Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ARAB MAMLAKATLARI BILAN IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA QOʻShIMChA TADBIRLAR REJASINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni Qirolligi, Quvayt Davlati, Bahrayn Qirolligi, Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi Oʻmon Sultonligi, Marokash Qirolligi bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Arab mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan vazirliklar va idoralar – masʼul ijrochilar tasdiqlangan tadbirlarning belgilangan muddatda bajarilishini taʼminlasinlar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yuqorida koʻrsatilgan Tadbirlar rejasining bajarilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda natijalari toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi bilan birgalikda hisobot choragidan keyingi har oyning birinchi dushanba kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi majlisiga Tadbirlar rejasining bajarilishi toʻgʻrisida axborot kiritsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Tashqi ishlar vaziri V.I. Norov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 28-oktabr,
233-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-oktabrdagi 233-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Arab mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha tadbirlar
REJASI
Oldingi tahrirga qarang.
| T/r | Maqsadlar | Tadbirlar | Muddatlari | Bajaruvchilar |
| I. Birlashgan Arab Amirliklari | ||||
| 1. | Siyosiy muloqotlarni, savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini faollashtirish | 1.1.1. BAA Prezidenti shayx Xalif bin Zayod Al Naxayanning Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish. | 2009-yil | Tashqi ishlar vazirligi |
| 1.1.2. BAA Tashqi ishlar vaziri shayx Abdulla bin Zayod Al Naxayanning Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish. | 2008-yil dekabr | Tashqi ishlar vazirligi | ||
| 1.1.3. Oʻzbekiston-Amirliklar investitsiya kengashining birinchi majlisini oʻtkazish. | 2009-yil | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirliklar va idoralar, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti | ||
| 1.1.4. Abu-Dabi rivojlantirish jamgʻarmasi bilan hamkorlikni kengaytirish. | 2008—2010-yillar | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axbor�t-tahlil departamenti | ||
| 2. | Shartnomaviy-huquqiy bazani yanada mustahkamlash | 1.2.1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida jinoiy ishlar va jinoyatchilarni berish boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida bitim. | 2009-2010-yillar | Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
| 1.2.2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida fuqarolik ishlari, oilaviy ishlar, mehnatga oid ishlar va savdo ishlari boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida bitim. | 2009-2010-yillar* | Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 1.2.3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida madaniy-gumanitar sohada hamkorlik toʻgʻrisida bitim. | 2009-2010-yillar* | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 1.2.4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida bojxona ishlari sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim. | 2009-2010-yillar* | Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti , Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 1.2.5. “Oʻzemiratxolding” investitsiya kompaniyasining taʼsis hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2008-yil dekabr | Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 1.2.6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi savdo vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi hadli bitim. | 2009-2010-yillar* | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti , Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| II. Saudiya Arabistoni Qirolligi | ||||
| 1. | Siyosiy muloqotlarni, savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini faollashtirish | 2.1.1. Saudiya Arabistoni Qiroli Abdulla bin Abdulaziz Al Saudning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish. | 2009-2010-yillar | Tashqi ishlar vazirligi |
| 2.1.2. Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Qirolligi tashqi siyosat idoralari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundini oʻtkazish. | 2009-yil I yarim yillik | Tashqi ishlar vazirligi | ||
| 2.1.3. Saudiya Arabistoni Qirolligi va�irliklari va idoralari vakillaridan iborat (siyosiy-iqtisodiy) ekspertlar guruhining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish. | 2008-yil noyabr | Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, vazirliklar va idoralar, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti | ||
| 2.1.4. Oʻzbekiston-Saudiya Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning “Savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, texnika, madaniyat, sport va yoshlar ishlari sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim” bajarilishini nazorat qilish boʻyicha uchinchi majlisini Toshkent shahrida oʻtkazish. | 2009-yil | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirliklar va idoralar, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti | ||
| 2. | Shartnomaviy-huquqiy bazani yanada mustahkamlash | 2.2.1. Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Qirolligi oʻrtasida terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikka va giyohvand moddalar va psixotrop moddalar bilan bogʻliq jinoyatlarga, shuningdek boshqa jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida davlatlararo bitim. | 2008-2009-yillar* | Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
| 2.2.2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Saudiya Arabistoni Qirolligi Hukumati oʻrtasida ikki tomonlama soliqqa to�tishni va daromad va sarmoyaga soliq toʻlashdan bosh tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida bitim. | 2008-yil dekabr | Davlat soliq qoʻmitasi,Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti , Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 2.2.3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Saudiya Arabistoni Qirolligi Hukumati oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida bitim. | 2008-2009-yillar | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 2.2.4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Saudiya Arabistoni Qirolligi Hukumati oʻrtasida havo aloqasi toʻgʻrisida bitim. | 2009-yil I yarim yillik | “Davavianazorat” inspeksiyasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 3. | Madaniy-gumanitar sohada hamkorlikni rivojlantirish | 2.3.1. Saudiya Arabistonida Oʻzbekiston amaliy sanʼat koʻrgazmasini oʻtkazish. | 2009-yil | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti |
| III. Quvayt Davlati | ||||
| 1. | Siyosiy muloqotlarni, savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini faollashtirish | 3.1.1. Hamkorlik boʻyicha qoʻshma qoʻmitaning birinchi majlisini oʻtkazish. El-Quvayt shahrida Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy, investitsiya va turistik salohiyati taqdimotini oʻtkazish. | 2008-2009-yillar | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti , Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti |
| 3.1.2. Arab iqtisodiy rivojlantirish Quvayt jamgʻarmasi bilan hamkorlik indikativ dasturida nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida amalga oshirish. | 2008—2010-yillar | Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, vazirliklar va idoralar, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari | ||
| 3.1.3. Ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun Arab iqtisodiy rivojlantirish Quvayt jamgʻarmasi kredit mablagʻlarini jalb etish masalalarini chuqur ishlab chiqish. | 2008—2010-yillar | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti , Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari | ||
| 3.1.4. Quvayt investitsiya agentligi bilan qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalasini ishlab chiqish. | 2008—2010-yillar | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari | ||
| 3.1.5. Quvaytning “Mohammed Abdulmohsin Al-Kharafi & Sons” kompaniyasi bilan qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalasini ishlab chiqish | 2008—2010-yillar | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari | ||
| 2. | Shartnomaviy-huquqiy bazani yanada mustahkamlash | 3.2.1. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va Quvayt Davlatining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha Oliy kengashi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum. | 2008-2009-yillar | Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Bosh vazir oʻrinbosari F.Sh. Akbarova kotibiyati |
| IV. Bahrayn Qirolligi** | ||||
| 1. | Siyosiy muloqotlarni, savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini faollashtirish | 4.1.1. Bahrayn qiroli shayx Xamad bin Isa Al-Xalifaning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish. | 2009-2010-yillar | Tashqi ishlar vazirligi |
| 4.1.2. Bahrayn Qirolligida ikkala da�lat Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini tashkil etish. | 2009-yil | Tashqi ishlar vazirligi | ||
| 4.1.3. Respublikaning iqtisodiy va investitsiya salohiyatini taqdim etish uchun Manama shahriga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining tashrifini tashkil etish. | 2008-yil IV chorak | Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, vazirliklar va idoralar, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti | ||
| 2. | Shartnomaviy-huquqiy bazani yanada mustahkamlash | 4.2.1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Bahrayn Qirolligi Hukumati oʻrtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik toʻgʻrisida bitim. | 2009-yil | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
| 4.2.2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Bahrayn Qirolligi Hukumati oʻrtasida investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida bitim. | 2008-2009-yillar | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 4.2.3. Oʻzbekiston Respublikasi va Bahrayn Qirolligi oʻrtasida ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida bitim. | 2009-yil | Davlat soliq qoʻmitasi,Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 4.2.4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Bahrayn Qirolligi Hukumati oʻrtasida terrorizmga va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim. | 2009-yil | Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 4.2.5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Bahrayn Qirolligi Hukumati oʻrtasida bojxona ishlari sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim. | 2009-yil | Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 4.2.6. Oʻzbekiston Respublikasi va Bahrayn Qirolligi oʻrtasida turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim. | 2009-yil | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 4.2.7. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Bahrayn Qirolligi Savdo-sanoat palatalar� oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum. | 2008-yil dekabr | Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| V. Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi | ||||
| 1. | Siyosiy muloqotlarni, savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini faollashtirish | 5.1.1. Oʻzbekiston va Iordaniya tashqi siyosat idoralari oʻrtasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi memorandumni ishlab chiqish va imzolash. | 2009-yil I yarim yillik | Tashqi ishlar vazirligi |
| 5.1.2. Iordaniya Tashqi ishlar vazirining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish. | 2009-yil I yarim yillik | Tashqi ishlar vazirligi | ||
| 5.1.3. Ikkala davlat tashqi siyosat idoralari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundini tashkil etish. | 2009-yil I yarim yillik | Tashqi ishlar vazirligi | ||
| 5.1.4. Oʻzbekiston va Iordaniya Savdo-sanoat palatalari delegatsiyalarining oʻzaro tashrifini tashkil etish. | 2009-yil | Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti | ||
| 5.1.5. Oʻzbekiston Respublikasi va Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning birinchi majlisini oʻtkazish masalasini ishlab chiqish. | 2009-yil | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, vazirliklar va idoralar, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti | ||
| 2. | Shartnomaviy-huquqiy bazani yanada mustahkamlash | 5.2.1. Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim. | 2009-2010-yillar* | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi , Iqtisodiyot vazirligi, tashqi ishlar vazirligi, vazirliklar va idoralar, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
| 5.2.2. Ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida bitim. | 2009-2010-yillar* | Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 5.2.3. Ikkala mamlakat Savdo-sanoat palatalari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum. | 2009-2010-yillar* | Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 5.2.4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Iordaniya Hukumati oʻrtasida bojxona ishlari sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim. | 2009-2010-yillar* | Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 5.2.5. Xalqaro transport tashuvlari toʻgʻrisida bitim. | 2009-2010-yillar* | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| VI. Oʻmon Sultonligi** | ||||
| 1. | Siyosiy muloqotlarni, savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini faollashtirish | 6.1.1. Oʻmon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish va Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi maslahatlashuvlarning birinchi raundini oʻtkazish. | 2008-yil dekabr | Tashqi ishlar vazirligi |
| 6.1.2. Qarorgohi Saudiya Arabistonida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining Oʻmondagi elchisini akkreditatsiyadan oʻtkazish masalasini ishlab chiqish. | 2008-2009-yillar | Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi | ||
| 6.1.3. Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy, investitsiya va turistik salohiyatini taqdim qilgan holda Oʻmonda biznes-forum tashkil etish masalasini ishlab chiqish. | 2008-yil dekabr | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti | ||
| 6.1.4. Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Oʻmon Hukumatlararo komissiyasini tashkil etish masalasini ishlab chiqish. | 2009-2010-yillar* | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirliklar va idoralar, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti | ||
| 6.1.5. Oʻzbekiston va Oʻmon Savdo-sanoat palatalari delegatsiyalarining oʻzaro tashrifini tashkil etish. | 2009-yil | Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti | ||
| 2. | Shartnomaviy-huquqiy bazani yanada mustahkamlash | 6.2.1. Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik toʻgʻrisida bitim. | 2009-yil | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
| 6.2.2. Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim. | 2009-yil | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi , Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 6.2.3. Ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida bitim. | 2009-yil | Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 6.2.4. Turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim. | 2009-yil | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 6.2.5. Ikkala mamlakat Savdo-sanoat palatalari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum. | 2008-yil dekabr | Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 3. | Madaniy-gumanitar sohada hamkorlikni rivojlantirish | 6.3.1. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining kutubxona fondini rekonstruksiya qilish boʻyicha qoʻshma loyihani muhokama qilish uchun Oʻmon ekspertlar guruhining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish masalasini ishlab chiqish. | 2009-yil | Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti |
| VII. Marokash Qirolligi** | ||||
| 1. | Siyosiy muloqotlarni, savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligini faollashtirish | 7.1.1. Qarorgohi Qohirada boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining Marokashdagi elchisini akkreditatsiyadan oʻtkazish. | 2008-yil dekabr | Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi |
| 7.1.2. Oʻzbekiston Respublikasi va Marokash tashqi siyosat idoralari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundini tashkil etish. | 2009-yil | Tashqi ishlar vazirligi | ||
| 2. | Shartnomaviy-huquqiy bazani yanada mustahkamlash | 7.2.1. Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik toʻgʻrisida bitim. | 2009-2010-yillar* | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, vazirliklar va idoralar, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi |
| 7.2.2. Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish sohasidagi hamkorli� toʻgʻrisida bitim. | 2009-2010-yillar* | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 7.2.3. Ikki tomonlama soliqqa tortishni bartaraf qilish toʻgʻrisida bitim. | 2009-2010-yillar* | Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 7.2.4. Turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim. | 2009-2010-yillar* | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 7.2.5. Ikkala mamlakat Savdo-sanoat palatalari oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum. | 2009-2010-yillar* | Savdo-sanoat palatasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi | ||
| 3. | Madaniy-gumanitar sohada hamkorlikni rivojlantirish | 7.3.1. Marokash turistik firmalari vakillarining Oʻzbekiston Respublikasiga tanishuv tashrifini tashkil etish. | 2009-2010-yillar* | “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti |
* Bajarishning aniq muddatlari mamlakat Rahbarining tegishli tashrifi tashkil etilgandan keyin (yoki tegishli mamlakatlar Rahbarlarining siyosiy qarorlariga koʻra) belgilanadi.
** Oʻzbekistonning Oʻmonda, Marokashda va Bahraynda, ushbu davlatlarning Toshkent shahrida diplomatik missiyalari, shuningdek faxriy konsullari boʻlmaganligi tufayli mamlakatlarning koʻrsatib oʻtilgan guruhlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tegishli ravishda respublikaning Saudiya Arabistoni, Misr va Quvaytdagi diplomatik missiyalari orqali muvofiqlashtiriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)