OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT QIMMATLI QOGʻOZLARI BILAN REPO BITIMLARINI TUZISh VA IJRO ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 16-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1829-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2008-yil 15-martdagi 8/8-sonli qaroriga (2008-yil 18-iyun, roʻyxat raqami 1829 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 24-25-son, 247-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 27-dekabr,
30/1-son
Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 27-dekabrdagi 30/1-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning muqaddimasida “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
muqaddimada “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida” soʻzlari “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat qimmatli qogʻozlari (keyingi oʻrinlarda — DQQ) — Oʻzbekiston Respublikasining gʻazna majburiyatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi oʻrinlarda — Markaziy bank) obligatsiyalari”;
87-bandning ikkinchi xatboshisida “11” raqami “12” raqami bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 22-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 3-son, 18-modda)