Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI QARORLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 24-noyabrdagi PQ-1005-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 26-iyuldagi PQ-136-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bandi “g” kichik bandining yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xorijiy davlatlar va xalqaro moliya institutlarining texnikaviy, muruvvat, begʻaraz yordami va boshqa yordamlarini oʻrganib chiqish hamda olish jarayonida ishtirok etadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarorining 2-bandi mazmuni quyidagicha xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi muruvvat yordami va texnikaviy koʻmaklashish vositalarining toʻliq hamda tizimli hisob-kitobini yuritish”.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-fevral,
PQ-1055-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 7-son, 68-modda; 2016-y., 48-son, 547-modda)