Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻRMON QOʻRIQCHILIGI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
“Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻrmon qoʻriqchiligi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlarini belgilangan tartibda formali kiyim-bosh bilan taʼminlash xarajatlari oʻrmon xoʻjaligi korxonalari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlarini bosqichma-bosqich ikki yil mobaynida formali kiyim-bosh bilan taʼminlashni tashkil etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 9-sentabr,
203-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 9-sentabrdagi 203-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻrmon qoʻriqchiligi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Oʻrmon toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq oʻrmon qoʻriqchiligi faoliyati tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻrmon qoʻriqchiligi oʻrmonlarni qoʻriqlash va muhofaza qilishni taʼminlash maqsadida oʻrmon xoʻjaligi korxonalarida tashkil etiladi.
3. Oʻrmon qoʻriqchiligining mansabdor shaxslari ayni bir vaqtda oʻrmon xoʻjaligi davlat organlarining inspektorlari hisoblanadi.
II. Oʻrmon qoʻriqchiligining asosiy vazifalari
4. Quyidagilar oʻrmon qoʻriqchiligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʻrmonlardan oqilona foydalanish, ularni takroriy koʻpaytirish va oʻrmonlarning mahsuldorligini oshirishni taʼminlash maqsadida oʻrmonlarni qoʻriqlash va muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, shuningdek oʻrmonlarning yer ustida va aviatsiya yordamida qoʻriqlanishini tashkil etish, yongʻinlarning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yongʻinlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish;
oʻrmonlarni daraxtlarni oʻzboshimchalik bilan kesishdan, oʻgʻirlash, yoʻq qilish va oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining boshqa buzilishlaridan muhofaza qilish, shuningdek oʻrmon fondi yerlarini muhofaza qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan daraxtlarni kesish va yogʻoch sotish qoidalari bajarilishi, shuningdek pichan oʻrish, mol boqish va oʻrmondan foydalanishning boshqa turlari qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
oʻrmon zararkunandalari va kasalliklari oʻchogʻini oʻz vaqtida aniqlash, ularning rivojlanishini prognozlashtirish va ularga qarshi kurashish;
oʻrmonlarni yongʻinlardan, daraxtlarni oʻzboshimchalik bilan kesishlardan va oʻrmon fondi hududi doirasida boshqa oʻrmon toʻgʻrisidagi qonunbuzarliklardan muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmonlarida yongʻin xavfsizligi qoidalari bajarilishi ustidan nazorat qilish;
oʻrmonlardan foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish, ularni qoʻriqlash va muhofaza qilish, oʻrmon fondi hududida hayvonot dunyosi ustidan nazorat qilish;
oʻrmon fondi hududida ov qilish qoidalari, normalari va muddatlariga rioya qilinishini taʼminlash;
biotexnika chora-tadbirlarini amalga oshirish.
III. Oʻrmon qoʻriqchiligini tashkil etish
5. Oʻrmon qoʻriqchiligiga umumiy rahbarlik qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi, markaziy oʻrmon xoʻjaliklari va oʻrmon xoʻjaligining boshqa tashkilotlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlari hisoblanadi:
oʻrmon xoʻjaliklarida, shu jumladan tajriba oʻrmon xoʻjaliklari va boshqa ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaliklarida — direktor, bosh oʻrmon begi, oʻrmonlarni qoʻriqlash va muhofaza qilishni taʼminlash masalalari bilan shugʻullanadigan barcha toifalardagi mutaxassislar, oʻrmon begi, oʻrmon begi yordamchisi, oʻrmon ustasi, oʻrmonchi, yeger;
davlat qoʻriqxonalari, milliy tabiiy bogʻlar va ovchilik xoʻjaliklarida — direktor, bosh oʻrmon begi, boʻlimlar boshliqlari, oʻrmonlarni qoʻriqlash va muhofaza qilishni taʼminlash masalalari bilan shugʻullanadigan barcha toifalardagi mutaxassislar, oʻrmon begi, oʻrmon begi yordamchisi, oʻrmon ustasi, oʻrmonchi, yeger;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasida va viloyatlar markaziy oʻrmon xoʻjaliklarida — rahbar, oʻrmon begi, oʻrmonlarni qoʻriqlash va muhofaza qilishni taʼminlash masalalari bilan shugʻullanadigan barcha toifalardagi mutaxassislar, oʻrmon xoʻjaliklari muhandislari;
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi markaziy apparatida (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi deb ataladi) — boshliq — vazir oʻrinbosari, boshliqning birinchi oʻrinbosari, boshliqning oʻrinbosari, boʻlimlar boshliqlari, boʻlimlar boshliqlari oʻrinbosarlari, bosh mutaxassislar, yetakchi mutaxassislar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tizimiga kiradigan respublika tashkilotlarida — boshliqlar, boshliqlarning oʻrinbosarlari, boʻlimlar boshliqlari, boʻlimlar boshliqlari oʻrinbosarlari, barcha toifalardagi mutaxassislar (bosh mutaxassislar, yetakchi mutaxassislar).
Keyingi tahrirga qarang.
7. Yongʻin xavfi davrida oʻrmon xoʻjaligi korxonalarining oʻrmon qoʻriqchiligi budjet mablagʻlari va oʻz mablagʻlari hisobiga vaqtinchalik yongʻin qorovullari bilan kuchaytiriladi.
8. Oʻrmon xoʻjaliklarida oʻrmon qoʻriqchiligi oʻrmon xoʻjaligi direktoriga hamda uning rahbarligi ostida bosh oʻrmon begiga va oʻrmonlarni qoʻriqlash va muhofaza qilish muhandisiga, oʻrmon boʻlimlarida esa — oʻrmonbegilari va ularning yordamchilariga, oʻrmon ustalariga, inspektorlarga va oʻrmonchilarga, davlat qoʻriqxonalari direktorlari va inspektorlariga yuklanadi.
9. Oʻrmon boʻlimlari va oʻrmon boʻlimlariga boʻlinmagan oʻrmon xoʻjaliklari oʻrmonlarini qoʻriqlashni yaxshiroq tashkil etish uchun yer uchastkalariga, uchastkalar esa oʻrmon aylanmalariga boʻlinadi.
10. Oʻrmon qoʻriqchiligi tushuntirish ishlari olib borish va koʻngilli yongʻin drujinalarini tashkil etish yoʻli bilan oʻrmonlarni qoʻriqlash ishlariga mahalliy aholini jalb etadi.
IV. Oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlarining huquq va majburiyatlari
11. Oʻrmonchilar va yegerlar oʻrmonlar va ularga ishonib topshirilgan oʻrmon aylanmalaridagi mol-mulkni bevosita qoʻriqlaydilar va oʻrmon ustalariga boʻysunadilar.
Oʻrmonchilar va yegerlar quyidagi huquqlarga ega:
daraxtlarni kesish, pichan oʻrish, mol boqish va oʻrmondan foydalanishning boshqa turlariga hamda oʻrmonda ov qilishga hujjatlarni tekshirish;
oʻrmonlarni, shuningdek oʻrmondagi hayvonot dunyosini qoʻriqlash, muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish sohasida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish;
oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi qoidalari bajarilishini nazorat qilish va ushbu qoidalar tashkilotlar tomonidan buzilishi toʻgʻrisida darhol oʻrmon ustasiga xabar berish, ushbu qoidalar alohida shaxslar tomonidan buzilgan taqdirda bu haqda bayonnoma tuzish;
oʻrmon yongʻinlari kelib chiqishida aybdor boʻlgan shaxslarni ushlash va ularni tegishli organlarga keltirish.
Oʻrmonchilar va yegerlar quyidagilarga majburdir:
oʻz oʻrmon aylanmasini va uning chegaralarini, oʻrmon aylanmasida esa — yoʻllar, suv havzalari, daryolar, koʻllar, hovuzlar, quduqlar, daraxtlarni kesish joylarini, eng yaqinda telefoni bor joyni, oʻrmon qoʻriqchiligi yuqori turuvchi xodimlarining yashash joyini va eng yaqindagi aholi punktlarini yaxshi bilish;
oʻrmonda yongʻin xavfsizligi qoidalarini va oʻrmon yongʻinlarini oʻchirishning amaliy usullarini bilish;
daraxt koʻchatlari ekish va oʻtqazish, oʻrmonning tabiiy tiklanishiga koʻmaklashish, daraxt koʻchatlarini parvarish qilish, shuningdek oʻrmon yongʻini kelib chiqqan taqdirda uni bartaraf etishning barcha chora-tadbirlarini koʻrish, ayni bir vaqtda yongʻin toʻgʻrisida oʻrmon ustasini yoki oʻrmon begini xabardor qilish;
ushbu faoliyatni amalga oshirishning belgilangan qoidalari bajarilishini nazorat qilish, shuningdek daraxtlarni kesish, ov qilish va oʻrmondan qoʻshimcha ravishda foydalanish bilan bogʻliq noqonuniy xatti-harakatlarni toʻxtatish chora-tadbirlarini koʻrish;
oʻz aylanmasida koʻpriklar, yongʻin minoralari va nazorat chegara stolbalari va boshqalarning saqlanishini kuzatib borish;
aylanmada aniqlangan zararli oʻrmon hasharotlari, oʻrmon kasalliklari, shamol, dovul sindirgan, qurib qolgan daraxtlar va oʻrmon xoʻjaligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan boshqa hodisalar toʻgʻrisida darhol oʻrmon ustasiga yoki oʻrmon boʻlimiga maʼlum qilish.
Har bir oʻrmonchiga qoʻriqlash uchun oʻrmonchiga ishonib topshirilgan davlat mol-mulki roʻyxatini oʻz ichiga oladigan oʻrmon aylanmasi pasporti beriladi.
12. Oʻrmon begining yordamchilari quyidagi huquqlarga ega:
oʻrmon boʻlimi hududida ogohlantiruvchi yongʻinga qarshi chora-tadbirlar oʻtkazilishiga bevosita rahbarlik qilish, oʻrmon yongʻinlari kelib chiqqan taqdirda esa oʻrmon begi yoki boshqa yuqori turuvchi boshliq kelgunga qadar yongʻinni oʻchirishga rahbarlik qilish;
oʻrmon boʻlimiga tushgan oʻrmonlarni qoʻriqlash, muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi hujjatlar va bayonnomalar tuzilishining toʻgʻriligini tekshirish, oʻzboshimchalik bilan kesilgan yoki shikastlangan oʻrmonni moddiy-pul jihatidan baholash.
Oʻrmonbegining yordamchilari quyidagilarga majburdir:
ekilgan daraxt koʻchatlarini va oʻrmonning tabiiy tiklanishini nazorat qilish, oʻtqazilgan daraxt koʻchatlarini parvarish qilish;
oʻrmon ustalari, oʻrmonchilar va vaqtinchalik yongʻin qorovullariga yoʻl-yoʻriq berish va ularga yuklangan majburiyatlarning oʻz vaqtida va aniq bajarilishini nazorat qilish;
oʻrmon boʻlimida ishlayotgan barcha yogʻoch tayyorlash tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan daraxtlarni kesish, yogʻoch sotish, yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish, qoida buzilishlari aniqlangan taqdirda tegishli bayonnomalar tuzish;
oʻrmon aylanmalari va uchastkalarni taftish qilish.
13. Oʻrmon ustalari bevosita oʻrmon begiga va uning yordamchisiga boʻysunadilar.
Oʻrmon ustalari quyidagi huquqlarga ega:
oʻrmonlarni qoʻriqlash, muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni takroriy koʻpaytirish, shuningdek oʻrmonda hayvonot dunyosi sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida dalolatnomalar tuzish va bayonnomalarni rasmiylashtirish;
daraxtlar kesilgan joylarni tekshirishda, yogʻoch materiallari tayyorlashda va uchastkada oʻrmon ishlarini bajarishda qatnashish, alohida hollarda oʻrmonbegining topshirigʻiga koʻra tegishli bayonnoma tuzgan holda tekshirishni mustaqil amalga oshirish;
belgilangan namunadagi tamgʻaga ega boʻlish: ruxsat beruvchi tamgʻa — daraxtlarni, tayyorlanayotgan yogʻoch materiallarni va yogʻoch sotishda qoladigan toʻnkalarni tamgʻalash uchun va kesuvchi tamgʻa — huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslardan olib qoʻyilgan materiallarni, shuningdek daraxtlar oʻzboshimchalik bilan kesilgandan keyin qolgan toʻnkalarni tamgʻalash uchun;
noqonuniy olingan oʻrmon mahsulotlarini va olish qurollarini olib qoʻyish hamda masala belgilangan tartibda hal etilgunga qadar tilxat ostida saqlash uchun tegishli organning vakiliga topshirish.
Oʻrmon ustalari quyidagilarga majburdir:
oʻrmon aylanmalarini taftish qilish, oʻrmonchilar tomonidan kordonlar, qurol-yarogʻ va oʻrmonchilarga ishonib topshirilgan mol-mulk zarur tarzda saqlanishini kuzatib borish;
oʻz uchastkasi, uchastka tarkibiga kiradigan oʻrmon aylanmalari chegaralarini, shuningdek barcha yongʻinga qarshi inshootlar, suv havzalari, daryolar, koʻllar, kanallar, aloqa punktlari joylashgan joyni va ularning holatini hamda oʻzlari bilan chegaradosh oʻrmon ustalari yashash joyini yaxshi bilish;
oʻz uchastkalari oʻrmonchilari ishiga rahbarlik qilish va ularga yoʻl-yoʻriq berish, shuningdek ular oʻz majburiyatlarini bajarishi ustidan nazorat qilish;
oʻrmon yongʻinlari kelib chiqqan taqdirda ayni vaqtda bu haqda oʻrmonchini xabardor qilgan holda oʻrmon yongʻinlarini bartaraf etish chora-tadbirlarida bevosita qatnashish;
tegishli hujjatlar va bayonnomalarni bir sutkadan kechikmay oʻrmon boʻlimi yoki oʻrmon xoʻjaligiga yuborish;
uchastkada vaqtinchalik yongʻin qorovullari ishiga rahbarlik qilish;
daraxt koʻchatlari ekish va oʻtqazish;
oʻrmon tabiiy tiklanishiga, daraxt koʻchatlari parvarish qilinishiga, oʻrmon urugʻlarini terishga koʻmaklashish;
daraxt kesishlarga rahbarlik qilish, oʻrmonni parvarish qilish va boshqa oʻrmon xoʻjaligi chora-tadbirlari;
oʻrmon tuzish ishlarini amalga oshirishda oʻz xodimlariga va oʻrmon tuzish partiyasiga oʻrmon aylanmalari, dahalararo yoʻlak va yoʻlakchalar chegaralarida oraliq belgilarini koʻrsatish;
oʻrmonni kesish uchun ajratishda, pichan oʻrish uchun oʻrmon maydonlari, yaylov yerlar va boshqa qoʻshimcha foydalaniladigan yerlarni ajratishda qatnashish.
14. Oʻrmonbegilar oʻz oʻrmon boʻlimlari oʻrmon qoʻriqchiligi uchun bevosita javob beradilar.
Oʻrmonbegilar quyidagi huquqlarga ega:
oʻrmonda ishlayotgan barcha tashkilotlar tomonidan daraxtlarni kesish, yogʻoch sotishning belgilangan qoidalari va yongʻin xavfsizligi qoidalari bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi va oʻrmon yongʻinlari holatlari boʻyicha bayonnomalar oʻz vaqtida va toʻgʻri tuzilishni kuzatib borish, ularni oʻz vaqtida rasmiylashtirish va tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻrmon xoʻjaligi direktori topshirigʻi boʻyicha oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi va oʻrmon yongʻinlari toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sudlarda vakillik qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻrmonbegilar quyidagilarga majburdir:
oʻrmon boʻlimi hududida oʻrmonlarni yongʻinlardan muhofaza qilish ishlariga va oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish ishlariga rahbarlik qilish, shuningdek daraxt koʻchatlari ekish va oʻrmonning tabiiy tiklanishi hamda oʻrmon ekinlari parvarish qilinishi ishiga rahbarlik qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻrmon ustalari va oʻrmonchilarning texnik bilimlarini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
koʻngillilarni oʻrmonlarni qoʻriqlashga jalb etgan holda aholi orasida tushuntirish ishlarini tashkil etish va oʻtkazish;
barcha oʻrmon boʻlimlari boʻyicha oʻrmon xoʻjaligida yongʻinga qarshi chora-tadbirlarning yillik tezkor rejalari ishlab chiqilishida qatnashish;
barcha oldini oluvchi yongʻinga qarshi chora-tadbirlar oʻtkazilishiga, shuningdek oʻrmon boʻlimi hududida yongʻinlarni oʻchirishga rahbarlik qilish.
15. Oʻrmonlarni qoʻriqlash va muhofaza qilish muhandislari oʻrmon xoʻjaliklari direktorlariga boʻysunadilar va ular bilan birgalikda oʻrmonlarning qoʻriqlanishi holati uchun masʼul hisoblanadilar.
Oʻrmonlarni qoʻriqlash va muhofaza qilish muhandislari quyidagi huquqlarga ega:
oʻrmon xoʻjaligi boʻyicha daraxt tayyorlovchilar va oʻrmonda ishlayotgan boshqa tashkilotlar tomonidan daraxtlarni ildizi bilan sotish qoidalari va oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi talablari bajarilishini tekshirish;
oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi, oʻrmon yongʻinlari holatlari boʻyicha bayonnomalar toʻgʻri va oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini kuzatib borish va qoidalar buzilishini roʻyxatga olish daftarlarida ular hisobini yuritish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻrmon xoʻjaligi direktorining topshirigʻi boʻyicha oʻrmon xoʻjaligi joylashgan tumanda biriktirilgan oʻrmonlar qoʻriqlanishining holatini tekshirish.
Oʻrmonlarni qoʻriqlash va muhofaza qilish muhandislari quyidagilarga majburdir:
oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini, shuningdek daraxt koʻchatlari ekish va oʻtqazish, oʻrmonlarni yongʻinlardan qoʻriqlash hamda oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari masalalarini tartibga soladigan boshqa hujjatlarni bilish;
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy ishlar va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqilishiga koʻmaklashish;
oʻrmon kordonlari, oʻrmonni qoʻriqlash boʻyicha boshqa imoratlar va inshootlar soz holatda saqlanishi, shuningdek biriktirilgan idoraviy qurol va oʻq-dorilar toʻgʻri saqlanishi uchun oʻrmonchilar ishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻrmon boʻlimlari, uchastkalar va oʻrmon aylanmalarida oʻrmonlarning qoʻriqlanishi holatini belgilangan tartibda nazorat qilish;
oʻrmon ustalari, oʻrmonchilar va vaqtinchalik yongʻin qorovullarining texnik bilimlarini oshirish boʻyicha oʻqish tashkil etish;
oʻrmon xoʻjaliklarining oʻrmonlarini qoʻriqlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
yongʻin minoralarini qurishga va taʼmirlashga rahbarlik qilish, radiotelefon aloqa vositalarining sozligini kuzatib borish;
oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurash sohasida fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini oʻrmon xoʻjaliklariga joriy etish ishiga bevosita rahbarlik qilish;
aviatsiya yordamida patrullik qilish hamda oʻrmon yongʻinlariga qarshi aviatsiya yordamida va boshqa vositalar bilan bevosita qarshi kurash olib borish yuzasidan oʻrmon xoʻjaligi boʻyicha oʻrmonlarni yongʻinlardan yerdan va aviatsiya yordamida qoʻriqlash ishini muvofiqlashtirish;
oʻrmon yongʻinlarini oʻchirishga bevosita rahbarlik qilish va qatnashish.
16. Bosh oʻrmonbegilar quyidagi huquqlarga ega:
oʻrmonni qoʻriqlashni tashkil etishda texnik yordam berish, oʻrmon xoʻjaligi joylashgan tumanda oʻrmondan toʻgʻri foydalanilishini va qoʻriqlanishini kuzatish;
oʻrmon yoʻllari boʻylab oʻrmonda olov bilan ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish zarurligi va yongʻin xavfsizligi buzilganligi uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiruvchi umumiy foydalaniladigan anshlaglar va plakatlar oʻrnatish;
oʻrmon yoʻllari boʻylab dam olish va chekish uchun umumiy foydalaniladigan joylarni jihozlash.
Bosh oʻrmonbegilar quyidagilarga majburdir:
oʻrmon xoʻjaliklarida oʻrmonlarni takroriy koʻpaytirish, daraxt koʻchatlari ekish va oʻtqazish, oʻrmonlarni yongʻinlardan qoʻriqlash, oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini aniqlash, shuningdek oʻrmon qoʻriqchiligini taʼminlashni takomillashtirish maqsadlarida zamonaviy fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini joriy etish boʻyicha barcha texnik va ishlab chiqarish-xoʻjalik chora-tadbirlari tashkil etilishi va oʻtkazilishiga umumiy rahbarlik qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
idoraviy mansub oʻrmon boʻlimlari uchun oʻrmonlarni qoʻriqlash bilan bogʻliq barcha chora-tadbirlar boʻyicha rejalar ishlab chiqilishida rahbarlik qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
joylarda texnik yoʻriqnomalar, oʻrmonlarni qoʻriqlash sohasida qoidalar va boshqa koʻrsatmalarga rioya qilinishi va bajarilishini taʼminlash;
oʻrmon xoʻjaliklari va oʻrmon boʻlimlari oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlarining texnik bilimlarini oshirish chora-tadbirlarini tashkil etishga rahbarlik qilish;
oʻrmonda yongʻinga qarshi minerallashtirilgan polosalar, zovurlar, suv havzalari barpo etish, oʻrmonni yogʻoch chiqindilari va boshqa tez yonadigan materiallardan tozalash, shuningdek oʻrmonlarni yongʻin xavfsizligini oshirishga yoʻnaltirilgan boshqa oʻrmon xoʻjaligi chora-tadbirlarini amalga oshirish;
aholi va oʻrmonlarda ishlarni bajarayotgan yoki obyektlarga ega boʻlgan tashkilotlar xodimlari orasida oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi qoidalari boʻyicha tushuntirish ishlari olib borish;
oʻrmon xoʻjaliklari hududida kelib chiqadigan oʻrmon yongʻinlarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishni taʼmirlash chora-tadbirlarini koʻrish.
17. Vaqtinchalik yongʻin qorovullari quyidagilarga majburdir:
oʻrmonlarni yongʻinlardan qoʻriqlash boʻyicha oʻrmonchi va oʻrmon ustasining farmoyishlari va koʻrsatmalarini bajarish;
qoʻriqlanayotgan uchastkada yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlariga rioya qilinishini kuzatish;
yongʻin minorasida navbatchilik qilish, yongʻin aniqlangan taqdirda esa yongʻin kelib chiqqan joy va olovning yoʻnalishi toʻgʻrisida oʻrmonchini, oʻrmon ustasini yoki boshqa oldindan belgilangan punktlarni darhol xabardor qilish.
18. Oʻrmon xoʻjaliklari direktorlari quyidagi huquqlarga ega:
huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish;
oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolarni sudga taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻrmon xoʻjaligi joylashgan tumanlardagi biriktirilgan oʻrmonlarda oʻrmondan toʻgʻri foydalanish va uni qoʻriqlash uchun nazoratni tashkil etish va aniqlangan qoidabuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar koʻrish.
Oʻrmon xoʻjaliklari direktorlari oʻrmonlarni takroriy koʻpaytirish va yongʻinlardan qoʻriqlash, oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish boʻyicha barcha chora-tadbirlar amalga oshirilishi ustidan umumiy rahbarlik qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Oʻrmon qoʻriqchiligida xizmat qilish
19. Oʻrmonchilar va oʻrmon ustalari almashganda belgilangan shakl boʻyicha oʻrmon aylanmasi (uchastka)ni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Oʻrmon aylanmasini topshirishda oʻrmon ustasining hozir boʻlishi, uchastkani topshirishda esa — oʻrmon xoʻjaligining oʻrmonlarini qoʻriqlash va muhofaza qilish muhandisining hamda oʻrmon begi yoki uning yordamchisining hozir boʻlishi shart.
20. Namunali ishlaganligi, muvaffaqiyatlar, tashabbus koʻrsatganligi, oʻrmon toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga va oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurashdagi topqirligi uchun oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlari uchun budjet mablagʻlari va oʻz mablagʻlari doirasida quyidagi ragʻbatlantirishlar nazarda tutilgan:
Keyingi tahrirga qarang.
mukofot berish;
qimmatbaho sovgʻa bilan taqdirlash;
faxriy yorliq bilan mukofotlash.
Oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlarini ragʻbatlantirish ichki mehnat tartibi qoidalari boʻyicha qoʻllaniladi.
21. Oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlari belgilangan namunadagi formali kiyim-bosh kiyib yuradilar, oʻrmonchilar va yegerlarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda qurol olib yurish huquqi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlarining formali kiyim-boshi tavsifi va lavozim farqlash belgilari ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarda keltirilgan.
Oʻrmonchilar, yegerlar va davlat qoʻriqxonalari, milliy tabiiy bogʻlar inspektorlari, shuningdek oʻrmon xoʻjaligining idoraviy inspektorlari koʻkrak belgilari taqib yuradilar. Ushbu shaxslar xizmat vazifalarini bajarish vaqtida koʻkrak belgisini taqib yurishlari shart. Koʻkrak belgisi bir oyda bir marta xatlovdan oʻtkaziladi.
Oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlariga formali kiyim-bosh berish normalari va kiyish muddatlari mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan.
Oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlarini belgilangan tartibda formali kiyim-bosh bilan taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish oʻrmon xoʻjaligi korxonalari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Oʻrmon qoʻriqchiligi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlarining formali kiyim-bosh turlari tavsifi
1. Toʻq havo rang drapdan tikilgan, bir yoqlama qaytarma ochiq yoqali, uchta katta va toʻrtta kichik tugmachalari yuqorigacha taqiladigan kombinatsiyalashgan palto. Paltoning yonlarida kesma choʻntaklar joylashgan. Orqa qismi erkin tikilgan boʻlib, shlitsa bilan tugaydi. Yenglari ikki chokli boʻlib, choklari shlitsa bilan tikilgan. Yoqasi qaytarma. Palto yoqasiga belgilangan namunadagi petlitsalar va yengining chap tomoniga shevron taqiladi.
2. Toʻq havo rang jun gazlamadan tikilgan plash. Bir yoqlama taqiladigan, qaytarma yoqa ochiq vaqtda 3 ta formali tugmachaga taqiladi va yoqa yopiq boʻlgan holda toʻrtta tugmachaga taqilishi mumkin. Yonlarida kesma choʻntaklar joylashgan. Orqa qismida chok oʻtgan boʻlib, shlitsa bilan tugaydi. Yoqasi qaytarma boʻlib, belgilangan namunadagi petlitsalar taqiladi. Yengining oʻng tomoniga shevron tikiladi. Yenglari ikki chokli, toʻgʻri tikilgan.
3. Oʻrmon qoʻriqchiligi inspektorlari uchun kundalik kiyiladigan kostum toʻq havo rang jun gazlamadan tikilgan boʻlib, ikki yoqlama, keng qilinmasdan tikilgan, toʻrtta katta formali tugmacha taqiladi. Yenglari ikki chokli, bilak chokida shlitsasi bor, shlitsaga kichik oʻlchamli uchta formali tugmacha taqiladi. Yoqasida belgilangan namunadagi petlitsalar joylashgan va yengining chap tomoniga shevron tikiladi.
Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi va viloyatlar boshqarmalari, shuningdek respublika tashkilotlarining oʻrmon qoʻriqchiligi mutaxassislari uchun kundalik kiyiladigan kostum toʻq havo rang jun gazlamadan tikiladi. Uchtadan ikki qator katta formali tugmacha taqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻrmon qoʻriqchiligi idora inspektorlari, shuningdek respublika tashkilotlari inspektorlari uchun yozgi kiyim toʻq havo rang ip gazlamadan tikilgan boʻlib, koʻylak va shimdan iborat. Koʻylak bir yoqlama, ikki choʻntakli boʻlib, 7-8 ta tugmacha oxirigacha qadaladi. Yoqasiga belgilangan namunadagi petlitsalar taqiladi. Yengining chap tomoniga shevron tikiladi.
Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi va viloyatlar boshqarmalarining oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlari, shuningdek apparat va respublika tashkilotlari xodimlari uchun yozgi kiyim koʻylak va shimdan iborat, ip gazlamadan tikilgan, och havo rang boʻladi. Koʻylagi ikki choʻntakli, yoqasi qaytarma boʻlib, belgilangan namunadagi petlitsalar tikiladi. Yenglari ikki chokli, toʻgʻri tikilgan boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Kundalik kiyiladigan manjetsiz shimlar qish mavsumi uchun toʻq havo rang jun gazlamadan va yoz mavsumi uchun och havo rang gabardindan tikilgan boʻladi (shimning yon qismida yuqori lavozimli rahbarlar uchun toʻq yashil xoshiya tikiladi). Shim gazlamasi kostum gazlamasi bilan bir xil sifatda va rangda boʻladi.
6. Rahbarlar uchun toʻq kul rang qorakoʻl teridan tikilgan bogʻichli telpakning yuqori qismi qora teridan iborat boʻlib, peshona qismining oʻrtasida belgilangan namunadagi bosh kiyim uchun moʻljallangan belgi oʻrnatiladi.
Furajka — toʻq havo rangdagi jun gazlamadan tayyorlangan boʻlib, gardishi havo rang duxobadan va tepa qismi toʻq yashil rang xoshiyadan iborat. Furajka palto va kostum bilan kiyiladi. Koziryogi toʻgʻri, yaxlit, ustki qismining asosi doirasimon formada boʻladi. Koziryogi ovalsimon, qora rangli fibradan yasalgan.
Furajka koziryogi ustida formali tugmachalarga qora lakli (yuqori lavozimli rahbarlarga tilla simli) kamarcha taqiladi. Furajka koziryogining 1 sm yuqorisida bosh kiyimlar uchun belgilangan namunadagi belgi oʻrnatiladi.
7. Qora rangli charm botinka yoki yarim botinkalar.
8. Oq yoki och havo rang poplindan tikilgan yumshoq qaytarma yoqali koʻylak.
9. Qora rangli ipak gazlamadan tayyorlangan galstuk.
10. Oʻrmon qoʻriqchiligi ayol xodimlari uchun formali kiyim xuddi erkaklarnikiday, faqat ularga muvofiq holda jaket, yubka, bluzka, beret (bosh kiyim) va poyabzal bilan farqlanadi. Ayol xodimlar bosh kiyimi toʻq havo rang jun gazlamadan tikiladi. Beretning old qismiga belgilangan namunadagi belgi oʻrnatiladi.
Har kuni kiyish uchun oq va och havo rang bluzkalar poplindan tikiladi, yengi manjetli, yoqasi ochiq boʻladi.
Har kuni kiyish uchun yubka toʻq havo rang jun gazlamadan tikiladi, xuddi shu materialdan tikilgan jaketi boʻladi. Yubkaning old qismi bitta boʻlmadan iborat boʻladi. Yubkaning yuqori qismi korsajli boʻladi.
11. Petlitsalar toʻq yashil duxobadan, xoshiyalari oltin rangli qilib tayyorlanadi. Petlitsaning uzunligi — 9 sm, eni — 3,5 santimetr, yuqori qismida tilla rangli eman daraxtining yaprogʻi tasviri boʻladi.
12. Tugmachalar formali, sariq rangli, metalldan, diametri — 2 sm va 1,4 sm. Tugmachalarda Oʻzbekiston Respublikasi gerbining tasviri boʻladi.
Barcha oʻrmon xoʻjaligi xodimlari oʻz xizmat vazifalarini bajarish paytida belgilangan kiyim formasini kiyishlari shart.
Oʻrmon qoʻriqchiligi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlarining farqlovchi lavozim belgilari
1. Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi rahbari
a) qishki kiyim formasida
b) yozgi kiyim formasida
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi rahbarining birinchi oʻrinbosari
a) qishki kiyim formasida
b) yozgi kiyim formasida
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi rahbarining oʻrinbosari
a) qishki kiyim formasida
b) yozgi kiyim formasida
Keyingi tahrirga qarang.
4. Bosh boshqarma markaziy apparati boʻlim boshliqlari, respublika korxonalari-Respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “Oʻzbekoʻrmonloyiha” korxonasi, “Shifobaxsh” ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Oʻrmon urugʻchiligi stansiyasi, Oʻquv-malaka oshirish markazi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi, viloyatlar markaziy oʻrmon xoʻjaliklari, qoʻriqxonalar, milliy tabiiy bogʻlar va ovchilik xoʻjaligi boshqarmasi, Ugam-Chotqol davlat tabiat milliy bogʻi boshliqlari
a) qishki kiyim formasida
b) yozgi kiyim formasida
Keyingi tahrirga qarang.
5. Bosh boshqarma markaziy apparati boʻlim boshliqlarining oʻrinbosarlari, qoʻriqxonalar, milliy tabiiy bogʻlar va ovchilik xoʻjaligi boshqarmasi, Respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “Shifobaxsh” ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “Oʻzbekoʻrmonloyiha” korxonasi, Ugam-Chotqol Davlat tabiat milliy bogʻi rahbarlarining oʻrinbosarlari
a) qishki kiyim formasida
b) yozgi kiyim formasida
Keyingi tahrirga qarang.
6. Bosh boshqarma markaziy apparati bosh mutaxassislari, Respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi, qoʻriqxonalar, milliy tabiiy bogʻlar, va ovchilik xoʻjaligi boshqarmasi, “Shifobaxsh” ilmiy-ishlab chiqarish markazi boʻlim mudirlari, viloyatlar markaziy oʻrmon xoʻjaliklari bosh oʻrmonchilari.
a) qishki kiyim formasida
b) yozgi kiyim formasida
Keyingi tahrirga qarang.
7. Bosh boshqarma markaziy apparati yetakchi mutaxassislari, xoʻjaliklar rahbarlari, davlat oʻrmon nazoratchilari, oʻrmon kadastri mutaxassislari
a) qishki kiyim formasida
b) yozgi kiyim formasida
Keyingi tahrirga qarang.
8. Viloyatlar markaziy oʻrmon xoʻjaliklari muhandislari, oʻrmon xoʻjaliklarining bosh oʻrmonbegilari, qoʻriqxonalar, milliy tabiiy bogʻlar va ovchilik xoʻjaliklarining bosh nozirlari.
a) qishki kiyim formasida
b) yozgi kiyim formasida
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻrmon xoʻjaliklarida oʻrmonlarni muhofaza qilish va qoʻriqlash, oʻrmon xoʻjaligi, oʻrmonlarni qayta tiklash va barpo etish muhandislari
a) qishki kiyim formasida
b) yozgi kiyim formasida
10. Oʻrmonbegi
a) qishki kiyim formasida
b) yozgi kiyim formasida
11. Oʻrmonbegi yordamchisi
a) qishki kiyim formasida
b) yozgi kiyim formasida
12. Oʻrmon ustalari
a) qishki kiyim formasida
b) yozgi kiyim formasida
13. Oʻrmonchilar va yegerlar
a) qishki kiyim formasida
b) yozgi kiyim formasida
| Koʻkrak nishoni | Yengga tikiladigan shevron | Yoqaga tikiladigan petlitsa |
| a) qishki kiyim formasida |
||
| b) yozgi kiyim formasida |
Oʻrmon qoʻriqchiligi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻrmon qoʻriqchiligi xodimlariga formali kiyim-bosh berish normalari va ularni kiyish muddatlari
| Formali kiyim-bosh predmetlari nomi |
Kiyish muddati |
| Ikki yoqlama jun matodan tikilgan kundalik kostum (ayollar uchun — jaket va yubka) | 2 yil |
| Ip gazlamadan tikilgan yozgi kostum | 2 yil |
| Ikkita koʻylak (ayollar uchun — 2 ta bluzka) | 1 yil |
| Galstuk | 2 yil |
| Toʻq havo rang jun gazlamadan tikilgan plash | 3 yil |
| Toʻq havo rang drapdan tikilgan palto | 4 yil |
| Furajka (ayollar uchun — beret) | 2 yil |
| Kul rang qorakoʻl teridan tikilgan telpak | 3 yil |
| Charmdan tikilgan botinka (yarim botinka) | |
| yozgi | 2 yil |
| qishki | 2 yil |
| Farqlash belgilari (ikki komplekt) | 2yil |
| Dala sumkasi | 3 yil |
| Durbin | 10 yil |
| Tabel boʻyicha berilgan mulk uchun sumka | 3 yil |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 373-modda; 2017-y., 30-son, 734-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/568/3403-son; 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)