ILOVA
1-ILOVA
|
NAMUNA |
|
|
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING |
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ–618-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 158-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq buyuraman: 1. Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi. |
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
| |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ–618-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 15-son, 158-modda) muvofiq aktuariy malaka sertifikatini berish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatish va bekor qilish tartibini belgilaydi. I. Umumiy qoidalar 1. Aktuariy malaka sertifikati — jismoniy shaxsga, agar u aktuar tashkilot shtatida boʻlsa yoki u bilan aktuar tashkilot oʻrtasida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan boʻlsa, aktuar xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi hujjat.
XI. Yakuniy qoidalar 48. Moliya vazirligining aktuariy malaka sertifikatini berish, amal qilishini toʻxtatish va bekor qilish masalalari boʻyicha qa�orlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. 49. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 50. Mazkur Nizom Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional ishtirokchilari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan. |
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
2007-yil 8-avgust |
||
| | | |
2-ILOVA
|
NAMUNA |
|
|
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI |
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuni, (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda) Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 12-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-avgustdagi PQ–457-son “Orol dengizining Oʻzbekiston qismini geologik jihatdan oʻrganish va keyinchalik yangi ochiladigan uglevodorod konlarini mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitim shartlari asosida qazish haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 8-son, 477-modda) hamda 2006-yil 24-oktabrdagi PQ–498-son “Orol dengizining Oʻzbekistonga tegishli qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitimni amalga oshirish tartibi va mexanizmi haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 426-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar: 1. 2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi. |
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
|
|
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar,
2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuni, (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda) Oʻzbekiston Respublikasi “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 12-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 30-avgustdagi PQ–457-son “Orol dengizining Oʻzbekiston qismini geologik jihatdan oʻrganish va keyinchalik yangi ochiladigan uglevodorod konlarini mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitim shartlari asosida qazish haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 8-son, 477-modda) hamda 2006-yil 24-oktabrdagi PQ–498-son “Orol dengizining Oʻzbekistonga tegishli qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitimni amalga oshirish tartibi va mexanizmi haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 43-44-son, 426-modda) qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi va “Oʻzbekneftegaz” MXK, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya), “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” (Malayziya) va “Si-En-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) tarkibidagi sarmoyadorlar konsorsiumi oʻrtasida 2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq, koʻrsatilgan Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi. 1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi: MTB — 2006-yil 30-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasi va “Oʻzbekneftegaz” MXK, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.” (Rossiya), “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” (Malayziya) va “Si-En-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) tarkibidagi sarmoyadorlar konsorsiumi oʻrtasida Orol dengizining Oʻzbekiston qismiga nisbatan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi Bitim, ilova hamda oʻzgartishlar Sarmoyador — “Oʻzbekneftegaz” MXK, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.”, “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” va “Si-En-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) kompaniyalarni, ularning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionariylarini birga anglatadi;
.............................................................................................................. 8. Operator Neft-gaz operatsiyalarini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2003-y., № 11, 124-modda) va “Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisida”gi nizomga (roʻyxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 103-modda) muvofiq bojxona ombori taʼsis etish huquqiga ega.
..............................................................................................................
29. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan kelishilgan. |
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
2007-yil 3-sentabr |
||
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
2007-yil 3-sentabr |
||
3-ILOVA
|
NAMUNA |
|
|
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING |
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi nizomning 11-bandiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 451-modda) bilan tasdiqlangan “Ijro yigʻimini undirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 7-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman: 1. Ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi sud ijrochilari qarorlarining hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq 2008-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. |
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi sud ijrochilari qarorlarining hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 451-modda) muvofiq ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi qarorlarni chiqarish, ijro etish va hisobini yuritish, shuningdek ularning undirilishi ustidan nazorat qilish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnomada mulkiy xarakterga ega boʻlgan ijro hujjatlari deyilganda qarzdor tomonidan undiruvchiga, davlat foydasiga yoxud boshqa shaxsga muayyan pul mablagʻlarini toʻlashni nazarda tutuvchi sud hujjatlari yoki boshqa organlar hujjatlari tushuniladi.
………………………………………………………………………………….
8. Ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisida qaror ixtiyoriy ravishda ijro etish muddati tugagandan keyingi kundan kechiktirmasdan sud ijrochisi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda chiqariladi.
…………………………………………………………………………………..
15. Bir qarzdorga nisbatan bir necha ijro hujjatini ijro etishda, ijro yigʻimi har bir ijro hujjati boʻyicha alohida undiriladi. Bir nechta talablar (ijro hujjatlari) boʻyicha qarzdordan undiriladigan ijro yigʻimlari Qonunning 80-moddasida belgilangan tartibda tegishli talabning qanoatlantirish navbatiga koʻra undiriladi. Bunda, mulkiy xarakterga ega boʻlmagan ijro hujjatlari boʻyicha qarzdordan undiriladigan ijro yigʻimlari, shuningdek mulkiy xarakterga ega boʻlgan ijro hujjatlari boʻyicha qonunda belgilangan muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulkni undiruvchiga topshirish holatlari birinchi navbatda qanoatlantiriladigan talablarga tenglashtiriladi. Mazkur xatboshi bilan belgilangan qoidalar qarzdorning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish navbatlarini belgilash vaqtida ham tatbiq etiladi. Mazkur Qoidani qoʻllash misollari ushbu Yoʻriqnomaning 2-ilovasida keltirilgan.
V. Yakuniy qoidalar
32. Mazkur Yoʻriqnomaning bajarilishini nazorat qilish Sud departamenti tomonidan amalga oshiriladi. Ijro yigʻimining hisobini yuritish va undirishning belgilangan tartibi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish Sud departamentining hududiy boshqarmasi boshligʻiga yuklatiladi. 33. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishi qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqaradi. |
|
Ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi “TASDIQLAYMAN” _________________ (lavozim) __________________ (mansabdor shaxs F.I.O.) ___________________
QAROR
…………………………………………………………………………….
|
|
Sud ijrochisi: ______________________________________________ (F.I.O.) |
|
Ijro yigʻimini undirish toʻgʻrisidagi
Bir qarzdorga nisbatan bir nechta ijro hujjatlarini ijro etishda ijro yigʻimini undirish boʻyicha misollar 1-Misol. Sud ijrochisining ish yurituviga qarzdor — yuridik shaxsdan turli navbatdagi qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida uchta ijro hujjati kelib tushgan: soliq boʻyicha 100 000 soʻm boqimanda qarzdorlik undirish toʻgʻrisida (birinchi navbatdagi talab); xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida shartnomaviy munosabatlardan yuzaga kelgan 60 000 soʻm qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida (oltinchi navbatdagi talab); garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan 50 000 soʻm bank kreditini undirish toʻgʻrisida (toʻrtinchi navbatdagi talab). Biroq, qarzdor tomonidan koʻrsatilgan ijro hujjatlari boʻyicha ijro hujjati talablari ixtiyoriy ravishda bajarilmagan. Shu sababli, sud ijrochisi koʻrsatilgan har bir ijro hujjati boʻyicha undirilayotgan summaning 2 foizi miqdorida ijro yigʻimi undirish toʻgʻrisida alohida qarorlar chiqargan. ………………………………………………………………………………….. |
4-ILOVA
|
NAMUNA |
|
|
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGI |
|
|
|
Radiatsiyadan zarar koʻrgan fuqarolarga tibbiy yordamni tashkil etish va ulardagi rivojlangan kasalliklarning radiatsiyaga bogʻliqligini aniqlash masalalarini takomillashtirishda, Xalqaro qoʻmitalarning, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlaridagi hamda Oʻzbekiston Respublikasidagi bir qator ilmiy tashkilotlarning tadqiqotlariga asoslangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladilar: 1. Radiatsiya natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan kasalliklar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi. |
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Radiatsiya natijasida kelib chiqadigan kasalliklar 1. Turli darajadagi oʻtkir va surunkali nur xastaligi. 2. Xavfli oʻsma kasalliklarining (saraton) barcha turlari. 3. Leykoz. |
5-ILOVA
|
NAMUNA |
|
|
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI |
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 374-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 55-son “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 12-son, 111-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 17-dekabrdagi 108, 2007-63-sonli qarori (roʻyxat raqami 1749, 2007-yil 17-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 50-51-son, 530-modda) bilan tasdiqlangan “Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 39-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “39. Soliq maslahatchisi sertifikatini olish uchun daʼvogar boʻlimlar boʻyicha kamida quyidagi miqdordagi savollarga toʻgʻri javob berishi lozim: soliq huquqi — 5; yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish — 9; iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish — 7; soliq maslahati berishning huquqiy asoslari, tashkil etish va uslubi — 3; buxgalteriya hisobi va hisoboti — 8; soliq hisob-kitoblari va rejalashtirishda iqtisodiy tahlil — 3. Bunda test natijalarini ijobiy deb eʼtirof etish uchun asos boʻlib hisoblanadigan toʻgʻri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar umumiy miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi kerak”. 2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi. |
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
6-ILOVA
|
NAMUNA |
|
|
|
OʻZBEKISTON STANDARTLAShTIRISh, METROLOGIYA VA SERTIFIKATLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING |
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-avgustdagi 176-son “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 33-son, 315-modda) muvofiq buyuraman: 1. Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2005-yil 7-sentabrdagi 340-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1513, 2005-yil 28-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 39-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash Qoidalari” quyidagi mazmundagi XI1 boʻlim bilan toʻldirilsin: “XI1. Sport snaryadlari, inventar va asbob-uskunalarni 241. Sport snaryadlari, inventar va asbob-uskunalarni sertifikatlashtirishda 3, 4, 7, 9-sxemalardan foydalanish mumkin. 242. Sport snaryadlari, inventar va asbob-uskunalarni sinovdan oʻtkazishda va sertifikatlashtirishda mahsulotning quyidagi koʻrsatgichlari nazoratdan oʻtkaziladi: markirovka, geometrik kattaligi, ogʻirligi, mustahkamligi, ishonchliligi, qimirlamaydigan sport snaryadlarining, inventar va asbob-uskunalarning bardoshliligi, materiallarning sifati, detallarning qayta ishlanishining sifati, shikastlanishga olib keluvchi nuqsonlarning yoʻqligi, tikishlarning sifati va mustahkamligi, koʻtarish ogʻirligi, tayanuvchi yuzalar ishlovining sifati”. 2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi. |
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
7-ILOVA
|
NAMUNA |
|
|
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI |
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar: 1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2004-yil 29-fevraldagi 41, 66-mh va 2004-29-son “Advokatlik byurolari, advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1330, 2004-yil 22-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 148-modda); Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 4-iyundagi 60, 20-26-02 va 2007-28-son “Advokatlik byurolari, advokatlar hayʼatlari, advokatlik firmalari va advokatlar tomonidan budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1330-1, 2007-yil 11-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 24-son, 253-modda). 2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi va Oʻzbekiston Advokatlar assotsiatsiyasi bilan kelishilgan. 3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi. |
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
|
| |
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
2008-yil 8-iyul |
||
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
2008-yil 8-iyul |
||
8-ILOVA
|
NAMUNA |
|
|
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING |
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) 7, 17 va 51-moddalariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi: 1. Quyidagilar kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 22-yanvardagi 438-son qarori (roʻyxat raqami 662, 1999-yil 5-mart) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan boʻlgan operatsiyalarning buxgalterlik hisobi toʻgʻrisida”gi nizomning 4-bobi; Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 20-noyabrdagi 438-1-son “Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan boʻlgan operatsiyalarning buxgalterlik hisobi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 662-1, 2000-yil 22-fevral) ilovasining 3, 4 va 5-bandlari; Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 1-martdagi 4/11-son “Tijorat banklarida qimmatli qogʻozlar bilan boʻlgan operatsiyalarning buxgalterlik hisobi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 662-2, 2003-yil 28-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 5-6-son). 2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi. |
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
9-ILOVA
|
NAMUNA |
|
|
|
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING |
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 272-modda) bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizomga asosan buyuraman: 1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2006-yil 6-sentabrdagi 98-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1626, 2006-yil 5-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 403-modda) bilan tasdiqlangan “Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar toʻgʻrisida”gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin. 2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi. |
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
|
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining
“Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish
1. 3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin: “yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbari; Tashuv jarayonini tashkil etishga masʼul boʻlgan yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbari;”. 2. Quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin: “31. Bir necha faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar uchun agarda yuridik shaxsning yillik oboroti hajmining 50 va undan yuqori foizi avtotransport xizmatlari koʻrsatishga toʻgʻri kelsa, malaka talablari yuridik shaxsning rahbariga yoki tashuv jarayonini tashkil etishga masʼul boʻlgan uning oʻrinbosariga qoʻyiladi. Agarda yuridik shaxsning yillik oboroti hajmining 50 va undan yuqori foizi avtotransport xizmatlari koʻrsatishga toʻgʻri kelsa, malaka talablari yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbariga yoki tashuv jarayonini tashkil etishga masʼul boʻlgan uning oʻrinbosariga qoʻyiladi.”. 3. 4-bandda: birinchi xatboshida “band” soʻzi “band boʻlganlar” soʻzi bilan almashtirilsin; “a” kichik bandidan “avtomobil yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot” soʻzlari chiqarib tashlansin. 4. 41-bandning birinchi xatboshisida “tashuvchi korxonalar rahbarlari, oʻrinbosarlari va mutaxassislari” soʻzlari “yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbari, tashuv jarayonini tashkil etishga masʼul boʻlgan yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbari, va tashuvlarning xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha mutaxassis” soʻzlari bilan almashtirilsin. 5. 44-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “attestatsiya kunlarini belgilaydi va” soʻzlaridan keyin “attestatsiyaga kamida ikki hafta qolganida” soʻzlari �oʻshilsin. 6. 71-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin: “g) mehnat daftarchasi va tegishli lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq nusxalari.”. 7. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “8. Avtomobil yoʻnalishi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplomlari boʻlmagan taqdirda yuridik shaxslarning passajir va yuk tashishni amalga oshiruvchi ishchilari va yuklarni avtomobil transportida tashishni amalga oshiruvchi yakka tadbirkorlar Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan maxsus oʻquv kurslarida qayta tayyorlashdan oʻtish va imtihon topshirish asosida beriladigan maxsus malakaga ega boʻlishlari lozim. Yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbari, tashuv jarayonini tashkil etishga masʼul boʻlgan yuridik shaxsning (yuridik shaxsning transport boʻlinmasi (xizmati) rahbari, va tashuvlarning xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha mutaxassis sifatida qayta tayyorlashdan oʻtishga oliy va oʻrta maxsus professional maʼlumotga ega shaxslarga ruxsat beriladi.”. 8. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi bilan kelishilgan. |
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
2008-yil 25-aprel |
||
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
2008-yil 25-aprel |
||
10-ILOVA
|
NAMUNA |
|
|
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINING |
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 54-modda) asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 17-18-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi qaror qiladi: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2001-yil 21-avgustdagi 7-sonli “Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1064, 2001-yil 15-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-y., 17-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin. 2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi. |
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2008-yil “Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat 1. Nomi va 1-banddagi “monopolist birlashmalar (korxonalar)” soʻzlari “tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin. 2. Kirish qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin. 3. Nizomda: a) nomi va matnidagi barcha “monopolist birlashmalar (korxonalar)” soʻzlari “tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin; b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat reyestri (matn davomida — Reyestr) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda halol raqobat meʼyorlaridan chetga chiqishlarni bartaraf etish, oʻzlarining ustuvor mavqeini suiisteʼmol qilishlarining oldini olish maqsadida tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish uchun yuritiladi.”; v) 2-bandda: ikkinchi xatboshisidagi “Monopoliyaga qarshi davlat organi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin; quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin: “Tovar bozoridagi ustuvor mavqe Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan belgilanadi. Standartlashtirish organlari tomonidan berilgan tegishli hujjat mavjud boʻlganda bozorga yangi, oʻziga oʻxshashi boʻlmagan hamda tovar bozorida talabgor boʻlgan muayyan turdagi tovar bilan ilk bor kirib kelgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning holati uch yil davomida ustuvor deb tan olinmaydi.”; g) 3, 10, 11 va 12-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining” soʻzlari tegishlicha “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” va “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin; d) 5 va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hududiy boshqarmalari xoʻjalik yurituvchi subyektlar va boshqa tashkilotlardan olingan statistika, monitoring, axborot maʼlumotlari asosida, shuningdek sotish, yetkazib berish, olib kirish-olib chiqish va tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoldiqlari haqida aholi orasida soʻrov oʻtkazish usuli bilan tovarlar muomalasi chegarasi doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tegishli tovar bozoridagi ustuvor mavqeini aniqlaydilar. Mazkur bandda koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda yoki zarur boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalarining soʻroviga binoan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, ularning rahbarlari, shuningdek mansabdor shaxslari tovar bozori chegaralarini aniqlash masalalari boʻyicha va uni monopolist sifatida tan olish uchun zaruriy axborotni taqdim etadilar. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi mustaqil ravishda, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikn� qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hududiy boshqarmalarining iltimosnomasi boʻyicha tovar bozorlarida ular oʻtkazgan tadqiqotlarga asosan ikki yoki undan ortiq tovar bozorlarini birlashtirish (yoki boshqa usul) bilan tovar muomalasi chegaralarini belgilashga haqli.”; e) 13-band quyidagi mazmundagi “v” va “g” kichik bandlar bilan toʻldirilsin: “v) uni ishlab chiqargani va sotgani uchun xoʻjalik yurituvchi subyekt Reyestrga kiritilgan mahsulotni ishlab chiqarishi va sotishi toʻxtatilganda; g) xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan sudgacha sanatsiya yoki bankrotlik taomili joriy etilganda.”. |
11-ILOVA
|
NAMUNA |
|
|
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI |
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son), Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) va “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar: 1. Ayrim normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. 2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi. |
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normativ- 1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2002-yil 15-yanvardagi 17, 02/8-1-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar boʻyicha aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1101, 2002-yil 5-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 5-son); 2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2002-yil 23-yanvardagi 27, 02/8-2-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1124, 2002-yil 15-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 7-son); 3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2002-yil 22-iyuldagi 88, 02/8-20-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1124-1, 2002-yil 30-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 14-son); 4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2003-yil 10-yanvardagi 5, 01-02/8-3-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1124-2, 2003-yil 22-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 4-son); 5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 15-yanvardagi 17, 01-02/8-2-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1124-3, 2004-yil 12-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 10-son, 123-modda); 6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2005-yil 24-yanvardagi 20, 01-02/8-2-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar uchun aksiz soligʻi toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1101-1, 2005-yil 8-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 5-6-son, 43-modda); 7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2005-yil 24-yanvardagi 21, 01-02/8-1-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1124-4, 2005-yil 8-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 5-6-son, 49-modda); 8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2006-yil 4-yanvardagi 1, 01-02/8-24-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar boʻyicha aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1101-2, 2006-yil 18-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 3-son, 18-modda); 9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 18-yanvardagi 7, 01-02/8-4-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinayotgan tovarlarga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida”gi (roʻyxat raqami 1124-5, 2007-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 4 — 6-son, 54-modda); 10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2007-yil 18-yanvardagi 8, 01-02/8-5-son “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan alohida turdagi tovarlar boʻyicha aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1101-3, 2007-yil 26-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 13-son, 121-modda). |
12-ILOVA
|
NAMUNA |
|
|
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI |
|
|
|
1-yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash tartibi boʻyicha kelib tushayotgan soʻrovlarni eʼtiborga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 26-dekabrdagi 286, 301-sonli “1-yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni har yillik qayta baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1192, 2002-yil 4-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil, 23-24-son) ilovaga muvofiq rasmiy sharh berilsin. 2. Mazkur qaror tasdiqlangandan keyin oʻn kunlik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelishish uchun yuborilsin. 3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin ijroga yuborilsin. |
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
|
(imzo, F.I.O.) | |
|
Toshkent sh., |
||
|
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining “1-yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni har yillik 1-yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash “1-yanvar holati boʻyicha asosiy fondlarni har yillik qayta baholashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga (roʻyxat raqami 1192, 2002-yil 4-dekabr) muvofiq amalga oshiriladi. Qayta baholashda asosiy fondlarning toʻliq tiklash qiymati, yaʼni agarda tashkilot ularni qayta baholash kunidagi bozor narxlari (tariflari) boʻyicha xuddi shunga oʻxshash yangi obyektlarga almashtirgan taqdirda sarf qiladigan xarajatlarining toʻliq qiymati aniqlanadi, shular jumlasiga sotib olish (qurilish), transportirovka qilish, obyektlarni oʻrnatish (montaj qilish), import qilinadigan tovarlar uchun bojxona toʻlovlari va hokazolarga qilingan xarajatlar ham kiradi. Tashkilotning mulk huquqi, xoʻjalik boshqaruvi huquqi, operativ boshqaruv huquqi va uzoq muddatli ijara (lizing) asosida tegishli boʻlgan, texnik holatining qandayligidan qatʼi nazar, ishlab turgan yoki foydalanilmayotgan, konservatsiya qilingan, hisobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan barcha asosiy fon�lar, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlar va oʻrnatishga tayyorlangan asbob-uskunalar qayta baholanishi lozim. Obyektlarning toʻliq qayta baholash qiymati tashkilotning ixtiyoriga koʻra yoxud alohida obyektlarning qiymatini ularga oʻxshash yangi obyektlarning qayta baholash davrida vujudga kelgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan bozor narxlari asosida bevosita qayta hisoblash yoʻli bilan (bevosita qayta baholash metodi) amalga oshiriladi, yoxud asosiy vositalarni ularning olingan davriga mos ravishda va ularning turlari boʻyicha differensiyalashtirilgan asosiy vositalar qiymatining oʻzgarishi indeksini qoʻllash orqali alohida obyektlarning boshlangʻich (qayta tiklash) qiymatini indeksatsiyalash yoʻli orqali (indeks metodi) amalga oshiriladi. Asosiy vositalarni indeksatsiya orqali qayta baholashda buxgalterlik hisobida qayta baholash kunida hisobda turgan asosiy vositalarning eskirish summasi (eskirish toʻliq hisoblangan obyektlarni qoʻshgan holda) asosiy vositalarni qayta tiklashga hisob qilingandagi asosiy vositalar qiymati oʻzgarishining tegishli indekslariga koʻpaytiriladi. Asosiy vositalarni bevosita qayta baholash orqali qayta baholashda buxgalterlik hisobida qayta baholash kunida hisobda turgan asosiy vositalarning eskirish summasi qayta baholashgacha va qayta baholashdan keyingi qayta tiklash qiymatining farqidan kelib chiqqan hisob koeffitsiyenti boʻyicha indeksatsiya qilinadi. Bevosita qayta baholash metodini qoʻllashda obyektlarning toʻliq qayta tiklash qiymatini hujjatlar bilan tasdiqlash uchun tashkilotlar ixtiyorlariga koʻra quyidagilardan foydalanishlari mumkin: a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlar va ularning rasmiy dilerlari, tovar-xomashyo birjalari, koʻchmas mulk birjalaridan yozma ravishda olingan oʻxshash mahsulotga boʻlgan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; b) asosiy vositalarning olingan kundagi (tasdiqlovchi hujjatlar boʻlgan taqdirda) erkin ayirboshlanadigan valyutadagi qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (Markaziy bank kurslarining qayta baholash kunidagi va asosiy vositalar olingan kundagi oʻzaro farqi tarzida belgilanadigan hisob-kitob koeffitsiyentini qoʻllagan holda); v) tegishli davlat organlarida mavjud boʻlgan narxlarning darajasiga oid maʼlumotlar g) ommaviy axborot vositalarida va maxsus adabiyotlarda qayta baholash oʻtkazilgan davrda nashr etilgan narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; d) baholovchining asosiy vositalarning qiymatiga oid hisoboti. Indeks metodini qoʻllash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan har yili 31-dekabr kuniga qadar navbatdagi qayta baholash boʻyicha tegishli indekslar ishlab chiqiladi va ommaviy axborot vositalarida rasman chop etiladi. Asosiy vositalar qiymatini qayta baholash (har yili 1-fevralga qadar) qayta baholash oʻtkazilgan davrdagi narxlardan kelib chiqqan holda 1-yanvar holatiga amalga oshiriladi. Asosiy vositalarni 1-yanvar holatiga qayta baholash natijalari qayta hisoblash oʻtkazilgan joriy davrning moliyaviy hisobotida aks ettiriladi, yaʼni yanvar oyi hisoboti — oylik hisobot tuzishda, birinchi chorak uchun hisobot — chorak hisobot tuzilganda, kalendar yili uchun hisobot — yillik hisobot tuzilganda. Bunda buxgalterlik balansida (1-shakl) “hisobot davri boshida” grafasida va “Asosiy vositalarning harakati”da (3-shakl) “yil oxiridagi qoldiq” grafasida asosiy vositalarning qayta baholangan qiymati koʻrsatiladi. Shunday qilib, moliyaviy hisobotda oʻtgan yilning oxiridagi asosiy vositalarning qiymati qayta baholashsiz aks ettiriladi, hisobot yilining boshida esa baholash natijalarini eʼtiborga olgan holda koʻrsatiladi. “Moliyaviy hisobot shakllarini toʻldirish qoidalari”ga muvofiq (roʻyxat raqami 1117, 2002-yil 19-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 6-son), agarda balans yil boshida oʻzgargan boʻlsa, u holda tushuntirish yozuvida uning sabablari koʻrsatiladi. Shu sababli, oʻtgan yil oxiri va hisobot yili boshidagi koʻrsatkichlarning mos kelmasligi 1-yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholash natijasi deb tushuntiriladi, hamda joriy yilning moliyaviy hisobotiga berilgan tushuntirish yozuvida bayon qilinadi. |