Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 550-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari toʻla yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonuniy hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(I-IV-boʻlimlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)
V. Belgilab qoʻyilsinki, Maʼmuriy-huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksining “187-6-moddasida koʻzda tutilgan maʼmuriy-huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni qoʻzgʻatish haqidagi qarorni (protokol) va boshqa materiallarni prokuror sudga yoʻllaydi, sud esa Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda ishni koʻrib chiqadi”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
749-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 32-modda)