiflanishi mumkin emas. Yetarli asoslar mavjud boʻlganda, koʻrsatilgan harakatlar mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish deb tavsiflanishi kerak.
5. Oʻzganing mulkini talon-toroj qilishdan iborat boʻlgan aybdorning harakatlariga huquqiy baho berishda uning sodir etilish usulidan (oʻgʻrilik, talonchilik, tovlamachilik va h.k.) qatʼi nazar, jinoyat Jinoyat kodeksi tegishli moddasining ogʻirroq jazoni koʻzda tutuvchi qismi bilan tavsiflanishi va ushbu moddaning boshqa qismlari bilan qoʻshimcha tavsiflanishi talab etilmasligi sudlarga tushuntirilsin. Masalan, jinoyat juda koʻp miqdorda talon-toroj qilish belgisi boʻyicha Jinoyat kodeksi 167-moddasining 3-qismi bilan tavsiflanganda Jinoyat kodeksi ushbu moddasi 1 va 2-qismlari bilan qoʻshimcha tavsiflash talab qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davomli talon-toroj sodir etilgan hollarda aybdorning harakatlari talon-toroj qilingan umumiy summani hisobga olgan holda tavsiflanishi zarur.
Agar shaxsning harakatlari davomli jinoyat xususiyatiga ega boʻlmasdan bir necha mustaqil epizodlardan, misol uchun, oʻgʻrilik, talonchilik, firibgarlik va boshqalardan iborat boʻlsa, bu harakatlar talon-toroj qilingan umumiy summadan kelib chiqqan holda tavsiflanishi mumkin emas. Bunday hollarda jinoyatni oʻzganing mulkini talon-toroj qilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi Jinoyat kodeksi moddasining dispozitsiyasiga muvofiq, jumladan, takroriylik belgisi bilan tavsiflash lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasiga muvofiq mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish boʻyicha subyektiv huquq — faqat shu mulkning egasiga taalluqli ekanligi sudlarga tushuntirilsin. Shuning uchun mulkiy huquqni amalga oshirishga qonunga asoslanmagan holda har qanday aralashish ushbu huquqni jiddiy buzish deb hisoblanadi. Masalan, fermerning, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan boshqa shaxsning, boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulklarini qonunga xilof ravishda tasarruf qilishda ifodalangan mansabdor shaxslarning harakatlari, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, Jinoyat kodeksi 1921-moddasida nazarda tutilgan — xususiy mulk huquqini buzish jinoyati alomatlarini tashkil etadi. Bu oʻrinda mulkiga nisbatan noqonuniy harakat qilingan mulkning egasida aybdordan moddiy zararni, shu jumladan, boy berilgan foydani ham, shuningdek, maʼnaviy ziyonni undirib olish huquqi paydo boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Aybdor shaxs harakatlarida Jinoyat kodeksi 1921-moddasining ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlganda, jinoiy javobgarlik unga nisbatan muqaddam maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan qatʼiy nazar, kelib chiqadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan nazorat ishlarini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning doirasi qatʼiy chegaralanganligiga, mulk shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini tekshirish tartibi aniq belgilab qoʻyilganligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin. Ushbu qonun meʼyorlari mulkdorlar faoliyatiga ularning erkinligini cheklovchi, asossiz aralashuvni bartaraf qilishga qaratilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 8-avgustdagi “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonida mulkdorning manfaatlarini noqonuniy aralashuvdan himoya qiluvchi huquqiy kafolatlar mavjud.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Shu sababli sudlar bu masala boʻyicha qonunlarning buzilishiga lozim darajada oʻz munosabatlarini bildirishlari kerak. Bunday aralashuvning gʻaraz yoki past niyatda ekanligi aniqlangan taqdirda aybdorlarning harakatlari Jinoyat kodeksining tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, noqonuniy aralashish bilan bogʻliq va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishga qaratilgan jinoyatlar, shuningdek boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan tavsiflanmogʻi lozim. Shuningdek, sud protsessning tegishli ishtirokchisiga aybdordan, masalan, uning faoliyatiga noqonuniy aralashuv natijasida ishlab chiqarishning toʻxtaganligi sababli kelib chiqqan barcha zararlarni undirib olish huquqini tushuntirishi lozim.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlarini koʻrayotganda sudlar har bir fuqaroning tadbirkorlik bilan shugʻullanish huquqini qatʼiy belgilab beruvchi qonunlarning bajarilishiga alohida eʼtibor qaratishlari kerak. Qonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan mansabdor shaxsning harakatlari tegishlicha huquqiy baholanishi zarur. Bunday gʻayriqonuniy harakatlarga, jumladan, xususiy mulk huquqini buzish, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish tartibini buzish, faoliyatini yoki ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda toʻxtatib turish, homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, muayyan faoliyat bilan shugʻullanish uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) berishni rad qilish yoki uni berishdan bosh tortish, imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni gʻayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish va h. k. kiritilishi mumkin.
Bu kabi gʻayriqonuniy harakatlarning yuqori xavfliligi iqtisodiyot sohasidagi huquqiy tartibotning buzilishidan, mansabdor shaxslarning oʻrnatilgan davlat intizomini susaytirib yuborishidan iborat boʻladi va bular davlat hokimiyatidan shaxsiy manfaatlarda foydalanish va hokazolarga olib keladi. Aybdorlarning qayd etilgan harakatlari ish holatlariga va kelib chiqqan oqibatlarga qarab, Jinoyat kodeksi XIII-1-bobidagi tegishli moddalar bilan (Jinoyat kodeksi 205 yoki 207-moddasi bilan emas), gʻarazli maqsadlar aniqlanganda esa, bu harakatlar tovlamachilik yoʻli bilan pora berilishini talab qilishning niqoblangan shakli deb tavsiflanishi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2002-yil 25-oktabrdagi 28-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 96-moddasiga binoan mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qogʻozlar hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin boʻladi. Qimmatli qogʻozlar qatoriga, jumladan, obligatsiya, veksel, chek, depozit va jamgʻarma sertifikatlari, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan-jamgʻarma daftarchasi, aksiya hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qogʻozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlarni tekinga olib qoʻyish va oʻzlashtirish oʻzganing mulkini talon-toroj qilish tariqasida tavsiflanishi kerak. Agar ish boʻyicha qimmatli qogʻozlarni chiqarish va ular bilan muomala qilishni tartibga soluvchi amaldagi qonunlarni buzganlik aniqlanib, Jinoyat kodeksining 19211-moddasi yoki 205-moddasi dispozitsiyalarida koʻrsatilgan belgilar mavjud boʻlganda, bunday harakatlar hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish tariqasida tavsiflanishi lozim. Bunday qonun buzishlar jumlasiga, masalan, fuqarolarga va chet ellik investorlarga erkin sotish uchun moʻljallangan aksiya paketlarini sotishga toʻsqinlik qilish kiritilishi mumkin.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Qalbaki pul yoki qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish maqsadida yasash yoki oʻtkazish Jinoyat kodeksining 176-moddasi bilan tavsiflanishi lozim.
11. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga zid bitim tuzish deganda, mansabdor shaxsning oʻzi tuzayotgan bitimning Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari uchun naf keltirmasligini oldindan bila turib sodir etgan harakatlari (masalan, mahsulot yetkazib berish bahosining aniq pasaytirilganligi yoki mahsulotlarni olish, uni transportda tashish narxlarini aniq oshirib koʻrsatish va h.k.) tushunilmogʻi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Bu oʻrinda Jinoyat kodeksining 175-moddasida koʻzda tutilgan jinoyatning oqibatlari sifatida respublika manfaatlariga koʻp yoki juda koʻp miqdorda zarar yetkazilganligi har doim aniqlangan boʻlishi shart. Bu zararning koʻp yoki juda koʻp miqdorda ekanligi har bir muayyan ish boʻyicha tergov organi va sud tomonidan asoslantirilgan boʻlishi zarur.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga zid tuzilgan bitimlar qatoriga, masalan, davlat mulkini boshqa mulkdorlarga ancha pasaytirilgan narxda sotish holati ham kiritilishi mumkin. Bitimning davlat manfaatlariga zid tuzilganligi toʻgʻrisidagi sudning xulosasi tegishli ekspertiza fikrini inobatga olgan holda tuzilishi mumkin.
Ushbu toifadagi ishlarni tergov qilishda va sudda koʻrishda bu jinoyatlarning kelib chiqishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlar albatta aniqlanishi zarur. Agar qayd etilgan bitimlarni tuzishda aybdorda gʻaraz va boshqa past niyatlar boʻlganligi aniqlansa, bunday harakatlar Jinoyat kodeksining hokimiyat yoki mansab mavqeyidan foydalanib sodir etiladigan tegishli jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi moddalari bilan tavsiflanishi lozim.
12. Tovlamachilik (reket) nafaqat fuqarolarning, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini qoʻpol buzuvchi, balki iqtisodiyot sohasida ham katta zarar keltiruvchi jinoyat boʻlib, jiddiy ijtimoiy xavf tugʻdirishi sudlarga koʻrsatilsin. Shu bilan birga, qonunga binoan (JKning 165-moddasi) tovlamachilik oʻzganing mulkini yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yoʻsindagi harakatlar sodir etishni taqozo qilishini sudlar eʼtiborga olishlari kerak. Shu sababli, qarzdordan qarzni talab qilish Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan tavsiflanishi mumkin emas, lekin ayrim hollarda oʻzboshimchalik (JKning 229-moddasi) tariqasida baholanishi lozim. Qarzdor va qarz beruvchi oʻrtasida foizlar toʻlash boʻyicha oldindan kelishuv boʻlmagan boʻlsa berilgan qarz uchun foiz talab qilish tovlamachilik jinoyati tarkibini tashkil qiladi.
14. Soxta tadbirkorlik toʻgʻrisidagi (JKning 179-moddasi) ishlarni koʻrishda shaxsning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmay turib noqonuniy kreditlar olish, soliqlardan ozod boʻlish, egallashga huquqi boʻlmagan boshqa mulkiy foydani olish maqsadini koʻzlaganligi hisobga olinishi lozim. Bunday maqsadning aniqlanishi shaxsning harakatini Jinoyat kodeksining 179-moddasi hamda talon-toroj qilishga suiqasd qilish va soliq toʻlovlari toʻlashdan boʻyin tovlash va hokazolar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari majmui bilan tavsiflash uchun asos boʻlishi mumkin.
Bu oʻrinda sudlar ushbu qonun meʼyorining maqsadi xoʻjalik aylanma mablagʻining ishonchliligini taʼminlashdan, bozorda faoliyat olib borish qoidalarini qoʻriqlashdan, jamiyat, davlat, fuqaroning iqtisodiy manfaatlarini muhofazalashdan, jumladan, ularga soliq va kredit sohalarida mulkiy zarar yetkazilishidan himoyalashdan iborat ekanligini eʼtiborga olishlari kerak.
15. Sudlar xoʻjalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qaroriga ham amal qilishlari lozim.
Bu oʻrinda Respublika hududida 1993-yil 18-fevraldagi “Turli mulk shakllaridagi savdo tarmoqlari korxonalarining vaqtinchalik ish qoidalari” harakatda ekanligini va ularni buzganlik aybdorning harakatini Jinoyat kodeksining 189-moddasi bilan tavsiflashga asos boʻlishini eʼtiborga olish zarur. Mazkur jinoyatning subyekti turli xil mulk shakllaridagi savdo tarmogʻi xodimlarigina boʻlib qolmasdan, balki bu sohada savdo-sotiq bilan shugʻullanuvchi har qanday jismoniy shaxs ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Qonunni buzgan holda aksiz markalarisiz savdo faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarning harakatlarini tavsiflashda sudlar Oʻzbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga binoan aksiz soliqning bir turi ekanligi va shu sababli aybdorlar Jinoyat kodeksining 184 va 189-moddalari boʻyicha javobgarlikni koʻzda tutuvchi jinoyatlar majmui bilan javobgar qilinishlari kerakligidan kelib chiqishlari lozim.
Aksizsiz savdo qilish oqibatida keltirilgan zarar miqdorini aniqlashda nafaqat aksiz markalarisiz haqiqatan sotilgan mahsulotning summasidan, balki sotuvda boʻlgan aksiz markalarisiz barcha mahsulotlar miqdoridan, garchand bu mahsulotlar bir xil boʻlmasada, kelib chiqish zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirish quyidagi, yaʼni shaxs amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga koʻra vakillik organiga faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish yoxud uni tiklash yoki oʻzgartirishni soʻrab murojaat etishga majbur boʻlsada, lekin qasddan buni bajarmagan, yoinki bila turib oʻzining murojaatini koʻrib chiqishni imkonsiz qilib qoʻygan hollarda vujudga kelishi sudlarga tushuntirilsin.
Shuni nazarda tutish lozimki, noqonuniy tadbirkorlik faoliyati uchun javobgarlik, eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatining noqonuniy yoki (yashirin) iqtisodiyot sohasiga oʻtib ketishidan, demakki, davlat nazorati doirasidan chiqishidan ogohlantirish maqsadini koʻzlaydi.
Shaxsni Jinoyat kodeksi 188-moddasi bilan aybdor deb topish uchun tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan juda koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda amalga oshirganligi fakti aniqlangan boʻlishi kerak.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
26. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish uchun javobgarlik faqat toʻgʻri qasd boʻlganda hamda fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazish tarzidagi oqibat yuz bergandagina kelib chiqishligi sudlarga tushuntirilsin.
Mansabdor shaxsning egallab turgan lavozimi tufayli unga yuklatilgan xizmat majburiyatlaridan kelib chiqadigan vazifalari mansabdorlik vakolatlari hisoblanadi.
27. Fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazish moddiy zarar tarzida ham, boy berilgan foyda tarzida ham, shuningdek, turli xil manfaatlarga boshqacha zarar yetkazishda, hokimiyat organlarining obroʻsiga putur yetkazishda, ogʻir jinoyatlarni yashirishda va hokazolarda ifodalanishi mumkin.
28. Mansab vakolati doirasidan chetga chiqishning (JKning 206-moddasi) asosiy koʻrinishlari deganda: mansabdor shaxs tomonidan boshqa shaxsning vakolati doirasiga kiruvchi harakatlarning sodir etilishi; mansabdor shaxs tomonidan faqat qonunda yoki qonun osti hujjatida koʻrsatilgan alohida holatlar mavjud boʻlgandagina sodir etilishi mumkin boʻlgan harakatlarning sodir etilishi; kollegial organ vakolatiga kiruvchi harakatni mansabdor shaxs tomonidan yakka tartibda sodir etilishi; hech kim va hech qanday holatda amalga oshirishga haqi boʻlmagan harakatlarning mansabdor shaxs tomonidan sodir etilishi va boshqalar hisoblanmogʻi lozim.
29. Sudlar, jazo tayinlashga individual yondoshish tamoyillariga rioya qilgan xolda tovlamachilarga, oʻzganing mulkini talon-toroj qiluvchilarga, soliq toʻlashdan ashaddiy boʻyin tovlovchilarga, oʻzlarining harakatlari bilan davlat va jamoat manfaatlariga yoki fuqarolarning huquq va manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazgan mansabdor shaxslarga, jinoiy guruhlarning tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga nisbatan qattiq jazolarning qoʻllanilishini taʼminlashga majburdirlar. Shuning bilan birga, iqtisodiyot sohasidagi ishlarni koʻrayotganda sudlar moddiy sanksiyalarni, shuningdek, muayyan mansabni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazolarni kengroq qoʻllashlari lozim boʻladi. Davlatga va fuqarolarga yetkazilgan zararni toʻliq undirishga erishilsin.
30. Ushbu toifadagi ishlarni koʻrayotganda sudlar iqtisodiyot sohasida jinoyatlarning yoki boshqa qonunbuzarliklarning sodir etilishiga imkon bergan barcha sabab va shart-sharoitlarni aniqlashlari va ularga lozim darajada munosabat bildirishlari kerak.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrayotganda birinchi bosqich sudlari tomonidan iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya qilinishiga alohida eʼtibor qaratish, ularni tatbiq etishda yoʻl qoʻyilgan xatolarni muntazam tahlil qilib borish va bartaraf etish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
1998-yil 17-aprel,
11-son