Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Qarori
SUD HOKIMIYATI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinish prinsipini joriy etdi.
Davlatning Asosiy Qonuni sud hokimiyatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishini eʼlon qildi.
Keyingi tahrirga qarang.
Faqat mustaqil sud hokimiyati har bir fuqaroning vakolatli va xolis sudda ishni oshkora koʻrish orqali oʻzining buzilgan huquqlarini himoya qilishi mumkinligiga kafolat boʻlib xizmat qiladi.
Mustaqil va xolis sudni talab qilish har bir insonning huquqidir. Bu huquq Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 10-moddasida va Oʻzbekiston Respublikasi qoʻshilgan boshqa xalqaro huquq hujjatlarida mustahkamlangan.
Sud ishlari bilan tanishish sud hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunlarga, asosan rioya qilinayotganligini, ammo ularning faoliyatida rahbariy tushuntirishlar berishni talab qiluvchi ayrim masalalar vujudga kelganligini koʻrsatdi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sud hokimiyati — bu sudlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvorligi prinsipiga soʻzsiz rioya qilish asosida jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ishlarini va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish boʻyicha vakolatidir.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasiga muvofiq sud hokimiyati hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Sud hokimiyati hujjatlarini bajarmaslik yoki tegishlicha bajarmaslik Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq javobgarlikni yuzaga keltiradi.
2. Sudlar Konstitutsiyaning 44-moddasi mazmunidan kelib chiqqan holda huquqiy nizo xususiyatiga ega boʻlgan har qanday masalalarni, shu jumladan, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan berilgan shikoyatlarni hal qilish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Konstitutsiyaning 16-moddasiga muvofiq birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat uning normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qonunga muvofiq sud muhokamasini qanday boʻlmasin cheklashlarga, bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatish, tahdid qilish yoxud sud faoliyatiga mansabdor shaxs yoki fuqaroning qay tarafdan va qanday masalada boʻlmasin aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida sudyalarga yuksak maqom berildi, ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi yoki uning taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan saylanadi yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan saylanadi yoki tayinlanadi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Sudyalar oliy kengashi tomonidan tayinlanadi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Buning uchun ijro hokimiyatining mahalliy organlari roziligi talab qilinmaydi.
Qonun davlat muassasalari, fuqaro va tashkilotlarga sudga hurmat bilan qarash majburiyatini yuklaydi.
Davlat hokimiyatining biron-bir idorasi sudga odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalarni yuklashi mumkin emas.
Sudga hurmatsizlik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi va bu qonun bilan belgilangan tartibda jazolanishi lozim.
4. Sudyadan ish boʻyicha u yoki bu qarorni qabul qilishga doir tushuntirishlar talab qilishga hech kim haqli emas.
Undan bunday tushuntirishlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina olinishi mumkin.
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, sud qarorining bekor qilinganligi yoki oʻzgartirilganligi faktining oʻzi sudyalardan tushuntirishlar berishni talab qilish uchun asos boʻlmaydi.
5. Mansabdor shaxslarning sudga u yoki bu ishni hal qilish yuzasidan tavsiyalarini ifoda etib, yozma yoki ogʻzaki ravishda qilgan murojaatlari koʻrilmay qoldirilishi lozim. Sud tomonidan hal qilinadigan shikoyat va arizalarni davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa muassasalarning nazoratga olishi qonunda koʻzda tutilmagan. Sud qarorlari ustidan shikoyat berishga huquqi boʻlgan shaxslar doirasi va ularni koʻrib chiqish tartibi protsessual qonunlarda qatʼiy belgilab qoʻyilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ommaviy axborot vositalari koʻrilayotgan ishlar boʻyicha oʻz xabarlarida sud qarori qanday boʻlishi lozimligi haqida fikr bildirishga yoki boshqacha usullar bilan ishda ishtirok etayotgan biron-bir shaxsning foydasini koʻzlab sudga taʼsir oʻtkazishga haqli emaslar. Bunda shuni unutmaslik kerakki, Konstitutsiyaning 26-moddasiga va “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq jinoyat sodir eganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha, u aybsiz hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Mustaqillik prinsipi sudlarga huquq beradi va shu bilan birga ulardan sud muhokamasini adolatli oʻtkazishni hamda taraflarning huquqlariga rioya qilishni talab qiladi.
Protsessual qonunchiligida mustahkamlangan sudda ishlarni yuritishda oʻzaro tortishuv prinsipiga muvofiq prokuror sud protsessida taraflardan biri hisoblanadi va protsessning boshqa taraflari bilan teng huquqlardan foydalanadi.
8. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi va uni oshkor qilinishining taqiqlanishi sudyalar mustaqilligi, ularning begʻarazligi va xolisligining eng muhim kafolatidir.
Sudyaning taraflar vakillari, shuningdek, boshqa shaxslar bilan ishlarni muhokama qilishi uning begʻarazligini shubha ostiga qoʻyadi va shuning uchun bunga yoʻl qoʻyilmaydi. Sudya faqat maslahatxonada ishni muhokamasida qatnashganda uni mazmunan hal qilishga doir fikrini bildiradi. Sudya, shuningdek, muayyan ishni hal qilish boʻyicha biron bir kishiga maslahat berishga va oʻz fikrini bildirishga haqli emas, chunki kelgusida bu ish uning hal etish doirasida boʻlib qolishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tushuntirilsinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar), harbiy sudlar yuqori turuvchi sudlarga faqat protsessual jihatdan boʻysunadi.
Barcha darajadagi sudlar sudyalari tegishli sud raislari va rais oʻrinbosarlariga faqat ishni tashkil etish masalalari boʻyicha boʻysunadilar.
(9-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Qayd etilgan mansabdor shaxslar sud ishlari boʻyicha sudyalarga yoʻllanma berishga, sudyalarni intizomiy tartibda jazolashga haqli emaslar.
Sudyalarga intizomiy jazo berishga faqat sudyalarning malaka hayʼati haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalar qonunga muvofiq malaka hayʼatlarining qarorlari ustidan Oliy malaka hayʼatiga shikoyat qilish huquqiga ega, shu sababli malaka hayʼatining qarori qonuniy kuchga kirmaguncha sudyani intizomiy tartibda jazolangan deb hisoblash mumkin emas.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Sudya faqat oʻzi tomonidan bila turib qonunning buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyilgan hollardagina intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu holatlarga sudyalarning malaka hayʼatlarigina baho berishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Qonun sudyalarni senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati, siyosiy partiyalarning aʼzosi boʻlishlari, siyosiy harakatlarda ishtirok etishlari, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa biron-bir turdagi faoliyat bilan shugʻullanishlarini taqiqlaydi. Shu bilan birga sudyalar kasbiy faoliyatiga oid uyushmalarga birlashishlari mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 18/267-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
12. Sudyalarning daxlsizligi sud mustaqilligining muhim kafolatidir, daxlsizlik qonunga muvofiq uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, uning xat-xabarlariga, unga tegishli mulklar va hujjatlarga ham taalluqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin. Sudya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi mumkin emas.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Sudlar ishlarni va materiallarni koʻrishda Konstitutsiyaning 53-moddasiga koʻra, davlat tomonidan isteʼmolchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan baravar muhofaza etilishini kafolatlashi prinsipiga ogʻishmay rioya etishlari shart. Shuni nazarda tutish lozimki, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Shuning uchun sudlar ishlarni koʻrishda davlat organlari va mansabdor shaxslar mulkdorning huquqlarini qanchalik himoya qilayotganlik va ularga rioya etayotganliklarini aniqlashlari, asossiz tekshirishlar, taftishlar va hokazo faktlarga tegishli munosabat bildirishlari hamda bunday noqonuniy harakatlar natijasida mulkdorga yetkazilgan zararni aybdor mansabdor shaxslardan undirish choralarini koʻrishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Sud hokimiyati umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, sudlar har bir ish boʻyicha qonuniylikni va fuqarolarning huquqlariga rioya qilinishini taʼminlashlari hamda ularning har qanday buzilishiga zudlik bilan munosabat bildirishlari shart.
Barcha sud tartiblariga, shu jumladan, har bir fuqaroning himoya huquqiga ogʻishmay amal qilinmogʻi lozim. Fuqarolarni asossiz jinoiy javobgarlikka tortish, noqonuniy hibsga olish va hibsda saqlash, jismoniy yoki ruhiy zoʻravonlik ishlatish yoki ishlatishga tahdid qilish bilan bogʻliq har bir holat tegishli ravishda baholanishi lozim.
Tushuntirilsinki, bunday gʻayriqonuniy usullarni qoʻllab olingan har qanday dalillar yuridik kuchga ega emasdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Shu bilan birga sudlar jazoning muqarrarligi prinsipiga qatʼiy amal qilishlari lozim.
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 14/151-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Sudya tomonidan zimmasiga yuklatilgan vazifani, nufuzni va sudga hurmatni shakllantiruvchi yuksak axloq-odob meʼyorlariga rioya qilinmasdan turib, sud hokimiyatini va sudya vakolatlarini amalga oshirish mumkin emas.
Sudya sud hokimiyatining shaʼni va mustaqilligini moʻtabar tutishi, halol va begʻaraz boʻlishi, qonunga rioya etishi va fuqarolarning huquqlarini hurmat qilishi, har qanday nojoʻya harakatlar yoki shunday boʻlib koʻrinishi mumkin boʻlgan harakatlardan oʻzini tiyishi, oʻzining sudyalik lavozimi nufuzidan shaxsiy manfaatlari yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yoʻlida foydalanishdan oʻzini saqlashi, huquq sohasida oʻzining kasb malakasini oshirib borishi, sud protsessida taraflarga sabr toqatliligini va obroʻsini koʻrsatishi, shaxsiy hayotda yuksak axloqiy qoidalarga amal qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
1996-yil 20-dekabr,
1/60-son