Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ HODISALAR VA KASB KASALLIKLARIDAN MAJBURIY DAVLAT IJTIMOIY SUGʻURTASI TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 26-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 28-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2008-yil 28-avgustda maʼqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — sugʻurtalangan shaxsning u mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha oʻz vazifalarini sugʻurta qildiruvchining hududida yoki undan tashqarida bajarayotganda mehnatda mayib boʻlishiga yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va sugʻurtalangan shaxsni boshqa ishga oʻtkazish zaruriyatini keltirib chiqargan, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turgʻun yoʻqotishiga yoxud vafot etishiga sabab boʻlgan hodisa;
kasb kasalligi — sugʻurtalangan shaxsga unga ishlab chiqarishning zararli yoki xavfli omili taʼsiri natijasida uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turgʻun yoʻqotishiga sabab boʻlgan oʻtkir yoki surunkali kasallik;
mehnatda mayib boʻlish — ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida sugʻurtalangan shaxsning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turgʻun yoʻqotishi;
sugʻurtalovchi — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi;
sugʻurta badallari — sugʻurta qildiruvchining mehnatga haq toʻlash fondidan sugʻurtalovchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda amalga oshiriladigan ajratmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurtalangan shaxs — mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ishlaydigan, sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga shu shartnomaga (kontraktga) muvofiq sugʻurta badallarini toʻlaydigan, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi qilinishi lozim boʻlgan jismoniy shaxs;
sugʻurta qildiruvchi — jismoniy shaxsni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishga yollagan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurta hodisasi — sugʻurtalangan shaxsning sogʻligʻiga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida zarar yetkazilganligi yoki uning vafot etganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan fakt boʻlib, u sugʻurta tovoni toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyati vujudga kelishiga sabab boʻladi.
4-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasining maqsadlari
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasining maqsadlari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasiga boʻlgan huquqlarini qonunda belgilab qoʻyish orqali ularning ijtimoiy himoyasini amalga oshirish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa va kasb kasalligi oqibatida xodimning hayoti hamda sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi munosabati bilan sugʻurta tovoni toʻlanishini taʼminlash;
mehnatni muhofaza qilish holatini va mehnat sharoitlarini yaxshilash, xodimlarning sogʻligʻini saqlash.
5-modda. Sugʻurtalangan shaxsning huquq va majburiyatlari
Sugʻurtalangan shaxs:
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta tovoni bilan taʼminlanish;
sugʻurta hodisasini tekshirishda, shu jumladan kasaba uyushmasi organi yoki oʻz ishonchli shaxsi jalb qilingan holda ishtirok etish;
sugʻurta hodisalarini tekshirish natijalariga doir qarorlar ustidan shikoyat qilish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlari haqida sugʻurta qildiruvchidan, sugʻurtalovchidan bepul axborot olish;
tibbiy tekshiruvdan (qayta tekshiruvdan) oʻtish masalalari yuzasidan davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga va tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga mustaqil ravishda murojaat etish;
Keyingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalari boʻyicha oʻz huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga, shuningdek kasaba uyushmasi organlariga murojaat etish huquqiga ega.
Sugʻurtalangan shaxs:
mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yoʻriqnomalariga rioya etishi;
sugʻurta hodisasi yuz berganda, oʻz yashash joyi yoki ish joyi oʻzgarganligi toʻgʻrisida, shuningdek oʻzi oladigan sugʻurta tovonining miqdori oʻzgarishiga yoki uni olish huquqining yoʻqolishiga sabab boʻluvchi holatlar haqida bunday holatlar vujudga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida tuman, shahar ijtimoiy taʼminot boʻlimlarini xabardor qilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilishga doir tavsiyalarni bajarishi, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi belgilagan muddatlarda tibbiy tekshiruvdan (qayta tekshiruvdan) oʻtishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalangan shaxs qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Sugʻurta qildiruvchining huquq va majburiyatlari
Sugʻurta qildiruvchi:
sugʻurtalangan shaxs mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yoʻriqnomalariga rioya etishini talab qilish;
sugʻurtalangan shaxsga sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoʻshimcha yordam koʻrsatish;
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek sugʻurtalangan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda himoya qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurta qildiruvchi:
sugʻurta badallarini sugʻurtalovchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda toʻlashi;
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish choralarini taʼminlashi;
sugʻurta hodisalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan kundan eʼtiboran bir sutka ichida bu haqda mehnat sharoitlarini muhofaza va ekspertiza qilish davlat inspeksiyasiga xabar qilishi;
sugʻurtalangan shaxsni tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga tibbiy tekshiruvdan (qayta tekshiruvdan) oʻtish uchun yuborishi;
Keyingi tahrirga qarang.
sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ularni tekshirish masalalari boʻyicha davlat organlarining qarorlarini ijro etishi hamda kasaba uyushmasi organlarining takliflarini koʻrib chiqishi;
sugʻurtalangan shaxslarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yongʻin xavfsizligi qoidalarini va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalarini oʻz mablagʻlari hisobidan oʻqitishi;
sugʻurtalangan shaxsga uning huquq va majburiyatlarini, shuningdek ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasining tartibi hamda shartlarini tushuntirishi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasini amalga oshirish uchun asos boʻladigan hujjatlarning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini sugʻurtalangan shaxsga taqdim etishi shart.
Sugʻurta qildiruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda. Sugʻurtalovchining huquq va majburiyatlari
Sugʻurtalovchi:
sugʻurta hodisalari toʻgʻrisidagi axborotni tekshirish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi masalalari yuzasidan manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan hamkorlik qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shuningdek sugʻurtalangan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda himoya qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurtalovchi:
sugʻurta tovoni toʻlovlarini amalga oshirish uchun pul mablagʻlarini toʻplashi;
tuman, shahar ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurta tovoni toʻlovlarini belgilangan hajmlarda va oʻz vaqtida moliyalashtirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasini amalga oshirish uchun mablagʻlardan foydalanishning hisobga olinishini taʼminlashi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlaydigan zarur choralarni amalga oshirishi;
sugʻurta qildiruvchilar, sugʻurtalangan shaxslar va sugʻurta tovoni olish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslar toʻgʻrisida oʻz faoliyati natijasida olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi shart.
Sugʻurtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasini amalga oshirish uchun mablagʻlarni shakllantirish
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasini amalga oshirish uchun mablagʻlar sugʻurtalovchi tomonidan quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
sugʻurta qildiruvchilarning sugʻurta badallari;
undiriladigan jarima va penyalar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Sugʻurta tovonining turlari va uni toʻlash
Sugʻurta tovoni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa, nogironlik pensiyasi hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi tarzida toʻlanadi.
Sugʻurta tovoni tuman, shahar ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sugʻurta tovoni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasining maqsadlari uchun sugʻurtalovchi tomonidan toʻplangan pul mablagʻlari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa
Sugʻurtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa uning oila aʼzolariga yoki dafn marosimini oʻtkazishni oʻz zimmasiga olgan shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Nogironlik pensiyasi
Nogironlik pensiyasi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida mehnat qobiliyati toʻliq yoki qisman yoʻqotilganda tayinlanadi.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlik pensiyasi ish stajidan qatʼi nazar, tayinlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik kelib chiqqan vaqt va nogironlik belgilab qoʻyilayotgan muddat qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12-modda. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi vafot etgan sugʻurtalangan shaxsning qaramogʻidagi mehnatga layoqatsiz oila aʼzolariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi. Bunda yoshidan va mehnat layoqatidan qatʼi nazar, farzandlarga, ota-onadan biriga yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singilga pensiya, agar ular vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan holda taʼtilda boʻlish huquqini beradigan yoshga toʻlguniga qadar boqish bilan mashgʻul boʻlsa va ishlamasa, boquvchining qaramogʻida turgan-turmaganligidan qatʼi nazar, tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi, shuningdek vafot etgan sugʻurtalangan shaxsning qaramogʻida boʻlmagan ota-onasiga va eriga (xotiniga) ham, agar ular keyinchalik tirikchilik uchun zarur mablagʻlar manbaidan mahrum boʻlib qolgan boʻlsa, toʻlanadi.
13-modda. Nizolarni hal etish
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14-modda. Sugʻurta qildiruvchining javobgarligi
Sugʻurta qildiruvchi ushbu Qonun bilan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilishi, sugʻurta badallari oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun javobgardir.
Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta badallarini toʻlash boʻyicha majburiyatlarni bajarish kechiktirilganda sugʻurtalovchiga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda jarima va penyalar toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Sugʻurtalovchining javobgarligi
Sugʻurtalovchi ushbu Qonun bilan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilishi, shuningdek tuman, shahar ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurta tovoni toʻlovlarining belgilangan hajmlarda oʻz vaqtida moliyalashtirilishi uchun javobgardir.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
18-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 10-sentabr,
OʻRQ-174-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 361-modda; 2010-y., 35-36-son, 300-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)