12.11.2008 yildagi 245-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.04.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

KORXONALAR, TASHKILOTLAR VA MUASSASALARDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH JAMGʻARMASINI TASHKIL ETISH VA UNING MABLAGʻLARIDAN FOYDALANISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida” 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda mehnatni muhofaza qilish jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 12-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245-son

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-noyabrdagi 245-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda mehnatni muhofaza qilish jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar (keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb ataladi) “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini, maqsadli dasturlarni va xodimlarning mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash va muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan boshqa chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi)ni tashkil etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydi va ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarni jamlash uchun tashkilotning tegishli boshqaruv organining qarori asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jamgʻarmani shakllantirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma mablagʻlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin qoladigan foydasi (daromadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jamgʻarma mablagʻlarini yoʻnaltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma mablagʻlari qatʼiy ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash va muhofaza qilish dasturlarini ishlab chiqishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarini mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalari va normalari talablariga muvofiq jihozlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shart-sharoitlarini yaxshilashga hamda xavfsiz va samarali mehnat qilish sharoitlarini yaratishga, xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitish (malakasini oshirish)ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb kasalliklarining oldini olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini normativ-huquqiy hujjatlar va mehnatni muhofaza qilishni targʻib qilish vositalari bilan taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha konferensiyalar, seminarlar, yigʻilishlar va koʻrgazmalar oʻtkazishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha faoliyatni ragʻbatlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning ichki normativ hujjatlari bilan belgilanadigan mehnatni muhofaza qilishning boshqa yoʻnalishlari boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlari va ushbu chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar miqdori kollektiv shartnomada, agar bunday shartnoma tuzilmagan boʻlsa — ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik organi oʻrtasida tuziladigan bitimda nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining istiqboldagi va yillik rejalarini ishlab chiqishda, birinchi navbatda, chang bosganlik, zaharli gazlar bilan ifloslanganlik, vibratsiya, shovqinni, boshqa xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini, yongʻin-portlash xavfini, ogʻir qoʻl mehnatini kamaytirish (bartaraf etish)ni talab qiladigan ishlab chiqarishlar, uchastkalar, obyektlar, texnologik jarayonlar aniqlanadi, shuningdek zararli ishlab chiqarishlarda va ogʻir ishlarda band boʻlgan ishchilar (ayniqsa xotin-qizlar) sonini kamaytirish, mehnatning xavfsizroq shart-sharoitlarini yaratishga doir chora-tadbirlar moʻljallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ventilyatsiya qurilmalari, sanitariya-maishiy qurilmalarni joriy taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan binolar, inshootlar, montaj maydonlari, xandaqlar, narvonlar va hokazolar yaqinida ish joyini oʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havoza tayyorlash, montaj qilish va ularni qismlarga ajratish, havozalar oʻrnatish, xandaqlar va kotlovanlarni mahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus kiyim-bosh va maxsus poyabzal sotib olish, ularni saqlash, taʼmirlash, yuvish, changdan tozalash, quritish, dezinfeksiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy himoya vositalari va yukni ushlaydigan moslamalar sotib olish va ularni sinab koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchilarni davolash-profilaktika ovqatlari, sut, sovun bilan taʼminlash, sanitariya-maishiy va xizmat xonalari sotib olish va ular tomonidan xizmatlar koʻrsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar, inshootlar va asbob-uskunalarni saqlash elementlaridan biri sifatida devorlar, shiftlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalarni rangli boʻyash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot hududini obodonlashtirish, shoxobcha yoʻllar, piyodalar yoʻlaklarini asfaltlash, hududni koʻkalamzorlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona yaqinida joylashgan turarjoy tumanlari uchun normal sanitariya sharoitlari yaratish asosiy maqsadi boʻlgan havo va suv basseynlarining ifloslanishini kamaytirish yoki ifloslanganlikni bartaraf etish chora-tadbirlari kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashkilot har yili, ushbu Nizomdan kelib chiqib, joriy yilning IV choragida kelgusi yilda mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqadi va uni kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlari moliyalashtirish manbalari va moddiy resurslar bilan taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarma mablagʻlari mehnatni muhofaza qilish xizmatining maʼlumoti asosida tashkilotning tegishli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan smeta doirasida sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan nazoratni mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari bilan bir qatorda bosh buxgalter va kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik organi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi, keyingi yilga oʻtadi hamda ushbu Nizomda va tashkilotning ichki normativ hujjatlarida belgilangan maqsadlarda sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlardan boshqa maqsadlarda, shu jumladan soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikni, boshqa kreditor qarzdorlikni qaytarish uchun foydalanilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashkilot rahbariyati Jamgʻarma mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi uchun qonunda belgilangan tartibda javob beradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 46-son, 456-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)