20.12.1996 yildagi 37-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.02.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi sudlar faoliyatida bu haqdagi ishlarni koʻrishda jiddiy xato va kamchiliklar mavjudligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatning takroriyligi, bir guruh shaxslar tomonidan jinoiy til biriktirib sodir etilishi belgilari har doim ham toʻgʻri talqin qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyatning shu turini sodir etilishiga imkon tugʻdiruvchi sabab va sharoitlar har bir ish boʻyicha aniqlanmaydi va ularni bartaraf etish choralari koʻrilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyotida vujudga kelgan masalalarni hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlar, transport vositalarini haydab qochish deganida, oʻziga tegishli boʻlmagan transport vositasini oʻzlashtirish maqsadisiz uni turgan joyidan boshqa joyga olib qochishni tushunishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu jinoyat aybdor shaxs tomonidan transport vositasini turgan joyidan boshqa joyga olib qochgan paytdan boshlab tamom boʻlgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Transport vositalari deganda yengil va yuk avtomashinalarning barcha turi, avtobuslar, maxsus mashinalar, traktorlar, trolleybuslar, tramvaylar, dvigatelining ish hajmi 50 sm3. dan kam boʻlmagan mototsikl va motorollerlar, yoʻl qurilishi, qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan oʻziyurar mashinalar (ekskavator, buldozer, avtopogruzchik, greyder, avtokran va boshqalar) tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Transport vositasini oʻgʻirlash maqsadisiz olib qochish faqat toʻgʻri qasd bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aybdor tomonidan transport vositasini oʻzining shaxsiy mulkiga aylantirish maqsadini koʻzlagan holda olib qochganda uning harakatlari oʻzganing mulkini oʻgʻrilaganlik uchun javobgarlikni belgilovchi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan tavsiflanishi lozim. Bu harakatlarni Jinoyat kodeksining 267-moddasi bilan qoʻshimcha tavsiflash talab qilinmaydi, chunki bu holatlarda transportni olib qochish oʻgʻirlashning usuli (vositasi) hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shaxs oʻziga berkitilgan transport vositasini oʻzboshimchalik bilan ishlatgan taqdirda Jinoyat kodeksining 267-moddasi bilan javobgar boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uyushgan guruh deganida transport vositalarini olib qochish yoki boshqa jinoyatlarni sodir etish maqsadida ikki yoki undan koʻp shaxslarning barqaror birlashmasi tushunilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, jinoiy faoliyatning oldindan rejalashtirilganligi, jinoiy qasdni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vositalarning tayyorlanishi, ishtirokchilarni tanlash, yollash va ular oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishi, jinoyatni yashirish choralarini taʼminlash, guruhda oʻrnatilgan intizomga va tashkilotchining koʻrsatmalariga boʻysunishlik jinoiy guruhning uyushganligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayblash fikrida va sud hukmida aynan qanday asoslarga koʻra jinoiy guruh uyushgan deb topilganligi koʻrsatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushgan guruh tarkibida transport vositasini olib qochishda qatnashgan shaxslarning harakatlari, ularning har birining rolidan qatʼi nazar, ishtirokchilik deb topishlik lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jazo choralarini belgilashda sudlarning eʼtibori bu masalaga individual yondashishga, sodir etilgan jinoyatning xarakteri va jamoat uchun xavfli darajasini, aybdorning shaxsini hamda javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlarini hisobga olish haqidagi qonun talablariga ogʻishmay rioya etish zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi transport vositalarini olib qochish va oʻgʻirlash uchun javobgarlikni belgilovchi qonunlarning toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 13-noyabrdagi “Transport vositalarini olib qochish ishlari boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 20-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-son