26.01.2009 yildagi PQ-1047-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.12.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISHNI KENGAYTIRISH VA ICHKI BOZORNI TOʻLDIRISH YUZASIDAN QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini barqaror taʼminlash, ichki isteʼmol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan bekamu-koʻst toʻldirish, asosan qishloq joylarda zamonaviy yuqori unumli texnika va texnologiya bilan jihozlangan qayta ishlovchi ixcham korxonalarni jadal barpo etish, shu asosda yangi ish joylarini shakllantirish, koʻproq odamlarni ish bilan taʼminlash, ularning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan manfaatdor xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki isteʼmol bozorini ular bilan toʻldirish boʻyicha ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni oʻz ichiga olgan kompleks chora-tadbirlar maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yilda oziq-ovqat mahsulotlari eng muhim turlarini ishlab chiqarishning asosiy parametrlari 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika viloyatlari boʻyicha 2009-yilda yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz ekinlari va uzum ekiladigan maydonlar hamda ularni yetishtirishning prognoz hajmlari 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yilda respublika viloyatlari boʻyicha goʻsht va sut yetishtirishning prognoz hajmlari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika viloyatlarida 2009 — 2011-yillarda goʻsht-sut mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha mini-texnologiyalar va ixcham uskunalardan foydalanadigan yangi korxonalar, shuningdek xom sut tayyorlash boʻyicha servis punktlarini barpo etish dasturi 4 va 4a-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4 va 4a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yilda noanʼanaviy moyli ekinlar ekiladigan maydonlar va ularni ishlab chiqarish, ana shu ekinlardan oʻsimlik yogʻi tayyorlashning hisoblab chiqilgan hajmlari 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada tomchilatib sugʻorish tizimini tatbiq etishning prognoz parametrlari 6-ilovaga* muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2009-yilning 15-fevraliga qadar muddatda 2009-yilda meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum yetishtirishning prognoz hajmlari asosida ulardan oqilona foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlasin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har bir qishloq tumanida mavjud issiqxonalarga qoʻshimcha ravishda yoqilgʻining muqobil manbalaridan foydalanadigan yengil konstruksiyali 5 tadan issiqxona barpo etilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 9-noyabrdagi PQ-1638-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yilning 1-iyulidan boshlab goʻsht-sut mahsulotini sanoat koʻlamida qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish borasidagi faoliyat faqat yuridik shaxs shaklida tashkil qilingan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
goʻsht va sutni qayta ishlaydigan korxonalarga oʻz mahsulotini avtofurgonlarda aholiga naqd pulga sotish huquqi beriladi, bunda naqd mablagʻlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har kuni inkassatsiya qilinishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda tayyor goʻsht-sut mahsulotlari sifati ustidan kompleks nazorat oʻrnatish tizimini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tijorat banklariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi boʻyicha belgilangan tartibda quyidagilarga kreditlar berish va lizing xizmatlari koʻrsatish uchun bank kredit portfelining kamida 20 foizi miqdorida (markazlashtirilgan resurslar va xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan mablagʻlari hisobidan berilgan kreditlar hajmi bundan mustasno) maxsus kredit liniyalari ochish tavsiya qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga — oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda zarur boʻlgan texnologiya uskunalari, xom ashyo va materiallar sotib olish hamda tomchilatib sugʻorish tizimlarini xarid qilish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklari, agrofirmalar va boshqa tadbirkorlik subyektlariga — issiqxonalar barpo qilish hamda tomchilatib sugʻorish tizimini tatbiq etish uchun.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2014-yilning 1-yanvariga qadar boʻlgan davrda quyidagicha soliq va bojxona imtiyozlari berilsin:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 9-noyabrdagi PQ-1638-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy faoliyat turi boʻyicha goʻsht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashayotgan mikrofirmalar hamda kichik korxonalarning yagona soliq toʻlovi stavkasini 50 foizga kamaytirish, boʻshaydigan mablagʻlarni ishlab chiqarish korxonalarini texnikaviy qayta jihozlash va modernizatsiyalashga, shu jumladan yangi laboratoriyalar barpo etish va mavjudlarini jihozlashga, yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga, shuningdek xom-ashyo bazasini rivojlantirishga maqsadli tarzda yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
goʻsht va sut yetishtirish hamda ularni qayta ishlashda foydalaniladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlarga muvofiq chetdan olib kelinadigan texnologiya uskunalari, ularning ehtiyot qismlari, yordamchi materiallar, tarkibiy qism va komponentlarni bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi boʻyicha berilgan imtiyozlarni tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilish uchun mashina, mexanizm va uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalarga tatbiq etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 26-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1047-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 34-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)