OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYALAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYALAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
INSONPARVARLIK YORDAMI HAMDA TEXNIK KOʻMAKLASHISH VOSITALARI OLUVCHILARNING HISOBOT SHAKLLARI VA ULARNI TOʻLDIRISH BOʻYICHA QOIDALARNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 2-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1892]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 17-yanvardagi 233-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 14-yanvardagi 2024/41-3-son, Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-yanvardagi 40/17-son va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2025-yil 10-yanvardagi 1-mb-sonli ““Insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari oluvchilarning hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1892-1, 27.01.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-noyabrdagi PQ-1005-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish Departamentini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorining 5-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. “Insonparvarlik yordamining kelib tushishi va ularning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisida”gi hisobot shakli 1-ilovaga muvofiq;
“Texnik koʻmaklashish vositalarining kelib tushishi va ularning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisida”gi hisobot shakli 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari oluvchilar tomonidan taqdim etiladigan hisobot shakllarini toʻldirish boʻyicha qoidalar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-dekabr,
119-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-dekabr,
307-V-son
Davlat statistika qoʻmitasi raisi Gʻ. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-dekabr,
6-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-dekabr,
EG-01/14-8052-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 24-dekabr,
01-02/5-61-son
Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 24-dekabrdagi 119, 307-V, 6, EG-01/14-8052, 01-02/5-61-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
|
Insonparvarlik yordamining kelib tushishi va ularning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisida | ||||||||||||||||
|
HISOBOT | ||||||||||||||||
| Oluvchi_________________________________________ | | | | | | | ||||||||||
|
(oluvchining toʻliq nomi) |
| | | | | | ||||||||||
| KTUT kodi_______________________________________ | | | | | | | ||||||||||
| Joylashgan joyi (manzili) ___________________________ | | | | | | | ||||||||||
| Oluvchining STIR raqami ____________________________ | | | | | | | ||||||||||
| Telefon/faks, el. pochta _____________________________ |
| | | | | | ||||||||||
| T/R | Mamlakat / donor | Loyiha nomi | Jalb qilish maqsadining xos raqami | Loyiha maʼqullangan sana va raqam | Mahsulot nomi | Jami summa | Kelib tushgan* | |||||||||
| hisobot davrida | loyihaning boshlanish davridan | |||||||||||||||
| natural koʻrinishda | soʻmda | AQSh doll. | natural koʻrinishda | soʻmda | AQSh doll. | |||||||||||
| xos raqam | nomi | soʻmda | AQSh doll. | oʻlchov birligi | miqdori | oʻlchov birligi | miqdori | |||||||||
| A | B | V | G | D | E | J | Z | I | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 |
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | |
davomi | ||
| Jalb qilish hududi | Oʻzlashtirilgan (taqsimlangan ) | Kechiktirilgan | ||||||||||||||||
| hisobot davrida | loyihaning boshlanish davridan | hisobot davrida | loyihaning boshlanish davridan | |||||||||||||||
| natural koʻrinishda | soʻmda | AQSh. doll. | natural koʻrinishda | soʻmda | AQSh. doll. | natural koʻrinishda | soʻmda (3 — 11) | AQSh doll. (4 — 12) | oʻzlashtirilishni kechiktirilganlik sabablari | natural koʻrinishda | soʻmda(7 — 15) | AQSh doll. (8 — 16) | oʻzlashtirilishni kechiktirilganlik sabablari | |||||
| oʻlchov birligi | miqdori | oʻlchov birligi | miqdori | oʻlchov birligi | miqdori (2 — 10) | oʻlchov birligi | miqdori (6 — 14) | |||||||||||
| 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| Rahbar |
|
|
| |||||||||||||||
| | |
(mansabi) |
(F.I.O.) |
(imzo) | ||||||||||||||
| Bosh hisobotchi | | | | | |
_______________________ |
_________ | |||||||||||
| M.Oʻ. | | | | | | | |
(F.I.O.) |
(imzo) | |||||||||
* “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimi boʻyicha rasmiylashtirilgan yuklar uchun toʻldiriladi.
Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 24-dekabrdagi 119, 307-V, 6, EG-01/14-8052, 01-02/5-61-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
| | | | | | | | | | | | | |
|
Texnik koʻmaklashish vositalarining kelib tushishi va ularning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisida | ||||||||||||
|
HISOBOT | ||||||||||||
| Oluvchi ______________________________________ | | | | | ||||||||
|
(oluvchining toʻliq nomi) |
| | | | | | ||||||
| KTUT kodi ___________________________________ | | | | | ||||||||
| Joylashgan joyi (manzili) _______________________ | | | | | ||||||||
| Oluvchining STIR raqami ________________________ | | | | | ||||||||
| Telefon/faks, el. pochta _________________________ |
| | | | ||||||||
| T/R | Mamlakat / donor | Loyiha nomi | Texnik koʻmaklashish vositalarini foydalanish yoʻnalishining xos raqami | Loyiha maʼqullangan sana va raqam | Texnik koʻmaklashish vositalarini foydalanishning boshlanish sanasi | Jami summa | Kelib tushgan | |||||
| hisobot davrida | loyihaning boshlanish davridan | |||||||||||
| xos raqam | nomi | soʻmda | AQSh. doll. | soʻmda | AQSh. doll. | soʻmda | AQSh. doll. | |||||
| A | B | V | G | D | E | J | Z | I | 1 | 2 | 3 | 4 |
| | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | |
| Jalb qilish hududi | Oʻzlashtirilgan (taqsimlangan ) | Qoldiq mablagʻlar | ||||||||
| hisobot davrida | loyihaning boshlanish davridan | hisobot davrida | loyihaning boshlanish davridan | |||||||
| soʻmda | AQSh. doll. | soʻmda | AQSh. doll. | soʻmda | AQSh. doll. | oʻzlashtirilmaganlik sabablari | soʻmda | AQSh. doll. | eslatma (oʻzlashtirilmaganlik sabablari) | |
| 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 |
| | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | |
Rahbar |
________________ |
|
| |||||||
| | |
(mansabi) |
(F.I.O.) |
(imzo) | ||||||
| Bosh hisobotchi | | | |
_______________________ |
___________ | |||||
| M.Oʻ. | | | | |
(F.I.O.) |
(imzo) | ||||
Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi, Davlat statistika qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 24-dekabrdagi 119, 307-V, 6, EG-01/14-8052, 01-02/5-61-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari oluvchilar tomonidan taqdim etiladigan hisobot shakllarini toʻldirish boʻyicha
QOIDALAR
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-noyabrdagi PQ-1005-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalaridan maqsadli foydalanishni muvofiqlashtirish, hisobga olish va nazorat qilish Departamentini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 48-son, 472-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari oluvchilar (bundan buyon matnda grant oluvchilar deb yuritiladi) tomonidan taqdim etiladigan hisobot shakllarini toʻldirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga taqdim etiladigan insonparvarlik yordami boʻyicha hisobot donorlar bilan oʻzaro kelishilgan bitim va dasturlarda yoki insonparvarlik yordamining muvofiqlashtirilishiga masʼul hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha Kompleks rahbarining qarorida belgilangan grant oluvchilar tomonidan, texnik koʻmaklashish vositalari boʻyicha hisobot esa xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda chet el hukumatlari tashkilotlarining texnik koʻmaklashish boʻyicha qabul qilgan qarorlarida koʻrsatilgan grant oluvchilar tomonidan taqdim etiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga joylashgan joy boʻyicha har oyning 1-sanasi holatiga (keyingi hisobot oyining 10-sanasidan kechiktirmasdan) pochta orqali yoki qoʻlda taqdim etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
3. Hisobotda barcha maʼlumotlar, qator va ustunlar toʻldirilishi zarur. Agar grant oluvchilar tomonidan u yoki bu qator (ustun) boʻyicha tegishli maʼlumotlar boʻlmasa, u holda ushbu qator (ustun)ga chiziq tortib qoʻyiladi. Hisobotdagi maʼlumotlar yozuv mashinalarida yoki boshqa axborot texnologiyalarida toʻldirilishi shart.
4. Hisobotning manzilli qismi quyidagi tartibda toʻlgʻaziladi:
“Oluvchi” — grant oluvchining toʻliq nomi koʻrsatiladi;
“Joylashgan joyi (manzili)” — grant oluvchining pochta manzili (pochta indeksi bilan) koʻrsatiladi;
“Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami” — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatiladi;
“Telefon/faks va elektron pochta” — grant oluvchining telefon/faks raqami va elektron pochta manzili koʻrsatiladi.
5. Hisobot grant oluvchining rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
6. Hisobotda tozalanish va tuzatishga yoʻl qoʻyilishi mumkin emas. Agarda xatolik tuzatilsa, u holda grant oluvchining rahbari tomonidan imzolangan tegishli tushuntirish beriladi.
7. Hisobotda summa milliy valyuta va AQSh dollarida koʻrsatiladi. Insonparvarlik yordami va texnik koʻmaklashish vositalari boshqa valyuta qiymatliklarida rasmiylashtirilgan boʻlsa, u holda ushbu qiymat insonparvarlik yordami hamda texnik koʻmaklashish vositalari olingan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan eʼlon qilingan kurs boʻyicha AQSh dollari ekvivalentida qayta hisoblanadi.
II. Insonparvarlik yordamining kelib tushishi va ularning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisidagi hisobotni toʻldirish tartibi
8. Hisobotda “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimi boʻyicha rasmiylashtirilgan yuklar koʻrsatiladi.
9. Insonparvarlik yordamining kelib tushishi va ularning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisidagi hisobot shaklining ustunlari quyidagicha toʻldiriladi (1-ilova):
A ustunda — tartib raqam;
B ustunda — insonparvarlik yordami koʻrsatayotgan mamlakat kodi (Dunyo mamlakatlari klassifikatorining raqamli kodi (“Bojxona yuk deklaratsiyalarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 3-ilova (1999-yil 3-dekabr, roʻyxat raqami 834 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 12-son);
V ustunda — insonparvarlik yordami koʻrsatayotgan mamlakat yoki donor nomi;
G ustunda — loyiha nomi;
D ustunda — insonparvarlik yordami jalb qilinishining maqsadi quyidagi xos raqamlar boʻyicha koʻrsatiladi:
10 — tibbiy yordam;
20 — asbob-uskuna, hisoblash texnikasi bilan taʼminlash;
30 — moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
40 — ijtimoiy yordam;
50 — favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik;
60 — axborot yordami;
70 — texnik yordam;
80 — sportni rivojlantirish;
90 — oziq-ovqat yordami;
100 — dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish;
110 — diniy, maʼrifiy faoliyat;
120 — taʼlim darajasini oshirish;
130 — shaharni obodonlashtirish;
140 — ragʻbatlantiruvchi sovrinlar;
150 — boshqalar;
E ustunda — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan insonparvarlik yordami olinishi maʼqullangan hujjatning raqami va sanasi;
J ustunda — insonparvarlik yordami sifatida olingan mahsulot nomi;
Z ustunda — shartnoma boʻyicha insonparvarlik yordamining milliy valyutadagi umumiy summasi;
I ustunda — shartnoma boʻyicha insonparvarlik yordamining AQSh dollaridagi umumiy summasi;
1, 5, 10, 14, 18 va 23 - ustunlarda — mahsulotning natura koʻrinishidagi oʻlchov birligi;
2, 6, 11, 15, 19 va 24 - ustunlarda — mahsulotning miqdor koʻrinishidagi oʻlchov birligi;
3, 7, 12, 16, 20 va 25 - ustunlarda — insonparvarlik yordamining milliy valyutadagi summasi;
4, 8, 13, 17, 21 va 26 - ustunlarda — insonparvarlik yordamining AQSh dollaridagi summasi;
9 ustunda — insonparvarlik yordamining respublika hududlari (viloyatlar, tumanlar va shaharlar) boʻyicha taqsimoti: birinchi qatorda — jami oʻzlashtirilgan (taqsimlangan), keyingi qatorlarda hududlar boʻyicha (viloyatlar, tumanlar va shaharlar). Respublika hududi (viloyat, tuman va shahar) hisobot sanasi davriga insonparvarlik yordamining haqiqatda taqsimlanishi boʻyicha koʻrsatiladi va keyingi hisobotlarda insonparvarlik yordami taqsimotining oʻzgarishiga qarab aniqlashtiriladi;
22 va 27 - ustunlarda — insonparvarlik yordamining oʻzlashtirilishini kechiktirilganlik sabablari.
III. Texnik koʻmaklashish vositalarining kelib tushishi va oʻzlashtirilishi toʻgʻrisidagi hisobotni toʻldirish tartibi
10. Texnik koʻmaklashish vositalarining kelib tushishi va ularning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisidagi hisobot shaklining ustunlari quyidagicha toʻldiriladi (2-ilova):
A ustunda — tartib raqam;
B ustunda — texnik koʻmaklashish vositalari taqdim qilgan mamlakat kodi (Dunyo mamlakatlari klassifikatorining raqamli kodi (“Bojxona yuk deklaratsiyalarini toʻldirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga 3-ilova (1999-yil 3-dekabr, roʻyxat raqami 834 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 12-son);
V ustunda — texnik koʻmaklashish vositalari taqdim qilgan mamlakat yoki donor nomi;
G ustunda — loyiha nomi;
D ustunda — texnik koʻmaklashish vositalarining foydalanish yoʻnalishlari quyidagi xos raqamlar boʻyicha koʻrsatiladi:
10 — asbob-uskunalar sotib olish;
20 — tibbiy dori-darmonlar sotib olish;
30 — moddiy-texnik resurslarni sotib olish (ofis mebellari, oʻquv qoʻllanmalari, dizayn va boshqalar);
40 — joriy xarajatlar (kanstovarlar, bino ijarasi, transport xizmatlari, aloqa xizmatlari, bank xizmatlari va boshqalar);
50 — mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish;
60 — maslahat xizmatlari (ekspert ishlari uchun);
70 — texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish;
80 — oʻqitish;
90 — vakillik xarajatlari (sayyohlik, oziq-ovqatlar, kofe-brek, suvenirlar va boshqalar);
100 — boshqalar;
E ustunda — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan texnik koʻmaklashish vositalari olinishi maʼqullangan hujjatning raqami va sanasi;
J ustunda — texnik koʻmaklashish vositalaridan foydalanishning boshlanish sanasi;
Z ustunda — shartnoma boʻyicha texnik koʻmaklashish vositalarining milliy valyutadagi umumiy summasi;
I ustunda — shartnoma boʻyicha texnik koʻmaklashish vositalarining AQSh dollaridagi umumiy summasi;
1, 3, 6, 8, 10 va 13 - ustunlarda — texnik koʻmaklashish vositalarining milliy valyutadagi summasi koʻrsatiladi;
2, 4, 7, 9, 11 va 14 - ustunlarda — texnik koʻmaklashish vositalarining AQSh dollaridagi summasi koʻrsatiladi;
5 - ustunda — texnik koʻmaklashish vositalarining respublika hududlari (viloyatlar, tumanlar va shaharlar) boʻyicha taqsimoti: birinchi qatorda — jami oʻzlashtirilgan (taqsimlangan), keyingi qatorlarda — hududlar boʻyicha (viloyatlar, tumanlar va shaharlar). Respublika hududi (viloyat, tuman va shahar) hisobot sanasi davriga texnik koʻmaklashish vositalarining haqiqatda taqsimlanishi boʻyicha koʻrsatiladi va keyingi hisobotlarda texnik koʻmaklashish vositalari taqsimotining oʻzgarishiga qarab aniqlashtiriladi;
12 va 15 - ustunlarda — texnik koʻmaklashish vositalarining oʻzlashtirilmaganlik sabablari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 55-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)