Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “U.U. Rozuqulovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari etib tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi PF-4017-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-avgust,
PQ-942-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli Qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 12-martdagi PQ-601-sonli Qarorida:
Qarorning 1, 2, 4-bandlari, 5-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshisi, shuningdek qarorning 1 va 2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
qarorning 3-ilovasidagi “Boshqariladigan idoralar va xoʻjalik birlashmalari” boʻlimidan “Fayz” XK” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 22-martdagi PQ-607-sonli Qarorining 2-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “mashinasozlik, metallurgiya, geologiya, mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlash” soʻzlari “mashinasozlikni, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo va neft-kimyo sanoati” soʻzlari “geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-sonli Qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi, shuningdek qarorning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 8-son, 464-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)