Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT-TIJORAT XALQ BANKINING KAPITALLASHUVINI YANADA KOʻPAYTIRISH VA INVESTITSION FAOLLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqarolar jamgʻarmalarini ishonchli, kafolatli himoyalashni taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining kapitallashuvini koʻpaytirish va moliyaviy barqarorligini oshirish, jamgʻarmalarga aholining boʻsh mablagʻlari jalb etilishini kengaytirish hamda koʻrsatiladigan bank xizmatlari sifatini yaxshilash, shuningdek bankning investitsion faoliyatini kuchaytirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy hamda texnologik yangilash boʻyicha istiqbolli dasturlarni amalga oshirishdagi ishtirokini faollashtirish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
respublika aholisiga bank xizmatlari koʻrsatilishini tubdan takomillashtirish, mijozlarga xalqaro standartlar darajasidagi zamonaviy, jozibador bank xizmatlari keng kompleksini taqdim etish, buning asosida aholining bankka boʻlgan ishonchini oshirish va milliy hamda xorijiy valyutadagi bank omonatlarining barqaror oʻsishini taʼminlash;
Xalq bankining plastik kartochkalaridan keng foydalangan holda aholining naqd pulsiz hisob-kitoblari tizimini har tomonlama rivojlantirish, shuningdek xalqaro bank kartochkalari bilan operatsiyalarni kengaytirish;
bank mablagʻlarini oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilishini, shuningdek bankning barqaror foizli daromadini taʼminlab beruvchi ishonchli va yuqori likvidli aktivlar hamda moliyaviy vositalarga samarali joylashtirish;
qarz oluvchilarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilishning zamonaviy usullarini tatbiq etish, ularning kredit qobiliyatini baholash va biznes-rejalarini atroflicha oʻrganish asosida kredit tavakkalchiligini boshqarish tizimini takomillashtirish;
avvalo ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy hamda texnologik yangilash, zamonaviy xorijiy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish, ushbu asosda yuqori sifatli, jahon va ichki bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishni birgalikda moliyalash yoʻli bilan aktiv investitsiya faoliyatini olib borish;
Xalq bankining hududiy boʻlimlari va filiallarining moliyaviy salohiyatini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etgan holda ularning moddiy-texnika bazasini, ayniqsa qishloq joylarda yanada mustahkamlash, yuqori daromadli mintaqaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bank boʻlimlari va filiallarining ishtirokini kengaytirish;
Xalq banki xodimlarini qayta tayyorlash va malakasi oshirilishini tizimli asosda tashkil etish, bank boʻlinmalarini aholiga bank xizmati koʻrsatilishini takomillashtirish hamda bankning investitsion faoliyatini kuchaytirish masalalarini samarali hal etish qobiliyatiga ega yuqori malakali, tashabbuskor rahbar va mutaxassislar bilan mustahkamlash.
2. Davlat-tijorat Xalq banki aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan 2008-yilda bankning ustav kapitalini 100 mlrd. soʻmga yetkazish toʻgʻrisida qaror qabul etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining 2009 — 2012-yillar mobaynida Davlat-tijorat Xalq bankining ustav kapitalini bank aksiyadorlari orasidagi mavjud ulush taqsimotini saqlab qolgan va bank aksiyalarini 1-ilovaga muvofiq hajmda qoʻshimcha joylashtirgan holda 200 mlrd. soʻmga yetkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Davlat-tijorat Xalq banki Kuzatuv kengashining yangilangan tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Kuzatuv kengashi (R.S. Azimov) va Xalq banki Boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
har yili bankning kredit rejasini shakllantirishda moliyalashtirilishi moʻljallanayotgan investitsiya loyihalarini sinchkovlik bilan tanlab olish, samaradorligini kompleks baholash va ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlasin;
amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining oʻzini qoplashi, qoʻyilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilishi ustidan tizimli monitoring joriy etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan qoʻshimcha va oʻzgartishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 16-oktabr,
PQ-986-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
2009 — 2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining qoʻshimcha joylashtiriladigan aksiyalari
HAJMI
|
T/r |
Aksiyadorlar nomi |
Summa (mlrd soʻm) |
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
51 |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki |
49 |
|
Jami |
100 |
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining qoʻshimcha joylashtiriladigan aksiyalaridagi ulushi 2011-2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Davlat budjetiga oʻtkaziladigan foydasi hisobidan shakllantiriladi.