Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2025 10.07.2008 yildagi 843-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 10.07.2008 yildagi 843-I-son
Кучга кириш санаси
10.07.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.02.2025
Hujjat 28.02.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI KENGASHINING VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOʻSHMA QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI HUZURIDAGI NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINI VA FUQAROLIK JAMIYATINING BOSHQA INSTITUTLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASH JAMOAT FONDINING VAZIFALARINI AMALGA OSHIRISH UCHUN ZARUR NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI HUZURIDAGI NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARINI VA FUQAROLIK JAMIYATINING BOSHQA INSTITUTLARINI QOʻLLAB-QUVVATLASH JAMOAT FONDI MABLAGʻLARINI BOSHQARISH BOʻYICHA PARLAMENT KOMISSIYASINING TARKIBINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qoʻshma qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 17-fevraldagi 478-V/KQ-66-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasini tuzish toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisidagi Nizom (1-ilova);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizom (2-ilova);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining tarkibi (3-ilova) tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fond faoliyatini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devonining shtat jadvaliga 3 ta qoʻshimcha shtat birligi (direktor, bosh buxgalter, masʼul kotib) kiritilsin, ularning taʼminoti Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
843-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 10-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
515-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Fond deb yuritiladi) milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlari bor, aʼzoligi boʻlmagan nodavlat notijorat tashkiloti — mustaqil yuridik shaxsdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Fond oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi, “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga asosan amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond oʻz faoliyatida oshkoralik va ochiq-oydinlikni, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlariga, ommaviy axborot vositalariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ajratiladigan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilishini taʼminlash prinsiplariga amal qiladi.
(1.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Fondning toʻliq rasmiy nomi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rus tilida: “Obshestvenniy Fond po podderjke negosudarstvennix nekommercheskix organizatsiy i drugix institutov grajdanskogo obshestva pri Oliy Majlise Respubliki Uzbekistan”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ingliz tilida: “The Public Fund for suppopt of nongovernmental noncommercial organizations and other institutions of the civil society of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Fond Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma qaroriga binoan tashkil etiladi, uning faoliyati mamlakatning butun hududida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Fondning yuridik manzili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri ____
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Fondning maqsad va vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Fondning maqsadi mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda faol ishtirok etishiga koʻmaklashishdan, ularni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish uchun obyektiv sharoitlar yaratishdan iborat.
(2.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Fondning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan, qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablagʻlarni jamlash, ulardan fuqarolik jamiyati institutlari, mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, dolzarb ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar muammolarni hal qilishda ularning faol ishtirok etishiga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish uchun foydalanilishini tashkil etish;
(2.2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy, maslahat tarzida, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam koʻrsatish, ularning nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini rivojlantirish, ularning mamlakatni demokratik yangilash hamda modernizatsiya qilish jarayonlarida ishtirok etishi masalalari boʻyicha chet ellik hamkorlar bilan aloqalarini kengaytirish (birgalikdagi konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, treninglar oʻtkazish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va hokazo) bilan bogʻliq loyihalar va dasturlarni roʻyobga chiqarishda koʻmaklashish.
(2.2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Fondning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Fond:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati sohasiga doir axborotni davlat organlari nodavlat notijorat tashkilotlaridan hamda ommaviy axborot vositalaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olishga va oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni tarqatishga;
(3.1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar bilan qonun hujjatlariga zid boʻlmagan va oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bitimlar tuzishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar asosida mol-mulkka ega boʻlishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriy xayriyalar, homiylik badallari, grantlar va boshqa mablagʻlar olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudda, boshqa muassasalar va tashkilotlarda oʻz manfaatlarini ifodalash va himoya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda takliflar kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro aloqalar oʻrnatishga, hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzishga va xalqaro dasturlar hamda loyihalarda ishtirok etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nomi davlat tilida yozilgan dumaloq muhrga, oʻz nomi yozilgan shtamplar va blankalarga hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan ramziy belgilarga ega boʻlishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Fond oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal qilish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlariga, ommaviy axborot vositalariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish masalalarining koʻrib chiqilishida ishtirok etadi;
(3.2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari belgilangan maqsadda sarflanishini, ulardan samarali foydalanilishini, moddiy resurslar nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari barqaror va mustahkam rivojlanishi, fuqarolik jamiyati institutlarining roli va taʼsiri oshirilishi uchun safarbar qilinishini taʼminlaydi;
(3.2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mintaqalarning aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik dasturlari hamda loyihalarini moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
(3.2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy, maslahat tarzida, tashkiliy, texnik va boshqa xil yordam koʻrsatish bilan bogʻliq loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirishga moliyaviy yordam koʻrsatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirish hamda milliy nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari yutuqlarini targʻib qilish masalalari boʻyicha tadbirlar (konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, treninglar va shu kabilar) oʻtkazadi;
(3.2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el nohukumat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantiradi, chet el nohukumat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar oʻtkazadi, chet ellik hamkorlar ishtirokidagi dasturlar va loyihalarni roʻyobga chiqaradi, ularning grantlarini aniq ijtimoiy va umum ahamiyatga molik loyihalarni hal etishga, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirishga jalb etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli litsenziya olganidan keyin nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari uchun fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining normativ-huquqiy, moddiy-moliyaviy, tashkiliy va kadrlarga oid jihatlariga bagʻishlangan adabiyotlar nashr etadi;
(3.2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Fond:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili hisobot eʼlon qilishi, Fondning faoliyati va Fond mol-mulkidan foydalanish ochiq-oshkora boʻlishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar vakillari Fond tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etishiga imkon yaratishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga, Fond mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasiga (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi), shuningdek roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga, soliq va statistika organlariga hisobot taqdim etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Fond oʻz faoliyatini oshkoralik va ochiq-oydinlikni taʼminlash prinsiplari asosida amalga oshiradi, Davlat budjetidan nodavlat notijorat tashkilotlariga, ommaviy axborot vositalariga” va “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga beriladigan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilishini taʼminlaydi. Fond oʻz faoliyati, nodavlat notijorat tashkilotlariga, ommaviy axborot vositalariga” va “nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablagʻlarning taqsimlanishi hamda ishlatilishi toʻgʻrisidagi hisobotni har yili ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
(3.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Fond yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha huquqlaridan foydalanadi. Fond faoliyati va uni rivojlantirishning har yilgi dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kengashlari tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
(3.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Fondning mol-mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Fondning mol-mulkini asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq qiymati Fond balansida aks ettiriladigan boshqa mol-mulk tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Fond mablagʻlarini shakllantirish manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining hamda norezidentlarining) ixtiyoriylik asosidagi homiylik badallari, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari hamda begʻaraz beriladigan mablagʻlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Fondning mol-mulkidan garov yoki majburiyatlarni taʼminlashning boshqa vositasi sifatida, shuningdek kreditlar berish uchun foydalanilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Fond oʻz majburiyatlari boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan oʻz mol-mulki bilan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Fondni boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Fond faoliyatiga rahbarlikni quyidagilar amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashi, uning vazifalarini Parlament komissiyasi bajaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond direktori — Fond ijro etuvchi devonining rahbari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Parlament komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati maxsus Nizom bilan tartibga solinadigan Parlament komissiyasi Fond faoliyatini tashkil etish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi yuqori rahbarlik organidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2.1. Parlament komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Fond mablagʻlari samarali taqsimlanishini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining takliflarini chuqur oʻrganish asosida mintaqalarning muayyan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond mablagʻlarini taqsimlashda ochiq-oshkoralikni taʼminlash, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning oʻtkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlashda faol ishtirok etishi masalalarini muhokama qilishga keng jamoatchilikni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond mablagʻlari belgilangan maqsadda va samarali foydalanilishi, uning tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar hamda dasturlar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moliyaviy mustaqilligi hamda barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan loyihalar va dasturlar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng muhim ustuvor dasturlar va loyihalarni, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik boshqa dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining erkin hamda mustaqil rivojlanishini taʼminlaydigan normativ-huquqiy bazani, iqtisodiy va huquqiy kafolatlarni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa vazifalar.
(5.2.1-kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2.2. Parlament komissiyasining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida qaror qabul qilish, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash shakllaridan har biriga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning — subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalarning hajmlarini belgilash;
(5.2.2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining loyihalari hamda dasturlarini sifatli tarzda tanlab olish, grant tanlovlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan ekspert guruhlarini shakllantirish;
(5.2.2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond faoliyati va uning qonun hujjatlariga, Fond toʻgʻrisidagi nizomga, Parlament komissiyasi qarorlariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kengashlariga takliflar kiritish;
(5.2.2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondning Ijro etuvchi devoni va Taftish komissiyasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkidan samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondning nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash turlari boʻyicha yil choraklariga boʻlgan holda bir yilga moʻljallangan daromadlari va xarajatlari smetasini, shuningdek Fondning budjetini, yillik balansini, yillik moliyaviy hisobotini hamda Fond Ijro etuvchi devonining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
(5.2.2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond faoliyatini har yilgi navbatdagi yoxud navbatdan tashqari auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond organlaridan Fond faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilish va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondning Ijro etuvchi devoni va boshqa organlarining Fondning maqsad va vazifalariga zid qarorlarining ijrosini toʻxtatib qoʻyish yoki bunday qarorlarni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond direktori lavozimiga nomzod taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi vakolatiga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2.3. Parlament komissiyasi aʼzolari bir vaqtning oʻzida Fond ijro etuvchi devoni va Taftish komissiyasiga aʼzo boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2.4. Parlament komissiyasining raisi va aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2.5. Parlament komissiyasi vakolatlariga kiradigan masalalar Fondning ijro etuvchi devoni yoki Taftish komissiyasi hal etishi uchun topshirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2.6. Parlament komissiyasining qarorlari oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi, bu qarorlar Fondning ijro etuvchi devoni va boshqa organlari uchun majburiydir. Parlament komissiyasining har bir aʼzosi bir ovozga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2.7. Parlament komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2.8. Parlament komissiyasining raisi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining faoliyatiga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining majlislarini chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining qarorlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi qarorlari bilan oʻziga Fondni boshqarish boʻyicha berilgan vakolatlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining majlislari oraligʻidagi davrda Fond Ijro etuvchi devonining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond xarajatlarining tasdiqlangan smetasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizom va amaldagi qonun hujjatlaridan kelib chiqadigan boshqa vakolatlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Fondning ijro etuvchi devoniga Fond direktori boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3.1. Fond direktori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi, Parlament komissiyasi Raisi bilan tuzilgan shartnomada belgilangan vakolatlari doirasida Fondning moddiy javobgar shaxsi hisoblanadi va zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgardir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, chet el nohukumat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda Fond nomidan ish koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Fond faoliyatiga taalluqli shartnomalar tuzadi, Fond nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond xarajatlari smetasini tuzadi va Parlament komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond xodimlari bajarishi majburiy buyruqlar, farmoyishlar va boshqa normativ hujjatlar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondning mol-mulkini, shu jumladan pul mablagʻlarini boshqaradi, Parlament komissiyasiga Fond ijro etuvchi devonining faoliyati toʻgʻrisida yiliga kamida ikki marta hisobot taqdim etadi, Parlament komissiyasi koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va takliflar tayyorlanishini taʼminlaydi hamda mazkur komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar va koʻrsatmalarning bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond oldiga qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan barcha boshqa harakatlarni amalga oshiradi, Parlament komissiyasi vakolatiga kiradigan vakolatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3.2. Fond direktori Parlament komissiyasining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining qoʻshma qarori bilan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Fond mablagʻlaridan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Fond mablagʻlari bevosita nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ularning buyurtmanomalari asosida va Parlament komissiyasining qarorlariga muvofiq subsidiyalar, grantlar, ijtimoiy buyurtma tariqasida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda, ularning birlashmalari va uyushmalari — Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi, Mintaqaviy siyosat fondi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Oʻzbekiston ekologiya harakati moliyalashtirishning mustaqil subyekti sifatida qaraladi. Mazkur muassasalarga ajratiladigan budjet mablagʻlaridan devonlarining taʼminoti, shuningdek ularning ustavda belgilangan vazifalarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.
(6.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini taqsimlash tartibi Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Taftish komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Fondning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun Parlament komissiyasi tomonidan uch kishidan iborat tarkibda Taftish komissiyasi saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. Taftish komissiyasining aʼzolari bir vaqtning oʻzida Ijro etuvchi devon va Parlament komissiyasiga aʼzo boʻlishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.3. Fondning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirish Parlament komissiyasining qaroriga binoan Fondning yillik faoliyati yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.4. Taftish komissiyasining talabiga koʻra Fondning mansabdor shaxslari unga Fondning moliyaviy faoliyati toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.5. Taftish komissiyasi Fondning yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslari Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlangunga qadar ularni majburiy tartibda tekshirishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Hisobga olish va hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. Fond buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotini yuritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2. Fondning oʻtgan yilgi faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobot har yili 20-martga qadar Parlament komissiyasiga taqdim etiladi. Fondning buxgalteriya balansi hisobotdan keyingi yilning 31-martiga qadar Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.3. Fondning moliyaviy-xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatini tekshirish yiliga bir marta Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, soliq va boshqa organlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.4. Qonun hujjatlariga muvofiq Fond oʻz faoliyatining har yilgi auditorlik tekshiruvini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlik tashkilotini tanlash Parlament komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Fond faoliyatining auditorlik tekshiruviga Fondning faoliyati bilan bogʻliq shaxslar auditor sifatida jalb etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.1. Fond toʻgʻrisidagi nizomga qonun hujjatlari hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.2. Fond toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining tegishincha Qonunchilik palatasi va Senat majlislarida tasdiqlanishi lozim boʻlgan qoʻshma qarori bilan kiritiladi.
(9.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.3. Fond toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Qayta tashkil etish va tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.1. Fond Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qaroriga binoan qayta tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondni qayta tashkil etishga faqat boshqa Fondga qoʻshib yuborilgan, boshqa Fond qoʻshib olingan yoki boshqa Jamoat fondiga qoʻshilingan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.2. Fondni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarori, sudning hal qiluv qarori asosida yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.3. Fondni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tayinlaydigan Tugatish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.4. Tugatish komissiyasi Fond joylashgan yerdagi matbuot organida Fondning tugatilishi, tugatish tartibi va kreditorlar tomonidan daʼvolarni taqdim etish muddatlari haqida eʼlon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.5. Tugatish komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lozim boʻlgan ekspertlarni jalb etgan holda Fondning mol-mulkini baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondning kreditorlari va debitorlarini aniqlaydi hamda ular bilan hisob-kitob qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxslarga Fondning qarzlarini toʻlash choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatish balansini tuzadi va tasdiqlash uchun uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.6. Fondning faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgan sanadan eʼtiboran tugatish tamomlangan, Fond esa oʻz faoliyatini tugatgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.7. Fondning kreditorlarning talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulki Parlament komissiyasi, Ijro etuvchi devon, Taftish komissiyasi aʼzolari yoki Fondning xodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas va undan Fond qaysi maqsadda tuzilgan boʻlsa, oʻsha maqsadda va homiylik maqsadlarida ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 87-moddasiga muvofiq tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Parlament komissiyasi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining (bundan buyon matnda Fond deb yuritiladi) Vasiylik kengashi vazifalarini ham bajaradi, Fond faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini shakllantiradi, mazkur faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat aʼzolari orasidan, Adliya va Moliya vazirliklari tegishli tuzilmalarining, respublika nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillaridan rais, uning oʻrinbosari, masʼul kotib va komissiya aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.
(1.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Parlament komissiyasi oʻz faoliyatini amaldagi qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Parlament komissiyasining maqsad va vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Parlament komissiyasining maqsadi mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda faol ishtirok etishiga koʻmaklashishdan, ularni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish uchun obyektiv sharoitlar yaratishdan iborat.
(2.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Parlament komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Fond mablagʻlari samarali taqsimlanishini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining takliflarini chuqur oʻrganish asosida mintaqalarning muayyan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan istiqbolli, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond mablagʻlarini taqsimlashda ochiq-oshkoralikni taʼminlash, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning oʻtkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlashda faol ishtiroki masalalarini muhokama qilishga keng jamoatchilikni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond mablagʻlaridan belgilangan maqsadda va samarali foydalanilishi, uning tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar va dasturlar, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moliyaviy mustaqilligi hamda barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan loyihalar va dasturlar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng muhim ustuvor dasturlar va loyihalarni, ijtimoiy va umum ahamiyatga molik boshqa dasturlar va loyihalarni roʻyobga chiqarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining erkin hamda mustaqil rivojlanishini taʼminlaydigan normativ-huquqiy bazani, iqtisodiy va huquqiy kafolatlarni takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa vazifalar.
(2.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Parlament komissiyasining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Parlament komissiyasi yuqori rahbarlik organi boʻlib va Fondning Vasiylik kengashi vazifalarini bajara borib, quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida qaror qabul qilish, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash shakllaridan har biriga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning — subsidiyalar, grantlar va sotsial buyurtmalarning hajmlarini belgilash;
(3.1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari loyihalari hamda dasturlarini sifatli tarzda tanlab olish, grant tanlovlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan ekspert guruhlarini shakllantirish;
(3.1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond faoliyati va uning qonun hujjatlariga, Fond toʻgʻrisidagi Nizomga, Parlament komissiyasi qarorlariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kengashlariga takliflar kiritish;
(3.1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondning Ijro etuvchi devoni va Taftish komissiyasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkidan samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond faoliyati, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash doirasida ajratilgan mablagʻlarning taqsimlanishi hamda ishlatilishi toʻgʻrisidagi har yili ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadigan hisobot loyihasini koʻrib chiqish;
(3.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fondning nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash turlari boʻyicha yil choraklariga boʻlgan holda bir yil uchun moʻljallangan daromadlari va xarajatlari smetasini, shuningdek Fondning budjetini, yillik balansini, yillik moliyaviy hisobotini hamda Fond Ijro etuvchi devonining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
(3.1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond faoliyatini har yilgi navbatdagi yoki navbatdan tashqari auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotini jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond organlaridan Fond faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilish va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond Ijro etuvchi devoni va boshqa organlarining Fondning maqsad va vazifalariga zid qarorlarining ijrosini toʻxtatib qoʻyish yoki bunday qarorlarni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond Direktorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi vakolatlariga kiruvchi boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Parlament komissiyasi vakolatlariga taalluqli masalalar Fondning Ijro etuvchi devoniga yoki Taftish komissiyasiga hal qilish uchun topshirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Parlament komissiyasi aʼzolari bir vaqtning oʻzida Fondning Ijro etuvchi devoni yoki Taftish komissiyasiga aʼzo boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Parlament komissiyasi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga bajarilgan ishlar toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
(3.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Parlament komissiyasining tuzilmasi va faoliyatini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadigan rais, uning oʻrinbosari, masʼul kotib va komissiya aʼzolaridan iborat boʻladi. Parlament komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati aʼzolari, Adliya va Moliya vazirliklari tegishli tuzilmalarining, respublika nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari kiradi.
(4.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Parlament komissiyasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi aʼzolari umumiy sonining 2/3 qismi talabiga binoan Parlament komissiyasi raisini muddatidan oldin lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga va Senatining Kengashiga tegishli soʻrovnoma kiritish haqidagi masalani koʻrib chiqish toʻgʻrisida komissiya majlisi chaqirilishi mumkin.
(4.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Parlament komissiyasi raisining oʻrinbosari va masʼul kotib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlangan Parlament komissiyasi aʼzolari tarkibidan Parlament komissiyasi tomonidan ochiq yoki yopiq ovoz berish yoʻli bilan oddiy koʻpchilik ovoz bilan saylanadi.
(4.3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi raisining oʻrinbosari va masʼul kotibni lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi qaror Parlament komissiyasi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan ochiq yoki yopiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Parlament komissiyasi raisi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining faoliyatiga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining majlislarini chaqirish va olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi qarorlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi nomidan vakillikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining ekspert guruhlari rahbarlari oʻrtasida vazifalarning taqsimlanishini belgilash va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining qarorlari bilan oʻziga Fondni boshqarish boʻyicha berilgan vakolatlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining majlislari oraligʻidagi davrda Fond Ijro etuvchi devonining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond xarajatlarining tasdiqlangan smetasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizom va amaldagi qonun hujjatlaridan kelib chiquvchi boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Parlament komissiyasi raisining oʻrinbosari Rais yoʻqligida uning vazifasini bajaradi, Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Parlament komissiyasi masʼul kotibi Parlament komissiyasining faoliyati samarali amalga oshirilishini taʼminlaydi, majlislar bayonnomalarini yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. Parlament komissiyasi raisining va komissiya aʼzolarining taqdimnomasiga binoan Parlament komissiyasi tarkibiga keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Senatining Kengashi tasdigʻiga kiritish sharti bilan oʻzgarishlar kiritilishi mumkin.
(4.7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8. Parlament komissiyasi qoʻyilgan maqsad va vazifalarni bajarish uchun ekspert guruhlarini tuzishi mumkin. Bu guruhlarning faoliyati Parlament komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalar asosida amalga oshiriladi. Yoʻnalishlar boʻyicha ekspert guruhlarini tuzishda ishga jalb etiladigan ekspertlarning professional va hayotiy tajribasi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.9. Parlament komissiyasi raisi, uning oʻrinbosari va komissiya aʼzolari oʻz vazifalarini jamoatchilik asosida bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi raisi va uning oʻrinbosarining oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlari Fond mablagʻlari hisobidan qoplanishi mumkin. Parlament komissiyasining joriy faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar ham Fond mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Parlament komissiyasining faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Parlament komissiyasining ish tartibi Parlament komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Parlament komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining majlislari Parlament komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan chaqiriladi, ular bu haqda komissiya aʼzolarini, qoida tariqasida, kamida ikki kun avval xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining majlislari mobaynida koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish huquqi Parlament komissiyasi raisiga, uning oʻrinbosariga va Parlament komissiyasi aʼzolariga, shuningdek Fond Direktoriga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining majlislari, agar ularda Parlament komissiyasi aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining majlisini Parlament komissiyasining raisi yoki uning oʻrinbosari olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining majlisi ochiq oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda Parlament komissiyasi yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Parlament komissiyasining navbatdan tashqari majlisi Parlament komissiyasi raisining tashabbusi bilan, shuningdek Parlament komissiyasi aʼzolarining yoki Taftish komissiyasi aʼzolarining yozma ravishdagi talabiga binoan chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Parlament komissiyasining barcha aʼzolari teng huquqlardan foydalanadilar, Parlament komissiyasining har bir aʼzosi bir ovozga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.5. Parlament komissiyasi oʻz vakolatlari doirasida bayonnoma bilan rasmiylashtiriladigan va koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadigan Qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining bayonnomalarini masʼul kotib imzolaydi, rais yoki uning oʻrinbosari yoxud Parlament komissiyasining majlisida raislik qilgan Parlament komissiyasi aʼzosi tasdiqlaydi. Shundan soʻng Parlament komissiyasi qarorlari Parlament komissiyasi aʼzolariga, Fondga ijro uchun yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining qarorlari Fondning Ijro etuvchi devoni ijro etishi uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.6. Parlament komissiyasi aʼzolari komissiya majlislarida hozir boʻlishlari shart. Parlament komissiyasi aʼzolari Parlament komissiyasining majlislarida ishtirok eta olmasliklari haqida Parlament komissiyasi raisi yoki masʼul kotibini oldindan yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.7. Parlament komissiyasining majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, ilmiy muassasalar vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot, televideniye, radio va Oʻzbekistonning boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Parlament komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining qoʻshma qarori bilan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining Parlament komissiyasini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha qoʻshma qarori tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining majlislarida tasdiqlanishi kerak.
(VI boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 28-fevraldagi 855-II-son va QQ-113-II-sonli qoʻshma qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 8-son, 84-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 10-iyuldagi 843-I/515-I-sonli Qoʻshma qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ Shodmonov Adham Xursanboyevich‎ —‎‎ Parlament komissiyasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari‎
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari
2.‎ Saidov Akmal Xolmatovich‎ —‎ Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi ‎
3.‎ Vafoyev Ulugʻbek Nazarovich ‎ —‎‎ Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari ‎
4.‎ Oxunov Ravshan Oripovich‎ —‎‎ Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi aʼzosi, “Uzbekistan Today” gazetasi bosh muharriri‎
5.‎ Niyazova Jamila Abduqodirovna‎ —‎‎ Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi aʼzosi‎
6.‎ Axunova Oysha Muhammadjonovna ‎ —‎‎ Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi ‎
7.‎ Toʻxtaboyev Abdurashid Tursunovich ‎ —‎‎ Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi‎
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzolari
8.‎ Artukbayeva Xaytxan Abdusalomovna‎ —‎‎ Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati boʻlimi masʼul kotibi‎
9.‎ Altiyev Abdurashid Sultonovich‎ —‎‎ Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator‎
10.‎ Ibragimov Xayrulla Fayzullayevich‎ —‎‎ Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator‎
11.‎ Fayziyev Neʼmatulla‎ —‎‎ Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator‎
12.‎ Pak Vera Borisovna ‎ —‎‎ Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Xiva shahridagi 20-sonli “Mehribonlik” uyi direktori ‎
13.‎ Xoʻjamberdiyev Mamazoir Ahmedovich‎ —‎‎ Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori‎
Moliya va Adliya vazirliklari vakillari
14.‎ Qoʻchqorov Jamshid Anvarovich ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari ‎
15.‎ Xolboyev Sobir Baratovich‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari ‎
16.‎ Aripova Gulbahor Markayevna ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari‎
NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari
17.‎ Sanginov Saydirasul Saydakparovich‎ —‎‎ Oʻzbekiston NNTlari Ekoforumi Kengashi raisi‎
18.‎ Raupov Sirojiddin Poʻlatovich ‎ —‎‎ “Jamiyat” gazetasi bosh muharriri‎
19.‎ Gʻulomov Shamshodbek Hamidovich ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi‎
20.‎ Usmonov Marifjon Shokirovich‎ —‎‎ Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti direktori ‎
21.‎ Habibullayev Nozim Nasibullayevich‎ —‎‎ Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi‎
22.‎ Abduxoliqov Firdavs Fridunovich‎ —‎‎ Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi raisi‎
23.‎ Hakimov Jamoliddin Sirojiddinovich ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori‎
24.‎ Umarxonov Bahodir‎ —‎ Ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi direktori‎
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 7-son, 410-modda, 9-son, 529-modda; 2010-y., 4-son, 173-modda; 2014-y., 8-son, 84-modda; 2015-y., 4-son, 173-modda, 5-son, 219-modda)