O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o‘rtasida 2008-yil 19-iyun kuni Minsk shahrida imzolangan 2008 — 2017-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnoma;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2008-yil 19-iyun kuni Minsk shahrida imzolangan jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-noyabr,
PQ-1000-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 47-son, 463-modda)