Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAʼMURIY HUQUQBUZARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSINING 128-1-MODDASIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Transport vositalarining ichki jihozlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining 1985-yil 13-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy huquqbuzarlak toʻgʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 35, 411-modda; 1986-yil, № 29, 350-modda) 128-1-moddasiga oʻzgartirish kiritib, u quyidagi tahrirda bayon etilsin:
128-1-modda. Transport vositalarining ichki jihozlarini buzish
Passajir vagonlarining ichki jihozlarini, lokomotivlar hamda vagonlarning oynalarini buzish —
besh yuz soʻmdan ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Kemalar hamda avialaynerlarning ichki jihozlarini buzish —
besh yuz soʻmdan ming soʻm miqdorgacha jarima solishga sabab boʻladi.
Avtobuslarning, marshrut taksilarining, taksilar va shahar elektr transportining salonlaridagi hamda metropoliten vagonlaridagi va maxsus transportning hamma turlaridagi oynalar va ichki jihozlarni buzish —
ming soʻmdan ikki ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Jarima undirib olinishi aybdorni yetkazilgan moddiy zarar summasini toʻlashdan ozod etmaydi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 20-noyabr,
437-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 51-modda)