Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “TABIIY MONOPOLIYALAR SUBYEKTLARI TOMONIDAN MAJBURIY XIZMAT KOʻRSATILIShI KERAK BOʻLGAN ISTEʼMOLChILARGA TOVARLARNI SOTISh, IShLARNI BAJARISh VA XIZMATLAR KOʻRSATIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA” 2008 YIL 24 DEKABRDAGI 277-SON QARORI)
Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarga tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 4-fevral,
33-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 4-fevraldagi 33-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish Qoidalarida:
a) 1.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1.1. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilariga gaz yetkazib berish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi”;
b) 3.4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3.4. Quyidagilar gaz yetkazib berishda ustunlikka ega boʻladilar:
— aholi;
— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilar;
— gaz uchun haq toʻlash boʻyicha qarzi boʻlmagan hamda joriy (shartnomaviy) toʻlovlar boʻyicha oldindan haq toʻlash shartlari bilan shartnoma tuzgan isteʼmolchilar”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 27-yanvardagi 32-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 1-son, 4-modda):
a) 1-ilovaning (Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari) 3-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarga elektr energiyasi sotishda shartnomada ushbu isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashning eng kam darajasi ham nazarda tutilishi kerak”;
b) 2-ilovaning (Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari) 3-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarga issiqlik energiyasi sotishda shartnomada ushbu isteʼmolchilarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlashning eng kam darajasi ham nazarda tutilishi kerak”;
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 53-modda, 35-son, 382-modda)