Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat aktivlarini sotish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-maydagi 135-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat aktivlarini birja savdolarida va birjadan tashqari savdolarda sotish mexanizmlarini, davlat mulkini xususiylashtirishdan tushumlarni hisobga olish va mablagʻlarni taqsimlash tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek investorlarning qabul qilingan majburiyatlar bajarilishi yuzasidan masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Davlat aktivlarini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Davlat aktivlarini birjadan tashqari savdolarda sotish, shu jumladan investitsiya majburiyatlari bilan sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomalari shartlarining xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Xususiylashtirishdan tushumlarni hisobga olish, taqsimlash va mablagʻlardan foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-yanvar,
27-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Davlat aktivlarini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat aktivlarini birja savdolariga qoʻyish va sotish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat aktivlari — korxonalar, xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar), yer uchastkalari va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklar;
birja savdolari — birja savdosi qoidalariga muvofiq birja tomonidan tashkil etiladigan davlat aktivlari savdolari;
lot — davlat aktivlarini savdolarga qoʻyishda sotuvchi tomonidan belgilanadigan ularning oʻlchov birligi;
sotuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi;
Keyingi tahrirga qarang.
sotuvchining (xaridorning) vositachisi — birjada sotuvchi yoki xaridor nomidan bitishuvlar tuzish huquqiga ega boʻlgan birja aʼzosi;
xaridor — qonun hujjatlariga muvofiq davlat aktivlarini sotib olish huquqiga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari yoki norezidentlari);
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar, daxlsizlik huquqidan va diplomatik imtiyozlardan foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarining xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan vakolatxonalari;
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti tushunchasiga kirmaydigan shaxslar;
hisob-kitob-kliring tashkiloti — davlat aktivlarini sotish boʻyicha savdolarga hisob-kitob-kliring xizmatini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot;
birja bitishuvi — birja tomonidan savdoning qayd etilgan natijasi boʻyicha tuzilgan davlat aktivlarining birja tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan oldi-sotdi shartnomasi;
boshlangʻich narx — davlat aktivini birja savdolariga qoʻyish uchun uning sotuvchi tomonidan belgilangan narxi;
balans saqlovchi — balansida yoki ustav fondida sotiladigan davlat aktivi turgan yuridik shaxs.
II. Davlat aktivlarini savdolarga qoʻyish tartibi
3. Davlat aktivlarining roʻyxati va ularni birja savdolariga (keyingi oʻrinlarda savdolar deb ataladi) qoʻyish muddatlari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sotuvchi tomonidan belgilanadi.
4. Sotuvchi belgilangan tartibda savdolarga qoʻyiladigan davlat aktivlari toʻgʻrisidagi axborotni ochish, xaridorlar qidirish va ular uchun sotilishi nazarda tutilgan davlat aktivi bilan oldindan tanishish uchun sharoitlar yaratish ishlarini tashkil qiladi.
5. Davlat aktivlarini savdolarga qoʻyish sotuvchining tasarruf etuvchi hujjati (buyrugʻi, farmoyishi yoki topshiriqnomasi) asosida va sotuvchi bilan tuzilgan shartnoma-topshiriqnomaga muvofiq sotuvchining vositachisi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Sotuvchi va sotuvchining vositachisi oʻrtasidagi shartnomada quyidagilar boʻlishi kerak:
tomonlarning rekvizitlari, shartnomaning tuzilgan sanasi va joyi;
shartnoma predmeti;
sotuvchining majburiyatlari;
vositachining majburiyatlari;
vositachining xizmatlari uchun haq miqdori;
oʻzaro hisob-kitob qilish tartibi;
nizolarni hal etish tartibi;
tomonlarning shartnomani bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun javobgarligi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar.
7. Davlat aktivlarini savdolarga qoʻyish va sotish lotlar bilan amalga oshiriladi. Lot miqdori sotuvchi tomonidan belgilanadi.
8. Koʻchmas mulk (binolar, inshootlar) obyektlarini savdolarga qoʻyish ular joylashgan yer uchastkalarini ajratish boʻyicha tegishli hujjatlar mavjud boʻlganda va yondosh hudud mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
9. Davlat aktivlari savdolarga Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida qoʻyiladi. Savdolarga qoʻyilayotgan davlat aktivining boshlangʻich narxi uning Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida belgilangan tartibda aniqlangan baholash qiymatidan past boʻlishi mumkin emas.
10. Davlat aktivlarini savdolardan chiqarish navbatdagi savdo sessiyasi boshlangungacha, sotuvchining yozma topshirigʻiga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Savdolarda turgan davlat aktivlari qayta baholanmaydi.
11. Ilgari savdolardan chiqarilgan yoki tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarining bekor qilinishi munosabati bilan davlat aktivlarini savdolarga takroran qoʻyish:
davlat aktivlari savdolardan chiqarilgan yoki shartnoma bekor qilingan sanadan boshlab bir yildan oshmaydigan muddatda takroriy savdolarni oʻtkazishda — savdodan chiqarilgan yoki shartnoma tuzilgan sanada shakllantirilgan narx boʻyicha;
davlat aktivlari savdolardan chiqarilgan yoki shartnoma bekor qilingan sanadan boshlab bir yildan ortiq muddatda takroriy savdolarni oʻtkazishda — ularning qiymati qayta baholangandan keyin amalga oshiriladi.
III. Savdolarga qoʻyiladigan davlat aktivlari toʻgʻrisidagi axborotni ochish
12. Sotuvchi ushbu Nizomning 3-bandiga muvofiq sotilishi nazarda tutilgan davlat aktivlari roʻyxatlarini, shuningdek ular toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni umumiy foydalaniladigan ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmogʻida va ixtisoslashtirilgan nashrlarda muntazam ravishda eʼlon qiladi.
13. Sotuvchi yoki uning topshirigʻi boʻyicha sotuvchining vositachisi savdolar oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin ommaviy axborot vositalarida davlat aktivini savdolarga qoʻyish toʻgʻrisidagi eʼlonni chop etadi. Eʼlon Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida keng tarqatish uchun moʻljallangan, ikki ming nusxadan ortiq miqdorda nashr etiladigan kamida ikkita davriy matbuot nashrlarida, shuningdek sotuvchining Internet tarmogʻidagi veb-saytida chop etiladi.
14. Davlat aktivlarini savdolarga qoʻyish toʻgʻrisidagi eʼlonda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
savdolarni oʻtkazayotgan birjaning nomi va savdolarni oʻtkazish sanasi;
balans saqlovchining nomi va pochta manzili;
savdolarga qoʻyilayotgan davlat aktivining nomi, miqdori va boshlangʻich narxi;
davlat aktivining tavsifi;
savdolarga qoʻyilayotgan davlat aktivi toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar.
15. Davlat aktivlarini savdolarga takroriy qoʻyishda axborotni ochish ushbu Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
IV. Mablagʻlarni depozitga qoʻyish tartibi
16. Davlat aktivlarini milliy valyutaga sotib olish uchun xaridor (uning vakili yoki vositachisi) savdolar boshlangungacha pul mablagʻlarini davlat aktivlarini saqlashga qoʻyish sanasidagi narxining kamida oʻn besh foizi miqdorida hisob-kitob-kliring tashkilotida depozitga qoʻyishi shart. Pul mablagʻlari davlat aktivining va vositachining nomini koʻrsatgan yoki koʻrsatmagan holda depozitga qoʻyilishi mumkin.
Pul mablagʻlari xaridorning vositachisini koʻrsatmasdan depozitga qoʻyilgan taqdirda hisob-kitob-kliring tashkilotiga shartnoma-topshiriqnomaning nusxasi taqdim etiladi.
17. Davlat aktivlarini erkin almashtiriladigan valyutaga sotib olish uchun xaridorlar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari sotuvchining hisob raqamiga depozitga qoʻyish sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta hisoblab chiqilgan davlat aktivlarini davlat aktivining va vositachining nomi koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmagan holda depozitga qoʻyilgan narxining kamida oʻn besh foizi miqdorida erkin almashtiriladigan valyutada mablagʻlar oʻtkazadi.
Pul mablagʻlari xaridorning vositachisi koʻrsatilmasdan depozitga qoʻyilgan taqdirda sotuvchiga shartnoma-topshiriqnomaning nusxasi taqdim etiladi.
18. Depozitga qoʻyilgan mablagʻlar hisob-kitob-kliring tashkiloti yoki sotuvchi tomonidan xaridorning yoki uning ishonchli shaxsining yozma arizasiga binoan u olingan kundan boshlab besh bank kuni mobaynida depozitga qoʻyilgan valyutada qaytariladi.
19. Savdo gʻolibiga depozitga qoʻyilgan mablagʻlar sotib olingan davlat aktivi uchun toʻlov hisobiga oʻtkaziladi.
V. Davlat aktivlari bilan birja bitishuvlarini amalga oshirish tartibi
20. Bitishuvlar birja savdosi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
21. Davlat aktivlarini savdolarda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga sotish Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oshiriladi.
22. Xaridorlar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari davlat aktivlarini erkin almashtiriladigan valyutaga yoki Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga sotib olishlari mumkin.
Davlat aktivlarini erkin almashtiriladigan valyutaga sotib olishda xaridor — Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti bilan uning vositachisi oʻrtasida tuziladigan shartnoma-topshiriqnomada xaridorning davlat aktivlari qiymatini erkin almashtiriladigan valyutada toʻlash hamda vositachi, birja va depozitariy xizmatlari toʻlovini Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida toʻlash boʻyicha majburiyatlari nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
23. Xaridorlar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari oʻzlarining hisob-kitob-kliring tashkilotlaridagi va “Xalq isteʼmoli tovarlarining koʻrgazma-yarmarka savdosi respublika markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatidagi, davlat aktivlarini sotib olish uchun respublikaning vakolatli banklarida ochilgan xorijiy banklarning “loro” vositachilik hisob raqamlaridagi maxsus hisob raqamlarida mavjud boʻlgan milliy valyutadagi mablagʻlardan foydalanishi mumkin.
24. Hisob-kitob-kliring tashkiloti birja savdosi qoidalarida belgilangan muddatda, xaridorning vositachisini koʻrsatgan holda depozitga qoʻyilgan pul mablagʻlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani tuzadi va birjaga joʻnatadi.
25. Sotuvchi birjaga va oʻzining vositachisiga erkin almashtiriladigan valyutada depozitga qoʻyilgan pul mablagʻlari yoki toʻlovchini va xaridorning vositachisini koʻrsatgan holda, ularning chiqarib olinganligi toʻgʻrisidagi yozma xabarnomani:
depozitga qoʻyilgan mablagʻlar tushgan kundan boshlab kechi bilan ikki bank kunidan iborat muddatda;
ularning chiqarib olish toʻgʻrisidagi ariza olingan kunda joʻnatadi.
26. Birja savdosi qoidalariga muvofiq savdolarga qoʻyilayotgan davlat aktivlari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlar birjaga:
aksiyalar boʻyicha — Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb ataladi) maʼlumotlari asosida hisob-kitob-kliring tashkiloti tomonidan;
qolgan boshqa davlat aktivlari boʻyicha — sotuvchining vositachisi tomonidan taqdim etiladi.
27. Savdoga qoʻyilgan davlat aktivlari yigirma birinchi savdo sessiyasidan boshlab yigirma savdo sessiyalari mobaynida sotilmagan taqdirda davlat aktivlari narxni qadamba-qadam pasaytirish mexanizmi qoʻllangan holda sotiladi.
28. Narxni qadamba-qadam pasaytirish mexanizmidan foydalanilgan taqdirda savdolarga qoʻyilgan davlat aktivlari narxi yigirma birinchi sessiyadan boshlab keyingi har qaysi savdo sessiyasi uchun qoʻyishdagi boshlangʻich narxning ikki foiziga pasaytiriladi, lekin u:
aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlardagi ulushlar uchun — nominal qiymatdan;
koʻchmas mulk (binolar, inshootlar) obyektlari va mol-mulk uchun — baholash sanasidagi qoldiq balans qiymatidan;
balans saqlovchining balansida aks ettirilgan qurilishi tugallanmagan obyektlar qiymatidan past boʻlmasligi kerak.
29. Qoldiq balans qiymatiga ega boʻlmagan davlat aktivlarining savdoga qoʻyish narxi ularning baholash sanasidagi tiklash balans qiymatining oʻn foizi darajasigacha pasaytirilishi mumkin.
30. Sotilayotgan davlat aktivini qoʻyishning boshlangʻich narxi va sotishning yoʻl qoʻyiladigan eng kam narxi sotuvchi tomonidan davlat aktivini savdolarga qoʻyish yuzasidan koʻrsatma hujjatida (buyruq, farmoyish yoki topshiriqnomada) koʻrsatiladi.
31. Davlat aktivlarini savdolarga qoʻyish narxini pasaytirishning oxirgi qadami ushbu Nizomning 28-bandiga muvofiq narxning yoʻl qoʻyiladigan eng kam darajasiga erishish uchun ikki foizdan kam miqdorda belgilanadi.
32. Savdolar davomida ikki va undan ortiq xaridor korxonani, obyektni (ulushni, mol-mulkni) shakllangan narx boʻyicha sotib olish uchun buyurtmanoma bergan taqdirda birja savdolari qoidalarida belgilangan oshirish qadami bilan kimoshdi savdosi tartibi qoʻllanadi, lekin u savdoga qoʻyish joriy bahosining 2 foizidan past boʻlmasligi kerak. Eng yuqori narx taklif etgan xaridor savdolar gʻolibi deb eʼlon qilinadi.
33. Savdolarga qoʻyilgan davlat aktivlari ushbu Nizomning 28-bandiga muvofiq narxning yoʻl qoʻyiladigan eng kam darajasiga erishilgandan keyin uch oy mobaynida sotilmagan taqdirda sotuvchi Tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasiga koʻrib chiqish uchun davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda mazkur davlat aktivlarini ularga investitsiya majburiyatlari evaziga berish masalasini kiritadi.
34. Birja bitishuvlarini roʻyxatdan oʻtkazish bitishuvni tuzish kunida birja tomonidan amalga oshiriladi.
Aksiyalar tarzidagi davlat aktivlari milliy valyutaga sotilgan taqdirda bitishuvni savdolar natijalari toʻgʻrisidagi shartnoma kuchiga ega boʻlgan protokolni imzolash yoʻli bilan rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
35. Birja bitishuvi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin xaridor bitishuvning barcha summasini, shuningdek savdolarga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning vositachilik xizmatlari qiymatini:
birja savdolari qoidalarida belgilangan tartibda va muddatlarda hisob-kitob-kliring tashkilotidagi maxsus hisob raqamlariga mablagʻlarni oʻtkazish yoʻli bilan (oʻzaro hisob-kitoblar milliy valyutada amalga oshirilgan taqdirda);
mablagʻlarni sotuvchining maxsus hisob-kitob raqamlariga birja bitishuvi roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha, oldi-sotdi shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda oʻtkazish yoʻli bilan (oʻzaro hisob-kitoblar erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshirilgan taqdirda) toʻlashi shart.
36. Oʻzaro hisob-kitoblar milliy valyutada amalga oshirilgan taqdirda hisob-kitob-kliring tashkiloti bitishuv boʻyicha mablagʻlarning toʻliq summasi tushgandan keyin:
kliring operatsiyasini amalga oshiradi;
bitishuv summasini sotuvchining hisob raqamlariga, shuningdek vositachilik toʻlovlarini savdolarga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning hisob raqamlariga oʻtkazishni amalga oshiradi;
aksiyalarni oʻtkazish yuzasidan tegishli topshiriqnomalarni taqdim etadi (aksiyalar tarzidagi davlat aktivlari sotilgan taqdirda);
sotilgan davlat aktivlari boʻyicha amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi hisobotni sotuvchining vositachisiga taqdim etadi.
37. Oʻzaro hisob-kitoblar erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshirilgan taqdirda sotuvchi bitishuv boʻyicha mablagʻlarning toʻliq summasi tushgandan keyin:
ikki bank kuni mobaynida oʻz vositachisiga bitishuv summasining toʻliq hajmda toʻlangani toʻgʻrisidagi yozma tasdiqnomani joʻnatadi.
vositachilik toʻlovlarini savdolarga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning hisob raqamlariga oʻtkazishni amalga oshiradi.
38. Sotuvchi toʻlov toʻliq hajmda tushgandan keyin sotilgan davlat aktivlari (aksiyalar tarzidagi davlat aktivlarini sotishdan tashqari) uchun huquqni belgilovchi hujjatlarni (sertifikat, orderni) oʻn ish kuni mobaynida rasmiylashtiradi.
39. Aksiyalar tarzidagi davlat aktivlari sotilgan taqdirda:
sotuvchining vositachisi sotuvchidan hisob-kitoblar tugaganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida Markaziy depozitariyga sotuvchining hisob raqamlaridan aksiyalarni xaridorning Markaziy depozitariydagi hisob raqamiga oʻtkazish yuzasidan topshiriqnoma taqdim etadi;
xaridorning vositachisi xaridor va uning vositachisi oʻrtasida tuzilgan shartnomada belgilangan muddatlarda Markaziy depozitariyga xaridorning Markaziy depozitariydagi hisob raqamlaridan aksiyalarni xaridorning xizmat koʻrsatuvchi depozitariydagi hisob raqamiga oʻtkazish yuzasidan topshiriqnoma taqdim etadi.
Markaziy depozitariydagi va xizmat koʻrsatuvchi depozitariydagi hisob raqamlari boʻyicha oʻtkazish xaridor tomonidan depozitar xizmatlar uchun haq toʻlangandan keyin amalga oshiriladi.
40. Aksiyalar tarzidagi davlat aktivlari sotib olingan taqdirda xaridorning aksiyalarga nisbatan huquqlari xaridorning xizmat koʻrsatuvchi depozitariydagi “depo” hisob raqamidan koʻchirma bilan yoki qonun hujjatlariga muvofiq aksiya blankasida tegishli yozuvni qayd etgan holda tasdiqlanadi.
41. Xaridorning aybiga koʻra toʻlov muddati buzilgan taqdirda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi bekor qilinadi va hisob-kitob-kliring tashkiloti yoki sotuvchi xaridorning depozitga qoʻyilgan mablagʻlaridan sotuvchining foydasiga birja bitishuvi summasining 12 foizi miqdorida jarima sanksiyalari summasini, shuningdek savdolarga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga vositachilik toʻlovini ushlab qoladi va qolgan mablagʻlarni xaridorning hisob raqamiga qaytaradi.
42. Sotilgan davlat aktivlari boʻyicha amalga oshirilgan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi hisob-kitob-kliring tashkiloti hisoboti olingan kundan boshlab besh ish kunidan kechikmay sotuvchining vositachisi sotuvchiga davlat aktivlarining oldi-sotdi bitishuvini amalga oshirish boʻyicha topshiriqning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi.
43. Sotuvchi oʻz vositachisining hisoboti olingan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida xoʻjalik jamiyatiga sotib olingan ulush yuzasidan mulkiy huquq uchun sertifikat berish toʻgʻrisida xabar qiladi.
44. Sotib olingan ulush yuzasidan mulkiy huquq uchun sotuvchi tomonidan xaridorga berilgan sertifikat xaridorning taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgungacha xoʻjalik jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini tasdiqlaydi.
45. Balans saqlovchi (ochiq aksiyadorlik jamiyatidan tashqari) oltmish kalendar kun mobaynida:
sotuvchining yozma axboroti va sotib olingan ulush yuzasidan mulkiy huquq uchun yangi mulkdor tomonidan taqdim etilgan sertifikat asosida taʼsis hujjatlariga belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlashi shart;
belgilangan tartibda sotuvchi tomonidan xaridorga berilgan davlat orderi asosida xaridorga qabul qilish-berish dalolatnomasi boʻyicha davlat aktivini berishi shart. Qabul qilish-berish dalolatnomasi sotuvchi ishtirokida balans saqlovchi va xaridor tomonidan imzolanadi.
VI. Savdolar qatnashchilarining javobgarligi
46. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob berishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Davlat aktivlarini birjadan tashqari savdolarda shu jumladan investitsiya majburiyatlari bilan sotish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat aktivlarini birjadan tashqari savdolarda shu jumladan xaridorning investitsiya majburiyatlari bilan sotish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
birjadan tashqari savdolar — auksion, tanlov (tender) savdolarida yoki toʻgʻridan toʻgʻrisotish yoʻli bilan amalga oshiriladigan davlat aktivlarini sotish jarayoni;
davlat aktivlari — davlat mulki hisoblangan korxonalar, xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar, yer uchastkalari va boshqa mol-mulk);
savdo tashkilotchisi — sotuvchi yoxud uning topshirigʻi boʻyicha sotuvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida auksionlar va tanlovlar (tenderlar)ni tashkil etish va oʻtkazish xizmatlari koʻrsatadigan ixtisoslashtirilgan tashkilot;
Davlat tender komissiyasi — davlat mol-mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi;
IIG — tender qatnashchilarini malakali tanlab olish va tender takliflarni baholash maqsadida Davlat tender komissiyasining qarori bilan tashkil etilgan vazirliklar va idoralarning masʼul xodimlaridan, tarmoq xoʻjalik birlashmalari vakillaridan iborat idoralararo ishchi guruh;
ishchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi;
Keyingi tahrirga qarang.
talabgor — taklif etilgan shartlarda birjadan tashqari savdolarda qatnashish niyati toʻgʻrisida ariza bergan yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti);
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar, daxlsizlik huquqidan va diplomatik imtiyozlardan foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarining xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan vakolatxonalari;
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti tushunchasi ostiga tushmaydigan shaxslar;
qatnashchi — auksionda va tanlovda (tenderda) qatnashish uchun qoʻyilgan talabgor yoki uning toʻliq vakolatli vakili;
toʻliq vakolatli vakil — ishonchnoma asosida talabgor tomonidan birjadan tashqari savdolarda qatnashish uchun vakil qilingan yuridik yoki jismoniy shaxs;
sotuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi;
Keyingi tahrirga qarang.
xaridor — birjadan tashqari savdo natijalari boʻyicha u bilan davlat aktivi oldi-sotdi shartnomasi tuziladigan yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti);
savdo predmeti — savdo qatnashchisining birjadan tashqari savdo natijasida shakllangan sotuv qiymati va (yoki) investitsiya majburiyatlari va boshqa majburiyatlar (agar bu nazarda tutilgan boʻlsa) boʻyicha davlat aktivining oldi-sotdi shartnomasi tuzishga boʻlgan huquqi;
tanlov (tender) — tanlov (tender) hujjatlari mezonlari va shartlariga muvofiq qatnashchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xaridorni aniqlash shakli. Tanlovlar (tenderlar) ochiq yoki yopiq boʻlishi mumkin;
ochiq tanlov (tender) — tanlov (tender)ning davlat aktivlarini sotib olish va tanlov (tender) shartlarini bajarish niyati toʻgʻrisida buyurtmanoma bergan har qanday yuridik va jismoniy shaxs qatnashishi mumkin boʻlgan turi;
yopiq tanlov (tender) — tanlov (tender)ning maxsus taklifnomalar boʻyicha sotuvchi tomonidan belgilanadigan mezonlar boʻyicha oldindan tanlangan yuridik va jismoniy shaxslar qatnashadigan turi;
tanlov (tender) shartlari — tanlov (tender)ni oʻtkazish tartibi, oʻtkazish joyi, taklifning narxi, savdo qatnashchilariga qoʻyiladigan qoʻshimcha yuklamalar, investitsiya majburiyatlari va boshqa majburiyatlar hamda talablar boʻyicha sotuvchi tomonidan belgilanadigan shartlar;
tanlov (tender) hujjatlari — davlat aktivining texnik, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari, shuningdek tanlov (tender) shartlari va tartib-qoidasi toʻgʻrisidagi birlamchi maʼlumotlar mavjud boʻlgan tanlov (tender)ni oʻtkazish qoidalaridan, tanlov (tender) takliflari shakli va axborot memorandumidan iborat boʻlgan sotuvchi tomonidan toʻlov evaziga talabgorlarga beriladigan hujjatlar toʻplami;
tanlov (tender) taklifi — tanlov (tender) hujjatlarida belgilanadigan shartlarda shartnoma tuzish taklifi;
savdoni oʻtkazish sanasi — auksion oʻtkaziladigan kun va tanlov (tender) yakunlari chiqariladigan kun;
sotib olish toʻlovi — davlat aktivlari sotib olinganligi uchun xaridor tomonidan sotuvchining maxsus hisob raqamiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib oʻtkaziladigan milliy va (yoki) erkin muomaladagi valyutadagi pul mablagʻlari;
investitsiya majburiyatlari — birjadan tashqari savdolarda qatnashish natijasida sotib olingan obyektlarga investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha davlat aktivlarini sotib olishda xaridor tomonidan olinadigan majburiyatlar;
boshqa majburiyatlar — qiymati baholanmaydigan davlat aktivini sotib olishga nisbatan xaridorning majburiyatlari;
auksion — musobaqalashish asosida xaridorni tanlash shakli, bunda davlat aktivi uchun eng katta narxni taklif qilgan qatnashchi davlat aktivini sotib olish toʻgʻrisida shartnoma tuzish huquqiga ega boʻladi. Auksionlar ochiq yoki yopiq boʻlishi mumkin;
ochiq auksion — auksionning turi, unda davlat aktivlarini sotib olish toʻgʻrisidagi niyati haqida ariza bergan har qanday yuridik va jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti) qatnashishi mumkin;
yopiq auksion — auksionning turi, unda sotuvchi tomonidan belgilangan mezonlar boʻyicha oldindan tanlangan yuridik va jismoniy shaxslar maxsus taklifnomalar bilan qatnashadi;
toʻgʻridan toʻgʻrisotish — toʻgʻridan toʻgʻrimuzokaralar olib borish natijalari boʻyicha sotuvchi va xaridor oʻrtasida davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomasini tuzish;
boshlangʻich narx — davlat aktivining uni birjadan tashqari savdolarga qoʻyish uchun sotuvchi tomonidan belgilangan narxi;
balans saqlovchi — balansida yoki ustav fondida sotiladigan davlat aktivi boʻlgan yuridik shaxs.
3. Birjadan tashqari bozordagi savdolar qonuniylik, oshkoralik, ochiqlik tamoyillari, raqobatni, oʻzaro hisob-kitoblarning kafolatini, savdoning barcha qatnashchilari uchun teng shartlarni taʼminlash va ragʻbatlantirish asosida amalga oshirilishi kerak.
4. Birjadan tashqari savdolarda davlat aktivlarini sotish roʻyxati, usuli, muddati va shartlarini belgilash, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining yoki Davlat tender komissiyasining qarorlarida oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, sotuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat aktivlarini sotuvga qoʻyish sotuvchining farmoyish beruvchi hujjati (buyrugʻi, farmoyishi yoki topshirigʻi) asosida amalga oshiriladi.
5. Davlat aktivlarini sotishda tanlov (tender) savdolariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish uchun sotuvchi yoki savdo tashkilotchisi shartnoma asosida mamlakatimiz vositachilari va xorijiy vositachilarni jalb qilishi mumkin, ular talabgorlar yoki ularning toʻliq vakolatli vakillari boʻlishi mumkin emas.
6. Savdolarda davlat aktivlarini sotish Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari davlat aktivlarini erkin muomaladagi valyutada (EMV) yoki Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida sotib olishlari mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari davlat aktivlarini sotib olish uchun birjalarning hisob-kitob-kliring tashkilotlaridagi va “Xalq isteʼmol tovarlari bilan savdo qilish respublika koʻrgazma-yarmarka savdo markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatidagi oʻzlarining maxsus hisob raqamlaridagi, respublikaning vakolatli banklarida ochilgan xorijiy banklarning “loro” vakillik hisob raqamlaridagi milliy valyutadagi mablagʻlardan foydalanishlari mumkin.
7. Investitsiya majburiyatlari xaridor tomonidan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq qabul qilinadi va:
oʻtkazilgan pul mablagʻlari, shuningdek investorning faoliyatidan olingan foydani, shu jumladan uning ulushiga hisoblangan dividendlarni qayta investitsiyalash;
ishlab chiqarishni Modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash uchun xomashyo va materiallar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar yetkazib berish;
taʼmirlash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish;
korxonaning budjet, davlatning maqsadli fondlari oldidagi qarzdorligini, kreditlar va boshqa majburiyatlarini toʻliq yoki qisman toʻlash;
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning muayyan turini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, nou-xau, intellektual mulkning boshqa turlarini joriy etish;
kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga xarajat qilish yoʻli bilan;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Sotib olinadigan davlat mulkiga nisbatan xaridorning investitsiya majburiyatlari va boshqa majburiyatlari ularni bajarish muddatlariga, investitsiya majburiyatlari esa, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan qiymat bahosiga ega boʻlishi kerak.
Investitsiya majburiyatlari xaridor tomonidan sotib olish toʻloviga qoʻshimcha sifatida yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotib olish toʻlovlarini toʻlash hisobiga qabul qilinishi mumkin.
8. Birjadan tashqari savdolarni tashkil etish va oʻtkazish savdoning tashkilotchisi tomonidan, agar sotuvchi bilan savdo tashkilotchisi oʻrtasida tuzilgan shartnomada oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, uning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
9. Xususiylashtiriladigan korxonalarning birjadan tashqari savdoga qoʻyiladigan aksiyalar paketlari Markaziy depozitariy tomonidan sotuvchining yozma topshirigʻi asosida uning “depo” hisob raqamiga zaxiraga qoʻyiladi.
10. Koʻchmas mulk obyektlari (binolar, inshootlar)ni savdoga qoʻyish ular joylashgan yer uchastkalarini, mavjud boʻlgan taqdirda, tutashib ketgan hududni ajratish boʻyicha tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Xaridor — investitsiya majburiyatlari bilan bino yoki inshootni sotib olgan jismoniy shaxs tomonidan qoʻyiladigan investitsiyalar yuridik shaxsning balansida hisobga olinadi, unga sotib olingan davlat aktiviga huquq beriladi.
11. Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondlaridagi davlat aktivlarini sotish tegishli ravishda “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Agar yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari va jamiyatning oʻzi sotiladigan aksiyalarni sotib olishda ularga berilgan ustunlik huquqidan foydalanmagan taqdirda sotuvchi oʻziga tegishli aksiyalarni ushbu Nizomda belgilangan tartibda sotadi.
II. Auksionlar oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni tashkil etish tartibi
12. Auksionni oʻtkazish uchun sotuvchi:
savdo tashkilotchisi bilan davlat aktivlari savdosini tashkil etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga shartnoma tuzadi, shartnomada taraflarning rekvizitlari, shartnoma predmeti, savdo tashkilotchisi va sotuvchining huquq va majburiyatlari, shu jumladan savdo tashkilotchisini zarur hujjatlar va sotiladigan davlat aktivi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlash, taraflarning oʻzaro hisob-kitoblari tartibi va javobgarligi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar boʻlishi kerak;
auksionning sanasi va turini (ochiq yoki yopiq) belgilaydi;
ushbu Nizomning 13, 14-bandlariga muvofiq sotuvchining Internet tarmogʻidagi veb-saytida davlat aktivi savdoga qoʻyilganligi toʻgʻrisida eʼlon beradi (yopiq auksionlar oʻtkazish hollari bundan mustasno);
sotuvchi, savdo tashkilotchisi, balans saqlovchining vakillaridan va, zaruriyat boʻlganda, shu jumladan shartnoma asosida jalb etiladigan ekspertlar va maslahatchilardan iborat boʻlgan kamida 5 kishidan iborat tarkibda doimiy yoki vaqtincha ishlaydigan auksion komissiyasini tuzadi. Auksion komissiyasiga sotuvchining vakili boshchilik qiladi.
Auksion komissiyasi oʻz ishi renglamentini mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Qaror komissiya aʼzolari umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda auksion komissiyasi raisi hal qiluvchi ovoz huquqiga ega boʻladi.
Agar auksion komissiyasi majlisida uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, uning qarorlari qonuniy hisoblanadi.
Auksion komissiyasi auksionni oʻtkazish jarayonini nazorat qiladi, talablarning yagonaligini va auksion natijalari boʻyicha qaror qabul qilishning xolisligini taʼminlaydi.
13. Savdo tashkilotchisi sotuvchining shartnomada va boshqa farmoyish beruvchi hujjatlarda koʻrsatilgan topshiriqlariga muvofiq:
auksionda qatnashishga buyurtmanoma berish muddatini belgilaydi;
ochiq auksion oʻtkazilishidan oldin 30 kundan kechikmay, ustun darajada Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida tarqatish uchun moʻljallangan, ikki ming nusxadan ortiq tirajda nashr etiladigan kamida ikkita davriy bosma nashrda va savdo tashkilotchisining Internet tarmogʻidagi veb-saytida auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarni eʼlon qiladi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladigan davlat aktivlari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qiladi;
auksionda qatnashish uchun talabgorlarning buyurtmanomalarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
yopiq auksionda qatnashish uchun sotuvchi tomonidan oldindan belgilangan yuridik va jismoniy shaxslarga taklifnomalar yuboradi va ularning buyurtmanomalarini oladi;
auksionda qatnashish istagini bildirgan shaxslarni taqdim etiladigan hujjatlarning namunalari bilan taʼminlaydi, shuningdek ularni rasmiylashtirishda yordam beradi;
ushbu Nizomga muvofiq talabgorlar orasidan auksion qatnashchilari roʻyxatini tuzadi;
auksion qatnashchilariga qatnashchining tartib raqamini va maxsus raqamli belgi koʻrsatilgan chiptani beradi;
bildirishnoma eʼlon qilingan paytdan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarga ularning soʻrovlari boʻyicha auksionda sotiladigan davlat aktivi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlar beradi;
ochiq auksion yakunlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi, ushbu maʼlumotlar auksion oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kalendar kun mobaynida ilgari ochiq auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnoma eʼlon qilingan ayni oʻsha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi;
tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
14. Ochiq auksion toʻgʻrisidagi bildirishnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
savdo tashkilotchisining nomi va manzili, uning aloqa qilinadigan telefoni, telefaksi, elektron pochta manzili;
auksionga qoʻyilgan davlat aktivlarining nomi, soni, tavsifi va davlat aktivi joylashgan joy;
sotiladigan davlat aktivining boshlangʻich narxi;
balans saqlovchining nomi, uning faoliyati ixtisosi;
auksion oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;
oldi-sotdi shartnomasi tuzilishining cheklangan muddati;
garovga qoʻyish miqdori, muddati va tartibi, uni qoʻyish uchun bank rekvizitlari;
buyurtmalarni qabul qilishning oxirgi muddati (kun va soat koʻrsatilgan holda);
qoʻshimcha maʼlumotlar olish mumkin boʻlgan manzil va aloqa qilinadigan telefon.
15. Yopiq auksionni oʻtkazishda sotuvchi uning talablariga muvofiq boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar doirasini aniqlaydi, sotuv tashkilotchisi bunday shaxslarga auksion boshlanishidan 30 kun oldin boʻlajak auksionda qatnashish taklifi bilan taklifnoma va ushbu Nizomning 14-bandiga muvofiq maʼlumotlarni yuboradi. Yopiq auksion oʻtkazish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berilmaydi va auksion taklif etilgan yuridik va jismoniy shaxslar orasida oʻtkaziladi.
16. Auksionda qatnashish uchun talabgor majburiyatlar bajarilishining taʼminlanishi kafolati sifatida davlat aktivi boshlangʻich narxining kamida 15 foizi miqdorida zakalat beradi. Zakalatning aniq miqdori sotuvchi tomonidan belgilanadi.
17. Auksionda qatnashish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish bildirishnomada eʼlon qilingan sanadan boshlanadi va auksionni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda tamom boʻladi.
18. Auksionda qatnashish uchun savdo tashkilotchisiga talabgor yoki uning vakili auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda belgilangan muddatlarda shaxsan yoki pochta boʻyicha quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda auksionda qatnashishga buyurtmanomani ikki nusxada taqdim etadi:
yuridik shaxslar uchun — davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi, shuningdek toʻliq vakolatli vakilning auksionda qatnashishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi ilova qilingan ishonchnoma;
jismoniy shaxslar uchun — pasportning nusxasi, auksionda toʻliq vakolatli vakil qatnashgan taqdirda, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, toʻliq vakolatli vakilning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi ilova qilingan ishonchnoma;
auksion toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan bank hisob raqamiga zakalat toʻlanganligini tasdiqlaydigan toʻlov hujjatining nusxasi.
19. Savdo tashkilotchisi buyurtmanomaning ikkinchi nusxasiga hujjatlarning roʻyxati bilan birgalikda berilgan hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida ular qabul qilingan sana va vaqtni koʻrsatgan holda belgi qoʻyadi, ushbu nusxa talabgorga yoki uning vakiliga topshiriladi yoxud pochta orqali yuboriladi. Ochiq auksionda qatnashish uchun buyurtmanomalar sotuvchi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinishi kerak.
20. Ochiq auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan qabul qilish muddati tugagandan keyin tushgan, shuningdek ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlmagan hujjatlar savdo tashkilotchisi tomonidan qabul qilinmaydi.
Hujjatlar tushgan sana savdo tashkilotchisining roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi belgisi boʻyicha aniqlanadi.
Boshqa asoslar boʻyicha auksionda qatnashishga rad javobi berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
21. Savdo tashkilotchisi tomonidan qabul qilinmagan hujjatlar oʻsha kunning oʻzida talabgor yoki uning toʻliq vakolatli vakiliga tilxat ostida topshirish yoxud koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni qabul qilish rad etilishining sabablari koʻrsatilgan holda pochta orqali (buyurtmali xat) yuborish yoʻli bilan qaytariladi. Bunda qoʻyilgan zakalat summasi besh bank kuni mobaynida qaytariladi.
22. Hujjatlari auksion tashkilotchisi tomonidan qabul qilib olingan yuridik va jismoniy shaxslar auksionda qatnashishga qoʻyiladi.
23. Auksion qatnashchilariga auksion oʻtkaziladigan kunda auksion qatnashchisi chiptasi beriladi, unda qatnashchining tartib raqami va auksionga qoʻyiladigan davlat aktivining nomi koʻrsatiladi. Qatnashchilarga, shuningdek auksion davomida foydalaniladigan maxsus raqam belgilari beriladi.
24. Auksion qatnashchisi auksion oʻtkazilishidan bir soat oldin savdo tashkilotchisiga yozma bildirishnoma berish yoʻli bilan buyurtmanomani qaytarib olishi mumkin. Ushbu holda qatnashchidan tushgan zakalat buyurtmanoma qaytarib olinishi toʻgʻrisidagi bildirishnoma tashkilotchiga tushgan paytdan boshlab besh bank kunidan kech boʻlmagan muddatda qaytarilishi kerak.
25. Agar buyurtmanoma qabul qilish tamom boʻlishi sanasigacha birorta ham buyurtmanoma tushmasa yoki faqat bitta buyurtmanoma tushsa, auksion boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi.
Bunda savdo tashkilotchisi bu haqda auksion komissiyasini, sotuvchini, shuningdek yagona buyurtmanomani bergan qatnashchini xabardor qiladi.
26. Davlat aktivlarini sotish boʻyicha auksionlar davlat aktivining boshlangʻich narxi bosqichma-bosqich oshirilgan holda savdolashish shaklida oʻtkaziladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
27. Auksionni savdo tashkilotchisi tomonidan tayinlanadigan auksionchi oʻtkazadi. Auksion auksionchi tomonidan savdo predmeti, davlat aktivining nomi, qisqacha tavsifi va boshlangʻich narxi, shuningdek savdo jarayonida uni oshirish bosqichi (auksion bosqichi) eʼlon qilingan holda boshlanadi.
28. Auksionning dastlabki bosqichi auksion komissiyasi tomonidan boshlangʻich narxning bir foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
29. Auksion jarayonida har bir uch bosqichdan keyin auksionchi auksion bosqichini oshirish tomonga oʻzgartirishi mumkin. Bunda auksionchi narxni aytadi, qatnashchilar esa qatnashchining raqamini koʻtarib obyektni ushbu narxda sotib olishga tayyorligi toʻgʻrisida bildiradilar.
30. Bir necha qatnashchilar tomonidan qiziqish namoyon qilingan taqdirda auksionchi narxni auksion bosqichiga muvofiq oshirib navbatdagi narxni eʼlon qiladi.
31. Auksion navbatdagi narx 3-marta eʼlon qilingandan keyin xaridorlardan hech biri chiptasini koʻtarmasa tugallanadi. Chiptasining raqami auksionchi tomonidan oxirgi marta aytilgan xaridor auksionning gʻolibiga aylanadi. Shundan keyin auksionchi auksion savdoga qoʻyilgan davlat aktivining sotilganligini eʼlon qiladi, sotuv narxini va auksion gʻolibining chiptasi raqamini aytadi.
III. Tanlovlar (tenderlar)ni tayyorlash va oʻtkazish tartibi
32. Tanlov (tender)ni oʻtkazish uchun sotuvchi:
savdo tashkilotchisi bilan davlat aktivlari savdosini tashkil etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga shartnoma tuzadi, shartnomada taraflarning rekvizitlari, shartnoma predmeti, savdo tashkilotchisi va sotuvchining huquq va majburiyatlari, shu jumladan savdo tashkilotchisini zarur hujjatlar va sotiladigan davlat aktivi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlash, taraflarning oʻzaro hisob-kitoblari tartibi va javobgarligi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar boʻlishi kerak;
tanlov (tender) sanasi, shartlari va turini belgilaydi;
ushbu Nizomning 33, 34-bandlariga muvofiq sotuvchining Internet tarmogʻidagi veb-saytida davlat aktivi tanlovga (tenderga) qoʻyilganligi toʻgʻrisida eʼlon beradi (yopiq tanlovlar (tenderlar) oʻtkazilishi hollari bundan mustasno);
sotuvchi, savdo tashkilotchisi, balans saqlovchining vakillaridan va, zaruriyat boʻlganda, shu jumladan shartnoma asosida jalb etiladigan ekspertlar va maslahatchilardan iborat boʻlgan kamida 5 kishidan iborat tarkibda doimiy yoki vaqtincha ishlaydigan tanlov (tender) komissiyasini tuzadi. Tanlov (tender) komissiyasiga sotuvchining vakili boshchilik qiladi.
Tanlov (tender) komissiyasi oʻz ishi reglamentini mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Qaror komissiya aʼzolari umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda tanlov (tender) komissiyasi raisi hal qiluvchi ovoz huquqiga ega boʻladi.
Tanlov (tender) komissiyasi majlisida uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, uning qarorlari qonuniy hisoblanadi.
Tanlov (tender) komissiyasi tanlov (tender) savdolari oʻtkazilishi jarayonlarini nazorat qiladi, talablarning yagonaligini va savdo natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning xolisligini taʼminlaydi, shuningdek tanlov (tender) hujjatlarini tasdiqlaydi. Ushbu hujjatlar umumiy qabul qilingan belgilar va nomlardan foydalangan holda tushunarli tilda, ikki xil talqin qilinmaydigan soʻzlar va jumlalarda tuzilishi kerak.
33. Savdo tashkilotchisi sotuvchining shartnomada va boshqa farmoyish beruvchi hujjatlarda koʻrsatilgan topshiriqlariga muvofiq:
korxona va sotiladigan davlat aktivi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qiladi, investorlarni, shu jumladan xorijiy investorlarni izlashni tashkil etadi va talabgorlarning korxona, uning asosiy texnik-iqtisodiy, moliyaviy va ishlab chiqarish koʻrsatkichlari bilan tanishishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;
tanlov (tender) hujjatlarini tayyorlaydi;
tanlov (tender)da qatnashish uchun buyurtmanomalar berish muddatini belgilaydi;
tanlov (tender) takliflari bildirilgan konvertlarni ochishning belgilangan sanasigacha oʻttiz kundan kechikmay, ustun darajada Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida tarqatish uchun moʻljallangan, ikki ming nusxadan ortiq tirajda nashr etiladigan kamida ikkita davriy bosma nashrda va savdo tashkilotchisining Internet tarmogʻidagi veb-saytida ochiq tanlov (tender) oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarni eʼlon qiladi;
sotuvchi tomonidan belgilangan miqdordagi toʻlov evaziga talabgorlarga ularning soʻrovlari boʻyicha tanlov (tender) hujjatlarini beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladigan davlat aktivlari toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qiladi;
tanlovda (tenderda) qatnashish uchun talabgorlarning buyurtmanomalarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
yopiq tanlovda (tenderda) qatnashish uchun sotuvchi tomonidan oldindan belgilangan yuridik va jismoniy shaxslarga taklifnomalar yuboradi va ularning buyurtmanomalarini oladi;
savdoda qatnashish istagini bildirgan shaxslarni taqdim etiladigan hujjatlarning namunalari bilan taʼminlaydi, shuningdek ularni rasmiylashtirishda yordam beradi;
ochiq tanlov (tender) yakunlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi. Maʼlumotlar tanlov (tender) oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kalendar kun mobaynida ilgari yopiq tanlov (tender) oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnoma eʼlon qilingan ayni oʻsha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi;
tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
34. Ochiq tanlov (tender) toʻgʻrisidagi bildirishnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
savdo tashkilotchisining nomi va manzili, uning aloqa qilinadigan telefoni, telefaksi, elektron pochta manzili;
tanlov (tender)ga qoʻyilgan davlat aktivlarining nomi, soni, tavsifi va davlat aktivi joylashgan joy;
sotiladigan davlat aktivining boshlangʻich narxi;
investitsiya majburiyatlarining (qoʻyish shakli va shartlari yoyib koʻrsatilgan holda) va boshqa majburiyatlarning eng kam hajmi;
qoʻshimcha yuklamalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
balans saqlovchining nomi, uning faoliyati ixtisosi;
talabgorlarning takliflari bildirilgan konvertlarni ochish sanasi, vaqti va joyi;
tanlov (tender) oʻtkazish sanasi, vaqti, joyi;
oldi-sotdi shartnomasi tuzilishining cheklangan muddati;
garov qoʻyish miqdori, muddati va tartibi, uni qoʻyish uchun bank rekvizitlari;
buyurtmanomalarni qabul qilishning oxirgi muddati (kun va soat koʻrsatilgan holda);
tanlov (tender) hujjatlarini va qoʻshimcha maʼlumotlarni olish mumkin boʻlgan manzil;
tanlov (tender) hujjatlari va toʻlovni toʻlash uchun bank rekvizitlari uchun toʻlov miqdori.
35. Yopiq tanlov (tender)ni oʻtkazishda sotuvchi yuridik va jismoniy shaxslar doirasini oldindan aniqlaydi, sotuv tashkilotchisi ularga ushbu Nizomning 34-bandiga muvofiq tanlov (tender) takliflari bildirilgan konvertlar ochilishidan 30 kun oldin boʻlajak tanlov (tender) toʻgʻrisidagi bildirishnoma ilova qilingan taklifnomani yuboradi. Yopiq tanlov (tender) oʻtkazish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berilmaydi va tanlov (tender) taklif etilgan yuridik va jismoniy shaxslar orasida oʻtkaziladi.
36. Tanlovda (tenderda) qatnashish uchun talabgor majburiyatlar bajarilishi taʼminlanishi sifatida davlat aktivi boshlangʻich narxining kamida 15 foizi miqdorida zakalat oʻtkazishi kerak. Zakalatning aniq miqdori sotuvchi tomonidan belgilanadi.
37. Tanlovda (tenderda) qatnashish uchun savdo tashkilotchisiga talabgor yoki uning vakili tanlov (tender) oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda belgilangan muddatlarda chopar yoki pochta orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda tanlovda (tenderda) qatnashishga buyurtmanomani ikki nusxada taqdim etadi:
yuridik shaxslar uchun — davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi, shuningdek toʻliq vakolatli vakilning tanlovda (tenderda) qatnashishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, uning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi ilova qilingan ishonchnoma;
jismoniy shaxslar uchun — pasportning nusxasi, toʻliq vakolatli vakil tanlovda (tenderda) qatnashgan taqdirda, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan, toʻliq vakolatli vakilning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatning nusxasi ilova qilingan ishonchnoma;
tanlov (tender) toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan bank hisob raqamiga zakalat toʻlanganligini tasdiqlaydigan toʻlov hujjatining nusxasi;
tanlov (tender) hujjatlariga muvofiq tuzilgan va quyidagilarni oʻz ichiga oladigan ikki nusxadagi ogʻzi yopishtirilgan konvertlarga solingan tanlov (tender) takliflari:
sotib olish toʻlovlarining taklif etilayotgan summasi va ularni toʻlash muddati;
investitsiya majburiyatlarining taklif etilayotgan summasi, ularni toʻlash shakli, muddati va shartlari;
agar bu tanlov (tender) shartlarida belgilangan boʻlsa qoʻshimcha ravishda talabgorning moliyaviy mustaqilligini va (yoki) tegishli tarmoqqa oldin amalga oshirilgan investitsiya loyihalarini tasdiqlaydigan hujjatlar kiritilishi mumkin.
Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari talabgorning muhri va imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Tanlov (tender) takliflarining amal qilish muddati tanlov (tender) hujjatlarida belgilanadi.
38. Savdo tashkilotchisi buyurtmanomaning ikkinchi nusxasiga hujjatlarning roʻyxati bilan birgalikda berilgan hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida ular qabul qilingan sana va vaqtni koʻrsatgan holda belgi qoʻyadi, ushbu nusxa talabgorga yoki uning vakiliga topshiriladi yoxud pochta orqali yuboriladi. Tanlov (tender)da qatnashish uchun buyurtmanomalar sotuvchi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinishi kerak.
39. Tanlov (tender) oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan qabul qilish muddatidan keyin tushgan hujjatlar savdo tashkilotchisi tomonidan qabul qilinmaydi. Pochta orqali yuborilgan hujjatlar tushgan sana savdo tashkilotchisining roʻyxatga olishi boʻyicha belgilanadi.
40. Savdo tashkilotchisi tomonidan qabul qilinmagan hujjatlar oʻsha kunning oʻzida talabgor yoki uning toʻliq vakolatli vakiliga tilxat ostida topshirish yoxud koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni qabul qilish rad etilishining sabablari koʻrsatilgan holda pochta orqali (buyurtmali xat) yuborish yoʻli bilan qaytariladi. Bunda qoʻyilgan zakalat summasi 5 bank kuni mobaynida qaytariladi.
41. Talabgor agar:
mazkur Nizomning 37-bandida koʻrsatilgan roʻyxatga muvofiq barcha hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa, yoxud hujjatlar bildirishnomada belgilangan muddatdan kech taqdim etilgan boʻlsa;
talabgor — yuridik shaxs tugatish bosqichida turganligi yoki bankrot deb eʼtirof etilganligi aniqlansa tanlov (tender) komissiyasi tomonidan tanlov (tender) savdosiga qoʻyilmaydi.
Boshqa asoslar boʻyicha tanlov (tender)da qatnashish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
42. Konvertlarni ochishning belgilangan sanasigacha talabgor yozma bildirishnoma berish yoʻli bilan oʻzining buyurtmanomasini va tanlov (tender) takliflarini qaytarib olish huquqiga ega. Savdo tashkilotchisi koʻrsatib oʻtilgan bildirishnomani u tushgan kunda roʻyxatdan oʻtkazishi shart. Ushbu holda talabgordan tushgan zakalat tushgan bildirishnoma roʻyxatga olingan kundan boshlab besh bank kunidan kech boʻlmagan muddatda qaytarilishi kerak.
43. Ochiq tanlov (tender)da qatnashishga buyurtmanoma qabul qilish bildirishnoma eʼlon qilingan sanadan boshlanadi va konvertlarni ochish sanasi koʻrsatilgan bildirishnomagacha uch soat oldin tamom boʻladi.
44. Agar bildirishnomada belgilangan konvertlarni ochish sanasida birorta ham buyurtmanoma tushmasa yoki faqat bitta buyurtmanoma tushsa tanlov (tender) boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi.
Bunda savdo tashkilotchisi bu haqda tanlov (tender) komissiyasini, sotuvchini, shuningdek yagona buyurtmanomani bergan talabgorni xabardor qiladi.
Tanlov (tender) komissiyasi, agar berilgan tanlov (tender) takliflaridan hech biri tanlov (tender) shartlariga muvofiq boʻlmasa, tanlov (tender)ni boʻlib oʻtmagan deb hisoblashi mumkin.
45. Tanlov (tender) takliflari bildirilgan konvertlarning birinchi nusxalarini ochish tanlov (tender) komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Konvertlarning ikkinchi nusxalari savdo tashkilotchisida saqlanadi va takliflarning mazmuniga oid nizolar kelib chiqqan taqdirda ochiladi.
Yagona qatnashchining tanlov (tender) takliflari bildirilgan konvert ochilmaydi.
Qatnashchilar yoki toʻliq vakolatli vakillar konvertlarni ochishda hozir boʻlishlari mumkin.
Tanlov (tender) takliflari bildirilgan konvertlarni ochishda tanlov (tender) komissiyasi tomonidan shartlar va tartib-qoidalarga rioya qilish, tanlov (tender) hujjatlarida koʻrsatilgan hujjatlarning mavjudligi tekshiriladi.
Ushbu ish natijalari boʻyicha bayonnoma tuziladi, unda tushgan barcha takliflar hamda ularning tanlov shartlari va tartib-qoidalariga muvofiqligi qayd etiladi.
46. Tanlov (tender) takliflarini baholash va tanlov (tender) gʻolibini aniqlash quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
TT = (T * 0,8) + (B * 0,2), bunda:
TT — qatnashchining tanlov (tender) taklifi;
T — davlat aktivini sotib olish toʻlovi boʻyicha qatnashchining taklifi;
I — investitsiya majburiyatlari miqdori boʻyicha qatnashchining taklifi.
47. Tanlov (tender) turidan qatʼi nazar, tanlov (tender) gʻolibini aniqlash tanlov (tender) komissiyasining yopiq majlisida oʻtkaziladi.
Tanlov (tender) taklifi tanlov (tender) shartlariga eng koʻp darajada muvofiq deb eʼtirof etilgan qatnashchi tanlov (tender) gʻolibi deb eʼtirof etiladi.
Bir yoki undan ortiq tanlov (tender) takliflari teng boʻlgan taqdirda taklifida sotib olish summasi yuqori boʻlgan qatnashchi gʻolib deb eʼtirof etiladi, agar ham sotib olish toʻlovi summasi boʻyicha, ham investitsiya majburiyatlari miqdori boʻyicha bir xildagi takliflar berilgan takliflar esa — taklifi savdo tashkilotchisi tomonidan oldin roʻyxatdan oʻtkazilgan qatnashchi gʻolib deb eʼtirof etiladi.
Savdo tashkilotchisi tanlov (tender) yakunlari toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida tanlov (tender) qatnashchilarini xabardor qiladi.
IV. Auksion yoki tanlov (tender) komissiyasining huquqlari
48. Auksion yoki tanlov (tender) komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari talablari buzilgan, auksion yoki tanlov (tender) jarayonini buzgan til biriktirish va boshqa oldindan koʻrib boʻlmaydigan holatlar aniqlangan taqdirda auksion yoki tanlov (tender)ni oʻtkazishni toʻxtatish;
tegishlicha asoslagan holda auksion yoki tanlov (tender)ni boʻlmagan deb eʼtirof etish;
tanlov (tender) qatnashchilari tanlov (tender) hujjatlariga va tanlov (tender) oʻtkazish shartlariga muvofiq boʻlmagan taqdirda bu haqda rad etish sabablarini koʻrsatgan holda savdo qatnashchisiga xabar qilib qatnashchilarning takliflarini rad etish;
tanlov (tender) oʻtkazish sanasini ilgari tanlov (tender) oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnoma eʼlon qilingan ommaviy axborot vositalarida tegishli bildirishnoma eʼlon qilgan va mavjud boʻlgan taqdirda buyurtmanomalar bergan talabgorlarni yozma ravishda xabardor qilgan holda tanlov (tender) oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnomada belgilangan muddatdan ikki oydan ortiq boʻlmagan muddatga koʻchirish;
auksion oʻtkazish sanasini ilgari auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnoma eʼlon qilingan ommaviy axborot vositalarida tegishli bildirishnoma eʼlon qilgan va mavjud boʻlgan taqdirda buyurtmanomalar bergan talabgorlarni yozma ravishda xabardor qilgan holda auksion oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnomada belgilangan muddatdan bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga koʻchirish;
auksion yoki tanlov (tender) oʻtkazilishini bekor qilish, bu haqda sotuvchi va qatnashchilarni tegishlicha asoslagan holda xabardor qilish.
V. Auksion va tanlov (tender) savdolari natijalarini va oldi-sotdi shartnomalari tuzilishini rasmiylashtirish tartibi
49. Auksion yoki tanlov (tender) oʻtkazish yakunlari boʻyicha auksion yoki tanlov (tender) komissiyasi tomonidan tegishli ravishda auksion yoki tanlov (tender) savdolari bayonnomasi rasmiylashtiriladi, bayonnomada auksion yoki tanlov (tender)ning barcha qatnashchilari, ularning takliflarining mazmuni va gʻolibni tanlash toʻgʻrisidagi qaror koʻrsatiladi.
Auksion yoki tanlov (tender) komissiyasining qaroriga muvofiq tanlov tashkilotchisi va gʻolib tomonidan tanlov oʻtkazilgan kunda davlat aktivining oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadigan oʻtkazilgan savdolarning natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolanadi.
Oʻtkazilgan savdoning natijalari toʻgʻrisidagi imzolangan bayonnoma sotuvchiga va xaridorga taqdim etiladi.
50. Oʻtkazilgan savdo natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma asosida auksion yoki tanlov (tender) gʻolibi bilan, agar savdo oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnomada oʻzgacha muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, bayonnoma imzolangandan keyin 20 kundan kechikmay sotuvchi va gʻolib oʻrtasida davlat aktivining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar savdo gʻolibi tomonidan toʻlangan zakalat oʻtkazilgan savdo natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomada qayd etilgan sotib olish toʻlovi summasining 15 foizidan kamni tashkil etsa, savdo gʻolibi davlat aktivining oldi-sotdi shartnomasi tuzilgunga qadar sotuvchining bank hisob raqamiga yoki zakalat shartnomaga muvofiq savdolar tashkilotchisining bank hisob raqamiga etishmayotgan summani toʻlashi shart.
(50-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 578-modda)
51. Auksion gʻolibi bayonnomani yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki rad etgan taqdirda auksion komissiyasi tomonidan bayonnomaga tegishli belgi qoʻyiladi va sotuvchi auksion gʻolibi taklif etgan narxga qaraganda bir bosqich quyi past narxni taklif etgan auksion qatnashchisi bilan shartnoma tuzishni taklif qiladi. Agar ushbu qatnashchi oldi-sotdi shartnomasini imzolashni rad etsa, auksion natijalari bekor qilinadi va auksion komissiyasining qarori bilan belgilangan muddatlarda takroriy savdolar oʻtkaziladi.
Tanlov (tender) gʻolibi bayonnomani yoki davlat aktivining oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki rad etgan taqdirda tanlov (tender) komissiyasi tomonidan bayonnomaga tegishli belgi qoʻyiladi va sotuvchi taklifi tanlov (tender) shartlariga eng koʻp muvofiq boʻlgan tanlov (tender)ning boshqa qatnashchisi bilan shartnoma tuzishni taklif qiladi. Agar ushbu qatnashchi ham oldi-sotdi shartnomasini imzolashni rad etsa, tanlov (tender) natijalari bekor qilinadi va tanlov (tender) komissiyasining qarori bilan belgilangan muddatlarda takroriy savdolar oʻtkaziladi.
52. Auksion yoki tanlov (tender) gʻolibi bayonnomani yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki rad etgan taqdirda u tomonidan oʻtkazilgan zakalat qaytarilmaydi.
53. Davlat aktivlarining (aksiyalardan tashqari) oldi-sotdi shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish sotuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
54. Birjadan tashqari savdolarda sotilgan aksiyalar shaklidagi davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli qogʻozlar bozorining vakolatli professional qatnashchisi tomonidan amalga oshiriladi.
VI. Auksion yoki tanlov (tender) savdolarida sotilmagan davlat aktivlarini sotish tartibi
55. Auksion yoki tanlov (tender) boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etilgan, savdo yakunlari bekor qilingan, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tuzilgan davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomalari bekor qilingan hollarda auksion yoki tanlov (tender) komissiyasining qarori bilan belgilangan muddatlarda takroriy savdolar oʻtkaziladi.
56. Auksion toʻrt marta boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etilgandan keyin sotilmagan davlat aktivi auksion komissiyasining oxirgi bayonnomasi tasdiqlangan sanadan boshlab bir oy muddatda davlat aktivini auksionga qoʻyishda belgilangan boshlangʻich narx boʻyicha birja savdolariga qoʻyiladi.
57. Tanlov (tender) boʻlib oʻtmaganligi toʻrt marta eʼtirof etilganidan keyin sotuvchi sotuvchi tomonidan belgilangan shartlarda va ushbu Nizomda belgilangan tartibda toʻgʻridan toʻgʻrimuzokaralar olib borish yoʻli bilan (ommaviy oferta) sotilmagan davlat aktivini sotish toʻgʻrisida eʼlon beradi.
Agar oʻtkazilgan tanlovlar (tenderlar) talabgorlar yoʻqligi munosabati bilan boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etilgan taqdirda toʻgʻridan toʻgʻrimuzokaralar olib borish yoʻli bilan davlat aktivini sotishda investitsiya majburiyatlari summasi sotuvchi tomonidan davlat aktivini tanlov (tender)ga qoʻyishda belgilangan summaning 50 foizigacha pasaytirilishi mumkin.
Tanlovlar (tenderlar) boʻlib oʻtmaganligi eʼtirof etilgan boshqa hollarda toʻgʻridan toʻgʻrimuzokaralar olib borish yoʻli bilan davlat aktivlarini sotish shartlari qayta koʻrib chiqilmaydi.
58. Sotuvchi ommaviy oferta toʻgʻrisidagi eʼlonni ommaviy oferta boʻyicha buyurtmanomalarni qabul qilish tamom boʻlish sanasigacha 30 kundan kechikmay, ikki ming nusxadan ortiq tirajda nashr qilinadigan kamida ikkita respublika davriy nashrlarida va sotuvchining Internet tarmogʻidagi veb-saytida eʼlon qiladi.
Ommaviy oferta toʻgʻrisidagi eʼlonda quyidagi maʼlumotlar eʼlon qilinadi:
sotuvchining nomi va pochta manzili, uning aloqa qilinadigan telefonlari va telefaksi raqamlari;
sotish taklif qilinayotgan davlat aktivlarining nomi, soni, tavsifi va davlat aktivi joylashgan joy;
balans saqlovchining nomi;
muzokaralar oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi;
oldi-sotdi shartnomalarini tuzish shartlari (sotib olish toʻlovlarining taklif etilayotgan summasi va investitsiya majburiyatlari, ularni oʻtkazish shakli, muddati va shartlari);
talabgorlarning takliflarini qabul qilish tamom boʻlishi sanasi va vaqti.
Talabgorlarning takliflari ushbu Nizomning 37-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilingan holda ogʻzi yopishtirilgan konvertlarda beriladi. Talabgorlarning tushgan takliflari sotuvchi tomonidan taklif berilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda har bir murojaatga tartib raqami berilgan holda maxsus daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
59. Talabgorlar bilan muzokaralar sotuvchi tomonidan oʻtkaziladi, ularning natijalari ushbu Nizomning 81-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ikki va undan ortiq talabgorlardan takliflar mavjud boʻlgan taqdirda davlat aktivi uchun eng koʻp sotib olish narxini, shuningdek ommaviy oferta toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan oldi-sotdi shartnomalari tuzish shartlariga muvofiq boʻlgan investitsiya majburiyatlarini bajarish hajmi va muddatlarini taklif etgan talabgor gʻolib deb eʼtirof etiladi.
Talabgorlarning takliflari teng boʻlgan taqdirda boshqalardan oldin buyurtmanoma bergan talabgor gʻolib deb eʼtirof etiladi.
Bir nafar talabgor mavjud boʻlgan taqdirda oldi-sotdi shartnomasi sotuvchi tomonidan berilgan taklif ommaviy oferta toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan shartlarga muvofiq boʻlgan taqdirda tuziladi.
60. Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazishning eʼlonda belgilangan sanasida talabgorlar mavjud boʻlmagan taqdirda davlat aktivlari ommaviy oferta toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan takliflarni qabul qilish tamom boʻlgan sanadan boshlab bir oy muddatda sotuvchi tomonidan davlat aktivini tanlov (tender)ga qoʻyishda belgilangan boshlangʻich narx boʻyicha birja savdolariga qoʻyiladi.
Davlat aktivlari birja savdolarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi.
61. Birja savdolariga qoʻyilgan davlat aktivlari sotilmagan taqdirda sotuvchi Davlat tender komissiyasining koʻrib chiqishi uchun ushbu davlat aktivlarini investitsiya majburiyatlari ostida “nolinchi” sotib olish qiymati boʻyicha sotish toʻgʻrisidagi taklifni kiritadi.
62. Savdosi ilgari boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etilgan, ular boʻyicha savdo yakunlari yoxud oldi-sotdi shartnomalari bekor qilingan davlat aktivlarini auksion yoki tanlov (tender) savdolariga takroriy qoʻyish:
savdo boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etilgan, savdo yakunlari bekor qilingan yoxud shartnomalar bekor qilingan sanadan boshlab bir yildan ortiq boʻlmagan muddatda takroriy savdoni oʻtkazishda — savdo boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etilgan, savdo yakunlari bekor qilingan yoxud shartnomalar bekor qilingan sanada shakllangan narx boʻyicha;
savdo boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etilgan, savdo yakunlari bekor qilingan yoxud shartnomalar bekor qilingan sanadan boshlab bir yildan ortiq boʻlgan muddatda takroriy savdolar oʻtkazishda — davlat aktivlarining qoldiq qiymati qayta baholangandan keyin amalga oshiriladi.
VII. Davlat tender komissiyasining qarorlari boʻyicha tender savdolarini oʻtkazish tartibi
63. Davlat tender komissiyasining qarorlari asosida davlat aktivlarini sotish boʻyicha tender oʻtkazilishini tayyorlash va tashkil etish ushbu Nizomga va Davlat tender komissiyasi tomonidan tasdiqlangan Ish reglamentiga muvofiq uning ishchi organi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat tender komissiyasi, idoralararo ishchi guruh va ishchi organning vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Tenderni oʻtkazish shartlari va gʻolibni tanlash mezonlari Davlat tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va tender hujjatlarida aks ettiriladi.
64. Tenderni tayyorlash va oʻtkazishni tashkil etish uchun ishchi organ:
tender hujjatlarini ishlab chiqadi, shu jumladan maslahatchilarni jalb etgan holda ishlab chiqadi;
xulosa tayyorlash uchun tender hujjatlari va taklif etilayotgan tender shartlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasiga yuboradi va ularni koʻrib chiqish uchun idoralararo ishchi guruhga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat tender komissiyasining koʻrib chiqishi uchun davlat aktivlarini sotish shartlari, ularning sotuv qiymati, investitsiya takliflarini baholash tartibi, gʻolibni tanlash mezonlari, toʻlov tartibi va shartlari boʻyicha idoralararo ishchi komissiyaning takliflarini kiritadi;
Davlat tender komissiyasining qaroriga muvofiq davlat aktivlarini sotish boʻyicha tenderni eʼlon qiladi va uning oʻtkazilishini tashkil etadi;
talabgorlarni ularning buyurtmanomalari boʻyicha ular uchun belgilangan toʻlov evaziga tender hujjatlari bilan taʼminlaydi;
taklif olingan sana va vaqtni koʻrsatgan holda talabgorlarning tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalari va ularning takliflarini qabul qiladi;
buyurtmanomalar va talabgorlarning takliflari bildirilgan konvertlar belgilangan tartibda ochilgunga qadar ularning saqlanishi va maxfiyligini taʼminlaydi;
tender takliflari mavjud boʻlmaganda yoki faqat bitta taklif mavjud boʻlganda tender takliflarini qabul qilish muddatini uzaytiradi;
tender eʼlon qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida davlat aktivini sotib olish toʻgʻrisida taklif boʻlmagan taqdirda yoki tender obyektiga talab konʼyunkturasiga qarab Davlat tender komissiyasiga tender shartlarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritadi;
unga Davlat tender komissiyasi tomonidan yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
65. Ochiq tender oʻtkazishda ishchi organ tomonidan tender takliflari bildirilgan konvertlar ochilgan sanagacha kamida 30 kun oldin, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ustun darajada tarqatishga moʻljallangan, ikki ming nusxadan ortiq tirajda nashr etiladigan kamida ikkita davriy matbuot nashrida va oʻzining Internet tarmogʻidagi veb-saytida tegishli bildirishnoma eʼlon qilinadi.
Ochiq tender toʻgʻrisidagi bildirishnomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
tender tashkilotchisining nomi, pochta manzili, telefaksi, aloqa qiladigan shaxsning telefoni va elektron pochtasi manzili;
tenderga qoʻyilgan davlat aktivlarining nomi, soni, tavsifi;
xoʻjalik jamiyati yoki balans saqlovchining nomi, uning faoliyati ixtisosi va joylashgan joyi;
sotiladigan davlat aktivining boshlangʻich narxi va talab qilinadigan investitsiyalarning eng kam hajmi;
tender oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi;
tender takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati (kun va soat koʻrsatilgan holda);
tender hujjatlarini olish mumkin boʻlgan manzil va uning qiymati;
tender hujjatlari uchun toʻlov miqdori va uni oʻtkazish uchun bank rekvizitlari.
66. Yopiq tender oʻtkazishda uning qatnashchilari roʻyxati Davlat tender komissiyasi tomonidan belgilanadi. Bunda ishchi organ tender takliflari bildirilgan konvertlarning moʻljallangan ochish sanasigacha kamida 30 kun oldin Davlat tender komissiyasi tomonidan belgilangan yuridik va jismoniy shaxslarga ushbu Nizomning 63-bandiga muvofiq boʻlajak tender toʻgʻrisidagi bildirishnoma ilova qilingan taklifnomani yuboradi. Yopiq tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmaydi.
Tender taklif etilgan qatnashchilar orasida ushbu Nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
67. Bildirishnoma yoki axborot xatida belgilangan muddatdan keyin tushgan tender takliflari koʻrib chiqilmaydi. Takliflar tushishi muddati ularni qabul qilish roʻyxatdan oʻtkazilgan sana boʻyicha aniqlanadi.
68. Konvertlarni ochishning belgilangan sanasi va soatigacha talabgorlar oʻz tender takliflarini qaytarib olish huquqiga ega.
69. Davlat tender komissiyasi yoki uning topshirigʻi boʻyicha ishchi organ ilgari tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnoma eʼlon qilingan ommaviy axborot vositalarida tegishli bildirishnoma eʼlon qilingan va buyurtmanomalar bergan talabgorlar yozma ravishda xabardor qilingan holda tender takliflari bildirilgan konvertlarni ochish sanasini kechroq muddatga koʻchirishi, shuningdek bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabardor qilib tenderni bekor qilishi mumkin.
70. Agar bildirishnomada belgilangan konvertlarni ochish sanasida birorta ham taklif tushmasa yoki faqat bitta taklif tushsa tender boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etiladi.
Bunda ishchi organ bu haqda Davlat tender komissiyasini va yagona buyurtmanomani bergan talabgorni xabardor qiladi.
Davlat tender komissiyasi, agar berilgan tender takliflaridan hech biri tender shartlariga muvofiq boʻlmasa, tenderni boʻlib oʻtmagan deb eʼtirof etishi mumkin.
71. Agar tender boʻlib oʻtgan taqdirda ishchi organ Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va tegishli tarmoq xoʻjalik birlashmalarining vakillari bilan birgalikda qatnashchilarning takliflari bildirilgan konvertlarni ochadi, uning natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
72. Tender takliflarining nusxalari ishchi organ tomonidan ekspert baholash oʻtkazilishi uchun idoralararo ishchi komissiya aʼzolariga yuboriladi. Tender qatnashchilarining takliflarini ekspert baholash tender hujjatlarida belgilangan shartlarda amalga oshiriladi.
Bunda tushgan takliflarni baholash uchun idoralararo ishchi guruh yoki Davlat tender komissiyasi tomonidan qoʻshimcha ravishda boshqa ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
73. Davlat tender komissiyasining qaroriga koʻra tender takliflarini koʻrib chiqish va baholash bir yoki bir necha bosqichlarda oʻtkazilishi mumkin.
74. Ishchi organ idoralararo ishchi guruhning topshirigʻi boʻyicha har bir bosqichdan keyin rad etish sabablari koʻrsatilgan holda tender takliflari rad etilganligi toʻgʻrisida qatnashchilarga maʼlum qiladi.
75. Zaruriyat boʻlganda Davlat tender komissiyasi yoki idoralararo ishchi guruh tender qatnashchisiga uning oʻz faoliyati bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etish imkonini berishi mumkin.
76. Tender takliflarini baholash natijalari, tender gʻolibini va tender gʻolibligiga zaxira nomzodlarni aniqlash boʻyicha takliflar ishchi organ tomonidan koʻrib chiqish uchun Davlat tender komissiyasiga kiritiladi.
77. Tender savdolari yakunlari Davlat tender komissiyasining majlisda qatnashgan aʼzolari tomonidan imzolanadigan va Davlat tender komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
78. Ishchi organ tender qatnashchilarini uning natijalari toʻgʻrisida Davlat tender komissiyasining tender yakunlari toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida xabardor qilishi shart.
Tender gʻolibini aniqlashda, oʻsha muddatda unga davlat aktivining oldi-sotdi shartnomasini tuzish boʻyicha muzokaralar olib borish taklifi bildirilgan bildirishnoma yuboriladi.
Agar gʻolib bilan muzokaralar tender obyektining oldi-sotdi shartnomasini imzolash bilan yakunlanmasa, Davlat tender komissiyasining qarori bilan zaxira nomzodlar deb eʼtirof etilgan tender qatnashchilari oʻzlarining tender takliflari amal qilishi muddati mobaynida davlat aktivining oldi-sotdi shartnomasini tuzish boʻyicha muzokaralarga taklif qilinishi mumkin.
79. Tender savdolari va olib borilgan muzokaralar natijalari boʻyicha gʻolib mavjud boʻlmagan taqdirda Davlat tender komissiyasi tomonidan davlat aktivlarini sotishning boshqa usullari (birja savdolari yoki potensial investorlar bilan toʻgʻridan toʻgʻrimuzokaralar olib borish yoʻli bilan sotish) toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin.
VIII. Davlat aktivlarini toʻgʻridan toʻgʻrishartnomalar boʻyicha sotish tartibi
80. Davlat aktivlari:
ushbu Nizomning 57-bandida belgilangan hollarda;
masʼuliyati cheklangan jamiyatlar qatnashchilariga, masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning oʻziga, yopiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlariga, yopiq aksiyadorlik jamiyatlarining oʻziga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ushbu jamiyatlarning ustav fondlaridagi davlat ulushini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda;
Davlat tender komissiyasining qarori boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻrishartnomalar boʻyicha sotilishi mumkin.
81. Davlat aktivlarini sotish toʻgʻrisida xaridorlar bilan toʻgʻridan toʻgʻrimuzokaralar natijalari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi, uning asosida sotuvchi tegishli buyruq chiqaradi va bayonnoma tasdiqlangandan keyin yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda xaridor bilan qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda davlat aktivining oldi-sotdi shartnomasini tuzish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
82. Davlat tender komissiyasining davlat aktivini xaridor bilan toʻgʻridan toʻgʻrimuzokaralar olib borish yoʻli bilan sotish toʻgʻrisida qarori qabul qilingan taqdirda oldi-sotdi shartnomalarini tuzish shartlari Davlat tender komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
IX. Birjadan tashqari savdolar yakunlari boʻyicha hisob-kitob qilish tartibi
83. Birja savdolarida davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomalari tuzilgandan keyin xaridor yoki uning vakili sotib olish toʻlovlarini amalga oshiradi va tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq investitsiya majburiyatlarini bajaradi. Bunda auksion yoki tanlov (tender) yutilgan taqdirda gʻolib tomonidan oʻtkazilgan zakalat shartnoma summasiga kiritiladi, savdoning boshqa qatnashchilariga esa oʻtkazilgan zakalat besh bank kuni mobaynida qaytariladi.
84. Birjadan tashqari savdolarda sotilgan davlat aktivlari boʻyicha sotib olish toʻlovlarini toʻlash muddati sotuvchi tomonidan belgilanadi, biroq, ushbu muddat agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirgan kundan boshlab bir yildan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Xaridor sotib olinayotgan davlat mulki uchun muddatidan oldin haq toʻlashga haqlidir.
85. Investitsiya majburiyatlarisiz birjadan tashqari savdolarda sotilgan davlat aktivlari boʻyicha sotuvchi sotib olish toʻlovlari toʻliq hajmda tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida:
balans saqlovchini xabardor qiladi;
xaridorga xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi ulushlarga nisbatan xaridorning mulkchilik huquqi toʻgʻrisida sertifikat beradi;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga xaridor tomonidan depozitar xizmatlarga haq toʻlash sharti bilan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari shaklidagi davlat aktivlari boʻyicha — aksiyalarni sotuvchining “depo” hisob raqamidan xaridorning “depo” hisob raqamiga hisobdan chiqarishga topshiriq beradi;
xaridorga davlat aktivlarining boshqa turlari boʻyicha mulkchilik huquqiga davlat orderi beradi.
86. Investor tomonidan investitsiya majburiyatlari olingan holda birjadan tashqari savdolarda sotilgan davlat aktivlari boʻyicha sotuvchi sotib olish toʻlovlari toʻliq hajmda tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha xaridor tomonidan barcha majburiyatlar bajarilishi muddatiga:
sotilgan davlat aktivlariga (aksiyalardan tashqari) egalik qilish va undan foydalanish huquqi xaridorda paydo boʻlishi toʻgʻrisida rasmiy bildirishnoma beradi;
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga investitsiya majburiyatlari va boshqa majburiyatlar bajarilgunga qadar ushbu aksiyalar yuzasidan hisob raqamini blokirovka qilgan holda xaridor tomonidan depozitar xizmatlarga haq toʻlash sharti bilan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari shaklidagi davlat aktivlari boʻyicha — aksiyalarni sotuvchining “depo” hisob raqamidan xaridorning “depo” hisob raqamiga hisobdan chiqarishga topshiriq beradi;
xaridorning davlat aktivlari boshqa turlari boʻyicha egalik qilish va foydalanishiga huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadigan ishonchnoma beradi.
X. Balans saqlovchining huquq va majburiyatlari
87. Balans saqlovchi xususiylashtirilgan davlat aktivlariga huquqni belgilaydigan hujjatlar xaridor tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab:
taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini va ularning belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini (masʼuliyati cheklangan jamiyatda ulush sifatidagi davlat aktivlari sotilgan taqdirda) — oltmish kalendar kun mobaynida;
sotuvchi ishtirokida qabul qilish — topshirish dalolatnomasini rasmiylashtirishni va xaridorga davlat aktivini berishni — bir oy mobaynida;
agar balans saqlovchi reyestr saqlovchi hisoblansa xaridorni aksiyadorlar reyestriga kiritishni — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda taʼminlashi shart.
88. Investitsiya majburiyatlari bilan davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomasi tuzilgandan keyin oʻn kun muddatda xaridor va balans saqlovchi xaridor tomonidan oʻtkaziladigan investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisida shartnoma tuzishi shart, quyidagilar uning majburiy shartlari boʻlishi kerak:
investitsiya majburiyatlarini bajarish sifatida qoʻshilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish;
investitsiya majburiyatlarini bajarish sifatida qoʻshilgan ishlab chiqarishlarni texnik jihatdan qayta jihozlash va Modernizatsiya qilish uchun investitsiyalash obyekti, xomashyo va materiallar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar saqlanishini taʼminlash;
qoʻshilgan investitsiyalarni qoplash shartlari yoki sotib olingan aksiyalarga (ulushlarga) mulkchilik huquqi kuchga kirgandan keyin balans saqlovchining ustav fondida xaridorning ulushini koʻpaytirish (kapitallashtirish) toʻgʻrisida.
Investitsiyalardan foydalanish toʻgʻrisida shartnoma tuzishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
89. Xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishi davomida balans saqlovchi:
xaridorga obyekt (mol-mulk) bilan tanishish imkonini hamda xaridor tomonidan oʻz investitsiya majburiyatlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi bogʻliq boʻlgan obyekt (mol-mulk) toʻgʻrisidagi axborotni berish;
xaridorning talabi boʻyicha investitsiya majburiyatlari bajarilishini tasdiqlaydigan tegishli buxgalteriya hujjatlarini berish;
oldi-sotdi shartnomasiga va biznes-rejaga muvofiq korxonada (obyektda) investitsiya majburiyatlarini bajarishda xaridorga toʻsqinlik qilmasligi;
balans saqlovchi investitsiya majburiyatlari bajarilishi davomida moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlar oʻzgarishi toʻgʻrisida sotuvchini xabardor qilishi shart.
XI. Birjadan tashqari savdolarda davlat aktivlarini sotishda qatnashayotgan taraflarning javobgarligi
90. Savdo tashkilotchisi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda savdo qatnashchilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishi va maxfiyligi taʼminlanishi uchun javob beradi.
91. Balans saqlovchi qonun hujjatlariga muvofiq:
sotilayotgan davlat aktivlari ular yangi mulkdorga berilgunga qadar saqlanishi taʼminlanishi, mol-mulk (obyekt)ning qabul qilish-topshirish dalolatnomasi oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi, taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilishi va aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari reyestriga kiritilishini taʼminlash;
ushbu Nizomga muvofiq beriladigan maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
92. Sotuvchi, savdo tashkilotchisi va qatnashchilar qonun hujjatlariga muvofiq ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
93. Birjadan tashqari savdolarda davlat aktivlarini sotishda paydo boʻladigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari shartlarining xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari shartlarining xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat aktivlari — korxonalar, xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar), yer uchastkalari va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklar;
sotuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi;
Keyingi tahrirga qarang.
xaridor — uning bilan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi tuziladigan yuridik yoki jismoniy shaxs (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti);
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxslar, daxlsizlik huquqidan va diplomatik imtiyozlardan foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarining xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan vakolatxonalari;
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti tushunchasiga kirmaydigan shaxslar;
sotib olish toʻlovlari — xaridor tomonidan sotib olinayotgan davlat aktivlari uchun sotuvchining maxsus hisob raqamiga bir yoʻla yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadigan milliy yoki erkin almashtiriladigan valyutadagi pul mablagʻlari;
investitsiya majburiyatlari — xaridor tomonidan davlat aktivlarini sotib olishda qabul qilinadigan, pul bahosiga ega boʻlgan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;
investitsiyalash obyekti — unga nisbatan investitsiya majburiyatlari bajariladigan yuridik shaxs.
II. Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari shartlarining xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi
3. Davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari shartlarining xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish:
tuzilgan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalarini, shuningdek ularga muvofiq sotib olish toʻlovlarini va investitsiya majburiyatlarini kiritish monitoringini hisobga olish;
ushbu Nizomda va davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomasi shartlarida (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) belgilangan tartibda xaridorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishini qabul qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4. Tuzilgan shartnomalarni hisobga olish sotuvchi tomonidan, shartnoma boʻyicha asosiy majburiyatlarni va ularning bajarilishini koʻrsatgan holda, shartnomalar reyestrini yuritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
5. Xaridorlar tomonidan sotib olish toʻlovlari kiritilishi yuzasidan monitoring xizmat koʻrsatuvchi bankdan sotuvchining maxsus hisob raqamidagi mablagʻlar harakati toʻgʻrisida koʻchirmalar olish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
6. Xaridorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan monitoring sotuvchi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7. Tegishli mablagʻlarning sotuvchining maxsus raqamiga tushgan sanasi sotib olish toʻlovlari kiritilgan sana hisoblanadi.
8. Investitsiya majburiyatlarining bajarilishi investitsiyalarning investitsiyalash obyektiga tushgan sanasi boʻyicha hisobga olinadi.
9. Investitsiya majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi yozma axborot xaridor tomonidan sotuvchiga shartnomada belgilangan muddatlarda taqdim etilishi kerak. Ushbu axborotga investitsiya majburiyatlarining bajarilishini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilinadi.
III. Investitsiya majburiyatlarining bajarilishini qabul qilish tartibi
10. Xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilishini qabul qilish shartnomada nazarda tutilgan davriylikka muvofiq, biroq yiliga kamida bir marta amalga oshiriladi.
11. Investitsiya majburiyatlarining xaridor tomonidan bajarilishini qabul qilish sotuvchi tomonidan xaridorning investitsiya majburiyatlarining bajarilganligi toʻgʻrisidagi yozma axboroti asosida amalga oshiriladi. Bunda investitsiya majburiyatlarining toʻliq hajmda bajarilganligini qabul qilish xaridorning koʻrsatib oʻtilgan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi tugallanganligi toʻgʻrisidagi yozma axboroti olingan kundan boshlab ikki oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi.
12. Investitsiya majburiyatlarining bajarilganligini qabul qilishni tashkil etish maqsadida sotuvchi:
investitsiya majburiyatlarining bajarilishini qabul qilish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tashkil qiladi;
komissiya bilan kelishgan holda, ekspertiza oʻtkazish uchun shartnoma asosida mustaqil ekspertni (baholash, auditor, moliya, konsalting tashkilotini va shu kabilarni) jalb etishi mumkin.
13. Komissiya tarkibiga sotuvchining, mahalliy davlat hokimiyati organining, investitsiyalash obyektining vakillari kiritiladi.
Davlat aktivlarini investitsiya majburiyatlari evaziga berish toʻgʻrisidagi shartnoma yuzasidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishini qabul qilishda komissiya tarkibiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi hamda Davlat soliq qoʻmitasi vakili kiritiladi. Komissiya faoliyatiga rahbarlikni uning raisi — sotuvchining vakili amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya majlislarida xaridorning vakili qatnashishga haqlidir.
14. Komissiya ikki hafta muddatda xaridor va investitsiyalash obyekti tomonidan taqdim etilgan investitsiya majburiyatlarining bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kiritilgan investitsiyalarning shartnoma shartlariga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosani hisobga olgan holda oʻrganadi. Zaruriyat boʻlganda komissiya investitsiyalash obyektiga boradi.
15. Komissiya oʻz ishlari natijalari boʻyicha investitsiya majburiyatlarini bajarilgan yoki bajarilmagan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida asoslangan qaror qabul qiladi.
16. Komissiya qarori uning aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va protokol bilan rasmiylashtiriladi. Komissiyaning u qabul qilgan qarorga rozi boʻlmagan aʼzosi oʻz pozitsiyasini yozma ravishda bayon qilish va uni protokolga ilova qilish huquqiga ega.
17. Komissiya tomonidan investitsiya majburiyatlari toʻliq hajmda bajarilgan deb eʼtirof etilgan taqdirda sotuvchi xaridorga sotib olingan davlat aktivlarini tasarruf etish huquqini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va quyidagi harakatlardan birini amalga oshiradi:
xaridorning xizmat koʻrsatuvchi depozitariysiga sotuvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kun mobaynida — xaridor sotib olgan aksiyalarni ajratib olish yuzasidan topshiriqnoma taqdim etadi;
masʼuliyati cheklangan jamiyat ustav fondidagi ulushga egalik qilish huquqi toʻgʻrisidagi sertifikatga xaridorda u sotib olgan ulushni tasarruf etish huquqi paydo boʻlishi toʻgʻrisida — u xaridor tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida yozuvni qayd etadi;
mulkka egalik qilish huquqi uchun davlat orderiga xaridorda u sotib olgan koʻchmas mulkni tasarruf etish huquqi paydo boʻlish yozuvini — xaridor tomonidan u taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida kiritadi.
18. Komissiya tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilmagan deb eʼtirof etilgan taqdirda sotuvchi shartnomaga muvofiq qaror qabul qiladi.
19. Sotuvchi 5 ish kuni mobaynida xaridorni va investitsiyalash obyektini oʻz qarori toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
IV. Xaridorning shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi
20. Xaridor tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda sotuvchi:
sotib olish toʻlovlari va (yoki) investitsiya majburiyatlarini kiritish muddati, shuningdek tegishli axborot taqdim etish muddati yuzasidan yoʻl qoʻyilgan buzilishni bartaraf etish toʻgʻrisida xaridorga yozma talabnoma joʻnatadi;
shartnomaga muvofiq sotib olish toʻlovlarini kiritishning har bir oʻtkazib yuborilgan kuni uchun penya hisoblab yozadi;
shartnoma shartlariga muvofiq xaridordan jarima ushlab qoladi; agar xaridor tomonidan shartnomada nazarda tutilgan muddat oʻtgandan keyin uch oy mobaynida sotib olish toʻlovlari va (yoki) investitsiya majburiyatlarining navbatdagi qismi shartnomada nazarda tutilgan hajmda kiritilmagan boʻlsa, belgilangan tartibda shartnomani bekor qilish tashabbusi bilan chiqadi.
Jarimani qoʻllanish miqdori va tartibi, shuningdek shartnomani bekor qilish shartlari shartnomada koʻrsatiladi.
21. Shartnoma bekor qilingan taqdirda sotuvchi sotilgan davlat aktivlarini davlat mulkiga qaytarish, shuningdek xaridorga shartnomaga muvofiq qaytarilishi kerak boʻlgan, u kiritgan mablagʻlarni qaytarish chora-tadbirlarini koʻradi.
22. Xaridor tomonidan sotib olish toʻlovlari shartnomada belgilangan muddatda, lekin ularni kiritishning oraliq muddatlari buzilgan holda toʻliq hajmda toʻlangan taqdirda, xaridorning tegishli murojaati asosida ushbu buzilish uchun hisoblab yozilgan penya summasi sotuvchi tomonidan, shartnomada nazarda tutilgan qabul qilingan investitsiya majburiyatlariga qoʻshimcha sifatida, ularni bajarish muddatini uzaytirmasdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Xususiylashtirishdan tushumlarni hisobga olish, taqsimlash va mablagʻlardan foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni shakllantirish manbalari va ularni taqsimlash tartibi
1. Xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetining bir qismi hisoblanadi va quyidagilar:
korxonalarni, xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ni, yer uchastkalarini va davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi oʻrinlarda davlat aktivlari deb ataladi) sotish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat mulki qoʻmitasi deb ataladi) tomonidan ilgari berilgan kreditlar hamda olingan kreditlar (qarzlar)ning asosiy summasini qaytarish tarzidagi qarzlar va ular boʻyicha hisoblangan foizlar boʻyicha qarzdorlardan tushumlar;
Keyingi tahrirga qarang.
tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari, berilgan kreditlar va qarzlar boʻyicha tushgan penyalar va jarimalar;
ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatishdan tushumlar;
ishonchli boshqaruvchilar tomonidan talab qilib olinmagan Davlat mulki qoʻmitasining subhisob raqamlaridan qaytarilgan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
protokolni yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan kimoshdi savdolari yoki tanlovlar (tenderlar) gʻoliblaridan ushlab qolingan zakalat summasi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga muvofiq yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 578-modda)
sud qarorlari boʻyicha davlat mulki qoʻmitasining maxsus hisob raqamiga va uning hududiy boshqarmalari ikkilamchi maxsus hisob raqamlariga tushumlar hisobiga hosil boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni (ushbu Nizomning 4, 5 va 5-1-bandlariga muvofiq taqsimlanadigan mablagʻlardan tashqari) taqsimlash Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan har oyda milliy valyutada, quyidagi nisbatlarda amalga oshiriladi:
(2-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 578-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
68,5 foizi — respublika budjetiga;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
25 foizi — ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish, bozor infratuzilmasi institutlarini shakllantirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga;
Oldingi tahrirga qarang.
4 foizi — ularni faqat bozor infratuzilmasini rivojlantirishga va tadbirkorlarni huquqiy qoʻllab-quvvatlashga maqsadli yoʻnaltirgan holda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasiga;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2,5 foizi — tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, shu jumladan Xususiylashtirish davlat dasturini amalga oshirish, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonini axborotlar bilan taʼminlash va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish uchun Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalari hisob raqamlariga.
(2-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qaroriga asosan chiqarilgan— OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 578-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Xususiylashtirishdan xorijiy valyutada tushadigan mablagʻlar Davlat mulki qoʻmitasining Markaziy bankdagi maxsus valyuta hisob raqamiga oʻtkaziladi, keyinchalik ular belgilangan tartibda, toʻliq hajmda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga majburiy tartibda sotiladi. Milliy valyutadagi tushumlarni taqsimlash ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 578-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Er uchastkalarini rezidentlarga xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, Davlat mulki qoʻmitasining maxsus hisob raqamida hamda Davlat mulki qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining ikkilamchi maxsus hisob raqamlarida jamlanadi va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 578-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
80 foizi — respublika budjetiga ajratiladi. Bunda yer uchastkalarini xususiylashtirishdan respublika budjetiga tushgan mablagʻlarning kamida 3 foizi muhandislik infrastrukturasining bosh rejalari va sxemalarini xatlovdan oʻtkazish, ishlab chiqish va ularga tuzatishlar kiritish, yer kadastrlarini shakllantirish va yerlarni iqtisodiy zonalarga boʻlish xarajatlarini qoplashga ajratiladi;
20 foizi — mahalliy budjetlarga muvofiq hududlarning infratuzilmasini rivojlantirish va obodonlashtirish uchun maqsadli foydalangan holda tegishli mahalliy budjetlarga ajratiladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar yoki ularning bir qismi boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilgan taqdirda ushbu Nizom ularning qolgan qismiga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5-1. Davlat aktivlari oldi-sotdisi boʻyicha tuzilgan va bekor qilingan shartnomalar, berilgan kreditlar va qarzlar boʻyicha tushgan penya va jarimalar summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, shu jumladan Xususiylashtirish davlat dasturini amalga oshirish, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonini axborotlar bilan taʼminlash va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish uchun Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalari hisob raqamlariga yoʻnaltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
qolgan qismi ushbu Nizomning 2-bandiga muvofiq taqsimlanadi.
(5-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga muvofiq kiritilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 578-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mablagʻlarni ushbu Nizomning 2, 3 va 4-bandlariga muvofiq taqsimlashda quyidagilar hisobga olinmaydi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari boʻyicha xususiylashtirishdan tushgan umumiy mablagʻlardan bir yoʻla toʻlovlar;
belgilangan tartibda bekor qilingan shartnomalar boʻyicha Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan xaridorlarga qaytariladigan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
ular boʻyicha bitishuvlar tuzilmagan va ularning egalariga qaytarilishi kerak boʻlgan bitishuvlar tuzish uchun talabgorlar tomonidan depozitga qoʻyilgan mablagʻlar;
qonun hujjatlariga muvofiq majburiy tusga ega boʻlgan davlat aktivlarini sotish boʻyicha tenderlar oʻtkazish xarajatlari;
bank tomonidan toʻlovchilarga notoʻgʻri oʻtkazilgan summalar, shuningdek Davlat mulki qoʻmitasining maxsus hisob raqamiga va uning hududiy boshqarmalarining ikkilamchi hisob raqamlariga tushgan summalar aniqlashtirilgungacha;
Keyingi tahrirga qarang.
xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini chiqarish, saqlash va sotish, shuningdek boshqa davlat aktivlarini sotish bilan bogʻliq xarajatlar;
amaliy tadqiqotlarni bajarish boʻyicha baholash, ilmiy-tadqiqot, auditor, moliya, konsalting va boshqa xorijiy va mamlakatimiz kompaniyalarining xizmatlari, normativ-metodik hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish, ishlab chiqish, davlat aktivlarini sotishdan oldingi tayyorlash boʻyicha xarajatlar;
yuridik shaxslarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni, shuningdek boshqa aktivlarni davlat manfaatlari uchun sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar;
davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha xarajatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6-1. Davlat mulki qoʻmitasi (uning hududiy boshqarmalari) tomonidan xarajatlarni amalga oshirishda yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar quyidagi hollarda tanlov (tanlab olish)ni oʻtkazmasdan tuzilishi mumkin:
Keyingi tahrirga qarang.
davlat aktivlari toʻgʻrisidagi reklamalarni va axborot tusidagi eʼlonlarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, shuningdek reklama va eʼlonlarni tashqi reklama manbalarida (bilbordlar, bannerlar va boshqalarda) joylashtirish;
davlat aktivlarini sotishda, shuningdek yuridik shaxslar aksiyalari (ulushlari, paylari)ni va boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini koʻzlab sotib olishda birja va birjadan tashqari savdolarga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan xizmatlar koʻrsatish;
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq qilish markazi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlar loyihalarini ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Respublika biznes-maktabi tomonidan korporativ boshqaruvni rivojlantirish maqsadida Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparati va tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek davlat ishonchli vakillari malakasini oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi “Xususiylashtirish axborot tizimlari” axborot texnologiyalari markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan zamonaviy axborot-texnologiya kompyuter dasturlarini, mahalliy kompyuter va internet tarmogʻini ishlab chiqish, joriy etish va ularga xizmat koʻrsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat tender komissiyasi qarorlari asosida davlat aktivlarini sotishda mamlakatimizdagi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan maslahat xizmatlari koʻrsatish;
baholash tashkilotlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish.
Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyasi boʻlgan baholovchi tashkilotlar xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga muvofiq kiritilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 578-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Aniq davlat aktivini sotishdan tushgan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida nazarda tutilgan maqsadlarga aniq summasini koʻrsatmasdan oʻtkazilishi kerak boʻlgan mablagʻlar ushbu davlat aktivini sotish bilan bogʻliq xarajatlarni (baholash kompaniyalari, savdolar tashkilotchilari, vositachilar, depozitariylar va hisob-kitob-kliring xarajatlarini) chegirgan holda koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahri boʻyicha Bosh boshqarmasining hisob-kitob-kassa markazidagi Davlat mulki qoʻmitasining maxsus hisob raqamida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy bosh boshqarmalarida ochilgan Davlat mulki qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining ikkilamchi maxsus hisob raqamlarida jamlanadi.
Xususiylashtirishdan tushgan, Davlat mulki qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining ikkilamchi maxsus hisob raqamlarida jamlanadigan hamda ushbu Nizomning 2 va 4-bandlariga muvofiq taqsimlanadigan mablagʻlar har haftada hisob-kitob-kassa markazidagi Davlat mulki qoʻmitasining maxsus hisob raqamiga Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Davlat mulki qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining ikkilamchi maxsus hisob raqamlaridan tushgan va sarflanadigan mablagʻlar Davlat mulki qoʻmitasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hududiy bosh boshqarmasiga har haftada taqdim etiladigan, Davlat mulki qoʻmitasi tasdiqlaydigan shakl boʻyicha hisobotda aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Davlat mulki qoʻmitasining va uning hududiy boshqarmalarining hisob raqamlariga manbalarning barcha turlari boʻyicha tushgan mablagʻlardan soliq olinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish va nazorat qilish tartibi
11. Davlat mulki qoʻmitasining va uning hududiy boshqarmalarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hududiy bosh boshqarmalaridagi maxsus hisob raqamlariga mablagʻlarni oʻtkazish tegishli tijorat banklari tomonidan, xaridorning (yuridik yoki jismoniy shaxsning) topshiriqnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bankda hisob raqamiga ega boʻlmagan jismoniy shaxslar bank orqali naqd mablagʻlarini topshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Davlat aktivlari xaridorlari toʻlov hujjatlarida quyidagilarni koʻrsatishlari shart:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hududiy bosh boshqarmasida ochilgan Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasining maxsus hisob raqami rekvizitlari;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat aktivi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq toʻlovning nomi;
mablagʻlarni oʻtkazishning asosi (oldi-sotdi shartnomasining yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatning roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami);
davlat aktivining nomi.
Xaridor tomonidan toʻlov topshiriqnomasini toʻldirish uchun zarur boʻlgan hisob raqamining tartib raqami va boshqa bank rekvizitlari davlat aktivi oldi-sotdi shartnomasida yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjatda koʻrsatiladi.
13. Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari tarmoqlar va tushum manbalari boʻyicha har bir xususiylashtirish obyekti boʻyicha mablagʻlarning tushishi, harakati va taqsimlanishi hisobini yuritadilar ular boʻyicha Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan tartibda va shakllarda hisobotlar tuzadilar.
Xususiylashtirishdan mablagʻlarning tushishi va taqsimlanishi toʻgʻrisidagi yigʻma jadvallar hududiy boshqarmalar tomonidan har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning birinchi kunidagi holatiga koʻra oyning beshinchi kunigacha Davlat mulki qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Birja savdolarida sotilgan davlat aktivlari uchun hisob-kitoblarning oʻz vaqtida qilinganligi yuzasidan nazoratni hisob-kitob-kliring xizmatlari koʻrsatish yuzasidan tuzilgan shartnomaga muvofiq hisob-kitob-kliring tashkiloti, birjadan tashqari savdolarda sotilgan davlat aktivlari boʻyicha esa qonun hujjatlariga muvofiq Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmasi amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan, belgilangan muddatlarda kiritilmagan mablagʻlar summasi xaridorlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
III. Xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlardan foydalanish, ularni Davlat mulki qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari maxsus hisob raqamlaridan oʻtkazish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
16. Ushbu Nizomning 2 va 4-bandlarida koʻrsatilgan oluvchilar tomonidan mablagʻlardan foydalanish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
17. Mablagʻlarni respublika budjetiga oʻtkazish har oyda Davlat mulki qoʻmitasining maxsus hisob raqamlaridan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Mablagʻlar Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlari uchun (25 foiz) har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunigacha, ularning gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilgan gʻaznachilik hisoblaridan mablagʻlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari asosida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha sarflanadi:
a) mablagʻlarning 50 foizi 1991-yilgacha qurilgan koʻp kvartirali uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal taʼmirlashni, shuningdek umumtaʼlim maktablari va maktabgacha tarbiya muassasalarini mukammal taʼmirlash va jihozlashni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
b) mablagʻlarning kamida 25 foizi aholining ijtimoiy himoyalanmagan toifalari uchun uy-joy qurilishini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;
v) mablagʻlarning qolgani:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari, suv quvurlari, kanalizatsiya tizimlari va inshootlar, gaz va elektr taʼminoti tarmoqlari, yoʻllar qurilishini, shuningdek ijtimoiy infratuzilmani — taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport obyektlari qurilishini moliyalashtirishga;
loyihalash hujjatlarini, shu jumladan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
20. Mablagʻlarning yoʻnalishlar boʻyicha oʻz vaqtida oʻtishini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli boʻlinmalari va bank muassasalari taʼminlaydilar.
21. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ushbu Nizomga ilovadagi shakl boʻyicha mablagʻlardan foydalanishning yoʻnalishlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Tasarruf etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, shu jumladan Xususiylashtirish davlat dasturini amalga oshirish, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonini axborotlar bilan taʼminlash va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish uchun Davlat mulki qoʻmitasi ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq foydalaniladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 578-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi
23. Ushbu Nizomga muvofiq taqsimlanishi kerak boʻlgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
24. Davlat mulki qoʻmitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga xususiylashtirishdan mablagʻlarning tushishi va sarflanishi toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Xususiylashtirishdan mablagʻlarning tushishi va sarflanishi boʻyicha boshlangʻich hujjatlarni tekshirishlar har yili kamida bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qarorining 4-bandi va ushbu qarorga 8 va 9-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarorining 9-bandi va ushbu qarorga 2 va 3-ilovalar.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son qarori 4-bandining ikkinchi—toʻrtinchi xatboshi, 5-bandi, shuningdek mazkur qarorga 5-ilova va 8-ilovaning 1-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 21 maydagi 263-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 27-modda) 2-ilova II boʻlimining 1—3-bandlari.
6. Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha kelgusidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda) 6-ilova II boʻlimining 7, 16 va 18-bandlari.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 27-fevraldagi 70-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 11-modda) ilovaning 4-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 30-modda) 6-ilova II boʻlimining 6 va 9-bandlari.
9. Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 78-modda) 1-bandining uchinchi xatboshi va ushbu qarorga 2-ilova.
10. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 14-noyabrdagi 512-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 120-modda).
11. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 19-noyabrdagi 520-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 123-modda) 2-ilovaning 14-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 24-dekabrdagi 563-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 131-modda) ilovaning 3-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 11-fevraldagi 67-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 11-fevraldagi 68-son qarori.
15. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 5-maydagi 209-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 45-modda) 2-ilovaning 1, 2-bandlari hamda 7-bandning uchinchi xatboshi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda) 3-ilovaning 11-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy oʻzgartirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 4-avgustdagi 185-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 4-yanvardagi 3-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 2-modda).
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 26-apreldagi PQ–335-son qarori)” 2006-yil 9-iyundagi 112-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 6-son, 43-modda) va ushbu qarorga 1-ilova.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qiymatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda.
a) I boʻlimga quyidagi mazmundagi 21 va 22-bandlar qoʻshilsin:
“21. Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasi aksiyalari ulushini sotish tartibi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
22. Agar birja va birjadan tashqari savdolar qoidalari bilan boshqa taʼrif usuli belgilanmagan boʻlsa, aksiyaning kurs qiymati (aksiya kursi) birja va birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozorida tuzilgan bitishuvning yakuniy qiymati sifatida belgilanadi (bitishuvlarning miqdoriy hajmi emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning umumiy sonining kamida 5 foizini tashkil etgan taqdirda)”;
b) IV boʻlimda:
quyidagi mazmundagi 201 va 251-bandlar qoʻshilsin:
“201. Sotuvchi yoki sotib oluvchi yoki ularning vakillari — qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish, oldi-sotdi shartnomalari boʻyicha tomonlar sifatida ishtirok etish va agar ushbu bitishuvlarning yakuni qonun hujjatlari buzilishiga olib kelgan taqdirda, uni imzolashga haqli emas.
Qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni amalga oshirishda roʻyxatga oluvchi sifatida ishtirok etayotgan qimmatli qogʻozlar savdolari tashkilotchilari, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari, agar ular qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirilgan yoki ularning yakuni qonun hujjatlari buzilishiga olib kelgan boʻlsa, qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazmasligi shart”;
“251. Depozitariy quyidagilarga majbur:
bitishuvlar qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirilgan yoki ularning yakuni qonun hujjatlari buzilishiga olib kelgan boʻlsa, qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazmaslikka va “depo” hisob raqamlariga pul oʻtkazmaslikka;
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining natijasi qonun hujjatlari buzilishiga olib keladigan qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlarni roʻyxatdan oʻtkazish, “depo” hisob raqamlariga pul oʻtkazish haqidagi murojaatlari toʻgʻrisida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga zudlik bilan xabar berishga”;
27-banddagi “aʼzolarining” soʻzi “kuzatuv kengashining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 281 va 282-bandlar qoʻshilsin:
“281. Fond birjasi quyidagilarga majbur:
qimmatli qogʻozlarning normal muomalada boʻlishi, ularning bozor narxlarini belgilash va ular toʻgʻrisida zarur axborotni tarqatish, qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining yuqori professionallik darajasini qoʻllab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashga;
savdoga qoʻyiladigan qimmatli qogʻozlarni ekspertizadan oʻtkazishga, unda birja tomonidan belgilangan talablarga emitentlarning moliya-xoʻjalik va boshqa koʻrsatkichlari muvofiqligini tahlil qilish, emitentning ishchanlik obroʻsini va uning moliyaviy ishonchliligi toʻgʻrisida axborot beradigan boshqa maʼlumotlarni baholash nazarda tutiladi;
savdoga qoʻyiladigan, moliyaviy barqaror emitentlarning muomalada boʻlgan aksiyalari roʻyxatini oʻz ichiga oladigan qimmatli qogʻozlarning birja listingini doimiy ravishda yuritishga;
qimmatli qogʻozlar birja savdolari yakunlari asosida qimmatli qogʻozlarning kotirovkasini belgilashga (aksiyalar kursini, eng kam va eng yuqori narxlarni, kurs qiymatidagi oʻzgarishlar va boshqalarni belgilash);
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari boʻlgan birja savdolari operatorlarini (treyderlarni) oʻqitishga;
qimmatli qogʻozlar operatsiyalari boʻyicha nizolarni oʻz vaqtida koʻrib chiqishga.
“282. Bitishuvlarning barcha ishtirokchilari qonun hujjatlari buzilishi holatlari toʻgʻrisida ular aniqlangan vaqtdan boshlab ikki kun mobaynida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga xabar berishi shart”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 78-modda) bilan tasdiqlangan Past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini, past likvidli obyektlarni investor tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan investorlarga tanlov asosida bepul berish toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalarni va xususiylashtiriladigan davlat korxonalari aksiyalarini sotish boʻyicha tenderlar oʻtkazish tartibiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tanlov savdolarini oʻtkazish tartibiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
16-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish Davlat komissiyasi qarorlariga koʻra xususiylashtirilayotgan korxonalar (obyektlar) boʻyicha, shuningdek xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini (ulushlarini) sotishda Komissiya tashkil etish talab qilinmaydi”;
24-bandning ikkinchi xatboshidagi “davlat tasarrufidan chiqarishning namunaviy rejasiga muvofiq” soʻzlari chiqarib tashlansin;
27-bandning birinchi xatboshidagi “ishlab chiqarish va boshqa boʻlinmalarning, yer uchastkalarini taqsimlashning tavsifi (reja-sxemasi, hajmlari, joylashishi)” soʻzlari “kadastr hujjatlari (korxonalar sotilgan taqdirda mulkiy komplekslar sifatida)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
29-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “hujjatlar asosida” soʻzlaridan oldin “xususiylashtirish obyektining boshlangʻich bahosini tasdiqlaydigan” soʻzlari qoʻshilsin;
beshinchi xatboshidagi “aylanma” soʻzi “joriy” soʻzi bilan almashtirilsin;
oʻn oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7) korxonaning oxirgi (baholash sanasidagi) hisobot buxgalteriya balansi maʼlumotlari yoki xatlash maʼlumotlari asosida joriy aktivlar qiymati, shuningdek korxonaning majburiyatlari aniqlanadi”;
oʻn sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9) tovar-moddiy boyliklarga tegishli boʻlgan inventarlar va xoʻjalik buyumlari amaldagi ulgurji yoki chakana (bozor narxlaridan yuqori boʻlmagan) narxlarda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra “ishlab chiqarish va xoʻjalik inventarlari” guruhi boʻyicha asosiy fondlarni qayta baholashning har yilgi koeffitsiyentini inventarlar va xoʻjalik buyumlarining balans qiymatiga qoʻllash yoʻli orqali baholanadi”;
37-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat aktivlari boshlangʻich narxi, ustav fondining tayinlanadigan miqdori baholash tashkilotlari tomonidan ushbu Nizomning 34-bandida nazarda tutilgan baholashning uchta usuli: xarajatli, daromadli, qiyosiy sotuvlar natijalari boʻyicha olingan eng yuqori baholash qiymatidan past boʻlishi mumkin emas”;
38-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Investitsiya majburiyatlarini bajarish muddati besh yildan oshmasligi kerak, davlat aktivlarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati yoki Davlat mulkini xorijiy investorga sotishda tender savdolarini oʻtkazuvchi Davlat komissiyasi qarorlariga koʻra sotish hollari bundan mustasno”.
rus tilidagi matnda 55-bandning ikkinchi xatboshidagi “annulirovaniya” soʻzi “rastorjeniya” soʻzi bilan almashtirilgan;
toʻrtinchi xatboshidagi “tuzilgan bitishuv narxiga kirgan investitsiya majburiyatlari bajarilishi ham shu jumlaga kiradi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda korxona (obyekt)ni sotib olgan investorga — investitsiya majburiyatlarini toʻliq bajargunga qadar amalda boʻlgan “tasarruf etish huquqisiz” belgili sotib olish toʻlovlari toʻlangandan keyin;
obyektni “nol” qiymatida sotib olgan investorga — korxonani Modernizatsiya qilishni, texnik va texnologik qayta jihozlashni nazarda tutuvchi olingan investitsiya majburiyatlari bajarilgandan keyin hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va (yoki) xizmatlar koʻrsatish boshlangandan keyin beriladi”;
Davlat mulki boʻlgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga 11-ilova I boʻlimining 7-bandidagi “Aylanma” soʻzi “Joriy” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 51-modda, 52-son, 578-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2014-y., 41-son, 506-modda)