Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.11.2025 19.06.1992 yildagi 5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.11.2025
Hujjat 26.06.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUD AMALIYOTIDA FUQARO VA TASHKILOTLARNING SHAʼNI, QADR-QIMMATI VA ISHCHANLIK OBROʻSINI HIMOYA QILISH HAQIDAGI QONUNLARNI QOʻLLASH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1997-yil 2-may va 1998-yil 11-sentabrdagi 24-sonli qarorlariga asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro va tashkilotlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini kamsitadigan maʼlumotlar tarqatilgan taqdirda, ularni himoya qilish sudning birinchi darajali vazifalaridan boʻlib hisoblanadi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonuni ommaviy axborot vositalaridan fuqarolarning shaxsiy hayotlariga aralashish, ularning shaʼni, qadr-qimmatlari va ishchanlik obroʻsiga tajovuz qilish maqsadida foydalanishni man etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasiga muvofiq oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlar yuzasidan, basharti, bunday maʼlumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlay olmasa, sud yoʻli bilan raddiya talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda tashkilotlarning obroʻsini tiklash, ijtimoiy munosabatlarda uning faoliyatiga odilona baho berish ham katta ahamiyat kasb etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunni sud amaliyotida qoʻllashda, qanday maʼlumotlar tarqatilganligi va ular qadr-qimmatga qanchalik putur yetkazgani kabi masalalar yuzasidan muammolar yuzaga kelganligini taʼkidlaydi. Hal qiluv qarorlarida hamma vaqt ham shaʼn va qadr-qimmatga putur yetkazuvchi maʼlumotlarga raddiya berishning aniq usuli hamda raddiya berilishi lozim boʻlgan muddat koʻrsatilmaydi. Sud xarajatlarini undirish masalasi muhokama qilinmaydi.
(muqaddimaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrishni bir necha martalab qoldirish, ish yuritishni asossiz harakatdan toʻxtatib qoʻyish oqibatida nizoning ahamiyati yoʻqolishi tufayli daʼvogarlar oʻz talablaridan voz kechmoqdalar, shu sababli anchagina arizalar koʻrilmasdan qoldirilmoqda.
(muqaddimaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻpchilik ishlarda hal qiluv qarorining ijro etilganligi haqidagi maʼlumotlar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf qilish va kelib chiqqan masalalarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasi va “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida eʼlon qilingan, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan va oʻzining shaʼni hamda qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan maʼlumotlar boʻyicha raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqli ekanligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qonunlarni toʻgʻri tatbiq etish, fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan huquqlarini amalga oshirishlariga yordam berishini hisobga olib, shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi ishlarni sudlar sinchkovlik bilan koʻrishlari zarur.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini pastga uruvchi maʼlumotlarni rad etish haqidagi talablar, maʼlumotlar qanday shakl va uslubda tarqatilganidan qatʼi nazar, sudga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunining 34-moddasiga binoan eʼlon qilingan material tufayli huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan yuridik va jismoniy shaxslar oʻz raddiyasini mazkur ommaviy axborot vositasi orqali eʼlon qilishga haqlidir. Raddiya yoki javob gazetalarda raddiya olingan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida, boshqa davriy nashrlarda esa navbatdagi sonda eʼlon qilinadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositasi raddiya yoki javobni eʼlon qilishdan bosh tortsa yoxud ularni eʼlon qilish uchun belgilab qoʻyilgan muddatni buzsa, yuridik yoki jismoniy shaxs daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi daʼvo arizadan summadan kelib chiqib eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. Ayni bir vaqtning oʻzida moddiy va maʼnaviy zararni undirish haqidagi talab ham qoʻyilgan boʻlsa, davlat boji umumiy asoslarda talab etilayotgan summadan kelib chiqib undiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlarga tushuntirilsinki, badnom qiluvchi maʼlumotlarning oʻziga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatilgan shaxs tomonidan tarqatilganligi faktini tasdiqlovchi dalillarni sudga daʼvogar taqdim etishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo ariza FPKning 149 va 150-moddalari talablariga rioya qilinmay berilgan hollarda harakatsiz qoldiriladi va bu haqdagi ajrimda FPKning 154-moddasiga asosan kamchiliklarni bartaraf etish muddati koʻrsatiladi. Koʻrsatilgan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmasa, ariza berilmagan hisoblanib, daʼvogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudning hal qiluv qarorlari va hukmlarida, tergov organlari qarorlarida va qonunda shikoyat qilishning oʻzgacha tartibi koʻzda tutilgan boshqacha rasmiy hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarni rad etish haqidagi talablarni Oʻzbekiston Respublikasi FKning 100-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrish mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. FKning 100-moddasi 2-qismiga asosan manfaatdor shaxs badnom qiluvchi maʼlumotlar uning vafot etgan oila aʼzolari yoki qarindoshlariga nisbatan tarqatilganda ham ularning sud orqali himoya qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badnom qiluvchi maʼlumotlar voyaga yetmaganlar yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan tarqatilganda, ularning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisida qonuniy vakillari (ota-onalari, bolalikka oluvchilari, vasiylari), homiylari yoki FPKning 46-moddasi tartibida prokuror ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yuridik yoki jismoniy shaxslarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlarni tarqatish deganda ularni ommaviy axborot vositalarida chop etish, xizmat taʼrifnomalarida bayon etish, koʻpchilik oldida soʻzlaganda, mansabdor shaxslar nomiga yozilgan arizalarda yoki boshqa, shu jumladan ogʻzaki boʻlsa ham bir necha shaxsga yoxud bir kishiga xabar qilish tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday maʼlumotlarni faqatgina oʻziga aloqador shaxsning oʻziga aytish, bu maʼlumotlarni tarqatish deb qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzining shaʼniga haqoratlovchi maʼlumotlar aytilgan fuqaro, yetarli asoslar boʻlgan taqdirda, haqorat yoki tuhmat qilgani uchun aybdorni Jinoyat kodeksining 139, 140-moddalariga koʻra maʼmuriy yoki Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 40, 41-moddalariga koʻra maʼmuriy javobgarlikka tortish haqida ish qoʻzgʻatishni soʻrab sudga murojaat qilishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Badnom qiluvchi maʼlumotlar deganda, ayrim fuqarolar yoki jamoat fikrida amaldagi qonunlarga va axloq qoidalariga rioya qilish nuqtai nazaridan qaraganda shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini oyoq osti qiluvchi, obroʻni toʻkuvchi maʼlumotlar hisoblanishini sudlarga tushuntirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi kamchiliklarni, jamoat va ish joylaridagi, turmushdagi feʼl-atvorini tanqid qiluvchi, haqiqatga toʻgʻri keladigan maʼlumotlarni rad etish haqidagi talablarni asosli deb hisoblab boʻlmaydi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar arizada ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan maʼlumotlarga raddiya berish talab etilgan boʻlsa, javobgar sifatida muallif va tegishli ommaviy axborot organi jalb etilishini inobatga olgan holda, ishni sud majlisida koʻrishga tayyorlash tartibida ish boʻyicha daxldor javobgarlarni aniqlash lozim boʻladi. Maʼlumotlar rasmiy xabarlarda koʻrsatilgan hollarda (“Ommaviy axborot vositalari haqida”gi Qonunning 35-moddasi) sud yolgʻon maʼlumotlarni dastlab tarqatgan shaxsni ham javobgar sifatida jalb qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat tavsifnomalarida koʻrsatilgan badnom qiluvchi maʼlumotlarni rad etish haqidagi daʼvolar boʻyicha uni imzolagan shaxslar hamda taʼrifnomani bergan korxona, muassasa yoki tashkilot javobgar hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badnom qiluvchi maʼlumotlar devoriy yoki fuqarolik protsessual huquq layoqatiga ega boʻlmagan koʻp nusxali roʻznomalarda eʼlon qilingan boʻlsa, eʼlon qilingan maqola muallifi bilan bir qatorda roʻznomaning organi hisoblanadigan tashkilot javobgar boʻladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sud majlisida quyidagi holatlar har tomonlama aniqlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) raddiya berilishi talab qilinayotgan maʼlumotning tarqatilgan-tarqatilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bu maʼlumotlar yuridik yoki jismoniy shaxsning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazgan-yetkazmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bu maʼlumotlarning haqiqatga toʻgʻri kelish-kelmasligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi FKning 100-moddasiga asosan daʼvogarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlarni haqiqatga toʻgʻri kelishini tasdiqlash javobgarning zimmasiga yuklatilgan.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi FKning 163-moddasiga asosan shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlarga raddiya berish haqidagi talablarga daʼvo muddati tatbiq qilinmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi daʼvo bilan bir vaqtda daʼvogar tomonidan shu badnom qiluvchi maʼlumotlar tarqatilganligi oqibatida yetkazilgan moddiy zararni yoki maʼnaviy ziyonni undirish toʻgʻrisida ham talab qoʻyilgan boʻlsa, sud bu talabni FKning 985-moddasiga muvofiq hal etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 1021-moddasi 2-qismiga binoan agar zarar qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini haqoratlovchi maʼlumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan boʻlsa, maʼnaviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qatʼi nazar, qoplanishini nazarda tutish lozim.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼnaviy (mulkiy boʻlmagan) zararning miqdorini belgilashda sud fuqaroning shaʼni, qadr-qimmatini oyoq osti qilgan, obroʻsini toʻkkan maqolaning mazmuni va mohiyatini, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni eʼlon qilgan ommaviy axborot vositasi yoki muayyan shaxsning ayb darajasini shu maqola bilan bogʻliq boʻlgan boshqa eʼtiborga molik holatlarni hisobga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 1022-moddasiga muvofiq maʼnaviy zararni qoplash miqdorini aniqlashda sudlar jabrlanuvchiga yetkazilgan maʼnaviy zararning ogʻirligiga subyektiv bahosi, shuningdek, daʼvogarning jismoniy va maʼnaviy azoblarining darajasini tasdiqlovchi obyektiv maʼlumotlar xususiyati va haqoratlovchi yolgʻon maʼlumotlari tarqatilgan doirani hamda boshqa ahamiyatga molik holatlarni eʼtiborga olishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan deb topilgan maʼlumotlarga raddiya berish usulini koʻrsatishi shart. Raddiya aynan shu notoʻgʻri maʼlumotni chop etilgan gazetada yoki boshqa ommaviy davriy nashrda eʼlon qilinishi lozim. Sud hal qiluv qarorida beriladigan raddiya matnini bayon qiladi va u eʼlon qilinadigan muddatni koʻrsatadi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlarda boʻlsa, sudning hal qiluv qaroriga asosan tashkilot bunday hujjatni almashtirib berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud har bir ishning aniq holatlaridan kelib chiqib, javobgarga koʻpchilik oldida kechirim soʻrash, tarqatilgan maʼlumotlarning notoʻgʻri ekanligini yigʻilishda eʼlon qilish, daʼvogarni badnom qiluvchi maʼlumot xabar qilingan tashkilotga raddiya yozib yuborish majburiyatini yuklatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Daʼvogarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini pastga uruvchi maʼlumotlarga raddiya berish haqidagi hal qiluv qarorini muddatida bajarmagan yoki tegishli darajada bajarmagan taqdirda sud hal qiluv qarorini bajarishdan bosh tortgan javobgarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda choralar koʻradi va hal qiluv qarorini ijro etish uchun yangidan aniq muddat belgilashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxs hal qiluv qarorini ijro etishdan qasddan bosh tortsa, sud unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 232-moddasi bilan koʻzda tutilgan javobgarlik masalasini hal etishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudlarning eʼtibori ushbu nizolarni qonunda belgilangan muddatlarda koʻrib hal qilish zarurligiga va ishlarni koʻrishda sansolarlikka yoʻl qoʻymaslikka qaratilsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlar qonun bilan man etilgan, haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar tarqatilishining oldini olish maqsadida, badnom qiluvchi maʼlumotlar tarqatilganligi sabablarini sinchkovlik bilan aniqlashlari, bajarilishi ustidan tegishli nazorat oʻrnatgan holda xususiy ajrim chiqarishlari lozim.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 26-iyundagi 11-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 19-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-son