oʻzbekiston Respublikasi oliy kengashining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MANDAT KOMISSIYASI VA QOʻMITALARI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 5-maydagi 50-I-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qoʻmitalari va komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilinishi munosabati bilan oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Mandat komissiyasi va qoʻmitalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini eʼlon qilinishi bilanoq amalga kiritilsin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 1975-yil 12-dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1975-yil, № 33, 456-modda);
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida” 1980-yil 14-martda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1980-yil, № 9, 105-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1987-yil 13-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining davlat arbitraji masalalariga doir qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmonining 2-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1987-yil, № 20, 204-modda).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1991-yil 14-iyun,
303-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 201-modda)