Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
KOREYA RESPUBLIKASI HUKUMATINING IQTISODIY HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH FONDI (YEDSF) IMTIYOZLI KREDITI MABLAGʻLARI HISOBIDAN MOLIYALASHTIRILADIGAN OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMINI RIVOJLANTIRISH LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH YUZASIDAN QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq eng maqbul tarzda butlash hisobiga oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadigan kasb-hunar kollejlari sonini koʻpaytirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining umumiy kredit summasi doirasida oʻquv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadigan kasb-hunar kollejlari sonini loyihaga muvofiq xarid qilinadigan uskunalar roʻyxatidan bir-biriga oʻxshashlarini, shuningdek oʻquv jarayonida toʻliq hajmda ishlatilmaydiganlarini chiqarib tashlash hisobiga 60 tadan 150 tagacha oshirish, koʻrsatilgan roʻyxatda nomi yozilgan uskunalarni 138 tadan 43 tagacha qisqartirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
loyihaning kiritiladigan oʻzgartishlarni hisobga olgan holda yangilangan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini tender savdolari natijalariga koʻra, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
loyiha doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan barcha tartib-qoidalar oʻz vaqtida bajarilishining aniq muddatlarini belgilasin va uning ijro muddati asossiz choʻzilishiga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlaydigan qatʼiy nazoratni oʻrnatsin.
3. Koreya Respublikasi Hukumatining Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish fondi (EDCF) imtiyozli krediti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan loyiha doirasida quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya davrida bevosita yetkazib beruvchi hamda pudratchilardan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻidan, davlatning maqsadli fondlariga va budjetdan tashqari Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalardan;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 9-son, 84-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
loyihaning xorijiy qatnashchilari Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov manbaidan undiriladigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 31-iyul,
PQ-934-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 7-son, 396-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 3-4-son, 26-modda)