06.05.1994 yildagi 1060-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.12.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ELEKTRON HISOBLASH MASHINALARI UCHUN YARATILGAN DASTURLAR VA MAʼLUMOTLAR BAZALARINING HUQUQIY HIMOYASI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalarini yaratish, ularning huquqiy himoyasi va ulardan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi borasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar bazasi — obyektiv shaklda ifodalangan hamda elektron hisoblash mashinalari (EHM) yordamida topish va ishlov berish mumkin boʻladigan tarzda bir tizimga solingan maʼlumotlar (masalan: maqolalar, hisob-kitoblar) majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur — obyektiv shaklda ifodalangan hamda muayyan natija olish maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa kompyuter vositalarining ishlashi uchun moʻljallangan maʼlumotlar va koʻrsatmalar majmui;
(1-moddaning birinchi qismi ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich matn — birorta dasturlash tilida yozilgan, biron-bir kompilyator qayta ishlamagan matn;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt kodi — boshlangʻich matnning mashina kodiga aylantirilishi natijasida yuzaga kelgan dastur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dasturni dekompilyatsiya qilish — EHM uchun yaratilgan dasturning tarkibiy tuzilishi va kodlanishini oʻrganish maqsadida obyekt kodini boshlangʻich matnga aylantirishni oʻz ichiga oladigan texnikaviy usul;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining adaptatsiyasi — yuzaga kelgan muayyan sharoitda EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining ishlashini taʼminlash maqsadidagina amalga oshiriladigan hamda (dekompilyatsiya qilish oqibatida) muallifning boshlangʻich matni oʻzgarishiga olib kelmaydigan qoʻshimchalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini modifikatsiyalash (qayta ishlash) — ularni adaptatsiya deb hisoblanmaydigan va boshlangʻich matn oʻzgarishiga olib keladigan har qanday tarzda oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasidan nusxa olish — EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini har qanday moddiy shaklda bitta yoki koʻproq nusxada tayyorlash hamda ularni EHMning xotirasiga yozish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini tarqatish — EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining har qanday moddiy shaklda, shu jumladan tarmoqlar vositasida va boshqa usullar yordamida, shuningdek sotish, prokatga berish, ijaraga topshirish, qarzga berib turish, jumladan ushbu maqsadlarning istalgani uchun import qilish yoʻli bilan olingan nusxalaridan foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini bosib chiqarish (eʼlon qilish) — EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining nusxalarini muallifning roziligi bilan nomuayyan shaxslar doirasiga berish (shu jumladan EHM xotirasiga yozish va bosma matn chiqarish yoʻli bilan berish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasidan foydalanish — ularni bosib chiqarish, ulardan nusxa olish, ularni tarqatish hamda xoʻjalik muomalasiga (jumladan, modifikatsiyalashtirilgan shaklda) kiritish yuzasidan boshqa harakatlarni amalga oshirish. EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining bosib chiqarilganligi toʻgʻrisidagi xabarlarni ommaviy axborot vositalarining maʼlum qilishi EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasidan foydalanish deb eʼtirof qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq egalari — muallif, — uning merosxoʻrlari, shuningdek qonun yoki shartnoma asosida mutlaq shaxsiy va mulkiy huquqlarga ega boʻlgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yoki bitimlarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Huquqiy himoya obyekti
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarini mualliflik huquqi obyektlari sirasiga kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazifasi va afzalliklaridan qatʼi nazar, obyektiv shaklda ifodalangan, bosib chiqarilgan hamda bosib chiqarilmagan, muallif (hammualliflar) ijodiy faoliyatining natijasi boʻlgan, EHM uchun yaratilgan har qanday dasturlar va maʼlumotlar bazalariga nisbatan mualliflik huquqi tatbiq etiladi. EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasiga mualliflik huquqi toki aksi isbotlanmagunga qadar saqlanib qolaveradi.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun bilan beriladigan huquqiy himoya:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday dasturlash tilida va har qanday shaklda ifodalanishi mumkin boʻlgan EHM uchun yaratilgan dasturlarning barcha xiliga (shu jumladan, operatsiya tizimlari va dasturiy majmualarga) nisbatan, boshlangʻich matn va obyekt kodiga nisbatan ham, shuningdek maʼlumotlarni tanlash va tashkil etish boʻyicha ijodiy mehnatning natijasi boʻlgan maʼlumotlar bazalariga nisbatan tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki maʼlumotlar bazalari yohud ularning biron-bir qismiga asos boʻlgan gʻoyalar va prinsiplarga, shu jumladan interfeys hamda algoritm tashkil qilish gʻoyalari va prinsiplariga, shuningdek dasturlash tillariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki maʼlumotlar bazalariga nisbatan mualliflik huquqini eʼtirof etish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun dasturlar yoki maʼlumotlar bazalariga nisbatan mualliflik huquqi ular yaratilgach yuzaga keladi. EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasiga boʻlgan mualliflik huquqi eʼtirof etilishi va roʻyobga chiqarilishi uchun roʻyxatdan oʻtkazish yoki oʻzga rasmiyatchiliklarga rioya etish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mualliflik huquqi obyekti boʻlmagan materiallardan (asarlardan) tarkib topgan maʼlumotlar bazasiga nisbatan mualliflik huquqi maʼlumotlar bazasini yaratgan shaxslarga tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa shaxsning mualliflik huquqi obyekti boʻlgan materiallarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasiga boʻlgan mualliflik huquqi bunday materiallarning har biriga nisbatan mualliflik huquqiga rioya qilingan taqdirdagina eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar bazasiga kiritilgan materiallarning har biriga nisbatan mualliflik huquqi saqlanadi. Bu materiallar maʼlumotlar bazasidan qatʼi nazar ishlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar bazasiga boʻlgan mualliflik huquqi boshqa shaxslarning ushbu maʼlumotlar bazasiga kirgan materiallar va asarlarni mustaqil ravishda tanlashi va tashkil etishiga monelik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq egasi oʻz huquqlaridan xabardor qilish maqsadida EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining birinchi bor bosib chiqarilishidan eʼtiboran mualliflik huquqining uch qismdan: doira yoki kichik qavs ichiga olingan “S” harfi; huquq egasining nomi (ismi); EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi birinchi bor bosib chiqarilgan yil koʻrsatilgan yozuvdan tarkib topgan himoya belgisini qoʻllashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki maʼlumotlar bazalariga boʻlgan mualliflik huquqi ularning moddiy ashyosiga nisbatan mulk egaligi huquqi bilan aloqador emas. Moddiy ashyoga nisbatan boʻlgan huquqlarni oʻzgalarga har qanday tarzda berish EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki maʼlumotlar bazalariga boʻlgan mualliflik huquqlaridan birortasining oʻzgalarga oʻtib qolishiga sabab boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Mualliflik huquqining amal qilish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki maʼlumotlar bazalariga boʻlgan mualliflik huquqining amal qilish muddatlari qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan mualliflik huquqi normalariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Mualliflik, shaxsiy va mulkiy huquqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasiga mualliflik, shuningdek muallifning (mualliflarning) yoki oʻzga huquq egasining shaxsiy va mulkiy huquqlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi. EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining muallifi (mualliflari) yoxud oʻzga huquq egasi EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini modifikatsiyalashni, shu jumladan dasturni bir dasturlash tilidan boshqa tilga oʻtkazishni amalga oshirish va (yoki) amalga oshirishga ruxsat etish borasida mutlaq huquqqa ham egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Mulkiy huquqlarni oʻzgalarga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasiga boʻlgan mulkiy huquqlar shartnoma boʻyicha oʻzga jismoniy yoki yuridik shaxslarga toʻliq yoki qisman oʻtkazilishi mumkin. Shartnoma yozma shaklda tuziladi va unda albatta quyidagilar belgilab qoʻyiladi: EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasidan foydalanish hajmi va usullari, haq toʻlash tartibi va mukofot puli miqdori, shartnomaning amal qilish muddati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki maʼlumotlar bazasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qonunda belgilangan tartibda meros boʻlib oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Xizmat vazifalarini bajarish tartibida yaratilgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasiga boʻlgan mulkiy huquqlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat vazifalarini bajarish tartibida yoki ish beruvchining topshirigʻiga binoan yaratilgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasiga boʻlgan mulkiy huquqlar ish beruvchiga, basharti u bilan muallif oʻrtasidagi shartnomada oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tegishli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haq toʻlash tartibi va mukofot puli miqdori muallif bilan ish beruvchi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasiga nisbatan mulkiy huquqlarga ega boʻlgan tashkilot yoki korxona (mulkchilik shaklidan qatʼi nazar) qayta tashkil qilinsa, tarqatib yuborilsa yoki tugatilsa, barcha mulkiy huquqlar tegishli ravishda sudning yoki tugatish komissiyasining qaroriga koʻra muallifga (mualliflarga), davlatga yoki boshqa huquqiy vorisga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazish huquqi hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazish
(9-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki maʼlumotlar bazalariga nisbatan barcha shaxsiy va mulkiy yoki shartnomaga koʻra faqat mulkiy huquqlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning jismoniy yoki yuridik shaxslari dasturlar yoki maʼlumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazish huquqiga egadirlar. Huquq egasi EHM uchun yaratilgan dasturni yoki maʼlumotlar bazasini bevosita yoxud oʻz vakili orqali Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida yoki Maʼlumotlar bazalari davlat reyestrida Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) talabnoma berish orqali roʻyxatdan oʻtkazishi mumkin.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish soʻralgan talabnoma (matnda bundan buyon roʻyxatdan oʻtkazish talabnomasi deb yuritiladi) EHM uchun yaratilgan bitta dastur yoki bitta maʼlumotlar bazasiga taalluqli boʻlishi kerak. Roʻyxatdan oʻtkazish talabnomasini rasmiylashtirish qoidalarini Agentlik belgilaydi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazish talabnomasi kelib tushgach, Agentlik kerakli hujjatlarning bor-yoʻqligi va qoidalarning talablariga qanchalik muvofiqligini tekshirib chiqadi. Tekshirish natijasi ijobiy boʻlsa, Agentlik EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini tegishli Reyestrga kiritadi, talabnoma beruvchiga rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma topshiradi hamda roʻyxatdan oʻtkazilgan EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalariga doir maʼlumotlarni Agentlikning rasmiy axborotnomasida eʼlon qiladi.
(9-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabnoma beruvchi Agentlikning soʻroviga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan maʼlumotlar rasmiy axborotnomada bosib chiqarilguniga qadar talabnoma materiallarini toʻldirish, ularga aniqlik kiritish va ularni tuzatishga haqlidir. Tekshirish natijasi salbiy boʻlsa, Agentlik talabnoma beruvchiga rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligini bildiruvchi hujjat topshiradi.
(9-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibini, rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma shakllarini, ularda koʻrsatiladigan maʼlumotlar tarkibini Agentlik belgilaydi. Rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadigan maʼlumotlar roʻyxati ham Agentlik tomonidan belgilanadi.
(9-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasiga boʻlgan mulkiy huquqlarning oʻzgalarga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi shartnomalar tomonlarning kelishuviga binoan Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
(9-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga kiritilgan maʼlumotlar toki aksi isbotlanmagunga qadar toʻgʻri deb hisoblanadi. Koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun talabnoma beruvchi javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dasturlarni yoki maʼlumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalaridan foydalanishga boʻlgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarganlik uchun haq olinadi. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun haq Agentlikka toʻlanadi. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun haqning miqdorlari va uni toʻlash muddatlari, haq toʻlashdan ozod qilish, haq miqdorlarini kamaytirish yoki uni qaytarib berish uchun asoslar, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish uchun haq summasidan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(9-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki maʼlumotlar bazalarini boshqa davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazishga yoki ularni xalqaro miqyosda roʻyxatdan oʻtkazishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-312-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 555-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasidan huquq egasi bilan tuzilgan shartnoma asosida foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasidan boshqa shaxslarning (foydalanuvchilarning) foydalanishi huquq egasi bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi, ushbu Qonunning 13-moddasida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki maʼlumotlar bazalari sotilganda yohud ommaviy foydalanuvchilar uchun berib qoʻyilganda shartnomalar tuzishning alohida tartibi qoʻllanishi, xususan EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki maʼlumotlar bazalarining berilayotgan nusxalarida shartnomaning tipik talablari bayon etib qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki maʼlumotlar bazalaridan erkin nusxa olish va ularning adaptatsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining nusxasiga qonunan ega boʻlgan shaxs huquq egasidan qoʻshimcha ravishda ruxsat olmagan holda EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi oʻz vazifasiga monand ishlashi bilan bogʻliq har qanday harakatlarni amalga oshirishga, shu jumladan EHMga yozib qoʻyish va uning xotirasida saqlashga, shuningdek aniq koʻrinib turgan xatolarni tuzatishga haqlidir. EHMga yozib qoʻyish va uning xotirasida saqlashga, basharti, huquq egasi bilan tuzilgan shartnomada oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bitta EHM yoki shoxobchadagi bitta foydalanuvchiga nisbatan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining nusxasiga qonunan ega boʻlgan shaxs huquq egasining roziligini olmay va unga qoʻshimcha haq toʻlamay turib (basharti, shartnomada oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa), quyidagi harakatlarni amalga oshirishga haqlidir: EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini adaptatsiyalashga; EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi nusxasini, ushbu koʻchirma nusxa arxiv maqsadlarigagina moʻljallangan taqdirda va qonuniy tarzda olingan nusxani almashtirish uchun kerak boʻlib qolgan (EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining asl nusxasi yoʻqolib qolgan, yoʻq qilingan yoki yaroqsiz holga kelgan) taqdirda oʻzlari tayyorlashga yoki tayyorlash uchun topshiriq berishga. Bunda EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining koʻchirma nusxasidan yuqorida aytib oʻtilgan maqsadlardan boʻlak maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas va EHM uchun yaratilgan ushbu dasturdan yoki maʼlumotlar bazasidan bundan buyon foydalanish qonuniy boʻlmay qolsa, ular yoʻq qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur nusxasiga haqli ravishda egalik qilayotgan shaxs mazkur dasturning kodlanishi va tuzilishini oʻrganish maqsadlarida uni muallifning yoki oʻzga huquq egasining yozma roziligi boʻlgan taqdirda yoki quyidagi hollarda bunday rozilik boʻlmasa ham dekompilyatsiya qilishi mumkin, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dekompilyatsiya qilish natijasida olingan hamda mazkur shaxs tomonidan ishlab chiqilgan dasturning EHM uchun yaratilgan boshqa dasturlar bilan oʻzaro hamkor ishlashi uchun zarur axborotni boshqa manbalardan olish mumkin boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dasturning faqat bunday hamkor ishlashini yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan qismlarining oʻzi dekompilyatsiya qilinayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dekompilyatsiya natijasida olingan axborotdan ifodasiga koʻra EHM uchun yaratilgan, dekompilyatsiya qilinayotgan dasturga juda oʻxshash boʻlgan EHM dasturi ishlab chiqish, ishlab chiqarish yoki tarqatish uchun foydalanilmasa yoxud bunday axborot mualliflik huquqini buzadigan boshqa har qanday harakatni amalga oshirish uchun ishlatilmasa.
(12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi nusxasini erkin olib sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi nusxasiga boʻlgan egalik huquqi yoki oʻzga mulkiy huquqlar ushbu nusxaga egalik huquqi birinchi marotaba sotilganidan keyin yoki boshqacha tarzda oʻzgaga oʻtkazilganidan keyin, huquq egasining roziligini olmay va unga qoʻshimcha haq toʻlamagan holda olib sotilishiga yoki boshqacha usulda oʻzgalarga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Mualliflik huquqini muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining muallifi va oʻzga huquq egalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqlari tan olinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq buzilishiga qadar mavjud boʻlgan holat tiklanishini va huquqni buzayotgan yoki uning buzilishi xavfini tugʻdirayotgan xatti-harakatlar toʻxtatilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazilgan zarar uning miqdoriga huquqbuzar tomonidan gʻayriqonuniy olingan daromad summasini qoʻshgan holda qoplanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foyda koʻrgan huquqbuzardan yetkazilgan zarar qoplanishi oʻrniga eng kam oylik ish haqining tegishli sud qarori bilan belgilanadigan yigirma barobaridan ming barobarigacha boʻlgan miqdorida tovon toʻlanishini;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning huquqlari muhofaza qilinishi bilan bogʻliq qonunlarda nazarda tutilgan oʻzga choralar koʻrilishini talab qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi muallifi va oʻzga huquq egalari oʻz huquqlari muhofaza qilinishini soʻrab tegishli sudga murojaat etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki maʼlumotlar bazalarining mualliflik huquqi buzilgan holda tayyorlangan nusxalarini musodara etish va ularni yoʻq qilib yuborish toʻgʻrisida qaror chiqarishi mumkin. EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasidan bunday nusxalar olishda foydalaniladigan materiallar va uskunalar sudning qarori bilan budjet daromadiga oʻtkazilishi yohud daʼvogarning iltimosiga binoan zararlarni qoplash hisobiga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Mualliflik huquqining buzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq egalarining mutlaq huquqlariga taalluqli ushbu Qonun talablarining jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan bajarilmasligi mualliflik huquqining buzilishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini oʻzganing nomi bilan chiqarish yohud undan gʻayriqonuniy ravishda nusxa olish yoki bunday asarlarni tarqatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy yohud jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayyorlanishi yoki ulardan foydalanilishi mualliflik huquqi buzilishiga olib keladigan EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki maʼlumotlar bazalarining nusxalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʻyilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki oʻzarolik prinsipi asosida foydalanadilar.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 6-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1060-XII-son