Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 29-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-fevral,
50-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-fevraldagi 50-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalarni xarid qilish boʻyicha tender savdolari oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 19-bandning birinchi xatboshidagi “kichik va oʻrta korxonalarni” soʻzlari “kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 20-bandning oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar) uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan narx imtiyozlari”;
v) 43-bandning birinchi xatboshiga “belgilangan” soʻzidan keyin “shuningdek ushbu Nizom X-I boʻlimining talablariga muvofiq” soʻzlari qoʻshilsin;
g) 55-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Ishtirokchilarning tijorat takliflarini teng shartlarga keltirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod qilinadigan import qiluvchilar, import tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish)dagi tender takliflari ishtirokchilarining tender takliflarini baholashda koʻrsatilgan soliq summasini qoʻshgan holda hisoblanadi”;
toʻrtinchi-beshinchi xatboshi tegishli ravishda beshinchi-oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
d) X boʻlimdan keyin quyidagi mazmundagi X-I boʻlim qoʻshilsin:
“X-I. Mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar) uchun narx imtiyozlari bergan holda tender savdolari oʻtkazishda tender takliflarini baholash xususiyatlari
601. Ushbu Nizomning 55-bandi oltinchi xatboshida nazarda tutilgan narx imtiyozlari tender savdolariga qoʻyilgan va ular bevosita tovar ishlab chiqaruvchilar (ishlar bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar) (keyingi oʻrinlarda mamlakatimiz korxonalari-ishlab chiqaruvchilari deb ataladi) ekanligini tasdiqlaydigan zarur hujjatlarni tender komissiyasiga taqdim qilgan mamlakatimiz korxonalari-ishlab chiqaruvchilari (ishlarni bajaruvchilar, xizmatlar koʻrsatuvchilar)ga beriladi.
602. Tender ishtirokchisi tomonidan import tovarlari yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) bilan eng yaxshi narx taklif etilgan taqdirda tender komissiyasi mamlakatimiz korxonalari-ishlab chiqaruvchilari takliflari orasidan koʻrsatilgan eng yaxshi narxga kamida 20 foizga oshiradigan va tender savdolari va qonun hujjatlari shartlariga mos keladigan uchtagacha eng yaxshi takliflarni tanlab oladi. Bunda, qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod qilinadigan tender ishtirokchisi tomonidan import tovarlari yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) bilan eng yaxshi narx taklif etilgan boʻlsa mamlakatimiz korxonalari-ishlab chiqaruvchilari takliflarini tanlab olish uchun qoʻshimcha qiymat soligʻi summasiga qoʻshib hisoblagan holda koʻrsatib oʻtilgan eng yaxshi narx qoʻllaniladi.
Tender komissiyasi bir kun mobaynida tanlab olingan mamlakatimiz korxonalari-ishlab chiqaruvchilari bilan navbatma-navbat ularning tender takliflari narxlarini kamaytirish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib boradi va muzokaralar natijalarini tasdiqlaydi. Bunda har bir mamlakatimiz korxonalari-ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar natijalari protokol bilan rasmiylashtiriladi va gʻolib aniqlangunga qadar konfedensial hisoblanadi.
603. Mamlakatimiz korxonalari-ishlab chiqaruvchilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijalari boʻyicha quyidagilar:
mamlakatimizning boshqa korxonalari-ishlab chiqaruvchilariga nisbatan — olib kirishda qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlash boʻyicha imtiyoz berish qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlari boʻyicha eng yaxshi narxni taklif etgan;
mamlakatimizning boshqa korxonalari-ishlab chiqaruvchilariga nisbatan, lekin qoʻshimcha qiymat soligʻi summasiga qoʻshib hisoblagan holda import tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha eng yaxshi narxdan oshmaydigan — olib kirishda qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilish boʻyicha imtiyoz qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha eng yaxshi narxni taklif etgan mamlakatimiz korxonasi-ishlab chiqaruvchisi tender gʻolibi deb aniqlanadi.
604. Tender ishtirokchisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadigan import tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha eng yaxshi narx taklif etilgan boʻlsa va mamlakatimiz korxonalari-ishlab chiqaruvchilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijalariga koʻra, qoʻshimcha qiymat soligʻi summasiga qoʻshib hisoblagan holda koʻrsatilgan eng yaxshi narxdan oshmaydigan narxni taklif etish mumkin boʻlmagan taqdirda, import tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha eng yaxshi narx taklif etgan tender ishtirokchisi tender gʻolibi deb eʼlon qilinadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 47-bandning oʻninchi xatboshidagi uchinchi jumlaga “Bunda” soʻzidan keyin “mamlakatimizning tovar ishlab chiqaruvchilari (ishlarni bajaruvchilari, xizmatlar koʻrsatuvchilari) uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan narx preferensiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 53-bandga “tijorat qismi” soʻzlaridan keyin “tovar (ishlar, xizmatlar) narxidan” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 74-banddan keyin quyidagi mazmundagi 741-band qoʻshilsin:
“741. Qatnashchilarning tijorat takliflarini teng shartlarga keltirish maqsadida ular boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq import qiluvchilar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni importga yetkazib beriladigan tender takliflari qatnashchilarning tender takliflarini baholashda koʻrsatib oʻtilgan soliq summasi qoʻshimcha ravishda hisobga olinadi”;
g) 76-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“76. Savdolarning turidan qatʼi nazar, tanlov savdolari gʻolibi tanlov komissiyasining yopiq majlisida aniqlanadi. Tender komissiyasi gʻoliblarni eng koʻp raqobatli narxlar, yetkazib berish va ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) shartlari, toʻlov hamda tender shartlarida belgilangan boshqa mezonlar boʻyicha, shuningdek tender savdolarida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga narx preferensiyalari berish tartibini tartibga soladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq aniqlaydi. Tanlov savdolari gʻolibi tanlov qatnashchilari ishtirokida eʼlon qilinadi, ishtirok etmagan qatnashchilar belgilangan tartibda xabardor qilinadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 89-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son)