OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SOVETINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KONSTITUTSION NAZORAT TOʻGʻRISIDA”GI QONUNINI KUChGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq mazkur qarorning nomidagi hamda matnidagi “Oʻzbekiston SSR” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan. Shuningdek, “Qoraqalpogʻiston ASSR” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” degan soʻzlar bilan almashtirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida Konstitutsion nazorat toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida Konstitutsion nazorat toʻgʻrisida”gi Qonuni 1990-yil 1-iyuldan kuchga kiritilsin.
Mazkur Qonunning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining muvofiqligini nazorat qilishga oid qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Milliy-davlat hamda maʼmuriy-territorial tuzilish toʻgʻrisidagi boʻlimiga oʻzgartishlar hamda qoʻshimchalar kiritish bilan bir paytda kuchga kiradi. Bu qoida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti 1990-yil 1-iyuldan grajdanlarning asosiy huquq va erkinliklariga oid normativ qonun hujjatlari ustidan nazoratni amalga oshirishiga taalluqli emas.
2. “Oʻzbekiston Respublikasida Konstitutsion nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida koʻzda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komiteti tarkibini yangilab turish prinsipini amalga oshirish maqsadida Komitetning Raisi Komitetning birinchi hayʼati saylanishi bilanoq besh yildan soʻng komitetning vakolat muddati tugaydigan 5 aʼzosini kura tashlash yoʻli bilan aniqlashi belgilab qoʻyilsin. Shundan keyingi saylovlarda komitetning har bir aʼzosi oʻn yil muddatga saylanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsion nazorat komitetiga saylangan shaxslar mehnat huquqlarini muhofaza qilish masalalari hamda faoliyatini taʼminlashning boshqa shart-sharoitlari jihatidan Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlariga tenglashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Raisi M. IBROHIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 20-iyun,
93a-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 16-18-son, 290-modda; 1991-y., 11-son, 273-modda; 1993-y., 5-son, 205-modda)