Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ODAM SAVDOSI JABRDIYDALARIGA YORDAM BERISH VA ULARNI HIMOYA QILISH BOʻYICHA RESPUBLIKA REABILITATSIYA MARKAZINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
“Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 8-iyuldagi PQ-911-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-911-son qarori bilan tashkil etilgan Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzurida Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha 30 oʻringa moʻljallangan Respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining asosiy vazifalari va funksiyalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
odam savdosi jabrdiydalarini qulay yashash va shaxsiy gigiyena shart-sharoitlari, shuningdek oziq-ovqat, dorivor vositalar va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash;
odam savdosi jabrdiydalariga kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy, psixologik, ijtimoiy, yuridik va boshqa yordam koʻrsatish;
odam savdosi jabrdiydalari xavfsizligini taʼminlash;
odam savdosi jabrdiydalarining qarindoshlari bilan muloqot oʻrnatishida koʻmaklashish;
odam savdosi jabrdiydalariga, ularning qarindoshlariga va vasiylariga odam savdosi jabrdiydalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisida axborot berish;
odam savdosi jabrdiydalarini ijtimoiy reabilitatsiya qilishda koʻmaklashish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining xodimlarning cheklangan umumiy soni 28 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 4,5 shtat birligidan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 360-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52-son, 624-modda)
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziriga, zaruriyat boʻlganda, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning shtatda belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining direktori Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
bir oy muddatda Respublika reabilitatsiya markazini yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasin;
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlikda Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining faoliyati yuksak darajada tashkil etilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qoʻyilsinki, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan Respublika reabilitatsiya markazini jihozlashga va uning joriy taʼminotiga mablagʻ ajratsin;
2009-yildan boshlab respublika budjeti parametrlarida Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining faoliyat koʻrsatishi uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati talablariga muvofiq Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazini joylashtirish uchun mahalliy budjetni ijro etishda qoʻshimcha ravishda olingan daromadlar va homiylik mablagʻlari hisobiga zarur taʼmirlash ishlarini bajarib, bino ajratsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-noyabr,
240-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 5-noyabrdagi 240-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Xodimlarning cheklangan soni — 28 kishi, shu jumladan:
boshqaruv xodimlari — 4,5 shtat birligi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 360-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52-son, 624-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 5-noyabrdagi 240-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazi (keyingi oʻrinlarda — Respublika reabilitatsiya markazi deb ataladi)ning faoliyatini tashkil etish, shuningdek odam savdosi jabrdiydalarini normal hayot tarziga qaytarish maqsadida ularga ijtimoiy, tibbiy va boshqa yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Respublika reabilitatsiya markazi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga idoraviy mansubdir.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Respublika reabilitatsiya markazi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
4. Respublika reabilitatsiya markazi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
5. Respublika reabilitatsiya markazi oʻz faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Odam savdosi jabrdiydalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Respublika reabilitatsiya markazining xizmatlaridan foydalanuvchilar hisoblanadi.
II. Respublika reabilitatsiya markazi faoliyatining asosiy tamoyillari, vazifalari va funksiyalari
7. Respublika reabilitatsiya markazi oʻz faoliyatini quyidagi asosiy tamoyillar asosida amalga oshiradi:
odam savdosi jabrdiydalarining kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik;
odam savdosi jabrdiydalarining shaxsiy hayoti va shaxsi maxfiyligiga rioya qilish;
ijtimoiy va yuridik qoʻllab-quvvatlash hamda yakka tartibda parvarish qilish.
8. Quyidagilar Respublika reabilitatsiya markazining asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
odam savdosi jabrdiydalarini qulay yashash va shaxsiy gigiyena shart-sharoitlari, shuningdek oziq-ovqat, dorivor vositalar va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash;
odam savdosi jabrdiydalariga kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy, psixologik, ijtimoiy, yuridik va boshqa yordam koʻrsatish;
odam savdosi jabrdiydalari xavfsizligini taʼminlash;
odam savdosi jabrdiydalarining qarindoshlari bilan muloqot oʻrnatishida koʻmaklashish;
odam savdosi jabrdiydalariga, ularning qarindoshlariga va vasiylariga odam savdosi jabrdiydalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisida axborot berish;
odam savdosi jabrdiydalarini ijtimoiy reabilitatsiya qilishda koʻmaklashish.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Respublika reabilitatsiya markazi faoliyatini tashkil etish
9. Respublika reabilitatsiya markazi odam savdosi jabrdiydalariga kompleks xizmatlar koʻrsatadi.
10. Odam savdosi jabrdiydalarini Respublika reabilitatsiya markaziga joylashtirish odam savdosi jabrdiydalarining ixtiyoriy xohishi hamda reabilitatsiya markazining direktori, ichki ishlar organlari hamda vasiylik va homiylik organlari vakillari tomonidan qabul qilinadigan qoʻshma qaror asosida amalga oshiriladi.
11. Odam savdosi jabrdiydalari Respublika reabilitatsiya markaziga oʻttiz kun muddatgacha joylashtiriladi. Zaruriyat boʻlganda odam savdosi jabrdiydalarining yashash muddati uch oy muddatgacha uzaytirilishi mumkin. Agar odam savdosi jabrdiydalarining hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilsa yashash muddati koʻrsatib oʻtilgan jabrdiydalarni himoya qilish uchun zarur deb hisoblangan davrga uzaytiriladi.
12. Odam savdosi jabrdiydalariga reabilitatsiya markazini ularning oʻzlarining yozma murojaatlariga muvofiq oʻz xohishi bilan tark etish huquqi beriladi.
13. Respublika reabilitatsiya markazi odam savdosi jabrdiydalari boʻlgan erkaklar va ayollarni, shuningdek bolalarni alohida joylashtiradi.
14. Respublika reabilitatsiya markazi odam savdosi jabrdiydalariga:
kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy, psixologik, ijtimoiy, yuridik va boshqa yordam beradi;
huquqlari va qonuniy manfaatlari toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;
xavfsizligini taʼminlaydi;
ovqatlanish, dorivor vositalar va tibbiy buyumlar bilan taʼminlaydi;
qulay yashash sharoitlari va shaxsiy gigiyena bilan taʼminlaydi;
qarindoshlar bilan aloqa oʻrnatishga koʻmaklashadi;
odam savdosi jabrdiydalari ijtimoiy reabilitatsiya qilinishiga koʻmaklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Odam savdosining har bir jabrdiydasiga sogʻliqning holatini kompleks tekshirib chiqish va baholash natijalari, ijtimoiy, psixologik, yuridik va boshqa yordam zarurligi boʻyicha ishlab chiqiladigan har bir shaxsni reabilitatsiya qilish rejasi asosida yordam koʻrsatiladi. Odam savdosi jabrdiydalarining har bir shaxsni reabilitatsiya qilish rejasining yagona shakli Respublika reabilitatsiya markazi tomonidan ishlab chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
16. Respublika reabilitatsiya markazi yoki reabilitatsiya qilishda qatnashuvchi boshqa idoralarning mutaxassislari, zaruriyatga koʻra, reabilitatsiya jarayonida odam savdosi jabrdiydalariga tibbiy, ijtimoiy, psixologik, yuridik va boshqa yordam koʻrsatish yuzasidan reabilitatsiya jarayoniga tuzatish kiritish maqsadida har bir shaxsni reabilitatsiya qilish rejasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
Reabilitatsiya chora-tadbirlari bajarilgandan keyin reabilitatsiya markazi rahbariyati tomonidan mutasaddi vrach bilan birgalikda har bir shaxsni reabilitatsiya qilish rejasiga muvofiq amalga oshirilgan reabilitatsiya natijalari baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Zaruriyat boʻlganda Respublika reabilitatsiya markazi odam savdosi jabrdiydalarini davolash-profilaktika muassasalariga, shu jumladan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga belgilangan tartibda diagnostika, davolash-maslahat yordami koʻrsatish, shuningdek (atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan narkologiya, psixiatriya, dermotovenerologiya, sil, yuqumli kasalliklar va boshqalar boʻyicha) statsionar tibbiy yordam koʻrsatish uchun yuboradi.
Respublika reabilitatsiya markazi rahbariyati davolash-profilaktika muassasalariga yuborishning asoslanganligi uchun shaxsan javob beradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 360-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52-son, 624-modda)
18. Odam savdosi jabrdiydalari reabilitatsiya markazida boʻlgan davrda ularga, agar bu odam savdosi jabrdiydalari manfaatlariga zid boʻlmasa, yaqin qarindoshlar, qonuniy vakillar bilan munosabatlar oʻrnatish va ularni saqlab turish shart-sharoitlari taʼminlanadi.
19. Odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya markazidan chiqarishga tayyorlash ichki ishlar organlari hamda vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda reabilitatsiya markazining masʼul xodimi kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.
20. Odam savdosi jabrdiydalari reabilitatsiya markazidan chiqqanlaridan keyin normal turmush tarziga toʻliq qaytgunlariga qadar yuridik maslahat berish, tibbiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha reabilitatsiya markazi xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Odam savdosi jabrdiydalarini ijtimoiy reabilitatsiya qilish ichki ishlar organlari hamda vasiylik va homiylik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat vazirligi boʻlinmalari bilan hamkorlikda reabilitatsiya markazi tomonidan taʼminlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ichki ishlar organlari hamda vasiylik va homiylik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat vazirligi boʻlinmalari Respublika reabilitatsiya markazining buyurtmanomalari boʻyicha odam savdosi jabrdiydalariga:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
odam savdosi jabrdiydalarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi mavjud sud tartib-qoidalari va maʼmuriy tartib-qoidalar toʻgʻrisida maqbul shakldagi axborotni taqdim etadilar va boshqa zarur yuridik yordamni koʻrsatadilar;
tibbiy koʻrikdan oʻtish va mutaxassisning maslahat berishi vositasida malakali psixologik va tibbiy yordam beradilar;
professional jihatdan reabilitatsiya qilinishda va ishga joylashishda koʻmaklashadilar;
odam savdosi jabrdiydalarining bolalari taʼlim muassasalariga qatnashini taʼminlaydilar.
23. Odam savdosi jabrdiydasi qaytarilgan oila ustidan, unga nisbatan odam savdosi takroran sodir etilishining oldini olish maqsadida, bir yil mobaynida monitoring olib borilishi kerak. Monitoring mobaynida reabilitatsiya markazi, ichki ishlar organlari hamda vasiylik va homiylik organlari mutaxassislari tomonidan shaxs qaytgandan keyin uning oiladagi holati baholanadi.
IV. Respublika reabilitatsiya markazining boshqaruv organlari
Oldingi tahrirga qarang.
24. Respublika reabilitatsiya markaziga Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
25. Respublika reabilitatsiya markazi direktori:
reabilitatsiya markazining faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va reabilitatsiya markaziga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida belgilangan tartibda xodimlarning shtat jadvalini, ularni moddiy ragʻbatlantirish va taqdirlash miqdori va shakllarini tasdiqlaydi, taklif etiladigan mutaxassislarga haq toʻlash miqdorlarini belgilaydi;
reabilitatsiya markazi xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
qonun hujjatlari talablariga muvofiq reabilitatsiya markazi xodimlari uzluksiz oʻqishini va ular muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlaydi;
har bir yil yakunlari boʻyicha Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiyasiga reabilitatsiya markazining faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Reabilitatsiya markazi rahbari reabilitatsiya markazining joriy faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalarni ham hal etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri, zaruriyat boʻlganda, Respublika reabilitatsiya markazining tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning shtatda belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
V. Respublika reabilitatsiya markazini moliyalashtirish manbalari va uning mol-mulki
27. Quyidagilar Respublika reabilitatsiya markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
davlat budjeti mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar.
28. Respublika reabilitatsiya markazining mol-mulkini asosiy fondlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalar) va aylanma mablagʻlar, shuningdek qiymati Respublika reabilitatsiya markazining mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa mol-mulk tashkil etadi.
VI. Hisob, hisobot va nazorat
29. Respublika reabilitatsiya markazi belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi hamda buxgalteriya va statistika hisobotlarini tegishli organlarga taqdim etadi.
30. Respublika reabilitatsiya markazining moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
VII. Odam savdosi jabrdiydalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor qilinganligi uchun reabilitatsiya markazi xodimlarining javobgarligi
31. Respublika reabilitatsiya markazining xodimlari odam savdosi jabrdiydalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor qilinganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
VIII. Respublika reabilitatsiya markazini qayta tashkil etish va tugatish
32. Respublika reabilitatsiya markazini qayta tashkil etish yoki tugatish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.