27.02.1996 yildagi 3-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.12.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QONUNGA XILOF RAVISHDA QUROLGA EGALIK QILISH TOʻGʻRISIDAGI ISHLAR BOʻYICHA SUD AMALIYOTI HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish bilan bogʻliq jinoyatlar jamiyat uchun katta xavf tugʻdiradi. Qurol va oʻq-dorilarni respublikaga tashqaridan keltirilishi, ularni omborxonalardan talon-toroj etilishi, qurolga egalik qilish maqsadida hokimiyat vakillariga va harbiy xizmatchilarga hujum qilinishi hollari ortmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻplab ogʻir jinoyatlar qurol qoʻllab sodir etilmoqda, ayrim hollarda jinoiy guruhlar tomonidan avtomatik qurollar ham ishlatilmoqda. Sudlar esa hanuzgacha bunday jinoyatlarning jamiyat uchun oʻta xavfliligiga yetarlicha baho bermayotirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurollarni olish yoki tayyorlash manbalari va sabablari, shuningdek, bunday jinoyatlarning sodir boʻlishiga imkoniyat tugʻdirayotgan sharoitlar va shaxslar doirasi, qurollarni respublika hududiga keltirish usullari koʻpchilik ishlar boʻyicha aniqlanmayotir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday ishlar boʻyicha jazo tayinlash amaliyotida ham bir xilda yondoshish yoʻq, koʻpincha aybdorlarga nisbatan asossiz ravishda yengil jazo tayinlash hollari uchramoqda. Shaxslarni oʻqotar qurol, oʻq-dorilarni saqlaganlik uchun faqat rasmiy asoslarga koʻra, ularning shaxsi va ish tafsilotlarini eʼtiborga olmasdan javobgarlikka tortish va sudlash hollari yuz bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarni inobatga olib, shuningdek yangi qonunlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash, ularga qonunga xilof ravishda egalik qilish, shuningdek oʻqotar qurol yoki oʻq-dorilarni beparvolik bilan saqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarga qaratilsin va bu jinoyatlar jamiyat xavfsizligiga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga jiddiy tahdid solishi koʻrsatib oʻtilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tushuntirilsinki, oʻqotar qurol deganda amalda qanday maqsadlarda qoʻllanilishidan qatiy nazar otish uchun porox gazlarining kuchidan foydalaniladigan barcha turdagi jangovor, sport va ov qurollari tushunilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻq-dorilar deganda qurol uchun lozim boʻlgan oʻqlar, artilleriya snaryadlari, bombalar, minalar, granatalar, raketalarning jangovor qismlari, shuningdek oʻqotar quroldan otish uchun moʻljallangan ashyolar tushuniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlovchi moddalar deganda porox, dinamit, trotil, nitroglitserin va kislorodli havo yetishmagan vaziyatda portlash xususiyatiga ega boʻlgan kimyoviy moddalar va aralashmalar tushunilmogʻi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlatish qurilmalari deganda portlovchi moddalar bilan toʻldirilgan va portlashni amalga oshirish uchun moʻljallangan yigʻilgan holdagi qurilmalar tushunilmogʻi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pnevmatik miltiq, signal, start, gaz pistoletlari yoki gaz balonlari, raketnitsalar va boshqa imitatsiya-pirotexnik va yoritgich vositalari qurol jumlasiga kirmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bunday ishlarni tergov qilish va sudda koʻrish chogʻida oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini olish, tayyorlash manbalarini aniqlash lozim. Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari saqlanayotgan obyektlarni qoʻriqlashda mansab sovuqqonligiga yoʻl qoʻyilganlik hollari yoxud oʻqotar qurol yoki unga oʻq-dorilar tayyorlangan asbob-uskunalardan foydalanish ustidan tegishli nazoratning boʻlmaganligi aniqlangan taqdirda sudlar bunga xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan oʻzlarining munosabatlarini bildirishlari, zarur hollarda esa jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qilishlari shart. Ichki ishlar organlari faoliyatida mavjud boʻlgan qonunga xilof ravishda saqlanayotgan oʻqotar qurollarni aholidan olishdagi va ularni roʻyxatdan oʻtkazishdagi kamchiliklar ham sudlarning eʼtiboridan chetda qolmasligi lozim.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shaxsning Jinoyat kodeksi 247, 248 va 249-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdorligi toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda aybdordan olingan u yoki bu ashyolarning qonunga xilof ravishda egallaganlik, tayyorlaganlik, olganlik, olib yurganlik, saqlaganlik, oʻtkazganlik va beparvolik bilan saqlaganlik uchun qayd etilgan moddalarda javobgarlik koʻzda tutilgan oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga taalluqliligini tegishli ekspertiza oʻtkazish yoʻli bilan aniqlash kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, Jinoyat kodeksining 247, 248-moddalari boʻyicha javobgarlik foydalanish uchun yaroqli boʻlgan oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini yoxud foydalanishga yaroqsiz oʻqotar qurol yoki portlatish qurilmalarini egallagan, egalik qilgan, olgan, olib yurgan, saqlagan yoki oʻtkazganda (basharti ularni yaroqli holatga keltirish uchun aybdor aniq imkoniyatga ega boʻlgan boʻlsa) kelib chiqadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi 29-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash deganda ularni gʻayriqonuniy ravishda har qanday usulda egallashni tushunmoq lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda har qanday usulda egallash, aybdorning ulardan oʻz xohishi boʻyicha foydalanish yoki tasarruf etish imkoniyatlari bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, ular olingan vaqtdan boshlab tugallangan jinoyat hisoblanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jinoyat kodeksining 247-moddasiga muvofiq oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini egallaganlik uchun javobgarlik ular qonunga xilof ravishda korxona, tashkilot, muassasalardan, shuningdek, qonuniy yoki qonunsiz tarzda egallab turgan fuqarolardan olingan hollarda ham yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini oʻgʻirlik, firibgarlik, oʻzlashtirish yoki rastrata qilish, mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish, talonchilik, tovlamachilik, bosqinchilik yoʻli bilan qonunga xilof ravishda egallash Jinoyat kodeksining 247-moddasi va tegishli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan, faqat bu moddalar (modda qismlari) sanksiyasi Jinoyat kodeksining 247-moddasidagidan ogʻirroq jazoni koʻzda tutgan hollardagina kvalifikatsiya qilinishi lozim (masalan, Jinoyat kodeksi 247-moddasi uchinchi qismining “v” bandi va 164-moddasi 4-qismining “v” bandi bilan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda oʻtkazilgan hollarda aybdor Jinoyat kodeksining 246 va 248-moddalari majmui boʻyicha javobgar qilinishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladigan oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini tayyorlash deganda ularni yasash yoki shikast yetkazish xususiyatlarini tiklash, shuningdek, qandaydir ashyo (masalan, raketnitsa, start va qurilish pistoletlari) ni qayta ishlash natijasida ularni oʻqotar qurol xususiyatiga keltirish tushunilishi lozim. Ashyoga shikast yetkazish xususiyatlarini berishga qaratilgan harakatlar aybdorga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra oxirigacha yetkazilmagan boʻlsa, oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda tayyorlashga suiqasd qilish tariqasida kvalifikatsiya qilinmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini olish deb ularni sotib olishni, boshqa narsalarga almashtirib olishni, qarzga yoki hadyaga, qarzi evaziga olishni va hokazolarni hisoblamoq kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlash deganda oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini tegishli ruxsatnomasiz aybdorning egaligida: yonida, binoda, xufiya joylarda, transport vositalarida va boshqa yerlarda boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan har qanday qasddan qilingan harakatlar tushunilmogʻi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd qilingan ashyolar shaxs tomonidan tegishli ruxsatnoma boʻlgan holda, ammo bu ruxsatnomaning muddati oʻtgan yoki oʻqotar qurolni hisobga qoʻyish qoidalari buzilgan vaziyatda saqlanayotgan boʻlsa, aybdor Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 221-moddasi boʻyicha javobgarlikka tortilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini oʻtkazish deganda ularni har xil usullarda tarqatish (sotish, oʻzgaga berish, hadya etish, qarzi evaziga berish, qarzga berish va sh.k.)ni tushunish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan ashyolar oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda saqlangan, tashilgan, olingan boʻlsa, bunday harakatlar jinoyatga suiqasd qilish tariqasida Jinoyat kodeksining 25 va 248-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini olib yurish deganda aybdorning qayd etilgan ashyolarning sohibi ekanligi va bu ashyolarning uning yonida boʻlishi tushunilishi lozim. Bunda ushbu ashyolarning bevosita uning yonida yoki masalan chemodanida, avtomashinasida va hokazolarda boʻlishining ahamiyati yoʻq.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini olib yurish, saqlash yoki oʻtkazish mustaqil jinoyatlar ekanligini eʼtiborga olgan holda qayd etilgan ashyolarni qonunga xilof ravishda egallash va ularni kelgusida olib yurish, saqlash yoki oʻtkazish Jinoyat kodeksining 247 va 248-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning real yigʻindisini tashkil qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari qonunga xilof ravishda boshqa jinoyatni sodir etish maqsadida egallangan, shuningdek tayyorlangan, olingan, olib yurilgan, saqlangan hollarda sodir etilgan qilmish tugallangan jinoyat (Jinoyat kodeksining 247 yoki 248-moddasi) va boshqa jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik tariqasida kvalifikatsiya qilinishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Aybdorning egaligida boʻlgan oʻqotar qurol va unga moʻljallangan oʻq-dorilarni beparvolik bilan saqlash, uni oʻzga shaxs tomonidan foydalanishiga va odam oʻlishiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, Jinoyat kodeksining 249-moddasi alomatlari qamrab oladi va Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Boshqa ogʻir oqibatlar” alomati har bir muayyan holatda ishning tafsilotlari majmuidan (imoratning portlashi, katta miqdordagi zararli moddalarning atmosferaga tarqalishi va shu kabilar) kelib chiqqan holda tergov va sud tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shaxs Jinoyat kodeksi 248-moddasida qayd etilgan ashyolarni erkin tarzda oʻz ixtiyori bilan topshirish toʻgʻrisida qarorga kelsa va uning oʻzi bu ashyolarni topshirish haqida tegishli organlarga yozma yoki ogʻzaki ravishda murojaat qilsa, u ashyolarni oʻz ixtiyori bilan topshirgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs tintuv jarayonida yoki unda qurol borligi haqida dalillar keltirilishi natijasida qurolni topshirish toʻgʻrisidagi xulosaga kelsa, u qurolni oʻz ixtiyori bilan topshirgan hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sudlar qurol va oʻq-dorilarni qonunga xilof ravishda respublika hududiga olib kirishda aybli boʻlgan shaxslarga, qurol va oʻq-dorilarni oʻtkazish maqsadida sotib oluvchi va tayyorlovchilarga, shuningdek ularni oʻtkazuvchilarga, ularni hokimiyat vakillari yoki harbiy xizmatchilarning saqlash joylaridan talon-toroj etuvchilarga, ogʻir jinoyatlar sodir etishda quroldan foydalanuvchilarga qattiq jazo choralari qoʻllanilishini taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga sudlar qurol va oʻq-dorilarni saqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda ushbu jinoyat tarkibining faqat rasmiy alomatlaridan, yaʼni saqlash faktining oʻzidangina kelib chiqmasliklari lozim. Bunda qurol va oʻq-dorilarni saqlayotgan shaxsning harakatlari Jinoyat kodeksining 248-moddasida nazarda tutilgan qilmishga toʻgʻri kelsa-da, ammo kam ahamiyatliligi sababli ijtimoiy xavfli boʻlmasa, bunday harakat Jinoyat kodeksining 36-moddasiga muvofiq jinoyat hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudi ishlarni apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrishda qayd etilgan turkumdagi ishlarni koʻrish sifati ustidan tegishli nazoratni taʼminlasinlar va sud xatolarini oʻz vaqtida tuzatish uchun zarur boʻlgan choralarni koʻrsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston SSR Oliy sudi Plenumining 1990-yil 14-dekabrdagi “Jumhuriyat sudlari tomonidan SSJI Oliy sudi Plenumining 1974-yil 20-sentabrdagi “Oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar yoki portlovchi moddalarni talon-toroj qilish, oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar yoki portlovchi moddalarni qonunsiz olib yurish, saqlash, sotib olish, yasash yoki sotish va oʻqotar qurollarni beparvolik bilan saqlash ishlari boʻyicha sud praktikasi haqida”gi qarorining bajarilishi toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 27-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-son