Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON IQTIDORLI YOSHLARINI TAQDIRLASH VA MODDIY RAGʻBATLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Oldingi tahrirga qarang.
Qobiliyatli yoshlarni ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli oʻquvchilarni, talabalar va tayanch doktorantlarni qoʻllab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar yili” davlat dasturi toʻgʻrisida” 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-son qarorida qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Magistratura bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda tasdiqlangan nizomlarga muvofiq iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish uchun zarur budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni nazarda tutsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalarida iqtidorli yoshlarning oʻz maʼnaviy, kasbiy va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarishdagi yutuqlari keng yoritilishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 13-oktabr,
226-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisida
nizom
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari davlat oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining soʻnggi oʻquv yilida tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlarga (keyingi oʻrinlarda — tayanch doktorantlar deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov asosida tanlab olish natijalariga koʻra tayinlanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tayanch doktorantlarga tayinlash uchun belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari kvotasi (oʻnta) Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari roʻyxatiga muvofiq har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tanlov yoʻnalishlari boʻyicha (har bir tanlov yoʻnalishiga bittadan stipendiya hisobidan) taqsimlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tayanch doktorantlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlar belgilanadi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
yetakchi ilmiy nashrlarda (kamida ikkita) ilmiy maqolalar eʼlon qilingan boʻlishi;
Oʻzbekiston tarixini bilish;
xalqaro konferensiyalar bosma nashrlarida maqolalar eʼlon qilingan boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
barcha malakaviy imtihonlarni “aʼlo” bahoga topshirish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
dissertatsiyaning tayyorlik darajasi (dissertatsiyaning tayyorlik darajasi kamida 70 foiz boʻlishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzod koʻrsatgan muassislarning tegishli xulosasi bilan tasdiqlanishi kerak);
Oldingi tahrirga qarang.
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi taʼlim yoʻnalishi yoki magistraturadagi ixtisoslik (tayanch doktoranturadagi tadqiqot obyekti) xorijiy til hisoblangan alohida hollarda esa qoʻshimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Tillarni, axborot texnologiyalarini, Oʻzbekiston tarixini bilishga talablar darajasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar ushbu fanlar boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida maxsus test sinovidan oʻtadilar. Markaz yakuniy vedomostlarni test sinovlari natijalari bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tayanch doktorantlar nomzodlarini koʻrsatadigan davlat oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, yetakchi mutaxassislarni jalb etgan holda, talabgorlar ishlarining dolzarbligini, ularning shaxsiy hissasini, oʻtkazilgan tadqiqotlarning muhimligini oldindan ekspertizadan oʻtkazadilar, dissertatsiya tadqiqotlari mavzusi boʻyicha tayanch doktorantlar ilmiy axborotlarining ommaviy muhokamasini tashkil qiladilar, ularning umumiy ilmiy tayyorgarligini, dissertatsiyaning tayyorlik darajasini, talabgorlarning maʼnaviy-axloqiy sifatlarini baholaydilar va har bir nomzod boʻyicha asoslangan xulosa qabul qiladilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
5. Ilmiy-tadqiqot ishlarining mufassal annotatsiyalari ikki nusxada, matnga tegishli koʻrgazmalar bilan birga dastlabki koʻrib chiqish uchun davlat oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy kengashiga taqdim etiladi.
Ishga quyidagilar ilova qilinadi:
mazkur soha yetakchi mutaxassislarining fikr-mulohazalari;
ilmiy ishlar roʻyxati;
ilmiy maqolalarning bosma nusxasi, mualliflik guvohnomalarining nusxalari, ilmiy ish natijalaridan foydalanish haqidagi dalolatnomalar.
Ishning (annotatsiyaning) har bir nusxasi yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlar bilan birga muqovalangan yoki jildga joylangan boʻlishi kerak. Muqovada yoki jildda ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning ismi, familiyasi va otasining ismi, ishning nomi koʻrsatiladi.
Boshqa hujjatlar, qoʻshimcha chizmalar, sxemalar, xaritalar, albomlar, suratlar va shu kabilar bir nusxada taqdim etiladi.
6. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali, oddiy koʻpchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar.
Ilmiy kengashlarning qarorlari vazirliklar va idoralar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqida tavsiyanomalar joʻnatish uchun asos hisoblanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vazirliklar va idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash toʻgʻrisidagi tavsiyalarini har yili bir marta — dekabr oyida koʻrib chiqadi va ular boʻyicha qaror qabul qiladi. Hujjatlar 1—31-oktabrda qabul qilinadi, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, Oʻzbekiston tarixi boʻyicha maxsus test sinovlari 1—30-noyabrda oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tayanch doktorantlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati qarori asosida amalga oshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Stipendiyalarni tayinlashdan avval talabgorlarning maxsus va umumilmiy tayyorgarlik darajasi hamda maʼlumotlarining belgilangan mezonlarga muvofiqligi puxta ekspertizadan oʻtkaziladi.
Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yetakchi olimlar va mutaxassislardan iborat tarkibda maxsus tanlov komissiyasi tuzadi, uning zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalariga talabgorlar oʻrtasida saralash tanlovi oʻtkazish yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazadi va agar har bir ishga ovoz berishda qatnashgan komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi maʼqullab ovoz bersa nomzod tayanch doktorantlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Ovoz berishdan soʻng talabgorlar soni belgilangan oʻrinlar kvotasidan koʻp boʻlgan taqdirda ustunlik eng koʻp ovoz olgan talabgorlarga beriladi.
Tanlov komissiyasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangandan soʻng kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qarori davlat oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun tayanch doktorantlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash va toʻlash haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirishda asos boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Stipendiyalar har yili tayanch doktorantning tayanch doktoranturaning oxirgi kursidagi oʻqish davri uchun, stipendiyaning ikki barobari miqdorida qatʼiy muvofiq holda tayinlanadi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 684-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/684/3601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohibi boʻlgan tayanch doktorantlarga “Prezident stipendiyasining sohibi” guvohnomalari beriladi. Guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati majlisida tantanali vaziyatda topshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Shaxsiy rejalarni bajarmagan va ilmiy odob-axloqqa rioya qilmagan tayanch doktorantlar tasarrufida tayanch doktorant oʻqiyotgan oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilinishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-noyabrdagi 898-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son)
14. Bahsli masalalar, ariza va shikoyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Magistratura bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Magistratura bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalariga binoan tayinlanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Talabalarga tayinlash uchun belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi kvotasi (yigirma ikkita) Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tanlov yoʻnalishlari boʻyicha (har bir tanlov yoʻnalishiga bittadan stipendiya hisobidan) taqsimlanadi.
Bunda, oliy taʼlim muassasalari tomonidan nomzodlar har bir tanlov yoʻnalishi boʻyicha bittadan tavsiya etilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
umumtaʼlim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uygʻunlashtirish;
yoʻnalishlar boʻyicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
kamida ikkita eʼlon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari), magistraturadagi mutaxassislik xorijiy til boʻlgan taqdirda esa qoʻshimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish talab qilinadi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Oʻzbekiston tarixini bilish.
Tillarni, axborot texnologiyalarini, Oʻzbekiston tarixini bilish boʻyicha talab darajalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar ushbu fanlar boʻyicha oʻz bilim darajasini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida (mintaqalar boʻyicha) maxsus test sinovlari topshiradilar. Markaz yakuniy vedomostlarni test sinovlari natijalari bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga nomzodlar koʻrsatish, talabgorlar nomzodlarining oʻqishdagi va ilmiy (ijodiy) faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ommaviy ravishda muhokama qilingandan soʻng, davlat oliy taʼlim muassasalarining ilmiy kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Talabgorlar dastlabki koʻrib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni topshiradilar:
sinov daftarchasidan koʻchirma;
Keyingi tahrirga qarang.
dekanat, kafedra tavsiyanomasi;
ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;
rahbarning fikr-mulohazalari;
ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;
ilmiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari.
Barcha hujjatlar ikki nusxada taqdim qilinadi. Hujjatlarning har bir toʻplami jildga joylanadi, har bir jild muqovasida ishni taqdim qilgan muassasaning nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, ishning nomi koʻrsatiladi.
5. Ilmiy kengashlar yashirin ovoz berish orqali, oddiy koʻpchilik ovoz bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalarini tayinlash uchun stipendiatlar nomzodlarini koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.
Ilmiy kengashlar qarorlari vazirliklar va muassasalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga tavsiyanoma yuborishi uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta koʻrib chiqadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati — 1—15-avgust, koʻrib chiqish muddati — 10—25-sentabr.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati qarori bilan amalga oshiriladi.
Stipendiyalar tayinlanishidan avval talabgorlarning belgilangan mezonlarga muvofiq bilim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarlik darajasi puxta ekspertizadan oʻtkaziladi.
Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar orasidan tanlab olish yuklanadigan maxsus tanlov komissiyasi tuzadi;
talabgorlarning taʼlim va ilmiy (ijodiy) tayyorgarligi darajasini baholash maqsadida ishlarni koʻrib chiqish uchun yoʻnalishlar boʻyicha ekspertlar guruhlari tuzadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda axborot texnologiyalari, Oʻzbekiston tarixi, xorijiy tillar boʻyicha imtihon komissiyalarini tashkil etadi, test topshiriqlarini ishlab chiqadi;
tanlov komissiyasi va ekspert guruhlarining ish tartibini belgilaydi;
tanlov komissiyasi majlislarini oʻtkazish muddatlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Tanlov komissiyasi talabgorlarning yakuniy tanlovini yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkazadi hamda talabgor va uning ishi uchun ovoz berishda ishtirok etgan komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ovoz berganda talabalar nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash uchun tavsiya qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar ovoz berishdan soʻng talabgorlar soni belgilangan kvotadan koʻp boʻlsa, ustunlik eng koʻp ovoz olgan talabgorlarga beriladi.
Tanlov komissiyasining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati tasdiqlagandan soʻng kuchga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼatining qarori davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash va toʻlash haqida buyruq tayyorlashi uchun asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari talabalarga har yili, bir oʻquv yili uchun, 1-sentabrdan boshlab, belgilangan miqdorlarga qatʼiy rioya qilingan holda tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga sazovor boʻlgan talabalarga “Prezident stipendiyasining sohibi” guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati majlisida tantanali ravishda topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari sohiblari boʻlgan magistratura bosqichi talabalari oliy taʼlim muassasasini bitirgach, ikki yil davomida tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qabul qilinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
14. Kundalik darslarni oʻzlashtirmaydigan, oʻquv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzgan talabalarni oʻquv yili mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalaridan mahrum qilish tasarrufida talaba oʻqiyotgan oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hayʼati qarori bilan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Talabalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalarini tayinlash boʻyicha ariza va shikoyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oliy taʼlim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlarida butun oʻqishi davomida faqat aʼlo baholarga oʻqiyotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan oxirgi kurs talabalariga tayinlanadi va toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalari har bir oliy taʼlim muassasasining bakalavriat bosqichidagi bir nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi va toʻlanadi.
Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulugʻbek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari (keyingi oʻrinlarda — nomli davlat stipendiyalari) Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlarining oxirgi ikki kursida oʻqiyotgan talabalarga tayinlanadi va toʻlanadi.
Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlarining oxirgi ikki kursida oʻqiyotgan talabalarga tayinlanadi va toʻlanadi. Bunda, ushbu nomli davlat stipendiyalari soni Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi har bir oliy taʼlim muassasasi uchun Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari boʻyicha alohida bittadan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Kelgusi oʻquv yili uchun nomli davlat stipendiyalari soni joriy oʻquv yili oxirida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ularning filiallari boʻyicha davlat stipendiyalari soni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga muvofiq har yili tasdiqlanadigan tanlov yoʻnalishlari va talabalar sonidan kelib chiqib taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etuvchi nomzodlarga quyidagi talablar belgilanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) nomli davlat stipendiyalari uchun:
aʼlo oʻqish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish;
yoʻnalishlar boʻyicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;
Oʻzbekiston tarixini bilish;
tillarni — davlat tilini va bitta xorijiy (Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni bilish, bakalavriatdagi taʼlim yoʻnalishi xorijiy til hisoblangan alohida hollarda qoʻshimcha ravishda yana bitta xorijiy tilni bilish. Bunda, talabgorlar ushbu tillar boʻyicha oʻz bilimlari darajasini aniqlash uchun oʻqish joyidagi til kafedralarida maxsus suhbatdan oʻtadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi uchun mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda oʻqiyotgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos mavzuda kamida ikkita eʼlon qilingan ishlar (maqola, tezis yoki asarlar)ning mavjudligi talab etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Tanlovlarni oʻtkazish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash uchun nomzodlarni koʻrsatish oliy taʼlim muassasalari kengashlari tomonidan, talabgorlarning oʻquv va ilmiy faoliyatini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar dastlabki koʻrib chiqish uchun oliy taʼlim muassasasi kengashiga quyidagilarni taqdim qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
sinov daftarchasidan koʻchirma;
Keyingi tahrirga qarang.
dekanat va kafedraning tavsiyanomasi;
ilmiy (ijodiy) ish rahbarining tavsiyanomasi;
ilmiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari;
tillar kafedrasi, tarix kafedrasining suhbat natijalari haqidagi maʼlumotnomalari.
Barcha hujjatlar jildga (papkaga) joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki nomli davlat stipendiyasi nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishi, kursi, guruhi koʻrsatiladi.
6. Oliy taʼlim muassasalari kengashlari talabgorlarni tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etish boʻyicha yashirin ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovoz bilan qaror qabul qiladilar.
Ovoz berish jarayonida oliy taʼlim muassasasining professor-oʻqituvchilari va talabalari ham ishtirok etishi mumkin.
Ovoz berish natijalariga koʻra oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga eng koʻp ovoz olgan uch nafardan (bunda nomzodlar turli tanlov yoʻnalishlari boʻyicha aniqlanishiga urgʻu beriladi);
nomli davlat stipendiyalariga ajratilgan har bir kvotaga eng koʻp ovoz olgan uch nafargacha nomzod tanlovning navbatdagi bosqichiga tavsiya etiladi.
7. Oliy taʼlim muassasasi kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va tegishli hujjatlar oliy taʼlim muassasasining masʼul xodimi tomonidan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining “stipendiya.edu.uz” elektron tizimiga har yili 1 — 15-avgust kunlari kiritiladi.
Bunda, nomzodlarning hujjatlarining asliga toʻgʻri ekanligi hamda “stipendiya.edu.uz” elektron tizimiga oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi boʻyicha masʼuliyat oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta, har yili 10 — 30-sentabr kunlari koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar chet tillari, axborot texnologiyalari, Oʻzbekiston tarixi fanlari boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida (hududlar boʻyicha) maxsus test sinovlari topshiradilar. Davlat test markazi test sinovlari natijalari qaydnomalarini Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari talabgorlarning ilmiy ishlari, erishgan yutuqlari hamda oʻtkazilgan test sinovlari natijalariga koʻra Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida tanlov yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etilgan tanlov komissiyalari qaroriga asosan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Tanlov komissiyalarining qabul qilingan qarorlariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindori boʻlgan talabalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Stipendiyalarni tayinlash va ularga beriladigan imtiyozlar
12. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori, ijrochi direktori)ning talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash va toʻlash haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirishi uchun asos hisoblanadi.
Stipendiyalar 1-sentabrdan boshlab, bir yil muddatga, belgilangan miqdorga qatʼiy rioya qilgan holda tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida gʻolib boʻlgan talabalarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tomonidan tasdiqlangan quyidagi guvohnomalardan biri beriladi:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi”;
“Beruniy nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
“Ibn Sino nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
“Navoiy nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
“Ulugʻbek nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
“Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
“Islom Karimov nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
“Toʻlepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasining sohibi”;
“Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasining sohibi”.
Guvohnomalar talabalarning oʻqish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar bakalavriatni tugatgandan soʻng ikki yil mobaynida, nomli davlat stipendiyalari sohibi boʻlgan talabalar bakalavriatni tugatganidan soʻng bir yil mobaynida tegishli mutaxassislik boʻyicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Talabalarni kundalik darslarni oʻzlashtirmaganlik, oʻquv intizomini va odob-axloqni buzganlik uchun oʻquv yili mobaynida davlat stipendiyalaridan mahrum qilish oliy taʼlim muassasalari taqdimnomalariga binoan tegishli vazirliklar va idoralar buyruqlari bilan amalga oshirilishi mumkin.
16. Talabalarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga tayinlash boʻyicha ariza va shikoyatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 674-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika tanlovlari va sport musobaqalarini oʻtkazish toʻgʻrisida
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya qarorlariga koʻra oʻtkaziladigan respublika musobaqalarini: oʻquvchilarning badiiy-ijodiy ixtisosliklar boʻyicha tanlovlarini, sportning shaxsiy va komanda turlari boʻyicha sport musobaqalarini tashkil etishning umumiy prinsiplarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar oʻquvchi yoshlar oʻrtasida tanlovlar, sport musobaqalari oʻtkazishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
oʻquvchi yoshlarning isteʼdodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish;
oʻquvchilarda oʻzlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur oʻrganishga qiziqishni oshirish;
oʻquvchilarning kelajakdagi kasblarni toʻgʻri tanlashiga koʻmaklashish;
oʻquv-tarbiya jarayonini, oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini takomillashtirish, ular tomonidan qobiliyatli oʻquvchilar bilan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan yakka tartibdagi ishlarni oʻtkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
4. Ijodkor yoshlarning respublika tanlovlari:
Oldingi tahrirga qarang.
bolalar musiqa va sanʼat maktablari;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
professional taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari oʻquvchilarining ikkita guruhi oʻrtasida oʻtkaziladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Badiiy akademiya tanlov ixtisosliklari va shartlar roʻyxatini va tanlovlar shartlarini tasdiqlaydi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻquvchilarining musiqa fanlari boʻyicha tanlovlari har uch yilda bir marta quyidagi bosqichlar boʻyicha oʻtkaziladi:
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
1-bosqich — tuman, shuningdek hududi tumanlarga boʻlinmagan shahar boʻyicha;
2-bosqich — viloyat boʻyicha, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Toshkent shahrida;
3-bosqich — respublika boʻyicha.
Tanlovlarning birinchi bosqichida oʻz taʼlim muassasalaridagi hisobot konsertlarida eng katta eʼtibor qozongan oʻquvchilar ishtirok etadilar.
Ikkinchi bosqichda I, II, III oʻrinlarni egallagan, uchinchi — yakunlovchi bosqichda esa tanlovga tavsiya etilgan har qaysi ixtisoslik boʻyicha faqat I oʻrinni egallagan oʻquvchilar ishtirok etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Professional taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari oʻquvchilarining ijodiy tanlovlari musiqa, raqs, teatr, folklor yoʻnalishlari ijrochilari oʻrtasida har ikki yilda bir marta, uch turda oʻtkaziladi.
(4-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu tanlovlarga saralab olish va yuborish hisobot konsertlari yakunlari boʻyicha amalga oshiriladi. Tanlov turlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi belgilagan tartibda oʻtkaziladi. I, II, III oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar faqat soʻnggi tur yakunlari boʻyicha aniqlanadi.
(4-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻquvchilarning ijodiy tanlovlari bosqichlari va turlarini tashkil etish uchun masʼuliyat tegishli ravishda taʼlim muassasalarining rahbarlari zimmasiga, Badiiy akademiyaga, Madaniyat vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalariga yuklanadi.
(4-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
5. Respublika sport musobaqalari har yili sportning har xil turlari boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari va umumtaʼlim maktablari komandalari oʻrtasida, oʻquv yili davomida, quyidagi bosqichlar boʻyicha oʻtkaziladi:
1-bosqich — mintaqalar boʻyicha, bolalar sport maktablari, sport klubi yoki jamiyatlari tarkibida;
2-bosqich — respublika boʻyicha, oʻsha komandalarda yoki mintaqa terma jamoasi tarkibida.
Sport musobaqalarining har bir bosqichi eng kuchli sportchilarni saralash xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro musobaqalarning sport turlari, oʻtkazish kalendari va musobaqa dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining qarori bilan belgilanadi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika musobaqalarining sport turlari, kalendari va dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining qarori bilan tartibga solinadi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Keyingi tahrirga qarang.
I, II, III oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar sportning har bir turi boʻyicha aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sport musobaqalari bosqichlarini tashkil etish uchun masʼuliyat tegishli ravishda akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy boʻlinmalari, toʻrtinchi final bosqichi boʻyicha esa — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Gʻoliblarni taqdirlash Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Respublika musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha butun tadbirlar kompleksini bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Badiiy akademiya hamda ularning hududiy boʻlinmalari oʻz buyruqlari bilan tashkiliy qoʻmitalar, jyurilar, hakamlar hayʼatlari, apellyatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalarni tashkil etadilar.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tashkiliy qoʻmitalar tanlovlar va musobaqalarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishda yagona ilmiy-uslubiy yondashuvni taʼminlaydilar, jyurilar, hakamlar hayʼatlari, apellyatsiya komissiyalari va boshqa tuzilmalar tarkibini shakllantiradilar va tasdiqlaydilar, testlar va sinov topshiriqlarini tayyorlashni tashkil etadilar, baholash mezonlarini va yakunlar chiqarish tartibini tasdiqlaydilar, qatnashchilarning musobaqaga kelishi bilan bogʻliq barcha masalalarni hal qiladilar.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jyurilar, hakamlar hayʼatlari gʻoliblarni aniqlaydilar va tanlovlar va musobaqalar yakunlarini protokol qaror bilan rasmiylashtiradilar.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Apellyatsiya komissiyalari tanlovlar va musobaqalar qatnashchilarining shikoyatlari va arizalarini koʻrib chiqadilar. Komissiyalarga, zarurat boʻlganda, jyurilar, hakamlar hayʼatlari qarorlarini bekor qilish va ularga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tanlovlar va musobaqalarning oʻtkazish muddatlari va joylari tegishli hokimliklar bilan kelishiladi, ular qatnashchilarni turar joy, oziq-ovqat bilan taʼminlashda va boshqa tashkiliy masalalarni hal etishda yordam koʻrsatadilar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari musobaqalarini mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya tomonidan tasdiqlanadigan, ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida tuzilgan smetalar boʻyicha amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tanlovlar va musobaqalar topshiriqlarining murakkabligiga qoʻyiladigan talablarning oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinadigan abituriyentlar bilimlari darajasiga muvofiq boʻlishini taʼminlaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tanlov va musobaqaning har bir fani uchun xalqaro va respublika musobaqalari gʻoliblari test sinovisiz hamda qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadigan, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning fan majmualaridan biriga imtiyoz beriladigan soha ixtisosliklari roʻyxati har yili Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro va respublika tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(5-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom badiiy-ijodiy ixtisosliklar boʻyicha professional taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining tanlovlari, sport musobaqalari (Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari boʻyicha faqat oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim yoʻnalishlariga turlari boʻyicha) gʻoliblariga tatbiq etiladi hamda taʼlim muassasalariga imtiyozli kirish va pul mukofotlari olish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Respublika (1-oʻrin) va xalqaro tanlovlar va sport musobaqalarining (Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari boʻyicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi toʻrt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda gʻolib va sovrindor (1 — 3 oʻrin)) individual turlarida gʻolib chiqqan akademik litseylar, professional taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadilar, musiqa, raqs, teatr, folklor, shuningdek tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn, yoʻnalishlaridagi tanlovlar bundan mustasno.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Kattalar va yoshlar oʻrtasida Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari boʻyicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi toʻrt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda gʻolib va sovrindor (1 — 3 oʻrin) boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, oʻrta maxsus professional taʼlim muassasalarining bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim yoʻnalishlariga qoʻshimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki taʼlim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Musiqa, raqs, teatr, folklor, shuningdek tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishlaridagi respublika (1-oʻrin) va xalqaro tanlovlarda (1 — 3-oʻrinlar) gʻolib chiqqan professional taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari va umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilariga oliy taʼlim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonlarida soha boʻyicha eng yuqori ball belgilangan fandan maksimal ball olish imtiyozi beriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball bir nechta fanlardan belgilangan boʻlsa, abituriyentga imtiyozli maksimal ball olish uchun fanlardan birini tanlash huquqi beriladi.
Agar ayrim taʼlim yoʻnalishlarida 1 ta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish belgilangan boʻlsa, abituriyentga mazkur fan boʻyicha maksimal ball beriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Respublika (1-oʻrin) va xalqaro tanlovlar va sport musobaqalarining (Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari boʻyicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi toʻrt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda gʻolib va sovrindor (1 — 3 oʻrin) boʻlgan) jamoa turlari gʻoliblari oʻz komandalari tarkibidan — akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari bitiruvchilaridan oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilish uchun uch nomzodni belgilaydilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Respublika (1-oʻrin) va xalqaro (1—5-oʻrinlar) shaxmat va shashka turnirlarida gʻolib chiqqan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasasiga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 7-yanvardagi 4-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari gʻoliblarini oliy taʼlim muassasasiga imtiyozli qabul qilish taʼlim muassasasi ixtisosliklari bilan tanlovlar ixtisosliklari, sport turlarining soha boʻyicha mos kelishiga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari gʻoliblarini test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning fan majmualaridan biriga imtiyoz orqali oliy taʼlim muassasasiga qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish uchun masʼul vakolatli organlar taʼsis etadigan maxsus guvohnoma asosida amalga oshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Maxsus guvohnomalar ana shunday imtiyozlarga ega boʻlgan gʻoliblarga beriladi va bu guvohnomalar oliy taʼlim muassasasiga kirish uchun zarur hujjatlar bilan birga qabul komissiyasiga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarning gʻoliblari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga, Madaniyat vazirligiga, Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga hamda Badiiy akademiyaga oʻzlari erishgan natijalarni tasdiqlovchi diplomlarni (1 — 3-oʻrinlar) yoki jyuri qarorini, sertifikatlarni (4-5-oʻrinlar) maxsus guvohnomalar berilishi uchun asos sifatida taqdim etadilar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya nazorat tartibida, gʻoliblarga berilgan maxsus guvohnomalarning reyestri bilan bitiruvchilar roʻyxatini test sinovlari oʻtkaziladigan kundan oldin Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etadilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Xalqaro badiiy-ijodiy tanlovlar, Olimpiya oʻyinlari, jahon va qitʼa chempionatlarining gʻoliblari oʻzlarining taʼlim muassasasiga kirish boʻyicha imtiyozli huquqlaridan uch yil mobaynida, respublika tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari esa — ular oʻtkazilgan kundan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xalqaro (1—5-oʻrinlar) va respublika (1—3-oʻrinlar) tanlovlari va musobaqalari gʻoliblariga sportning ham individual, ham jamoa turlari boʻyicha diplomlar bilan birga ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq belgilangan miqdorda pul mukofotlari topshiriladi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Gʻoliblarga pul mukofotlari, tashkilotchilar taʼsis etgan sovrinlardan qatʼi nazar, topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tanlovlar va musobaqalar gʻoliblarini moddiy ragʻbatlantirish uchun mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya smetalarida nazarda tutiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Gʻoliblarga diplomlar, maxsus guvohnomalar va pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari gʻoliblari oliy taʼlim muassasasiga qabul qilingandan keyin tuziladigan guruhlar tarkibida xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalariga yuborish uchun ustunlikka ega boʻlish huquqini oladilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Maxsus guvohnomalar roʻyxatdan oʻtkazilgan tartib raqamiga ega boʻlib, qatʼiy hisobot hujjatlari toifasiga kiradi, imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestri Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish uchun masʼul vakolatli organlar tomonidan shakllantirib boriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-avgustdagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son)
Gʻolibning surati boʻlmagan guvohnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Maxsus guvohnoma yoʻqolganda yoki yaroqsizlanib qolganda dublikat berilmaydi.
17. Gʻoliblarning oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga imtiyozli kirish masalalari boʻyicha ariza va shikoyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston oʻquvchi yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 1993-yil 25-martdagi 157-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 35-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-son qarori) 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 42-son, 422-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2016-y., 43-son, 500-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 26-son, 586-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/892/0217-son, 09.11.2017-y., 09/17/898/0234-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 06.03.2019-y., 09/19/190/2707-son, 17.08.2019-y., 09/19/684/3601-son; 22.08.2020-y., 09/20/499/1199-son, 07.11.2020-y., 09/20/691/1474-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2021-y., 09/21/562/0857-son, 04.11.2021-y., 09/21/674/1029-son; 12.01.2022-y., 09/22/20/0014-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son; 15.08.2023-y., 09/23/384/0613-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 27.08.2025-y., 09/25/538/0782-son; 04.11.2025-y., 09/25/690/1011-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)