Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.1995 09.12.1992 yildagi 751-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.1995
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAʼMURIY HUQUQBUZARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSIDA VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYaT KODEKSIDA NAZARDA TUTILGAN JARIMA MIQDORLARINI QAYTA HISOBLAB ChIQISh TARTIBI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika qonunlarini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlarigi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1959-yil 21-maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 2-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) kodeks quyidagi mazmunda boʻlgan 179-3, 196-1 va 198-1-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“179-3-modda. Foydani (daromadni) qasddan yashirganlik (kamaytirib koʻrsatganlik) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirganlik (hisobga olmaganlik)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydani (daromadni) qasddan yashirganlik (kamaytirib koʻrsatganlik) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirganlik (hisobga olmaganlik), agar bu xatti-harakatlar xuddi shunday qonunbuzarlik uchun maʼmuriy jazo berilgandan keyin bir yil mobaynida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlariga jalb etish yoki eng kam oylik ish haqining ellik hissasi miqdorida jarima solish bilan jazolanadi.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“196-1-modda. Ommaviy axborot vositalarini gʻayriqonuniy tayyorlaganlik va tarqatganlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalarini qonunga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazmay turib yoki uni chiqarishni yoxud nashr etishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarordan keyin tayyorlash va tarqatish, agar bu xatti-harakatlar maʼmuriy jazo berilgandan keyin bir yil mobaynida takror sodir etilgan boʻlsa,—
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aybdorga qarashli boʻlgan axborotni tayyorlash va tarqatish uchun foydalanilgan texnika vositalarini musodara qilib yoki musodara qilmay eng kam oylik ish haqining oʻn hissasi miqdorida jarima solish bilan jazolanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“198-1-modda. Chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini qasddan buzganlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini qasddan buzishi, basharti, xuddi shu xatti-harakatlar sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo berilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa,—
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlariga jalb etish yoki eng kam oylik ish haqining yigirma besh hissasi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 23-modda toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshisidan “xususiy sohibkorlik faoliyati yoki kommersiyada vositachilik qilganlik (174-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 177-modda birinchi qismining dispozitsiyasidan “ellik tiyindan ortiq summaga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) kodeksdan 174, 177-3, 179-1, 180-moddalar hamda 175 va 177-2-moddalarning izohi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) amaldagi 198-1-modda 198-2-modda deb hisoblansin va u quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198-2-modda. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtish qoidalarini qasddan buzishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini qasddan buzishi, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasida yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yashashi yoki haqiqiy deb hisoblanmagan hujjatlar bilan yashashi, roʻyxatdan yoki propiskadan oʻtish yuzasidan belgilangan tartibga yoxud turar joyidan koʻchish va yangi turar joy tanlash boʻyicha belgilangan tartibga rioya qilmasligi, bu yerda yashash uchun belgilangan muhlat tugaganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasidan ketishdan boʻyin tovlashi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtish qoidalariga rioya qilmasligi, agar bunday shaxslar xuddi shu qoidalarni buzganliklari uchun bir yil davomida ilgari ham maʼmuriy jazoga tortilgan boʻlsalar,—
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yildan uch yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1959-yil 21-maydagi qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 2, 3-modda) 108-moddasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “179-moddaning birinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “179-3-moddada” degan soʻzlar kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismidagi “192-194-6” raqamlaridan soʻng “196-1”-raqami kiritilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “179-1, 180” raqamlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismidagi “197-1” raqamlaridan soʻng “198-1” raqamlari kiritilsin va “174”, “177-3” raqamlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻzbekiston Respublikasining 1985-yil 13-dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 35, 411-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) kodeks quyidagi mazmunda boʻlgan 121-1, 193-1, 206-1 va 254-3-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“121-1-modda. Metropolitendan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzganlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Metropolitendan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzganlik,—
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismidan to yarmigacha boʻlgan miqdorda jarima solinishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy jazo berilganidan keyin bir yil davomida xuddi shunday xatti-harakat takror sodir etilsa,—
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam oylik ish haqining yarmidan toʻla miqdorigacha jarima solinishiga olib keladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193-1-modda. Davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzganlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibining davlat statistika kuzatuvlarini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hisobotlar va boshqa maʼlumotlarni taqdim etmaslik tarzida buzilishi, hisobot maʼlumotlarining buzib koʻrsatilishi yoki hisobotlarini taqdim etish muddatlarining buzilishi,—
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam oylik ish haqining uch hissasidan besh hissasigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy jazo berilgandan soʻng bir yil mobaynida takroran sodir etilgan ayni shunday xatti-harakatlar,—
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam oylik ish haqining besh hissasidan oʻn hissasigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“206-1-modda. Chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini buzganlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishga doir hujjatlarni rasmiylashtirishning belgilangan tartibini buzishi,—
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻayriqonuniy ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar musodara etilib, eng kam oylik ish haqining yetti hissasi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xuddi shunday xatti-harakatlar mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa,—
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻayriqonuniy ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar musodara etilib, eng kam oylik ish haqining oʻndan to oʻn besh hissasi miqdorigacha jarima solishga sabab boʻladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“254-3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasining idoralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasining idoralari ushbu Kodeksning 193-1-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan idoralar nomidan maʼmuriy jazolar berishga Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosari, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining Istiqbolni belgilash va statistika boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tuman hamda shahar hokimliklarining istiqbolni belgilash va statistika boʻlimlari boshliqlari haqlidirlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 56-moddaning izohi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 128-1-moddaning uchinchi qismidagi “Metropoliten vagonlarida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 128-2-moddaning birinchi qismidan “shuningdek metropolitenda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 158-modda quyidagi mazmunda boʻlgan ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xuddi shu xatti-harakatlar maʼmuriy jazo berilganidan keyin bir yil mobaynida takror sodir etilsa,—
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga eng kam oylik ish haqining yarmigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqi miqdorida jarima solinishga olib keladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 166-1-moddaning dispozitsiyasidagi “ellik tiyindan oshmagan” degan soʻzlar “kam miqdordagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 171-moddaning dispozitsiyasidan “tekin daromad miqdori yuz soʻmdan ortiq boʻlmasa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 175-moddada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sarlavhasi va birinchi qismining izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“175-modda. Foydani (daromadni) yashirganlik (kamaytirib koʻrsatganlik) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni yashirganlik (hisobga olmaganlik) va kassa operatsiyalarini yuritish tartibini buzganlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydani (daromadni) yashirganlik (kamaytirib koʻrsatganlik) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni yashirganlik (hisobga olmaganlik), shuningdek buxgalterlik hisob-kitobning yoʻqligi yoki hisob-kitobni belgilangan tartibni buzib olib borganlik hamda buxgalterlik hisobotlarini buzib koʻrsatganlik soliqlarni hamda budjetda va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlanadigan boshqa toʻlovlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan buxgalterlik hisobotlari, balanslar, hisob-kitoblar, deklaratsiyalar va boshqa hujjatlarni taqdim etmaganlik, oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoki belgilanmagan shaklda taqdim etganlik, shuningdek kassa operatsiyalarini yuritish tartibini buzganlik—”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 175-1-moddaning birinchi qismidan “daromadlar hisob-kitobining yoʻqligi yoki uni belgilangan tartibni buzgan holda olib borganlik, daromadlar haqidagi deklaratsiyalarni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoxud deklaratsiyaga notoʻgʻri maʼlumotlar kiritganlik” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 194-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ommaviy axborot vositasini qonunga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazmay turib yoki uni chiqarishni yoxud nashr etishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarordan keyin qonunga xilof holda tayyorlash va tarqatish,—
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam oylik ish haqining 5 hissasi miqdorida jarima solib, matbaa yoki boshqa nashrning jami nusxasi olib qoʻyilishiga sabab boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 207-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“207-modda. Chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtish qoidalarini buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarining buzilishi, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasida yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yashash yoki haqiqiy boʻlmagan hujjatlar bilan yashash, roʻyxatdan yoki propiskadan oʻtish yoxud bir joydan ikkinchi joyga borish va istiqomat joyini tanlab olish yuzasidan belgilangan tartibga rioya qilmaslik, yashash uchun belgilangan muddat tugagach bu yerdan chiqib ketishdan boʻyin tovlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtish qoidalariga rioya qilmaslik,—
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam oylik ish haqining oʻn hissasigacha boʻlgan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni qabul qiluvchi yoki ularga xizmat koʻrsatilishini taʼminlovchi, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtish shartlariga rioya qilish bilan bogʻliq vazifalarni bajaruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan ularni roʻyxatdan, propiskadan oʻtkazish yoki roʻyxatdan chiqarish, ular uchun Oʻzbekiston Respublikasida yashash, bir joydan ikkinchi joyga borish va istiqomat joyini oʻzgartirish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan belgilangan tartibning buzilishi,—
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam oylik ish haqining uch hissasidan oʻn hissagacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy ish bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilgan hamda ularga uy-joy maydoni bergan fuqarolarning ularni belgilangan tartibda oʻz vaqtida roʻyxatdan, propiskadan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻchirishni taʼminlash choralarini koʻrmasligi,—
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam oylik ish haqining besh hissasigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi yuzasidan belgilangan qoidalarga hamda ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali oʻtishi qoidalariga xilof ravishda fuqarolarning chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga uy-joy, transport vositalarini berib qoʻyishi yoki ularga boshqa xil xizmat koʻrsatish—
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam oylik ish haqining besh hissasigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 228-moddaning birinchi qismidagi “193-200” raqamlari “193, 194, 195-200” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 232-modda “189-moddalarida” degan soʻzlardan keyin “194-moddaning uchinchi qismida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) 233-modda ikkinchi qismining birinchi bandidagi “206-moddalar” degan soʻzlar “206-206-1-moddalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 121-1 va 206-1-moddalarida koʻzda tutilgan protokol ichki ishlar idorasining vakolati xodimlari (militsiya) tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Oʻzbekiston Respublikasining 1970-yil 24-iyundagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Axloq tuzatish-mehnat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1970-yil, № 18, 168-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 40-moddaning sarlavhasidagi va birinchi qismidagi “yigirma yoshga toʻlgunga qadar” degan soʻzlar “yigirma uch yoshga toʻlgunga qadar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 122-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“122-modda. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozodlikdan mahrum etish joylaridan boʻshatilgan ogʻir jinoyatlari uchun tayinlangan jazoni oʻtab chiqqan yoki qasddan qilgan har qanday jinoyati uchun ikki marta va undan koʻp marta sudlanib, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning ozodlikdan mahrum etish joylarida jazo muddatini oʻtash davridagi yoxud jazoni oʻtab boʻlgandan keyin xulqi ular axloqan tuzalish va mehnat qilib halol kun kechirish yoʻliga tushishini sira istamaganliklaridan dalolat berib turgan boʻlsa, ichki ishlar idoralari bunday shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy nazorat oʻrnatish uchun asos hamda uni amalga oshirish tartibi ozodlikdan mahrum etish joylaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida belgilab qoʻyiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 123-moddada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu Kodeksning 122-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan axloq tuzatish-mehnat muassasasining boshligʻi ular boʻshatilishidan eng kamida bir oy oldin muassasa joylashgan yerdagi sudga maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi asoslab koʻrsatilgan taqdimnoma hamda mahkumning axloqan tuzalish va mehnat qilib, halol kun kechirish yoʻliga tushishni sira istamayotganligidan dalolat beruvchi materiallarni yuboradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modda quyidagi mazmunda boʻlgan uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisidagi sudyaning qarori hamda tanlangan turar-joyga etib borish muddati nazorat ostidagi shaxsga tilxat vositasida maʼlum qilinadi. Qaror nazorat ostidagi shaxs tanlangan turar joydagi ichki ishlar idorasi (militsiya) ga barvaqt joʻnatiladi, bunda soʻnggi muddat boʻshatilgan kun hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksi qabul qilgunga qadar bundan buyon qatʼiy soʻmlarda ifodalangan jarima miqdorlarini qayta hisoblashning quyidagi tartibiga amal qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar jarimaning eng yuqori miqdori:

— oʻn soʻm boʻlsa, u huquqbuzarlik sodir etilayotgan davrda belgilangan eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori yigirma besh soʻmdan oz boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— oʻttiz soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqining uchdan biriga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori ellik soʻmdan oz boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ellik soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqining yarmiga teng deb hisoblansin, bunda jarimaning miqdori eng kam oylik ish haqining oʻndan bir qismidan oz boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yuz soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining uchdan bir qismidan oz boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ikki yuz soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqining ikki hissasiga teng deb hisoblansin, bunda koʻzda tutilgan jarima miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining yarmidan oz boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— uch yuz soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqining uch hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqi miqdoridan oz boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— besh yuz soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqining besh hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan oz boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ming soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqining yetti hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining uch hissasidan oz boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— uch ming soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqining oʻn hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining toʻrt hissasidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— oʻn ming soʻm boʻlsa, u eng kam oylik ish haqining oʻn besh hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining yetti hissasidan oz boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi qabul qilingunga qadar bundan buyon qatʼiy soʻmlarda ifodalangan jarima miqdorlarini qayta hisoblashning quyidagi tartibiga amal qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar jarimaning eng yuqori miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ellik soʻmdan oshmasa, u jinoyat sodir etgan davrda belgilangan eng kam oylik ish haqiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining chorak qismidan oz boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yuz soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining ikki hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining yarmidan oz boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ikki yuz soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining uch hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqidan oz boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— besh yuz soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining sakkiz hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining ikki hissasidan oz boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ming soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining oʻn hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining uch hissasidan oz boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— uch ming soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining ikki hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz hissasidan oz boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— besh ming soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining oʻn besh hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining oʻn hissasidan kam boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— oʻn ming soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining yigirma hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining oʻn ikki hissasidan oz boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— oʻn besh ming soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining yigirma besh hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining oʻn besh hissasidan oz boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yigirma besh ming soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining oʻttiz besh hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining yigirma hissasidan oz boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— oʻttiz ming soʻmdan oshmasa, u eng kam oylik ish haqining ellik hissasiga teng deb hisoblansin, bunda jarima miqdori eng kam oylik ish haqining yigirma besh hissasidan oz boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Ushbu Qonun eʼlon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 9-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
751-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 34-modda)