02.05.1997 yildagi 3-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.05.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XUSUSIYLASHTIRILGAN TURAR JOYLARGA EGALIK QILISH, ULARDAN FOYDALANISH VA ULARNI TASARRUF QILISH BILAN BOGʻLIQ ISHLAR BOʻYICHA SUD AMALIYOTI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik va Oila kodekslari qabul qilinib, amalga kiritilishi va “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllash jarayonida baʼzi tushunmovchiliklar yuzaga kelayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xususiylashtirilgan turar joylar bilan bogʻliq nizolarni hal qilishda sudlar bu uy-joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish Fuqarolik va Uy-joy kodeksi mezonlari, “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-sonli qarori bilan, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan, Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan 180-sonli qaroriga koʻra tasdiqlangan “Xususiylashtirilgan kvartiralarni, uylarni (uylarning bir qismini) olish-sotish shartnomalarini rasmiylashtirish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomlar bilan tartibga solinishini nazarda tutmoqlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 210-moddasiga binoan davlatga qarashli turar joyga xususiy mulk huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda xususiylashtirish natijasida vujudga keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat uy-joy fondidagi turar joyni xususiylashtirishni amalga oshirishda fuqaro va mulkdorlarning huquqini himoya qilish munosabati bilan vujudga keluvchi nizolar sudlarga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilishi mumkin boʻlgan turar joylarga — mahalliy davlat hokimiyati organlarining uy-joy fondi hamda davlat organlari, korxonalari, muassasa va tashkilotlarining toʻliq xoʻjalik tasarrufidagi yoki operativ boshqaruvidagi uy-joy fondlari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi 1-qismiga binoan xususiylashtirish obyektlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar ijara shartnomasi asosida foydalanayotgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar va bir kvartirali uylar (uylarning bir qismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklash va taʼmirlash ishlari tugallangan, lekin odamlar koʻchib kirmagan, hamda boʻshatilgan uylarning kvartiralari, bir kvartiralik uylar (uylarning bir qismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi qurilgan uylardagi kvartiralar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi 3-bandiga muvofiq ikki yoki undan ziyod ijarachi yashab turgan kvartiralar barcha ijarachilarning roziligi boʻlmasa, xususiylashtirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha ijarachilarning roziligi bilan ular egallab turgan kvartira xususiylashtirilishi mumkin, bunda xususiylashtirishning har bir ishtirokchisida (ijarachida) kvartiraga nisbatan umumiy hissali mulk huquqi vujudga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga binoan fuqaro va yuridik shaxslar uy-joy, yordamchi xonalar va uskunalardan hamda umumiy foydalanish joylaridan ularning vazifasiga muvofiq hamda boshqa fuqaro va yuridik shaxslarning uy-joyga doir, oʻzga huquq va erkinliklariga zarar yetkazmagan holda foydalanishlari va uy-joyni asrash choralarini koʻrishlari shart ekanligini sudlar nazarda tutmoqlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamoat uy-joy fondiga qarashli turar joylarda ijara yoki arenda shartnomasi asosida yashovchi fuqarolar “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunda koʻrsatilgan xususiylashtirish huquqiga ega emaslar. Shu bilan birga jamoat uy-joy fondi egasi yoki u tomonidan tegishli vakolat berilgan organ fuqarolarga egallab turgan turar joylarini sotish, jumladan imtiyozli asosda sotish yoki bu turar joylarni fuqarolarga bepul berish masalalari boʻyicha mustaqil ravishda qaror qabul qilishlari ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan holatda nizo kelib chiqqan taqdirda ularni mulk egasi tomonidan belgilangan turar joyni unda yashovchi fuqarolarga berish sharti va tartiblaridan kelib chiqib, hal etish lozimdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fuqarolarning davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan uylarning buzilishi natijasida, agar ularga buzilgan uylari evaziga pul tovoni toʻlanmagan boʻlsa, davlat uy-joy fondi uylaridan olgan turar joylari, shuningdek, tabiiy ofatlar oqibatida uylari buzilishi munosabati bilan olgan kvartiralari, bu kvartiralari qachon ajratilganidan qatʼi nazar, ularga yoki ularning vorislariga tekinga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vorislar qatoriga FKning 1118, 1135—1141-moddalarida belgilangan uy egasi bilan birga yashovchi va shu uyning buzilishi munosabati bilan turar joy olgan shaxslar kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning muqaddimasi hamda 1 va 3-moddalarining mazmuniga koʻra, fuqarolar oʻzlari egallab turgan turar joylarini xususiylashtirishni soʻrab murojaat etgan boʻlsalar, ularning bunday talablari ushbu Qonunda nazarda tutilmagan shartlar asosida rad qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan Qonunning 16—20-moddalarida belgilangan turar joylarni xususiylashtirishni rasmiylashtirish tartibiga rioya qilish fuqarolar uchun ham, davlat va mahalliy uy-joy fondidagi turar joylarni fuqarolar egaligiga oʻtkazish majburiyat va vakolati yuklatilgan mansabdor shaxslar uchun ham majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar egallab turgan turar joylarni xususiylashtirish rad qilinishi natijasida fuqarolik huquqi boʻyicha nizo vujudga kelishini hisobga olib, bunday ishlar sudlar tomonidan daʼvo ishini yurgizish tartibida hal qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq alohida uy, kvartira va xonaga boʻlgan egalik huquqi turar joy qiymati toʻliq toʻlangan (sotib olingan) va egalik huquqi haqida davlat orderi olingan paytdan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqaro kvartira, uy (uyning bir qismi) uchun pay badalini toʻliq toʻlagan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq arizasini mahalliy hokimiyat organlarida roʻyxatdan oʻtkazgan boʻlsa-yu, ammo egalik huquqini beruvchi davlat orderini olmasdan vafot etsa, uning merosxoʻrlarida mazkur turar joyga vorislik huquqi paydo boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlar turar joylarni xususiylashtirish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan berilgan daʼvo arizalarni qabul qilishda davlat uy-joy fondi tasarrufida boʻlgan tuman (shahar) hokimining, korxona, tashkilot, muassasa maʼmuriyatining turar joyni xususiylashtirish haqidagi tegishli farmoyishi va egalik huquqini beruvchi davlat orderi borligini tekshirishlari, bunday hujjatlar mavjud boʻlsa, ularni ish materiallariga qoʻshish uchun talab qilib olishlari kerak. Shuningdek, fuqaro turar joyni xususiylashtirish huquqiga ega ekanligi, unga xususiylashtirishning imtiyozli asoslari qoʻllanishi mumkinligi aniqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish ikki taraflama shartnoma boʻlganligi sababli uni bir tomonlama bekor qilish mumkin emasligi sudlarga tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 382—385-moddalariga muvofiq shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish faqat taraflar (xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar va hokimiyat organi) kelishuvi asosida amalga oshirilishi mumkin, kelishuv boʻlmagan taqdirda — sud qarori bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar kelishuvi asosida shartnomani bekor qilish oʻsha shartnomada bir taraf boʻlib qatnashgan organ, yaʼni tuman (shahar) hokimiyati, korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati tomonidan amalga oshiriladi. Bunday holda davlat orderi oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflardan birining talabiga koʻra shartnoma sud tomonidan bekor qilinishi mumkin. “Davlat uy-joy siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga binoan koʻchmas mulkning majburiy ravishda olib qoʻyilishiga faqatgina qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va belgilangan tartibda sudning qarori asosida yoʻl qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xususiylashtirishni haqiqiy emas deb topish haqidagi daʼvo arizasi bilan turar joyning xususiylashtirilishi natijasida huquqi buzilgan shaxslar, hokimiyatlar, tashkilotlar, Davlat mulkini boshqarish qoʻmitasining turar joy masalalari boʻyicha boʻlimlarining hududiy organlari va prokuror murojaat qilishga haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan toifadagi ishlarni koʻrib chiqishdan oldin sudya zarur hujjatlarni, jumladan, hokimning xususiylashtirishga ruxsat berganligi haqidagi qarorini va shu qarorni qabul qilishga asos boʻlgan hujjatlarni, shuningdek, turar joyga egalik huquqini beruvchi davlat orderining asl nusxasini talab qilib olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joyga egalik huquqini beruvchi davlat orderini haqiqiy emas deb topish bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda sudlar ishda xususiylashtirilgan turar joy egasining oila aʼzolari, hamda turar joy maydoniga haqli boʻlgan va uy-joyni xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar, shuningdek hokimiyat, Davlat mulki qoʻmitasining turar joy boʻyicha hududiy boʻlinmalari ishtirok qilishlarini taʼminlashlari zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Turar joyni egalikka, shu jumladan foydalanuvchilardan birining egaligiga berish toʻgʻrisidagi shartnomaning qonuniyligi xususida nizo vujudga kelgan holda, bu shartnoma, shuningdek egalik huquqini beruvchi davlat orderi manfaatdor shaxslarning daʼvo arizalari boʻyicha sud tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi qonun talablariga muvofiq haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joyni xususiylashtirish amalda asosan oila aʼzolaridan birining nomiga rasmiylashtirilishi va davlat orderi ham oʻsha shaxs nomida boʻlishini nazarda tutib, bu shaxs bilan turar joyni xususiylashtirishga rozilik bergan oila aʼzolari oʻrtasidagi nizolar boʻyicha ishni sud majlisida koʻrishga tayyorlash bosqichida sudlar tuman ichki ishlar boshqarmalaridan nizoli uyda roʻyxatda boʻlganlar haqida maʼlumotnomani, hamda shu xonadonda yashagan barcha shaxslar imzo qoʻygan va hokimiyatda saqlanadigan xususiylashtirishni soʻrab yozilgan arizani va nizoni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa tegishli hujjatlarni talab qilib olishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Egalik huquqi haqidagi aktni va uning asosida berilgan orderni haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlarni koʻrishda sudlar turar joyni imtiyozli asoslarga koʻra xususiylashtirish huquqini beruvchi haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni taqdim etilganligi, shuningdek turar joyni xususiylashtirish haqidagi masalani hal qilishda mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy harakatlari, fuqarolarning huquqlari buzilganligi, shu bilan birga turar joyni xususiylashtirish qoidalarini boshqa tarzda buzilishligi huquq beruvchi hujjatni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlishini nazarda tutishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi 3-bandi talabiga koʻra egallab kelayotgan turar joyni egalikka sotib olish uchun turar joyga nisbatan huquqlari boʻlgan barcha voyaga yetgan oila aʼzolari va boshqa shaxslar rozilik bergan boʻlishlari shartligini eʼtiborga olib, bunday rozilik berilmaganligi asosida orderni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvolarni hal etishda, sudlar haqiqatdan ham qayd qilingan shaxslarning roziligi qonunda belgilangan tartibda olingan-olinmaganligini tekshirishlari shart. Turar joydan foydalanish huquqiga ega shaxslar doirasi FKning 606-moddasi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Orderni haqiqiy emas deb topish va mulkdorning tegishli aktini bekor qilish toʻgʻrisidagi talablarga FKning 150-moddasida koʻrsatilgan 3 yillik daʼvo muddati tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Turar joyga egalik huquqini beruvchi davlat orderi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, sud FKning 114-moddasi talablari asosida taraflarni dastlabki holatga keltirish masalasini hal qilmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish hujjatlari (akti)ni haqiqiy emas deb topish haqidagi sud qarori, ijarachini keyinchalik shu uy-joyni “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasiga binoan xususiylashtirish huquqidan mahrum qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq xususiylashtirilgan turar joyda uni xususiylashtirilishiga rozilik bergan uy egasining boshqa oila aʼzolari yashayotgan boʻlsalar, ularning hammasi shu turar joyning egasi hisoblanadilar, egallab kelinayotgan turar joy esa xususiylashtirish natijasida umumiy mulkka aylanadi. Bu qoida turar joy egasining vaqtincha bu yerda yashamayotgan oila aʼzolariga ham tatbiq qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijarachi bilan birga yashayotgan va uning oila aʼzosi yoki sobiq oila aʼzosi boʻlib hisoblangan voyaga yetmagan shaxslar ijaraga olish shartnomasidan kelib chiqadigan barcha huquqlardan teng foydalanishlari sababli ular egallab turgan turar joylari xususiylashtirilgan taqdirda voyaga yetgan foydalanuvchilar bilan teng ravishda shu turar joyga nisbatan umumiy egalik huquqiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joy oila aʼzolarining biri tomonidan bepul xususiylashtirilgan taqdirda ham yuqorida koʻrsatilgan shaxslar shu asoslarga koʻra umumiy mulkning teng huquqli ishtirokchilari boʻlib qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xususiylashtirilgan turar joylarni boshqalarga oʻtkazish bilan bogʻliq er-xotinlar oʻrtasidagi nizoni hal qilishda sudlar Oila qonunchiligi mezonlarini, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23, 24-moddalarini emas, balki “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi 4-bandi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xususiylashtirilgan kvartira va uylar (uylarning bir qismi)ning olish-sotish shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 8-bandini qoʻllamoqlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sotilayotgan turar joy sotilganidan keyin qonunga muvofiq uy-joydan foydalanish huquqini oʻzida saqlab qoladigan shaxslar yashab turgan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasining muhim sharti — bu shaxslarning roʻyxatini sotilayotgan uy-joydan foydalanish huquqlari koʻrsatilgan holda tuzishdan iborat ekanligiga sudlar eʼtibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 488-moddasida xususiylashtirilgan kvartira, uy — uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozimligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joy boʻyicha sotish, hadya va almashtirish bitimlari amalga oshirilgach, shuningdek qonunda belgilangan tartibda uy meros sifatida qabul qilingach, bu turar joy xususiylashtirilgan turar joy maqomini yoʻqotadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sudlar shartnomalarni bekor qilishdan kelib chiqadigan nizolarni turar joylarni xususiylashtirish bilan bogʻliq bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlardan farqlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 113-moddasiga muvofiq bitim shu kodeksning 115—126-moddalarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandiga koʻra bu qoida 1997-yil 1-martga qadar tuzilgan turar joylarni xususiylashtirish bilan bogʻliq bitimlarga ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xususiylashtirilgan turar joylar boʻyicha tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish haqidagi, shuningdek, bunday turar joylarga bogʻliq boshqa nizolarni koʻrishda sudlar, nizoli turar joyning huquqiy holatini belgilovchi hujjatlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Prezident Farmoni boʻyicha fuqarolarning egaligiga bepul berish haqidagi hokimning qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) olish-sotish, hadya, ayirboshlash shartnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) fuqarolarning egalik huquqi haqidagi davlat orderi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) vorislik huquqi haqidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sudning hal qiluv qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) egalikka berish haqidagi idoralar, tashkilotlarning buyruqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) kvartira, uy (uyning bir qismi) rejasi, shuningdek daʼvogarning talablari va javobgarning eʼtirozlarini tasdiqlovchi boshqa dalillarni talab qilib olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sudlar turar joylarni almashtirish shartnomasini ayirboshlash shartnomasidan farq qilishlari lozim. Ayirboshlash shartnomasiga muvofiq har bir taraf ayirboshlanayotgan mulkka nisbatan egalik huquqiga ega boʻladi. Xususiylashtirish natijasida fuqarolarning umumiy egalik huquqiga oʻtgan turar joyning ayirboshlanishi faqatgina umumiy mulkning barcha ishtirokchilari roziligi asosida amalga oshirilishi mumkindir. Ayirboshlash shartnomasi tuzilishida Fuqarolik kodeksi normalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi 5-bandiga koʻra xususiylashtirilgan turar joyning egasi uni har qanday uy-joyga, kvartiraga, jumladan kooperativ kvartiraga almashtirish huquqiga egadir. Almashtirish shartnomasi tuzilishida Uy-joy kodeksi normalari qoʻllaniladi. Xususiylashtirilgan turar-joyning almashtirilishiga umumiy mulkning barcha ishtirokchilari roziligi bilangina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirilgan turar joyni almashtirish masalasida turar joy egasi bilan yuqorida qayd qilingan shaxslar oʻrtasida bir bitimga kelinmagan hollarda, ular turar joyni majburan almashtirish toʻgʻrisida sudga murojaat qilishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joy egasining sobiq oila aʼzosi oʻziga tegishli hissaning ajratib berilishiga roziligi boʻlganda daʼvogar koʻchirilayotgan shaxsga uning umumiy mulkdagi hissasiga teng boshqa turar joy olib berish va javobgarni shu turar joyga koʻchirishni talab qilish huquqidan mahrum emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy mulk egalarining bir turar joyda yashashlari mumkin boʻlmay qolgan taqdirda, sud taraflardan biriga koʻchirib chiqarilayotgan shaxsning uydagi hissasini pul barobarida unga toʻlash majburiyatini yuklashi mumkin. Taraflar narx boʻyicha kelishuvga kelolmagan taqdirda bu narx mutaxassislar tomonidan belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xususiylashtirilgan turar joylardan yashash huquqini yoʻqotgan deb topish haqidagi nizolarni koʻrish jarayonida FKning 5-moddasidagi fuqarolik qonun hujjatlarini oʻxshashlik boʻyicha qoʻllash talabidan kelib chiqib, sudlar bu toifadagi nizolarni hal etishda Uy-joy kodeksi talablarida koʻrsatilgan turar joyga nisbatan yashash huquqining saqlanish muddatlari haqidagi qoidalarga amal qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqatgina alohida holatlarda sudlar xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslarga nisbatan yashash huquqini yoʻqotgan deb topish haqidagi daʼvo talablarni qanoatlantirishlari mumkin. Bu oʻrinda ishning har bir aniq holatlarini (javobgarning xususiylashtirishda faqat rasman qatnashganligi, respublika hududidan tashqariga doimiy yashash uchun chiqib ketganligi, uzoq muddat davomida kommunal xizmat toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlab kelishi, turar joyga nisbatan oʻz huquqlari boʻyicha hech qanday talab qoʻymaganligi va h.k.) shuningdek, uning nizoli uyda yashamaslik sabablarini aniqlash, boʻlak yashash joyi mavjudligini va boshqa holatlarni hisobga olishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xususiylashtirilgan turar joyning egasi boʻlib hisoblanmaydigan, bu uy-joydan mustaqil foydalanish huquqiga ega boʻlmagan, yaʼni turar joy xususiylashtirilganidan keyin unga kiritilgan ijarachilar, mulkdorning sobiq oila aʼzolari va boshqa shaxslar mulkdor tomonidan faqat qonunda koʻrsatilgan hollar va asoslar boʻyicha koʻchirib chiqarilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joy xususiylashtirilguniga qadar u yerda yashagan va “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga binoan umumiy mulkning ishtirokchisi boʻlish huquqiga ega boʻlgan, lekin undan voz kechgan shaxslarni xususiylashtirilgan turar joydan koʻchirish haqidagi ishlarni koʻrishda qayd etilgan shaxslarning qanday shart-sharoitda oʻz nomlariga egalik huquqini rasmiylashtirishdan voz kechganliklari bilan bogʻliq holatlarni tekshirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqaro yangilishtirilganligi sababli yoki oʻz xatti-harakatlarining oqibatini tushuna olmaganligi natijasida turar joyni xususiylashtirishdan voz kechganligi, yoxud xususiylashtirilgan turar joyning egasi tomonidan uyga nisbatan egalik huquqidan voz kechish bilan bogʻliq taraflar oʻrtasida boʻlgan kelishuv shartlari buzilganligi aniqlansa, sud tomonidan bu fuqaroga turar joyni xususiylashtirish haqidagi shartnomani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida qarshi daʼvo keltirish huquqlari tushuntirilmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xususiylashtirilgan va alohida kvartirani tashkil qiluvchi turar joyning umumiy egalik ishtirokchisi hissasini ajratib berishga alohida yashash xonasidan tashqari yordamchi xonalarni (oshxona, yoʻlak, sanitariya tarmogʻi va boshqalarni) ham olib berishning va alohida kirish-chiqish yoʻlini jihozlashning texnik imkoniyati mavjud boʻlgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi. Bunday imkoniyat boʻlmagan taqdirda, sud daʼvogarning iltimosiga koʻra, kvartiradan foydalanish tartibini belgilab berishi yoki ushbu turar joyni taraflar tegishli tartibda almashtirish huquqiga ega ekanliklarini tushuntirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Turar joyga nisbatan davlat orderini haqiqiy emas deb topish, xususiylashtirilgan turar joydan oila aʼzosining hissasini ajratish, shartnomalarni haqiqiy va haqiqiy emas deb topish va boshqa daʼvo arizalar boʻyicha davlat boji nizoli mulk yoki uning hissasi qiymatidan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli “Davlat boji stavkalari toʻgʻrisida”gi Qarori va shu qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 11-oktabrdagi 358-sonli qaroriga muvofiq undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar daʼvogar davlat boji toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa, bu bojning toʻla miqdori yoki daʼvoning qanoatlantirilgan qismidan kelib chiqib belgilangan miqdori javobgardan davlat foydasiga undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar bitimni rasmiylashtirishda turar joyning sotilish qiymatini kamaytirib koʻrsatganliklari aniqlangan hollarda sud undirilishi lozim boʻlgan davlat boji miqdorini bitim boʻyicha haqiqatda toʻlangan summadan kelib chiqishi lozim. Bir vaqtning oʻzida notarial idorada bitimni tuzish vaqtida toʻlanmay qolgan davlat boji ham undirilishga tegishlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 21-sonli 1994-yil 9-sentabrdagi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini qoʻllashdagi baʼzi masalalar haqida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-son