Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018 29.09.2008 yildagi O‘RQ-184-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018
Hujjat 30.09.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XOʻJALIK PROTSESSUAL KODEKSIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 12-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 28-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 478-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ­Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 234-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 373-modda; 2007-yil, № 8, 367-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) quyidagi mazmundagi 1921-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1921-modda. Nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi arizani ushbu Kodeksning 193-moddasida koʻrsatilgan mansabdor shaxslarga berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza mazmunan ushbu Kodeks 177-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Arizaga sudning hal qiluv qarori nusxasi, agar ish apellatsiya, kassatsiya tartibida ham koʻrib chiqilgan boʻlsa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining qarorlari nusxalari ham ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismi talablariga rioya qilinmagan taqdirda nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch yil oʻtgandan keyin berilgan nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza bir oylik muddatda, ish talab qilib olinadigan va tekshiriladigan hollarda esa ikki oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protest keltirish uchun asoslar boʻlmaganda ariza bergan shaxsga arizani qanoatlantirmasdan qoldirish sabablari koʻrsatilib, yozma javob berilishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 197-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“197-modda. Protest keltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protest keltirish uchun asoslar mavjud boʻlganda ushbu Kodeksning 193-moddasida koʻrsatilgan mansabdor shaxs protest keltiradi va uni ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Rayosatiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protestning mazmuni ushbu Kodeks 177-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protestning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protest keltirgan mansabdor shaxs uni protest koʻriladigan sud majlisi boshlanguniga qadar oʻzgartirish, toʻldirish yoki chaqirib olishga haqli. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar protest toʻldirilganligi, oʻzgartirilganligi yoki chaqirib olinganligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-184-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 406-modda)