O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OLIY O‘QUV YuRTLARI PROFESSOR-O‘QITUVChILAR TARKIBINING MAOShINI OShIRISh TO‘G‘RISIDA” 1999 YIL 20 IYuLDAGI PF-2341-SONLI FARMONINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi tasdiqlanishi munosabati bilan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilar tarkibining maoshini oshirish to‘g‘risida” 1999-yil 20-iyuldagi PF-2341-sonli Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisining xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-sentabr,
PF-4026-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 37-38-son, 368-modda)