Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2021 10.09.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1856
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2021
Hujjat 03.02.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 10-sentabrda 1856-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 18-iyundagi 14-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3311, 19.06.2021-y.) asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 304-sonli qarorini bajarish hamda Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobini yuritish tartibini takomillashtirish maqsadida, buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatiga olinsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu normativ-huquqiy hujjatni 10 kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobini yuritishga doir faoliyatini muvofiqlashtirishni va nazorat qilishni, shuningdek ularga tegishli metodik yordam koʻrsatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2000-yil 30-dekabrdagi 178-mh-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisida”gi nizomni tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1000, 2000-yil 30-dekabr — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil, 24-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 10-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2008-yil 10-sentabrdagi 195-mh-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 304-sonli “Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 8-son, 47-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi oʻz ichiga ushbu hujjatlarni markazlashtirilgan tartibda yigʻish, hisobga olish, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik tarmoqlarining umumhuquqiy klassifikatori (roʻyxat raqami 2333, 2012-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 98-modda) asosida normativ-huquqiy hujjatlarga kod berish, tizimlashtirilgan kartoteka yuritish, ular fondlarining nazorat holati hamda bunday hujjatlar toʻgʻrisidagi markazlashtirilgan axborotni barpo etish va saqlab turishni qamrab oladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-yanvardagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1856-1, 31.01.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 64-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda matnda Adliya vazirligi deb yuritiladi) amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat hisobi yuritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarning davlat hisobi yuritilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari;
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-yanvardagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1856-1, 31.01.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 64-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Qoraqalpogʻiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Normativ-huquqiy hujjatlar ularning amal qilish muddatidan (doimiy yoki vaqtinchalik) va ularda mavjud boʻlgan maʼlumotlar xususiyatidan qatʼi nazar, davlat hisobiga olinishi kerak, mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar davlat hisobiga olinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Maxfiy” va “Oʻta maxfiy” belgisi qoʻyilgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yakka tartibdagi xususiyatga ega boʻlgan hujjatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tusdagi (lavozimga tayinlash, boshqa lavozimga oʻtkazish yoki lavozimdan ozod qilish, komissiya va boshqa kollegial organlar tarkibini tasdiqlash, orden va medallar bilan mukofotlash, faxriy va harbiy unvonlar berish, muayyan shaxslarga imtiyozlar berish toʻgʻrisidagi va boshqa shu kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolarga yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor-farmoyishli tusdagi (bir martalik topshiriqlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) loyihalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) muqaddam belgilangan tartibni ijro etishni tashkil etishga yoʻnaltirilgan hamda yangi huquqiy normalarni oʻz ichiga olmagan, shu jumladan, butun mazmuni boshqa organlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari toʻgʻrisida xabardor qilishdan iborat boʻlgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) texnik hujjatlar, agar ular oʻz ichiga huquqiy normalarni olmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tavsiya tusidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) sessiya, yigʻilish, konferensiyalarni chaqirish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) umumiy majburiy tusga ega boʻlmagan boshqa hujjatlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-yanvardagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1856-1, 31.01.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 64-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlar belgilariga faqat qisman muvofiq keladigan hujjatlar oʻzining qolgan qismida davlat hisobiga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobi uchun yuborish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 13-bandiga muvofiq, mazkur Nizomning 3-bandi “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari ularni qabul qilgan organlar tomonidan Adliya vazirligiga qabul qilingan kundan boshlab bir kun mobaynida qogʻoz va elektron shakllarda yuboriladi. Bunda normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakli Adliya vazirligiga elektron pochta tizimi orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 3-bandi “d” kichik bandida koʻrsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari qogʻoz va elektron shakllarda Adliya vazirligining Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 3-bandi “e” va “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari, tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga (keyingi oʻrinlarda matnda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) ularni qabul qilgan organlar tomonidan qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida qogʻoz va elektron shakllarda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Normativ-huquqiy hujjatlar Adliya vazirligiga va adliya boshqarmalariga muhrlangan holda davlat tilida oq-qora koʻrinishda yuboriladi, shuningdek bir vaqtning oʻzida rus tilida ham taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish va ularning fondlarini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi reyestrlarini (keyingi oʻrinlarda matnda reyestrlar deb yuritiladi) ilovaga muvofiq yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligiga va adliya boshqarmalariga kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlar, mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq ushbu normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni reyestrlarga kiritish bilan davlat hisobiga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya boshqarmalari har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 3-kunigacha, davlat hisobiga olingan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida reyestrdan koʻchirma shaklida olingan qogʻoz va elektron shakllardagi maʼlumotlarni Adliya vazirligiga joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ilgari davlat hisobiga olingan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar, mazkur Nizomning 9-bandiga muvofiq reyestrga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Reyestrga kiritilgan tuzatishlar, oʻzgartishlar va qoʻshimchalar bunga vakolatli shaxslar imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Reyestrga normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatning reyestrdagi tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatni reyestrga kiritish sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatning turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ(lar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish sanasi va uning raqami (vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari uchun ularning Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan raqami va sanasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirish sanasi va amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatning rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatori boʻyicha kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa maʼlumotlar (izoh).
Oldingi tahrirga qarang.
(12-banddan oʻn uchinchi — oʻn oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-yanvardagi 28-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1856-1, 31.01.2014-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 64-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari xronologik tartibda tizimlashtiriladi va maxsus yigʻmajildlar hamda maʼlumotlarning elektron bazalarida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Reyestrlar Oʻzbekiston Respublikasi axborot resursining tarkibiy qismi boʻlib, undagi davlat hisobiga olish uchun kelib tushgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari esa rasmiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Reyestrlar qogʻoz, elektron shakllarda yuritiladi va Adliya vazirligi va adliya boshqarmalarining rasmiy saytlarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat hisobiga qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida Adliya vazirligida va adliya boshqarmalarida normativ-huquqiy hujjatlarning fondlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari normativ-huquqiy hujjatlarni fondlarga oʻz vaqtida kiritilishini va tegishli oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan ularni nazorat holatida ushlab turishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Reyestrlardagi mavjud maʼlumotlarni taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Barcha yuridik va jismoniy shaxslar reyestrlarda joylashtirilgan maʼlumotlardan yozma murojaatlar asosida yoki Adliya vazirligining rasmiy saytidan axborot olishlari va undan foydalanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Reyestrlardan maʼlumot taqdim etish arizachining yozma murojaati asosida tegishlicha Adliya vazirligi va adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Reyestrlarda maʼlumot olish uchun yozma murojaatda normativ-huquqiy hujjatni qidirish uchun kerakli boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Reyestrlar va fondlarning saqlanishi, ishonchliligi uchun javobgarlik Adliya vazirligi va adliya boshqarmalarining mansabdor shaxslari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi
REESTRI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎‎ NHH* reyestrga kiritish sanasi ‎ NHH turi‎‎‎ NHH qabul qilgan organ(lar)‎ NHH nomi‎ NHH qabul qilish sanasi va uning raqami** NHH kuchga kirish sanasi va amal qilish muddati‎ NHH rasmiy (nashr raqami, sanasi) eʼlon qilinishi ‎ NHH oʻzgartish, qoʻshimchalar kiritish va oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar‎ QTUK boʻyicha kodi*** Izoh‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* NHH — normativ-huquqiy hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari uchun ularning Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi va raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Ushbu ustun faqat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-yanvardagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1856-1, 31.01.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 5-son, 64-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 389-modda; 2014-y., 5-son, 64-modda)