13.11.2008 yildagi PQ-998-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.11.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ASAKA” DAVLAT-AKSIYADORLIK TIJORAT BANKINING INVESTITSIYAVIY FAOLLIGINI YANADA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asaka” Davlat-aksiyadorlik tijorat bankining kapitallashuv darajasini yanada oshirish hamda sanoatning yetakchi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, iqtisodiyotni tarkibiy qayta tashkil etish hamda eksport salohiyatini yuksaltirish boʻyicha dasturlarni amalga oshirishda faol qatnashishi uchun uning investitsiyaviy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar “Asaka” Davlat-aksiyadorlik tijorat bankining investitsiya faoliyati sohasidagi eng muhim vazifalari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinasozlik korxonalari va sanoatning boshqa tarmoqlari mahalliylashtirilishi darajasini oshirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda shuning asosida tashqi va ichki bozorlarda xaridorgir boʻlgan, yangi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish hamda kengaytirish, korxonalarning eksport salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan faol investitsiyaviy siyosatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning oʻz resurslarini safarbar qilish va ulardan, shuningdek, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun samarali foydalanish, qoʻyilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq qaytarib olinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy xorijiy yuqori ishlab chiqarish quvvatlariga ega texnologiyalar va uskunalarni tatbiq etish asosida yangi sanoat ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy investorlar mablagʻlarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tashqi va ichki bozorlarda sotish istiqbollarini chuqur tahlil qilish va loyihani amalga oshirishdan olinadigan moliyaviy samarani prognozlash asosida investitsiya loyihalarini tanlab olish, kompleks baholash va ekspertiza qilish mexanizmlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarar koʻrib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, modernizatsiya qilish va barqaror ishlab chiqarish faoliyatini olib borishni, keyinchalik ularni strategik investorlarga sotish uchun tayyorlashni taʼminlaydigan krizisli boshqaruvning zamonaviy usul va mexanizmlaridan foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijozlarga, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish negizida keng miqyosdagi bank va konsalting xizmatlarini koʻrsatish, korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlarni tashqi va ichki bozorlarga olib chiqishda koʻrgazmalar, yarmarkalar tashkil etishda va boshqa shakllar orqali koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash uchun zamonaviy yuqori ishlab chiqarish quvvatlariga ega mashinalar, uskunalar, texnika va texnologiyalarni lizing shartlari asosida xarid qilishni taʼminlaydigan lizing operatsiyalarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihalarini tanlab olish, ekspertiza qilish va amalga oshirish masalalari boʻyicha bank xodimlarini qayta tayyorlash sifati hamda malakasini yanada oshirish, tijorat banklarini bankning investitsiyaviy faoliyatini aktivlashtirish vazifalarini samarali yechish qobiliyatiga ega, professional tayyorlangan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Asaka” Davlat-aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan 2008-2009-yillarda bankning ustav kapitali miqdorini qoʻshimcha 147,1 mlrd. soʻmga oshirgan holda uning jami miqdorini ekvivalentda 300 mlrd.soʻmga yetkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda “Asaka” Davlat-aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining 2008-2009-yillarda “Asaka” Davlat-aksiyadorlik tijorat banki aksiyalarini ilovaga muvofiq hajmlarda qoʻshimcha joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 13-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-998-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 13-noyabrdagi PQ-998-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-2009-yillarda “Asaka” Davlat-aksiyadorlik tijorat bankining qoʻshimcha joylashtiriladigan aksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAJMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Aksiyadorlar

Summasi

(mlrd soʻm)

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi*

49,6

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

50,0

3.

“Oʻzavtosanoat” AK

47,5

Jami

147,1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ulushi bank ustav kapitalidagi hisoblangan dividendlarni kapitallashtirishni hisobga olgan holda kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 46-son, 453-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)